linkedin facebook linkedin facebook nod32

СИЗ КУТАСИЗ SIZ KUTASIZ

Muallif: Alisher Sobir O`g`li

Qo`shilgan sana: 2015-04-11

СИЗ КУТАСИЗ SIZ KUTASIZ

СИЗ КУТАСИЗ

“Сиз кутасиз”, мени кун бўйи,
Йўл қарайсиз ақлдан озиб.
Юрагингиз остонасига
Ҳатто исмим қўйгансиз ёзиб.

Сиз кутасиз шамоллар беун,
Изсиз дайдир, осмон ўртанар.
Ҳовучига тўлдириб дуо,
Қизғалдоқлар ҳолсиз тебранар.

“Сиз кутасиз” кўйлагингиз чанг
Тупроқ йўлга дардингиз тўкиб.
Қуёш ҳолдан тойган маҳали,
Севгимизга видолар ўқиб.

Сиз кутасиз тоқатингиз тоқ,
“Эҳ келмайди”, деб тил учида.
Йўлда асир тушиб қолдим мен,

Кўзларингиз қорачиғига.

 

SIZ KUTASIZ

“Siz kutasiz”, meni kun bo‘yi,
Yo‘l qaraysiz aqldan ozib.
YUragingiz ostonasiga
Hatto ismim qo‘ygansiz yozib.

Siz kutasiz shamollar beun,
Izsiz daydir, osmon o‘rtanar.
Hovuchiga to‘ldirib duo,
Qizg‘aldoqlar holsiz tebranar.

“Siz kutasiz” ko‘ylagingiz chang
Tuproq yo‘lga dardingiz to‘kib.
Quyosh holdan toygan mahali,
Sevgimizga vidolar o‘qib.

Siz kutasiz toqatingiz toq,
“Eh kelmaydi”, deb til uchida.
Yo‘lda asir tushib qoldim men,
Ko‘zlaringiz qorachig‘iga.

560 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений