linkedin facebook linkedin facebook nod32

ҚАЛҚОНЛАР QALQONLAR

Muallif: Alisher Sobir O`g`li

Qo`shilgan sana: 2015-04-13

ҚАЛҚОНЛАР QALQONLAR

ҚАЛҚОНЛАР

Ой бўлмаса, бефайз ахир осмонларим,
Қизил қонга тўлиб кетди уммонларим.
Магаданда жонсиз ётар Усмонларим,
Кўкси қалқон ўғлонларинг унсиз ётар.

Ажинлар ҳам кўпаймоқда юзлар аро,
Чўлпонларинг бўзламоқда сўзлар аро.
Тош девордан мўлтирашиб ҳарфлар  аро,
Кўкси қалқон ўғлонларинг унсиз ётар.

“Ватан – ор!” – деб  болаларинг жўш урдилар,
Оналари ҳар тун жангни туш кўрдилар.
Озодликни ҳар неъматдан хуш кўрдилар,
Кўкси қалқон ўғлонларинг унсиз ётар.

Тин билмаган болаларинг қонлар ютган,
Барчинойлар изин қараб зор-зор кутган.
Қўрғошинга кўксин қалқон қилиб тутган,
Кўкси қалқон ўғлонларинг унсиз ётар.

Қисматингнинг бир четидан эртак тўқиб,
Етим қолган қизчаларга берган ўқиб...
Улар ухлар тош тагида сочлар қўқиб,
Кўкси қалқон ўғлонларинг унсиз ётар.

“Юрт ҳурлиги – бизлар учун шараф-шон!” – деб,
Душманларнинг барчасига биз қалқон деб,
Обод бўлса бўлди бизга ТУРКИСТОН деб
Кўкси қалқон ўғлонларинг унсиз ётар.

 

 

QALQONLAR

Oy bo‘lmasa, befayz axir osmonlarim,
Qizil qonga to‘lib ketdi ummonlarim.
Magadanda jonsiz yotar Usmonlarim,
Ko‘ksi qalqon o‘g‘lonlaring unsiz yotar.

Ajinlar ham ko‘paymoqda yuzlar aro,
CHo‘lponlaring bo‘zlamoqda so‘zlar aro.
Tosh devordan mo‘ltirashib harflar  aro,
Ko‘ksi qalqon o‘g‘lonlaring unsiz yotar.

“Vatan – or!” – deb  bolalaring jo‘sh urdilar,
Onalari har tun jangni tush ko‘rdilar.
Ozodlikni har ne’matdan xush ko‘rdilar,
Ko‘ksi qalqon o‘g‘lonlaring unsiz yotar.

Tin bilmagan bolalaring qonlar yutgan,
Barchinoylar izin qarab zor-zor kutgan.
Qo‘rg‘oshinga ko‘ksin qalqon qilib tutgan,
Ko‘ksi qalqon o‘g‘lonlaring unsiz yotar.

Qismatingning bir chetidan ertak to‘qib,
Etim qolgan qizchalarga bergan o‘qib...
Ular uxlar tosh tagida sochlar qo‘qib,
Ko‘ksi qalqon o‘g‘lonlaring unsiz yotar.

“Yurt hurligi – bizlar uchun sharaf-shon!” – deb,
Dushmanlarning barchasiga biz qalqon deb,
Obod bo‘lsa bo‘ldi bizga TURKISTON deb
Ko‘ksi qalqon o‘g‘lonlaring unsiz yotar.

 

497 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama

testing

masalalar.zn.uz/

Turli xil mavzuda, internet mavzular, faqat masalalar.zn.uz saytda.


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений