linkedin facebook linkedin facebook nod32

JavaScriptda rasmlar

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-04-08

JavaScriptda rasmlar

Rasm –tugmachalar – bu oddiy tgmachalar, faqat ular ma’lumotlarni serverga uzatish imkoniyatiga ega. Hususan, JavaScriptdagi bunday tugmachalar INPUT konteynerining ikki turini tashkil qiladi: image va submit. JavaScriptda bunday tugmalar bilan bog’langa ob’ektlar Submit deb ataladi.

<FORM>

Faol tugma:

<INPUT TYPE=image SRC=images.gif onClick="return false;">

</FORM>

Ta’kidlab o’tganimizdek, berilgan ob’ekt Button ob’ekti bilan bir hil hossa, metod va hodisalarga ega. Lekin har hil brauzerlarda hodisalarni qayta ishlashda shu hodisalarga aks harakatlar har hil bo’lishi mumkin. Masalan, onClick hodisasida Internet Explorer false qiymatni qaytarib, ma’lumotlarni serverga uzatishni bekor qilishi mumkin. Netscape Navigator esa bu hodisaga umuman javob bermasligi mumkin va u serverga ma’lumotlarni uzatishni faqatgina FORM konteynerining onSubmit atributi orqali bekor qilishi mumkin:

<FORM onSubmit="return false">

Faol tugma:

<INPUT TYPE=image SRC=images.gif border=0>

</FORM>

Grafik tugmachalarning qiziqarli hossalaridan biri bu ularning kerakli vaqtda serverga foydalanuvchi sichqoncha tugmasini bosish orqali ko’rsatgan nuqta koordinatalarini bera olish qobiliyatidir. Afsuski, tugmaning bunday harakatkarini JavaScript-dastur orqali qayta ishlash mumkin emas.

Submit tugmachasi

Submit tugmachasi kiritish maydonining bir turi hisoblanadi. U o’zini oddiy tugmacha kabi tutadi, lekin u yana submit hodisasi (ma’lumotlarni serverga uzatish)ni ham hosil qiladi. Bu bilan u JavaScriptda dasturlash nuqtai-nazaridan qaraganda grafik tugmachalar bilan bir hildir:

<FORM>

<INPUT TYPE=submit VALUE=submit>

</FORM>

 

Keltirilgan misolda biz sahifani oddiygina qayta yuklaymiz.
Dasturlash nuqtai nazaridan submit hodisasini tutib turish imkoniyati va bunday qilishda standartdan tashqari harakatlarni bajarish ko’proq qiziqish tug’diradi.bu maqsadda tugmachada click hodisasini qayta ishlash uchun atribut mavjud (onClick):

<FORM>

<INPUT TYPE=submit VALUE=Submit onClick="return false;">

</FORM>

Bu misoldan ko’rinib turibdiki, Submit tugmachasi o’zini Netscape Navigatordagi grafik tugmachaga nisbatan boshqacharoq, lekin Internet Explorer dagi grafik tugmacha bilan bir hil (vaqt o’tishi bilan farq yuqolsa kerak) tutadi. Tugmachani bosish bilan sahifani qayta yuklash yuz bermaydi – ma’lumotlarni serverga uzatish bekor qilingan. Qayta ishlovchi FORM konteyneridagi submit hodisasini qayta ishlovchi kabi harakat qiladi.
Endi uzimizning submit hodisasini qayta ishlovchi dasturimizni yozishimiz mumkin:

function my_submit()

{

if(window.confirm("Sahifani qayta yuklash?")) return true; else return false;

}

...

<FORM>

<INPUT TYPE=submit VALUE=Submit onClick="return my_submit();">

</FORM>

Agar sahifani qayta yuklash zarurligini tasdiqlansa, u haqiqatda qayta yuklanadi, rad qilingan holda esa (cancel), siz qayta yuklashsiz joriy sahifaga qaytasiz. Harakatlar yanada murakkab bo’lishi ham mumkin. Har qanday holatda ham agar qayta ishlash funktsiyasi true qiymatni qaytarsa, ma’lumotlarni serverga uzatish (bizning misolda – sahifani qayta yuklash) yuz beradi, aks holda (false qiymatida) – ma’lumotlar uzatilmaydi.

Formadagi yagona maydon

Agar formada bitta –yagona maydon bo’lsa va biz unga kiritib keyin Enterni bossak, u holda brauzer submit hodisasini hosil qiladi:

<FORM onSubmit="window.alert('Сделано');return false;">

<INPUT SIZE=10 MAXLENGTH=10>

</FORM>

Bunday hodisani huddi misolda qilinganidek FORM konteyneridagi submit hodisasini qayta ishlash dasturi yordamidagina tutish va qayta ishlash mumkin.

Bu misolda formada kiritish maydonidan tashqari meyu ham ishtirok etadi. Agar tanlangan muqobillar qiymatlarini o’zgartirilsa, qayta yuklash sodir bo’lmaydi, lekin kiritish maydonidagi qiymatni o’zgartirish va Enter tugmasi bosilsa, submit hodisasi ro’y beradi va sistema ogohlantirish oynasini chiqaradi.

 submit() metodi

submit metodi - bu forma metodidir. Agar dasturda submit metodi chaqirilsa, shu metod qo’llanilayotgan formadagi ma’lumotlar serverga uzatiladi. Kiritish maydoni va tanlash menyuli misolni rivojlantiramiz (muqobilni tanlashdan oldin misol ostidagi sharxni o’qing):

<FORM onSubmit="window.alert('Bajarish');return false;">

<INPUT SIZE=10 MAXLENGTH=10>

<SELECT onChange="form.submit();">

<OPTION>Variant 1

<OPTION>Variant 2</SELECT>

</FORM>

Muqobillarni tanlashda foydalanuvchi birdaniga server bilan ma’lumotlar almashishni boshlaydi. Bu holda submit hodisasi Enter tugmasini bosishdan farq qilgan holda, hodisalarni qayta ishlovchi tomonidan ushlanmaydi. Brauzerning bunday harakati anchagina mantiqiy. Agar dasturchi submit() metodini chaqirgan bo’sa, u holda u serverga jo’natilayotgan ma’lumotlarni tekshirgan bo’lishi kerak.

782 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: 101-g/ Ergashev Safarali
Qo`shilgan sana: 2015-04-08

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101-g/ Ergashev Safarali
Qo`shilgan sana: 2015-04-08

yaxshi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений