linkedin facebook linkedin facebook nod32

ЭСКИ ДАФТАР ESKI DAFTAR

Muallif: Alisher Sobir O`g`li

Qo`shilgan sana: 2015-04-11

ЭСКИ ДАФТАР ESKI DAFTAR

ЭСКИ ДАФТАР

Она, сочингизнинг оқига қаранг,
Дунё сизни эрта қаритиб қўйди.
Сиз бир умр олов ёққан ўчоқнинг
Тақдир ҳар ғиштига исмлар ўйди.

Қирқ йилки, қирқ ямоқ ўша кўйлакда
Ҳар тонг супурасиз иркит дунёни.
Шаҳарга йўл олсам, туриб йўлакда
Дуолар қиласиз чорлаб Худони.

Она, мен дунёдан безиб яшадим,
Ўйнаб кенг шаҳарнинг нағмаларига.
Кўнглининг измида юрганларгамас,
Шеър айтдим қалбларнинг мурдаларига.

Ана, хира чироқ, урчиқчи бувим,
Адашдим юздаги ажинин санаб.
Она, қаранг, Отам келаётир жим,
Ризқимиз орқалаб, товони қонаб...

 

 

ESKI DAFTAR

Ona, sochingizning oqiga qarang,
Dunyo sizni erta qaritib qo‘ydi.
Siz bir umr olov yoqqan o‘choqning
Taqdir har g‘ishtiga ismlar o‘ydi.

Qirq yilki, qirq yamoq o‘sha ko‘ylakda
Har tong supurasiz irkit dunyoni.
SHaharga yo‘l olsam, turib yo‘lakda
Duolar qilasiz chorlab Xudoni.

Ona, men dunyodan bezib yashadim,
O‘ynab keng shaharning nag‘malariga.
Ko‘nglining izmida yurganlargamas,
SHe’r aytdim qalblarning murdalariga.

Ana, xira chiroq, urchiqchi buvim,
Adashdim yuzdagi ajinin sanab.
Ona, qarang, Otam kelayotir jim,

Rizqimiz orqalab, tovoni qonab...

 

652 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Gulnoza
Qo`shilgan sana: 2016-02-08

Raxmat

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений