linkedin facebook linkedin facebook nod32

NTFS fayllar tizimi

Muallif: Ochilov S.

Qo`shilgan sana: 2014-04-05

NTFS fayllar tizimi

NTFS fayl sistemasi (New Technologi File System) bundan bir qancha oldin Windows NT uchun ishlab chiqilgan edi. Xozirgi vaqtda esa u Microsoft Windows NT va Windows XP oilasidagi sistemalarda fayl sistemasi bo`lib xizmat qiladi. NTFS yetarli darajada murakkab fayl sistemasi hisoblanadi, shuning uchun uning kamchilik va yutuqlarini bir necha qismlarda sanab o’tamiz. NTFS ning fizik strukturasi Umumiy dalillardan boshlaymiz. NTFS sohasi nazariy jixatdan deyarli ixtiyoriy O’lchamda bo`lishi mumkin. U 16 ekzabaytgacha bo`lgan ulkan disklarni qo`llab quvvatlaydi.(1 ekzabayt = 1073741824 Gigabayt). Qanchalik bu ulkan? Oddiy bir misol olaylik. Aytaylik disk 1sekundda 1mbayt axborot yozish imkoniyatiga ega bo’lsin. U holda 1ekzabayt axborotni ezish uchun (16 emas 1) unga 1000 milliard sekund vaqt kerak bo`ladi. 1 yilda 3 million sekundligini e`tiborga olsak 1 ekzobayt axborotni yozish uchun diskka 300000 yil vaqt kerak bo`ladi!!! Bunday ulkan disklarning qo`llanishi hisoblash texnologiyasini keyingi 400 yil rivojlanish jarayonidagi axborotni yozishga etib ortadi. Rivojlanishning har qanday tempida ham. Xo`sh amaliyotda ishlar qanday yo`lga qo`yilgan? Xuddi shunday NTFS sohasining o`lchami bilan chegaralanadi xolos. NT4 sohaga (razdelga) o’rnatilayotgan paytda ba`zi muammolarga uchraydi, agar uning biror qismi diskning fizik boshlanishidan 8 Gbaytga oshgan bo`lsa. Lekin bu muammo faqat yuklash sohasiga tegishli. NT4.0 ning o’rnatilishining o`ziga xos tomonlari. NT4.0 ni bo`sh diskka o`rnatish usuli o`ziga xos va NTFS haqidagi noto`g’ri fikrlashga olib kelishi mumkin. Siz o`rnatish dasturiga diskni NTFS da formatlashni so’rasangiz, u sizga 4Gbayt hajmdagi maksimal sohani taklif etadi. NTFS sohasi hajmi chegaralanmagan bo`lsa, nima uchun buncha kam? Gap shundaki, qanchalik paradoksli bo`lmasin o’rnatuvchi seksiya bu fayllar sistemasini bilmaydi. O`rnatish dasturi diskni oddiy FAT da formatlaydi. Uning NT dagi eng katta hajmi 4Gbayt va shu FAT da NT o’rnatiladi. Operasion tizimning birinchi yuklanish jarayonida sohani tezda NTFS ga o`tkazadi. Shunday q ilib foydalanuvchi hech narsani sezmay qoladi. endi NTFS ning o`zi haqida. Jurnallash NTFS har qanday real xavflar va o`zilishlarga bardosh bera oladigan va o`zining to`g’ri holatiga qayta oladigan sistema. Har qanday zamonaviy sistemalar tranzaksiya degan tushuncha asosida ko`rilgan. Tranzaksiya –butunlay to'liq va to`g’ri yoki umuman bajarilmaydigan amallardir. NTFS da oraliq (xato yoki noto`g’ri) holat bo`lmaydi. O`zgarish kvanti sboydan oldin yoki keyin bo`linishi mumkin emas, u yoki bajariladi yoki bajarilmaydi. Jurnallashning foydalarini bilib olish uchun bir necha misollar ko`rib chiqaylik. Birinchi misol. Diskka ma`lumotlar yozilmoqda. To`satdan biz yozmoqchi bo`lgan ma`lumotning bir qismi fizik zararlangan yuzaga to'gri kelib qolganligi aniqlandi. NTFS bu holda o`zini juda to`g’ri tutadi: ezish tranzaksiyasi butunlay – olinadi sistema yozish mumkin emasligini tushunadi. Joy sboy holat deb qabul qilinadi, ma`lumotlar bo`lsa boshqa joyga yoziladi va yangi tranzaksiya hosil qilinadi. Ikkinchi misol. Undan ham murakkabrok holat. Diskka yozish jarayoni bormoqda. Tusatdan energiya manbasi uchadi va sistema qayta yuklanadi. Yozish qaysi fazada to`xtatildi, ma`lumot qayerda, qayerda? Yordamga boshqa mexanizm keladi –tranzasiya jurnali keladi. Gap shundaki sistema diskka ezish xoxishini bilib turib o`z holatini $LogFile metafayliga ezib kuyadi. Kaytib yuklanishdan so'ng bu fayl o'rganilib chiqiladi, tugallanmagan tranzakciyalar avriya holatida yozilgan yoki ularning holati aytib
bo`lmaydigan darajada bo`lsa, bu tranzaksiya bekor qilinadi. Yozish bajarilaetgan joylar qaytadan bo`sh deb belgilab kuyiladi, MG’T indekslari va elementlari boshlang'ich holatga keltiriladi va sistema umumiy holda stabil saqlanadi. Agar xatolik jurnalga ezish jarayonida yuz bergan bo`lsachi? Hech qanday kurkinchli holat yuk: tranzakciya yoki xali boshlangani yuk, yoki tugagan, ya`ni tranzakciya bajarilib
bo`lgan deb hisoblanadi. Oxirgi holatda sistemaning keyingi qayta yuklanishida sistemaning o`zi tugallanmagan tranzaksiyaga e`tibor bermasdan hammasi yaxshi holatda ekanligiga ishonch hosil qiladi. Nima bo`lganda ham jurnallash bu mukammal panasiya degani emas, faqatgina xatolik va sistema bo`zilishini kamaytiruvchi vosita xolos. NTFS ningfoydalanuvchisi sistema xatoligiga uchrashi yoki CHkDsk ni ishlatish extimolligi juda kam. Tajribadan ma`lumki NTFS xattoki diskning eng aktiv holatida ham sistemani tulik korrekt xoliga keltira oladi. Siz xattoki diskni optimallashtirishni buyurib ish eng kizgin bo`lgan paytda Reset tugmasini bosishingiz mumkin. Hattoki
shu holda ham ma`lumotlarning yuqolib ketish extimolligi juda kichik bo`ladi. Shuni tushunish kerakki NTFS ning qayta tiklash sistemasi fayl sistemasining tiklanishiga kafolat beradi, lekin sizning ma`lumotlaringizga emas. Agar siz diskka yozish jarayonida avariyaga uchrasangiz –sizning ma`lumotlaringiz ezilmasligi ham mumkin. Mo`jiza ro`y berishi juda kichik ehtimollikda. NTFS tomlarini qayta tiklash strategiyasi Faraz qilaylik NTFS sistemali komp`yuter o`zining shunchalik ishochlligiga karamasdan yuklamayapti. Bu vaziyatda nima qilish kerak? Ma`lumotlarni qanday tiklash mumkin? Ikki xil bir-birini himoya holatidan foydalanish mumkin. Baxtga qarshi NT ni va shunga mos NTFS ni tiklashning oson yo`li ( algoritmi ) yuk, chunki NTFS juda kiyin sistema va oddiy yuklovchi vositalari yuk. Demak,
VARIANT 1. sistema NTFS da joylashgan. Bu holda 90% extimollikni NTFS ning o`zi emas, Windows NT ning o`zi tushib ketadi. Shuning uchun NTFS ni emas balki NT ning o`zini qayta tiklash lozim. Bu holda ma`lumotlar haqida kaygurish yaramaydi. Operasion tizimning tiklanishiga tuxtalib utirmaymiz, chunki bu mavzuni o`zi yana bitta shu hajmdagi kurs ishi bo`ladi. DIQQAT !!! NTS 0 ning foydalanuvchilari biror ma`lumotni shifrlagan bo`lsalar extietrok bo'lishlarini maslaxat berar edim. Shifrlash prinsipi haqida pastrokda aytib utiladi, lekin operacion tizimni qayta tiklagan holda ham foydalanuvchining o`zi bu ma`lumotlarga murojaat eta olmaydi.
VARIANT 2. sistemada o`z o`rnida ishlamokda, lekin diskka murojaat ta`kiklangan. Disc Administrator sizning diskingizni Unknown deb qabul qilmoqda, ko`pchilik xollarda bu yuklash sohasining qayta ustidan yozilganligi bilan tushuntiriladi. Va NT bu soha NTFS ligini hech ham aniklay olmaydi . NT operacion tizimi har extimolga qarshi yuklanish sektorini diskning oxiriga zaxira sifatidi ezib qo'yadi va agar shu sektorni qaytib boshiga nusxalay olsak sistema o`z-o`zidan tiklanishi mumkin

.

 

6654 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений