linkedin facebook linkedin facebook nod32

JavaScriptda reset()

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-04-05

JavaScriptda reset()

Reser() metodi, uni hodisalarni qayta ishlovchi onReset bilan chalkashtirmaslik kerak, forma maydonlari qiymatlarini oshkora bo’lmagan holda o’rnatishga imkon beradi. Bunda Reset tipidagi tugmachadan foydalanish talab qilinmaydi:

<FORM NAME=r>

<INPUT VALUE="Belgilashlarni kiriting" SIZE=30 MAXLENGTH=30>

<INPUT TYPE=button VALUE="Matnni o`zgartirish"

       onClick="document.r.elements[0].value='Matnni o`zgartirish';">

</FORM>

<A HREF="javascript:document.r.reset();void(0);"> Qiymatlarni o`rnatish</A>

Keltirilgan misolda giprmatnli o’tish bo’yicha formadagi oshkora ko’rsatilmagan qiymatlarga qaytish ro’y beradi.

onReset

reset hodisasi (forma maydonlaridagi qiymatlarning oshkora ko’rsatilmagandagi qiymatlarini qayta qabul qilishi) Reset tipidagi tugmani bosilganda yoki reset() metodining bajarilishi natijasida ro’y beradi. FORM konteinerida ma’lumotlarni qayta ishlash funktsiyasini qayta aniqlash mumkin. Buning uchun unga onReset atributi kiritilgan:

<FORM onReset="javascript:window.alert('Event Reset');return false;"><INPUT VALUE="Belgilangan qiymat">

<INPUT TYPE=reset VALUE="Tiklash">

</FORM>

Bu misolda shu narsaga e’tibor berish kerakki, reset hodisasini qayta ishlovchisi false mantiqiy qiymatni beradi. Bu reset hodisasini qayta ishlashni to’la egallash uchun qilingan. Agar hodisani qayta ishlovchi false qiymatini bersa, u holda maydonlarning qiymatini oshkora ko’rsatilmagandagi qiymatlariga o’rnatish ro’y bermaydi; agar qayta ishlovchi true qiymatini bersa, u holda maydon qiymatlari oshkora ko’rsatilmagandagi qiymatlariga qayta o’rnatiladi.

 

549 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений