linkedin facebook linkedin facebook nod32

Operatsiyalar kompleksi va  tarmoq grafigi

Muallif: Ochilov S.

Qo`shilgan sana: 2015-04-04

Operatsiyalar kompleksi, tarmoq grafigi. Asosiy tushunchalar.

Operatsiyalar kompleksi, tarmoq (tur) grafigi va uni tuzish qoidalari.
Katta va murakkab sistemalarni operatsiyalar komplekslarini boshqarish masalalarida keng qo'llaniladigan matematik usullardan biri tarmoqli rejalashtirish va boshqarish (TRB) usulidir.
Operatsiyalar kompleksi biror maqsadga erishish uchun zarur bulgan shunday operatsiyalar majmuidan iboratki, ularning har birining davomiyligi (deterministik yoki extimoli) bizga ma’lum va bir-biri bilan tartib munosabatida bog'langan.
Operatsiyalar kompleksi tarmoq (tur) grafigi (tarmoq modeli) bilan beriladiki, bunday model elementar operatsiyalarning (ishlarning) o'zaro mantiqiy bog'lanishi, bajarilish ketma-ketligi va vaqt parametrlarini o'z ichiga olgan bo'ladi.
Quyida biz qaraydigan tarmoq grafiklari matematik nuqtai nazardan yoylari va uch (tugun) lariga qandaydir sonli qiymatlar mos qo'yilgan kontursiz orgraflardan iborat.
TRBda tarmoq grafiklarini yasashning quyidagi keng tarqalgan usullari ishlaniladi.
1) «yoy - operatsiya» usuli. Bunday grafiklarda voqealar deb ataluvchi ular bir yoki bir necha operatsiyaning boshlanish yoki tamon bulish vaqt momentlariga, yoylar esa operatsiyalarga mos keladi.
2. «uch - operatsiya» usuli. Bunda esa, operatsiyalar turning uchlari bilan ifodalanib, yoylar aloxida operatsiyalarning bajarilish tartibini, o'zaro bog'lanishini ko'rsatadi.
Bizning mamlakatimizda va MDX da birinchi usulning ko'proq amaliy tadbik etilishni hisobga olib turgrafiklarni «yoy-operatsiya» terminida ifoda etamiz.
Turgrafikda yoylar operatsiyalarni ifodalasa, tarmoq uchlari esa voqealar deb atadilar va ular aloxida operatsiyalar (ishlarning) bajarilish natijasini belgilaydilar. Tarmoq modelini tuzishda har bir operatsiya uchun undan oldin keladigan operatsiyani bilish zarur. Shunday qilib turgrafik operatsiyalar to'plamidagi mavjud tartib munosabatni ifoda etadi. Unda konturning mavjud emasligi birorta xam operatsiyaning uzidan keyin kela olmasligini bildiradi.
Turgrafikda voqealarni uch turga ajratadilar: boshlang'ich, tugallovchi va oraliq. Boshlang'ich voqea – bu operatsiyalar kompleksini bajarishning boshlanish voqeasidir. Tugallovchi voqea pirovard maksadga erishishga, ya’ni butun operatsiyalar kompleksining to'la tugalanganligiga mos keladi.
Oraliq voqealar esa oraliq operatsiyalarning boshlanish yoki tugashi ifoda etadi. Bir necha tugallovchi voqeali turgrafiklar ko'p maksadli turgrafiklar deb yuritiladi.
Voqealar turda doirachalar yoki boshqa geometrik figuralar shaklida belgilanadi.
Voqeaning turda bo'lish momenti deb shu voqeaga (tarmoq uchiga) kiruvchi hamma operatsiyalar bajarilishi tugallangan moment olinadi. Voqea sodir bo'lmasdan bevosita undan keyingi operatsiyalarning birortasi xam boshlanishi mumkin emas.
Operatsiyalarni uch xilga bo'ladilar:

xaqiqiy operatsiya (→) – vaqt va resurslar sarfini taqozo qiladigan jarayon (loixani ishlab chiqish, materiallarni tashib kelish, shuvoq-buyuk ishlari va boshqalar);

kutish operatsiyasi (-.-.→) faqat vaqt sarfini taqozo qiluvchi jarayon (betonning qotishi, buyuk ishlarini boshlashdan oldin suvoqni tabkiy quritish, ekinning o'sishi va boshkalar);

soxta operatsiya (--→) – yoki mantiqiy bog'lanish ba’zi operatsiyalarning bajarilishidagi texnologik yoki resurs bog'liqligini bildiradi.
Tur – grafiklarni yasashda muayyan qoidalarga rioya qilinadi.
1) turda boshlang'ich voqeadan boshqa birorta xam yoy kirmaydigan voqea bo'lmasligi kerak;
2) tugallovchi voqeadan boshka birorta xam yoy chikmaydigan voqea bo'lmasligi kerak;
3) turda kontur bo'lmasligi kerak;
4) tur – grafikda voqealarning har qanday juftini tutishtiruvchi yoylar soni bittadan ortiq emas. Agar bir vaqtda (parallel) bajariladigan umumiy boshlanish va tugash voqeasi uchta b, c, d operatsiyalar berilgan bo'lsa (1-rasm), u xolda har xil operatsiyalarni bir xilda (2,5) deb belgilash tufayli chalkashlik kelib chiqadi. Bu xolda ko'shimcha voqealar kiritish va ularni keyingi soxta operatsiyalar bilan tutashtirish kerak (2-rasm).

5) Agar qandaydir operatsiyalar o'zlaridan bevosita oldin keluvchi operatsiya tula tugamasdan boshlanishi mumkin bo'lsa, uni muayyan voqealar bilan tugallanuvchi, ketma-ket bajariladigan qator operatsiyalardek tasvirlash maqsadga muvofik bo'ladi. Masalan, agar s va d operatsiyalar b operatsiya to'la tugallanmasdan boshlanishi mumkin bo'lsa, u vaktda b operatsiyani b1,b2 va b3 elementar operatsiyalarga bo'laklash va hamma operatsiyalarning bajarilishini 3-rasmda tasvirlangandek ifodalash mumkin.

3-rasm

 

4-rasm

Operatsiyalarni bajarishdagi texnologik va ashyoviy bog'liklikni ifodalash uchun soxta operatsiyalar qo'llaniladi. Faraz qilaylikki, s operatsiya a va b operatsiyalari tugallangan, d operatsiyasi esa faqat b operatsiyasi tugallangan bajarilishi mumkin bo'lsin. Bu bog'liklik 4-rasmda tasvirlangan.
Turgrafikni yasash bajarilishi kerak bo'lgan operatsiyalar (ishlar) ro'yxatini (1-jadvalga k.) tuzishdan boshlanadi. Operatsiyalar ro'yxati puxta qilib tuziladi va konkret sharoitdan kelib chiqqan xolda muayyan darajada detallashtiriladi. Ro'yxatga kiritilgan operatsiyalar davom etish (bajarilish) vaqti bilan harakterlanadi. Bunday vaqt baxolari deterministik deb ataladi. Agarda vaqt baxolarining normativ qiymatlari yuk bo'lsa, unda extimoliy baxolar topiladi. Operatsiyalar ro'yxati tuzilgach turni yasash protsedurasiga kirishiladi.
Misol.ssexni rekonstruksiya qilish operatsiyalar kompleksining yiriklashtirilgan tur grafigini yasash talab qilinadi.
Kompleksning operatsiyalar ro'yxati 1-jadvalda, tur grafigi esa 5-rasmda keltirilgan. Tur grafikda operatsiyalarning boshlanish yoki tugashini ifodalovchi voqealar 1,2,...,9 raqamlar bilan nomerlanib doirachalar ichiga yozilgan. Har bir operatsiya uning boshlanish va tugash voqealar nomerlaridan tuzilgan shifrga ega masalan a2 operatsiya shifri (1,3) – uning boshlanishi 1 voqeadan, tugashi esa 3 voqeadan iboratligini bildiradi. Operatsiyani uning (i,j) shifri yordamida Pij kabi belgilash xam mumkin. Shunga ko'ra a2 operatsiyani R13 deb belgilasa xam bo'ladi. Grafikning R23 va R56 soxta operatsiyalardan boshqa hamma operatsiyalari haqiqiydir (ro'yxatga odatda faqat haqiqiy operatsiyalar kiritiladi, soxta operatsiyalar tur grafigni, yasash davomida aks ettiriladi). Ai operatsiyalar yozilgan yoylarda qavslar ichida tegishli operatsiyalarning bajarilish vaqtlari ko'rsatilgan. Ro'yxatda operatsiyalar tartibi, ya’ni har bir operatsiya tayanadigan operatsiyalar aniqlashtirib berilgan. Bu esa tur grafik yasashni osonlashtiradi. Masalan, a1 operatsiya a1 va a2 operatsiyalarga tayanadi. Grafik tarzda bu shart R13 va R34 operatsiyalarni ketma-ket tasvirlash va R23 soxta operatsiyaga kiritish yo'li bilan aks ettirilgan. 3 voqea R13 va R23 operatsiyalarga insidentlibinobarin, 3 voqeaning sodir bo'lish momenti – bu voqeaga kiruvchi hamma operatsiyalar bajarilib bulgan va undan chiquvchi yoy bilan ifodalangan operatsiyaning boshlanish momenti bœladi. Tugallovchi (9) voqea sex rekonstruksiyasi tugash momentini bildiradi. Operatsiyalarning ishlari amalda ruyxatga grafik tuzilib bulgach kiritiladi.

Operatsiya belgisi

Operatsiya shifri

Operatsiya nomi

Qaysi operatsiyaga tayanadi

Necha kun davom etadi

a1

(1,2)

Tayyorgarlik ishlari

-

5

a2

(1,3)

Eski ustunlarni demontam qilish

-

3

a3

(2,6)

Remon qurilish montaj ishlari

a1

30

a4

(3,4)

YAngi ustunlar uchun poydevor qurish

a1, a2

16

a5

(2,4)

YAngi ustunlarni montaj qilishga tayyorlash

a1

10

a6

(2,5)

Elektrotexnik ishlar

a1

12

a7

(4,5)

YAngi uskunalarni montaj qilish

a4, a5

8

a8

(5,7)

Uskunalarga elektr toki ulash

a6, a7

2

a9

(7,8)

Uskunalarni ishga tushirish va texnologik sinovlar qilish

a8

6

a10

(6,8)

Pardozlash ishlari

a3, a6, a8

8

a11

(8,9)

Sexni ekesplatatsiyaga qabul qilish

a9, a10

1

 

5-rasm

2. Tarmoq grafigi vakt parametrlari. Tarmoq modeli yordamida tasvirlangan operatsiyalar kompleksining bajarilishini boshkara olish uchun tarmoq elementlarining mikdor parametrlari ma’lum bo`lishi kerak. Bunday parametrlarga: operatsiyalar kompleksining tulik bajarilish vaqti, har bir operatsiyaning bajarilish vaqti, har bir voqeaning sodir bulish vaqti va operatsiyalarning vaqt rezervlari kiradi Tarmoq grafigi uchun kritik yo'l tushunchasi xam muxim parametr xisoblanadi. Tarmoq grafigida tula, voqeadan oldin keluvchi, voqeadan keyin keluvchi yullar mavjud. Agar yulning boshlangich uchi boshlangich voqea va oxirgi uchi tugallovchi voqea bilan ustma ust tushsa, bunday yo'l to'la deyiladi. Voqeadan oldin keluvchi yul deb boshlangich voqeadan shu voqeagacha bœlgan yulga aytiladi. Voqeadan keyin keluvchi yul deb shu voqeadan tugallo1vchi voqeagacha bulgan yulga aytiladi. Vakt buyicha eng uzun tula yo'lga kritik yul deyiladi. Tarmoqda kritik yul bir nechta bo`lishi mumkin. Grafikda kritik yul qalin chiziq bilan belgilanadi. Kritik yulga ta’luqli bulgan operatsiya va voqealar kritik operatsiya va kritik voqealar deb ataladi.Kritik yo'lga ta’luqli operatsiyalarning jami bajarilish vaqti kritik vaqt deyiladi va tk,r deb belgilanadi. Kritik vaktni xisoblash yordamida operatsiyalar kompleksining tuliq bajarilish vaqtini aniqlash mumkin. Odatda tarmoq grafigi tuzilganda. Har bir operatsiyaning bajarilishi uchun sarflanadigan vakt, ya’ni operatsiyaning davomiyligi kursatilgan buladi. (i)-voqeadan (j)-voqeaga olib keluvchi Pij operatsiyaning davomiyligini tij belgilaymiz. (i)-voqeaning kutilayotgan sodir bulish faqat momentini esa ti deb belgilaymiz. t1=0 deb olinadi. t2, t3 ni vakt momentlarining xisoblanishini quyida misolda (6-rasm) tushuntiramiz.

6-rasm

(2) voqeaga faqat R12 operatsiya olib keladi va bu operatsiyaning bajarilish vaqti t12= 2 bo`lishi uchun (2) voqeaning sodir bulish vaqti t2=t1+t12=0+2=2 buladi (3) voqeaga ikki xil yul bilan: R13 operatsiya yoki R12, R23 operatsiyalar, operatsiyalar orqali kelish mumkin. Bunda t13=1, t23=0, chunki R23 soxta operatsiya 1-yo'l uzunligi t1+t13=1 birlik vaqtga teng, 2-yul uzunligini t2+t23=2+0=2 birlik vaqtga teng (3) voqea ungacha bulgan operatsiyalar barchasi bajarilmasdan oldin boshlana olmasligini e’tiborga olsak,

4)-voqeaga (1) dan va (3) dan chiquvchi 2 ta yoy kiradi. SHuning uchun (4) voqeaning kutiliyotgan sodir bulish vakt

Xuddi shunga o'xshash t5, t6, t7 topilgan ti vaktlarni har bir (i) voqeani ifodalovchi doiracha yoniga yozib qo'yamiz.
Tugallovchi (7)-voqeaning kutilayotgan vaqti t7=11. Bu operatsiyalar kompleksining tulik bajarilish vaqtidir. Tugallovchi voqeadan boshlang'ich voqeaga kadamma-kadam qaytib, kritik yo`lni xosil qilamiz va uni qalin chiziq bilan chizamiz. 6-rasmda berilgan tarmoqda kritik yul (1), (2), (3), (5), (7) voqealar ketma-ketligini ifodalovchi (1,2), (2,3), (3,5), (5,7) yoylar yoki R12, R23, R35, R37 operatsiyalar ketma-ketligi bilan ifodalanadi. Bu operatsiyalar (voqealar) kritik operatsiyalar (voqealar) dir.
Kritik operatsiyalar uchun shu narsa harakterliki, ularning bajarilishini boshlash vaqtini kechiktirish operatsiyalar kompleksining umumiy bajarilish muddatini kechiktirishga olib keladi.
Shuning uchun har bir Pij kritik operatsiya (i) voqeaning ti kutilayotgan vaqti yetib kelishi bilan birinchi navbatda bajarilishi kerak bo'lgan operatsiyadir. Masalan, keltirilgan misoldagi R35 kritik operatsiya (3)-voqeaning t3 = 2 vaqtida birinchi bo'lib bajarishga kirishish, operatsiyalar kompleksining to'la bajarilish vaqti xam t = 1 vaqtga kechikish aniq bo'ladi.
Kritik bo'lmagan operatsiyalarning bajarilishida vaqt bo'yicha kechikishlar bo'lishi mumkin. Bunday kechikishlar ma’lum intervalda bo'lganda operatsiyalar kompleksining to'lik bajarilish muddatiga ta’sir qilmaydi. Operatsiya va voqealarning vaqt bo'yicha rezervi, uni xisoblash xolda shu asosida kritik yulini aniqlash usuli keyingi ma’ruzada beriladi.

915 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-08

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-08

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-08

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-08

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-08

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-08

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-09

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-09

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-09

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-09

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-09

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-09

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-09

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-09

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-09

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-09

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: Aralova Shahlo 203-guruh
Qo`shilgan sana: 2015-04-16

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 203-BotirovIlhom
Qo`shilgan sana: 2015-04-17

123456789

Foydalanuvchi ismi: sss
Qo`shilgan sana: 2015-04-25

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-28

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-28

vaktni vaqtni

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-28

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-28

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-28

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-28

1245789

Foydalanuvchi ismi: 101 Boltayeva
Qo`shilgan sana: 2015-04-28

321564789

Foydalanuvchi ismi: sss
Qo`shilgan sana: 2016-06-06

123456789

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama

testing

masalalar.zn.uz/

Turli xil mavzuda, internet mavzular, faqat masalalar.zn.uz saytda.


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений