linkedin facebook linkedin facebook nod32

Pedagogika test

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-27

Pedagogika test

A.Navoiyning didaktik asarlaridan eng muhimini toping. *Mahbub ul-qulub;

A.Navoiyning ko‘proq qaysi asarida ustoz haqidagi fikr yuritil­gan? *Mahbub ul Qulub asari;

Adaptatsiya nima? *Sezgi a’zolarining qo‘zg‘ovchilarga mos­la­shi­shi­dir;

Akademik litseylar qanday ta’limni amalga oshiradi? O‘rta max­sus ta’lim, chukur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan ta’limni, kasbga yo‘naltirilgan ta’limni, ixtisoslashtirilgan ta’limni.

Aksiologiya nima? *Qadriyatlar to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot;

Amaliy bilim deganda - u yoki bu nazariy holatlarni tushuntiruvchi, aniqlashtiruvchi, dalillarni, misollarni, illyustratsiyalarni bilish tushuniladi.

Anik vaziyat, hodisaga asoslangan o‘qitish metodini aniq­lang *Keys-stadi;

An’anaviy metodika nimaga asoslanadi? *Psixologiya, pedagogika, falsafa, tarix, sotsiologiya kabi fanlarga asoslanadi;

An’anaviy ta’limning asosiy kamchiligini ko‘rsating? *Talabaning aqliy, ijodiy, kommutativ bilim olishini yetarlicha ta’minlanmaydi.

Autogen trenirovka» qanday ma’noni bildiradi? *“Auto-o‘ziga” degan ma’noni bildiradi va “o‘z-o‘ziga ta’sir” ma’nosini beradi;

Axborot - o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risidagi turli xil ma’lumotlar to‘plami.

Axborotlarni bayon qilinishiga ko‘ra ma’ruzalar turini aniqlang. *Kirish, tematik, umumiy yakuniy;

Berilgan javoblardan avtoritar shaklga tegishli javobni aniq­lang. *O‘qituvchi o‘quvchilarni qattiqqo‘llik bilan ularga mustaqillik bermasdan boshqaradi;

Berilgan tushunchalarni shakllantirish ketma-ketligi qaysi javobda to‘g‘ri ifodalangan? *Tushuncha bilimko‘nikma malaka;

Bilim - kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari: voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Ilmdan tashqari bilimlarga madaniyat, adabiyot, san’at, mifologiya, din va shu kabi sohalarga oid bilimlar kiradi.

Bilim bilan bilishning farqi? Bilim - bu ish, harakat yoki jarayon, bilish esa ish harakatining natijasi.

Bilim olish huquqi kimlarga berilgan? O‘zR hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar barchaga.

Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish: ta’­lim so­hasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri.

Bir soatlik dars nima asosida ishlab chiqiladi? O‘quv reja va dastur.

Boshlang‘ich ta’lim nimaga qaratilgan? Umumiy o‘rta ta’­lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asosini shakllantirishga qaratilgan.

Boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdarlik qobiliyatning qaysi turiga kiradi? *Empatik.

Bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik faoliyatga tayyor­la­ni­shi­da o‘z ustida ishlashining maqsadini toping. *O‘quv das­tur­larini egallashda yuksak professional saviyada ta’lim berishni ta’minlash, pedagogik nazokatga rioya qilish, bola­ning obro‘sini xurmat qilish, o‘z ko‘nikmasi va professional mahoratini takomillashtirish;

Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimini dars­liklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining maqsadi? Uzluksiz ta’lim tizimini zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quvuslubiy adabiyotlar majmui bilan ta’minlashni takomillashtirish, mukammal darsliklar chiqarish maqsadida etuk olimlarni, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish.

Verbalizm – bu? *Taьlimda, kitobiy, hayotdan uzoqlashgan, aqidalarga asoslangan ta’lim berish va o‘quv materiallarini o‘zlashtirish;

Germenevtik suhbatning maqsadi: *O‘rganilayotgan matnning asl ma’no va mazmunini o‘quvchi talabalar bilan hamkorlikda talqin qilish;

Dalolatnoma - muayyan shaklda tuzilgan rasmiy yozma huquqiy hujjat qisoblanadi.

Dars jarayonida yangi bilimlarni berishda asosiy o‘rinni nima egallaydi? *YAngi mavzu bayoni;

Darslik nima? Davlat ta’lim standarti (DTS), o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlaridan foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.

Darsliklarni tayyorlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik kimning zimmasiga yuklatilgan? Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi.

Darsni didaktik tahlil qilishda uning qaysi jihatlariga asosiy e’tibor qaratiladi? *Mavzuning ilmiyligi, izchilligi, oddiydan murakkabga yo‘nalishni ko‘rsatmaliligi, bilim va axborotlarni hayotiyligi, jonliligi ravon tilda olib borilishi.

Darsning boshlanishini tashkil etish uy vazifasini tekshirish, darsning maqsadi va vazifasini bayon qilish, yangi materiallarni tushuntirish, mustahkamlash, darsga yakun yasash va uyga vazifa berish" tuzilishidagi darsning tipini ko‘rsating. *Kombinatsion (aralash) dars;

Darsning texnologik xaritasi nima uchun xizmat qiladi? *O‘qituvchi va talaba faoliyati hamda unga taqsimlangan vaqt me’yorini har bir bosqich bo‘yicha to‘g‘ri belgilash.

Didaktik prinsiplar deganda nimani tushunasiz? *Ta’limda o‘quv materialini tanlash va uni o‘rganishda asoslaniladigan boshlang‘ich asosiy qonun – qoidalar.

Didaktik evristika nimaga asoslangan? *Sokrat metodi va maevtikaga

Didaktik evristika» - bu? *1) Evristik ta’lim nazariyasi; 2) Pedagogik evristikaning bir kurinishi 3) Kreativ ta’­lim­ning nazariyasi va texnologiyasi

Didaktika nima? *Pedagogikaning ta’lim nazariyasi, fanlarni o‘qish va o‘qitish bilan bog‘liq ta’lim masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi

DTS talablari asosida faoliyat yuritish qanday ta’lim muassasalari uchun majburiydir? *O‘zR barcha ta’lim muassasalari uchun

YOsh o‘qituvchi o‘zining ish faoliyatida qanday psixologik muammolarga duch keladi? *Ijtimoiy munosabat, guruhdan qo‘rqish, talaba va o‘qituvchi o‘rtasida ziddiyatning hosil bo‘lishi

Javoblarning qaysi birida o‘qituvchining rahbar si­fa­ti­da jamoani boshqarish yo‘llari ko‘rsatilgan? *Avtoritar, demokratik, liberal

Jamoaviy ijodiy ishni tayyorlash metodikasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *O‘quvchi talabalar bilan birgalikda tanlab olish rejasini hamkorlikda tuzish, reja asosida kichik ijodiy guruhlarga bo‘linish va topshiriqlar olish, tadbirni tayyorlash, tadbirni o‘tkazish, o‘tkazilgan tadbirni tahlil qilish, yakun yasash

Joriy nazorat odatda qaysi mashg‘ulotlarda amalga oshi­ri­ladi? *Amaliy va laboratoriya mashg‘uloti, seminar

Ijod nima? Badiiy, ilmiy asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish.

Ijtimoiy nazorat mexanizmlari? Amaliyot talablarini shaxs faoliyati bilan taqqoslash.

Ijtimoiy samara - kishilarning ma’naviy ongining o‘sishi hisobiga shakllanadi.

Ikkita o‘quvchi nizolashayotganlarida o‘qituvchi tomo­ni­dan alohida-alohida “muhim” topshiriq ikkala o‘quvchiga berildi. Bu psixologik ta’sir ko‘rsatishning qaysi tu­ri­ga xos bo‘ladi? *Rejalashtirilmagan ta’sir

Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishning asosiy bosqich­la­ri. *Maqsad, vazifa va tegishli yo‘nalishni aniqlash, amaliyot va pedagogika fanining dolzarb masalalarini hal etishda o‘qituvchi erishgan yutuqlarni aniqlash, materiallarni to‘plash, tahlil, muomala, xulosa

Inklyuziv pedagogik texnologiya qaysi javobda to‘g‘ri ko‘r­sa­tilgan? *O‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish texnologiyasi;

Innovatsion maqsadlar deganda … *YAngi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha qo‘yiladigan maqsadlar tushuniladi

Innovatsion usul? Ta’limda yangiliklar kiritish va qo‘llash.

Inson kamolotida uch narsa – irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o‘ynaydi» degan fikrlar muallifi kim? *Ibn Sino

Insonparvarlik pedagogikasi –*Tarbiyalanuvchini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qiladi

Interaktiv usullarga asoslangan ta’lim jarayonlarini ko‘rsating? *Hamkorlikda ta’lim olishda ta’lim oluvchi uchun tashkil etilgan bilim faoliyatining maxsus shakli

Interaktiv» so‘zining lug‘aviy ma’nosi? *O‘zaro harakat qilmoq.

Interfaol ma’nosi? *Ta’lim olish uchun o‘zaro xarakat qilish

Iqtidorli talabalar qanday didaktik vositalar orqali aniqlanadi? *Maxsus psixologik, pedagogik testlar orqali qobiliyat darajasi aniqlanadi

Iqtidorli talabalarga xos xususiyatlar? *1) Maqsadga in­ti­lish; 2) Qat’iylik va mehnatsevarlik; 3) Ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish istagining mavjudligi

Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash yo‘llari ni­ma­lardan iborat? *1) Kengaytirilgan o‘quv reja bo‘yicha o‘qitish va qo‘shimcha malakaga ega bo‘lish 2) Maqsadli dastur bo‘yicha yakka tartibda o‘qitish; 3) CHuqurlashtirilgan dastur bo‘yicha yakka tartibda o‘qitish

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi modelining o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat? Mustaqil ravishda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iborat.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining qaysi bandida DTSni yaratilish va joriy etish vazifasi qo‘yilgan? 2.2 bandida.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari qaysi javobda ko‘rsatilgan? *SHaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish;

Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati? Mustaqil ravishda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limini joriy etish.

Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish pedagog kadr­lar va ta’lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasi­ning DTS va dasturlar sohasidagi vazifasi? DTS, umumta’lim va ta’lim turlari uchun kasb-hunar dasturlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi uchun ekspertizadan o‘tkazish, DTS asosida uzluksiz ta’lim tizimi pedagog, professor o‘qituvchilari va rahbar kadrlari attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish.

Kasb-hunar kollejlari qanday muassasa? YAngi tipdagi ta’lim muassasalaridir, O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi beradi, o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklarga ega bo‘lishi ta’minlanadi.

Katexizik suhbat – bu? *Ta’limot asoslarini savol javob tarzidagi qisqacha bayoni.

Katexizik suhbat maqsadi: *1) O‘quvchi-talabalarning bi­lim­larini tushunganlik va o‘zlashtirilganliklarini nazorat qi­lish; 2) O‘quvchi-talabalarga xotira va tafakkurni rivojlanishiga yordam berish

Kichik guruhlarda o‘qitish metodining o‘ziga xos xususiyatlarini nima tashkil etadi? *O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning kichik guruhlardagi mus­ta­qil ishlari tashkil etadi.

Kognitiv pedagogik texnologiya qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *Atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar darajasini kengaytirish texnologiyasi.

Komandada o‘qitish metodining o‘ziga xos xususiyatlarini toping? *Talabalar teng sonli komandalarga ajratiladi, o‘quv materiali mustaqil o‘rganiladi.

Kommunikativ qobiliyat qanday qobiliyat? *Boshqalarning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdardlik mu­nosabatida bo‘lish asosida ta’lim va tarbiya bera olish qobiliyatidir

Kommunikativ qobiliyatga xos xususiyat? *Boshqa odamlar­ning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qobiliyatidir.

Kundalik hayotimizdagi maqsadga yo‘naltirilgan xususiy bilish faoliyati …. ta’lim turiga kiradi. *Informal;

Ko‘nikma nima? *Uzoq vaqt davomida takrorlash natijasida paydo bo‘ladigan kishining anglangan ish xarakatlarini bajarishdagi avtomatlashgan usulidir

Ko‘rgazmalilik tamoyilini amalga oshirishda qanday metodik talablarga rioya qilinishi kerak? *1) Ko‘rgazmali qurollarning mashg‘ulot o‘quv materialiga mos bo‘lishi; 2) O‘qituvchi ko‘rgazma qurolni qo‘llashda ularni talabalar tomonidan idrok etish jarayoniga rahbarlik qilishi; 3) Ish usullari, plakatlar, sxemalar, jadvallarning tizimli qo‘llanilishi;

Laboratoriya mashg‘ulotlarining tavsifi keltirilgan ja­vobni belgilang. *Talabalar mustaqil ravishda vazifalarni bajaradilar yoki eksperiment o‘tkazadilar.

Layoqat nima? *Odamning anatomik fiziologik xususiyati bo‘lib, qobiliyatlarning rivojlanishi uchun dastlabki ma’lum shart sharoitlarni yaratadi.

Loyihalash metodi nima? *Loyihalash metodi - didaktik maqsadga erishish uchun muammolarni topish, aniqlash va ularni ishlab chiqish (texnologiyalarni) usullaridir.

Loyihalash metodi o‘qitishning tashkillashtirilgan metodi bo‘lib talabalar rejalashtirish jarayoni va amaliy vazifalar bajarishlari orqali ... . Nuqtalar o‘rniga quyidagi mos so‘zlarni toping? *Loyiha ko‘rinishidagi bilimlarini oladilar.

Loyihalash texnologiyasining funksiyalarining ketma-ketligini aniqlang.1. Ta’lim tarbiya berish; 2.SHaxsni rivojlantirish; 3.Ijodiy faoliyatga yo‘llash; 4.Kommunikativ; 5.Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. 6. Aqliy faoliyat usullarini tarkib toptirish; 7.O‘z o‘quv faoliyatini tahlil qilish; 8. Kasbga yo‘llash; 9. Mo‘ljalni to‘g‘ri olishga o‘rgatish; 10. Hamkorlikda ishlashga o‘rgatish. *10, 9, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8.

Loyihalashtirish metodini qo‘llash natijasi? *Loyiha ko‘­rinishidagi bilim olinadi.

Mavzu va reja tushunchalarini izohlang. Mavzu tinglovchiga ma’lum narsalarni, reja esa tinglovchiga aytiladigan yangi narsalarni anglatadi.

Maktab ta’lim sohasidagi qanday vazifalarni hal eta­di? Maktab majburiy bo‘lib, o‘quvchilarga umumiy bilim asoslarini chuqur o‘rgatishi, ularning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga asos solishi kerak.

Maktabgacha ta’lim qaerda amalga oshiriladi? Bolalar bog‘chasida, oilada, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida.

Maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi nima? Bolalar­ni maktabga tayyorlash.

Maktabda pedagogik kengash qanday organ hisoblanadi? Pedagog xodimlar, ota-onalar, vasiylar va homiylarni birlashtiruvchi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi va uning takomillashuviga ko‘maklashuvchi kollegial organ.

Maktabda ta’lim tili qanday belgilanadi? «Davlat tili xaqida»gi Qonunga asosan.

Maktabdan tashqari muassasalarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tartibini kim belgilaydi? Vazirlar Mahkamasi.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga nimalar kiradi? Bolalar, o‘smirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari, yoshlar markazlari, sport maktablari, san’at va musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari.

Malaka nima? *SHaxsning bilim va ko‘nikmalariga asoslangan holda ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga tayyorligi.

Masofadan o‘qitish qanday amalga oshiriladi? *Kommunikatsion texnologiyalar orqali.

Maxsus seminarlar qanday xususiyatlarni mujassamlan­ti­radi? *Ma’ruza mavzulariga aloqador bo‘lmaydi va biror fanning dasturi mazmuniga kirmaydi.

Mashg‘ulot mavzulari talabalarga mos va tushunarli bo‘li­shi uchun qaysi qoidalarga amal qilish kerak? *1) O‘tilayotgan mavzuning ma’nosi va hajmi talabalar tayyorgarligiga, jismoniy rivojlanishiga va yoshiga mos bo‘lishi kerak; 2) Mavzular soddadan murakkablashib borishi kerak; 3) Mashg‘ulotlarda talabalarning bilish faoliyatini faol tashkil etish kerak.

Mashg‘ulot maqsadi qanday yo‘nalishlarda belgilanadi? *3 yo‘nalishda: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi.

Mashg‘ulotning an’anaviy metodlarini ko‘rsating? *Og‘zaki ko‘rgazmali, ommaviy, mantiqiy, mustaqil ishlash, nazorat metodlari.

Ma’lumotnoma nima? Foydalanishga qulay shaklda yaratilgan muayyan fanni yoki ta’lim yo‘nalishini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, isbot talab qilmaydigan ma’lumotlar, ilmiy ko‘rsatkich va o‘lchamlar, turli belgi va raqamlardan, ilmiy, ijtimoiy siyosiy, amaliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ma’lumotlardan tashkil topgan nashr materiali.

Ma’rifat - (arabcha: bilish, bilim, tanish va ma’lumot) ki­shilarning ongini, bilimini, madaniyatini yuksalti­rishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonidir.

Ma’rifat gazetasi shiori? Kuch bilim va tafakkurda.

Ma’ruza, mustaqil ishlar, maslahatlar, ko‘rsatma berish, idrok etish, kuzatish metodlari o‘qitish va o‘rganish metodlari guruhi­ning qaysi biriga taalluqli? *Bilim berish, idrok etish va o‘zlashtirish, e’tiqodni shakllantirishni ta’minlovchi metodlar guruhi.

Ma’ruzalar kursi nima? Muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi barcha mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari ko‘rsatilgan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi berilgan, mazuga tegishli tayanch so‘z, atama va iboralar keltirilgan nashr materiali.

Ma’ruzalar matni nima? Muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi ayrim mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari ko‘rsatilgan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi berilgan, mazuga tegishli tayanch so‘z, atama va iboralar keltirilgan, davriy ravishda yangilanib turiladigan, ta’lim muassasasi ilmiy kengashi tavsiyasi bilan nashr etilgan kichik adadli tarqatma material.

Menejment – bu? 1) Boshqaruv hokimiyati va san’atidir; 2) Resurs­larni boshqarish bo‘yicha alohida mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar; 3) O‘ziga xos yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlovdir.

Metod nima? Tabiat va jamiyat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli.

Metod” – bu? *YUnoncha “yo‘l, yo‘riq”, usul orqali maqsadga erishishdir.

Metodik ko‘rsatma? Muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha kurs ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga mo‘ljallangan, ta’lim muassasasi ilmiy kengashi tavsiyasi bilan nashr etilgan kichik adadli tarqatma material.

Metodik qo‘llanma? Professor o‘qituvchilar va bilim oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bir darsning maqsadi, dars o‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta’lim muassasasining ilmiy kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr materiali.

Metodika nima? Biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etishda qo‘llaniladigan vosita va usullari yig‘indisi.

Metodologiya nima? *Metod haqidagi ta’limot yoki metodlar nazariyasi.

Monitoring nima? Dastlabki takliflarning kutilgan nati­ja­ga mosligini aniqlash maqsadida, qandaydir bir jarayoni doimiy kuzatish jarayoni.

Motiv nima? *Anglangan yoki anglanmagan ish harakat bo‘lib, biron ehtiyojning sub’ektiv ifodasini bildiradi.

Muammoli darsning tuzilishi va elementlari? *Talabalar egallagan bilimlarini faollashtirish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.

Muammoli mashg‘ulot bosqichlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatil­gan?. Psixologik jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan talabalardan teng sonli kichik guruhlarni shakllantirish. 2. Kichik guruhlarga muammoli savollardan iborat bo‘lgan o‘quv topshiriqlarini tarqatish va ularni topshiriqning didaktik maqsadi bilan tanishtirish. 3. Talabalarning bi­lish faoliyatini o‘quv muammolarini hal etishga yo‘naltirish. 4. Talabalarning muammoli vaziyatlarni hal etish bo‘yicha axborotlarini tinglash. 5. Kichik guruhlar o‘rtasida o‘quv bahsi va munozara o‘tkazish. 6. Umumiy xulosa yasash. *1, 2, 3, 4, 5, 6.

Muammoli metodlar guruhiga kiruvchi metodlarni to­ping. *1) Muammoli izlanish xarakteridagi suhbat; 2) Muam­mo­li hikoya; 3) Muammoli amaliy ish.

Muammoli ta’lim metodining ta’rifi qaysi javobda keltirilgan? *Ilmiy bilish jarayonining ob’ektiv qarama-qarshiliklarini aniqlash va ularni hal qilishga qaratilgan, fikrlashga o‘rgatish va bilimlarni ijodiy o‘zlashtirishga qaratilgan ta’lim metodi.

Muammoli o‘qitish texnologiyasi bosqichlarini belgi­lang? *Muammoli vaziyat, muammoli savol, muammoli vazifa, muammo echimi.

Muloqot nima? *Kishining boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish shakli.

Mustaqil ishlarning turlarini aniqlang. *Namunalar bo‘yicha mustaqil ishlar, rekonstruktiv-variativ, evristik, ijodiy tadqiqot.

Namunaviy dasturning tarkibiy qismlarining ketma-ketligini aniqlang. 1. Kirish 2. Asosiy qism 3. Ma’ruza mashg‘ulotlari mavzulari 4. Amaliy. mashg‘ulotlari mavzulari 5. Seminar mashg‘ulotlari mavzulari. 6. Laboratoriya mashg‘ulotlari mavzulari 7. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari ro‘yxati 8. Ko‘rgazma vositalari. 9. Reyting nazorati topshiriqlari 10. Kurs ishi va loyihalar mavzulari. *1 2 3 4 5 6 10 7.

Nerv tizimining kuchsiz, muvozanatsiz, sust tipi qaysi tempera­ment­ga mos keladi? *Melanxolik.

Nutq texnikasiga nimalar kiradi? *Nafas olish, ovozni yo‘lga qo‘yish, uning tovlanishi, talaffuzi, nutq sur’ati.

Nutqning vazifalarini aniqlang. *Nutq vositasida bola­ning his-tuyg‘ulari, o‘quvchilar orasida muloqot, olingan ma’lumotlarni ongli tahliliy idrok etish.

Oliy ta’lim innovatsion siyosatining asosiy tamoyil­la­ridan biri? *Ilmiy va ta’limiy jarayonlarning birligi, jamiyat ravnaqiga yo‘naltirilganligi.

Oliy ta’lim uchun tayyorlanadigan darslikka qo‘yiladi­gan asosiy talablar? *CHuqur ilmiy uslubiy, yuqori sifat va miqdor ko‘rsatkichda bo‘lishi.

Oliy ta’lim uchun tayyorlanadigan ma’ruzalar to‘plamiga qo‘yila­digan talablar? *Ayrim mavzularning mazmuni qisqacha yoritilgan, birlamchi bilim olishga qaratilgan, nazariy va amaliy savollar, tayanch atama va iboralardan iborat bo‘lishi.

Oliy ta’lim uchun tayyorlanadigan metodik qo‘llanma­larga qo‘yiladigan talablar? *Har bir mashg‘ulotning maqsadi, mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qisqacha topshiriqlar va tavsiyalar berilgan bo‘lishi.

Oliy ta’lim uchun tayyorlanadigan elektron darslikka qo‘yiladi­gan talablar? *Kompьyuter texnologiyasiga asoslanishi, mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirilgan, ilmiy ma’­lu­mot­larning har tomonlama samarali o‘zlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lishi.

Oliy ta’lim uchun tayyorlanadigan o‘quv adabiyotlarining turl­a­ri­ni toping. *1) Darslik, o‘quv qo‘llanma; 2) Lug‘at, ma’lumotlar to‘plami, elektron darsliklar; 3) Ma’ruzalar to‘plami, metodik qo‘llanma.

Oraliq nazoratning vazifalarini toping.1. Bitta mavzu bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash. 2. Bo‘lim bo‘yicha nazariy bilimlarni baholash. 3. Amaliy mashg‘ulotlarda ko‘nikma va malakalarni aniqlash. 4. Bo‘lim bo‘yicha talabaning muayyan savol yoki muammoni echish mahorati va qobiliyati aniqlanadi. *2; 4.

Ota-onalarning hamda qonuniy vasiylarning bolalar oldidagi vazifalari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *1) Bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish; 2) Bola tarbiyasiga javobgarlik; 3) Bolaning maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-xunar ta’limi olishiga mas’ul.

OTM ta’lim jarayonida foy­da­laniladigan va keng tar­qalgan pedagogik texnologiyalarni belgilang. *Muammoli o‘qitish, tabaqalashtirilgan va individual, dasturlashtirilgan, kompьyuter axborot texnologiyasi, mualliflik texnologiyalari.

OO‘YUda olib boriladigan ma’naviy ma’rifiy ishlarning shakllarini toping. *1) Madaniy ma’rifiy tadbirlar; 2) Teatr, muzey, ko‘rgazmalarga sayohat; 3) Sport musobaqasi, festivallar, olimpiada, ko‘rik tanlovlarga jalb etish.

OO‘YUdagi ta’lim sifatini nazorat qilish usullari? *Ichki nazorat, joriy, oraliq, yakuniy, tashqi, davlat, jamoat, yakuniy davlat attestatsiyasi nazoratlari.

Og‘zaki ta’lim metodlari qaysi javobda ko‘rsatilgan? *Hikoya, suhbat, ma’ruza.

Pedagogik jarayonning vazifasi nimalardan iborat? *Bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish.

Pedagogik jarayonning ob’ekti? *Talabalar guruhi va alohida talaba.

Pedagogik jarayonning sub’ektlari? *O‘qituvchilar, tarbiyachilar, pedagogik kollektiv.

Pedagogik innovatsiya? *YAngilik kiritishni anglatib, u pedagogik tizimning ichki resurslarini ishga solgan holda samarali natijaga olib keluvchi yangiliklar.

Pedagogik kvalimetriya – bu? *O‘qituvchi, tarbiyachining kasbiy va pedagogik mahorati, novatorligi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqot sohasi

Pedagogik kvalimetriyaning tarkibiy qismi? *Attes­tatsiya.

Pedagogik mahorat” tushunchasi qaysi javobda to‘g‘ri be­ril­gan? *Pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish harakatga keltira olish, pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari tahlili.

Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlarini ko‘rsating? *O‘qituvchi faoliyatining insonparvarlik yo‘nalishi, ixtisoslikka doir bilimlar, pedagogik qobiliyat va pedagogik texnikani egallash.

Pedagogik muloqot ta’rifi? *Pedagogik muloqot – bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda sinfda ijobiy ruhiy iqlim yaratish.

Pedagogik munosabatlar tizimini aniqlang? *Bo‘lajak munosabatni modellashtirish, munosabatda bo‘ladigan guruhni oldindan bilish, bevosita munosabat o‘rnatish, munosabat­ni boshqarish, munosabatni tahlil etish.

Pedagogik nazokatning me’yoriga qaysilar kiradi? *Ixtisoslik sohasidagi burch, pedagogik adolat, ixtisoslikka doir vijdon, izzat nafs, pedagogik oriyat.

Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari? *Talab; rag‘batlantirish va jazolash; jamoatchilik fikri.

Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari? *O‘qituvchining o‘z nutqini boshqara olish qobiliyati bilan bog‘liq ko‘nikmalar, savodli va ifodali gapirishi, bilimi va fikrini tushunarli etkaza olishi.

Pedagogik texnologiya nima? Butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘z oldiga ta’lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va uning o‘zaro aloqasini hisobga olib bilimlarni yaratish, egallash va belgilashning tizimli metodidir.

Pedagogik texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida qanday ierarxik darajalarda ishlatiladi? Umum pedagogik (umumdidaktik) xususiy metodik, lokal (modulli) darajalarda.

Pedagogik faoliyat deganda qanday jarayon tushuniladi? *YOsh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash, ta’lim-tarbiya berish uchun

maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyati.

Pedagogik faoliyat texnologiyasi nima? *Ta’lim, tarbiya va rivojlantirish texnologiyasi.

Pedagogik faoliyatda mehnat malakasi deb nimaga aytiladi? *Egallagan bilimlarini o‘zining hayotiy va amaliy faoliyatida qo‘llay bilishi.

Pedagogik faoliyatini mohirlik bilan boshqarish – bu? *Pedagogik texnikadir.

Pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish uchun zarur sifatlar qaysi javobda to‘laroq ko‘rsatilgan? *Bilim, tushuntira olish, kuzatuvchanlik, nutq, tashkilotchilik, obro‘ orttira olish, to‘g‘ri muomala qila olish, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlay olish.

Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlarini belgilang? *1) O‘z kasbiga muxabbat, o‘quvchilarni seva olish, mutaxassisligi bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lishi; 2) Pedagogik takt va pedagogik nazokatga, kommmunikativlikka, tashkilotchilikka, jamoani boshqarish va tashkillashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; 3) O‘quvchilar jamoasiga singib keta olish, o‘z mehnatiga ijobiy yondashish.

Pedagogika sohasida qo‘llaniladigan ilmiy-tadqiqot me­tod­lari? *Kuzatish, taqqoslash, analogiya, induksiya, deduksiya, analiz, sintez, abstraksiya, umumlashtirish.

Pedagogning qaysi jarayonini sahnadagi aktyorlar fao­liya­tiga o‘xshatish mumkin? *Hatti-harakat, mashg‘ulot olib borish jarayonini.

Raqobatga bardosh berish va engish uchun yuksaklikka in­tilish» fikri innovatsion faoliyat yondoshuvlarining qaysi birini to‘liqifodalaydi? *Akmeologik yondoshuv

Reyting baholari, kurs va diplom ishlari loyihalari, BMIlar, davlat attestatsiyasi natijalarini baholash qaysi metodlar guruhiga taalluqli? *Bilimlarni tadbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish metodlar guruhi.

Reyting tizimining vazifalari? *Talaba bilimini haqqoniy, aniq va adolatli baholash hamda natijalarini tahlil qilish, talaba bilimini muntazam nazorat qilish, o‘qitish samaradorligini aniqlash.

Relaksatsiya” qanday holat? *Jismonan va ruhan bo‘shashish, butunlay osoyishtalik.

Respublikamiz Internet tizimi bilan qachon aloqa o‘r­nat­gan? 1996 yil, may.

Referat (lotincha - axborot berayapman) biror ilmiy asar, maqola, o‘kilgan kitob va shu kabilar mazmunining qisqacha yozma bayoni.

Ruhiyat nima? Insonning ichki dunyosi.

Seminar mashg‘uloti qaysi javobda ko‘rsatilgan? *O‘quvchilarning mavzudagi muhim masalalarni chuqur o‘rganish yuzasidan mustaqil ishlashini, keyinchalik ularni jamoa bo‘lib muhokama qilishni tashkil etish.

Seminar mashg‘uloti qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *Talabalarning mavzudagi muhim masalalarni chuqur o‘rganish yuzasidan mustaqil ishlashini, keyinchalik ularni jamoa bo‘lib muhokama qilishni tashkil etish.

Seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida, na­zo­rat ish­la­rini bajarishda qaysi metodlar guruhidan foy­dalaniladi? *Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish metodlari guruhi.

Syujetli-rolli o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyati? *Tabiat va tabiiy hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikni badiiy usulda yoritish.

Talabalar bilan muloqotda shirinsuxanlik, xushmuomalalik, muloyimlik o‘qituvchilarning qanday sifatlari hisoblanadi? *Kommunikativ.

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish shakl­larini toping. *1) Ijtimoiy foydali mehnat; 2) Sport, sog‘lomlashtirish ishlari; 3) Turli yo‘nalishlarda to‘garaklar tashkil etish.

Tarbiya metodlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi, odatlantiruvchi va mashqlantiruvchi, rag‘batlantiruvchi va jazolovchi.

Tarbiya turlari? *Aqliy tarbiya, jismoniy, ahloqiy, mehnat, nafosat, ekologik, etik, iqtisodiy, huquqiy.

Tarbiya turlarini sanab bering? Oilaviy tarbiya, jismoniy tarbiya, shajaraviy tarbiya, diniy va axloqiy tarbiya.

Tarbiyaning turlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *Ilmiy, aqliy, estetik, ekologik, mehnat va kasbiy tarbiya.

Tarbiyachi pozitsiyasiga nimalar kiradi? *Jamoaning shaxsga ta’sirini ta’minlay bilish.

Ta’lim berishning asosiy kategoriyalari? *Bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, sintez, baholash.

Ta’lim va tarbiya qaysi yondashuv asosida to‘laqonli amalga osha­di? *O‘quvchini ijodiy yondashishi, didaktik malaka, tashkilotchilik, konstruktiv texnikalari orqali.

Ta’lim jarayonida o‘qituvchining pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy holatlar? *Talabaning nazariy hamda amaliy faoliyatda erishadigan yutuqlari va ijobiy natijalari.

Ta’lim mazmunini integratsiyalashda integratsiya qanday funksiyani bajaradi? *metodologik.

Ta’lim muassasalari asosan nima asosida faoliyat ko‘rsatadi? Ustav asosida.

Ta’lim muassasasi bitiruvchisining o‘rganuvchan ijtimoiy va kasbiy sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuv ja­rayoni va natijasi? *adaptatsiya.

Ta’lim nazariyasining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? *Ta’lim jarayonining mohiyati, ta’lim mazmuni, ta’lim tamoyillari, metodlari, shakllari va vositalari.

Ta’lim sohasida marketingning qanday turi ko‘proq qo‘llaniladi? *Ijtimoiy.

Ta’lim texnologiyasi turlarini belgilang? *Muommali, shaxsga yunaltirilgan, masofaviy, modulli.

Ta’lim texnologiyasi qanday elementlar to‘plamida ibo­rat? *Ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, ta’lim maqsadlari va natijalari, ta’lim mazmuni, ta’lim metodlari, shakllari, vositalari va baholash.

Ta’lim xizmatlarini tashkil etish borasidagi vazifalarni belgilaydigan oliy ta’lim muassasasi xizmati? *Marketing xizmati.

Ta’limda ilm orqali bilim olish deganda nimani tushunasiz? *Ta’lim oluvchining ilmiy metodlarga asoslanib bilim olishi.

Ta’limda proeksion uskunalar va slaydlarni qo‘llash qaysi didaktik tamoyilda o‘z ifodasini topgan? *Ko‘rgazmalilik.

Ta’limda texnologik yondashuvni asosiy yutug‘i? *Differensial va individual yondashuvni ta’minlaydi.

Ta’limdagi muammo nima? *Hozircha javobi ma’lum bo‘lmagan, lekin axborot manbalarida, o‘quv materiali yoki o‘qituvchi orqali bajarilgan mashg‘ulotlarda mavjud bo‘lgan, bilim oluvchini bilimiga da’vat etuvchi ta’lim-tarbiyaga oid muhim masala.

Ta’limning rivojlantiruvchi maqsadlari? *O‘quvchi shax­si­ni shakl­lantirish, ilmiy–nazariy fikrlashni rivojlantirish, nazariyani yuqori darajada egallash, ilmiy metodlarni egallash.

Ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi asosan qanday metod va yondashuvlar bilan bog‘liq? *Ta’limda hamkorlikda ta’lim olish, loyihalash metodi, differensial va individual yondashuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq.

Ta’limning yangi, uzluksiz va izchil tizimini aniq­lang? Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi mahoratini belgilovchi maqsadlar? *Ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi.

Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish usuli va olinajak natija, pedagogik boshqaruvni va tahsil oluvchilarning bog‘liqligi o‘qitishning qaysi qonuniyatda mos keladi? *Ta’lim-tarbiya jarayonining tahsil oluvchilar faoliyati xarakteriga bog‘liqligi qonuniyati.

Temperament nima? *Odamning individual psixologik xususiyatlaridan bo‘lib, uning xayajonlarida, emotsional taassurotlarida, muvozanatliligida va psixik faoliyatining tezligida namoyon bo‘ladi.

Testning ishonarliligini ta’minlovchi omil qaysi javobda ko‘rsatilgan? *Test savoliga berilgan javoblar soniga.

Texnologiyalashtirilgan ta’limning asosiy xususiyatini ko‘rsating? *Texnologiyalashtirilgan ta’lim jarayoni o‘qituvchi shaxsiga bog‘liq bo‘lmagan faqat o‘quvchi (talaba)ning shaxsiy extiyojlari va talablariga asoslanadi.

Tizimga berilgan xarakteristikaning qaysi birini asosiy deb hisoblaysiz? *Elementlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.

Tushunish real borliqdagi... *Ob’ektiv jarayon va faoliyatlarni to‘g‘ri va to‘la inson ongida ifodalanishidir.

Uzluksiz ta’lim tizimi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.

Umumta’lim fanlari deganda umumiy o‘rta ta’lim bilimlarining zarur hajmini beradigan, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradigan, kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradigan fanlar majmuasidir.

Fan nima? Tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi.

Fikr almashish bilan bog‘liq bo‘lgan metodlar. *Ishontirish; ta’sir qilish; taqlid qilish.

Fuqaroning ijtimoiy huquqi? Har kimga ilmiy texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.

Xarakter nima? *SHaxsning oliy nerv faoliyati bilan bog‘liq holda uning hayoti mobaynida shakllanib, o‘z-o‘ziga va boshqa kishilarga, tevarak atrofdagi olamga bo‘lgan munosabatlarida ifodalangan individual xususiyatlari.

Xodimlarni baholash, attestatsiya qilish usuli – bu? *Assessment.

SHaroitga tez moslashib, bir faoliyatdan ikkinchi fao­liyatga tez ko‘cha oladigan temperament tipi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? *Sangvinik.

SHarh nima? Jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadigan me’yoriy huquqiy hujjatlarni, shuningdek, bahsga loyiq asarlarni, g‘oyalarni, fikrlarni va ta’riflarni izohlovchi, muayyan masalalar echimini ko‘rsatuvchi, keng ommaga mo‘ljallangan qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashr materiali.

SHaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy tamoyilini ko‘rsa­ting? *Ta’lim markaziga o‘quvchi (talaba) qo‘yiladi.

SHaxsga ta’sir etish orqali tarbiyalash metodlari va usullariga quyidagilar kiradi? *O‘z-o‘ziga ko‘rsatma be­rish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘ziga hisobot berish, o‘z- o‘zini ishontirish, o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini majbur etish.

SHaxsning barkamolligini ta’minlovchi manbalarni to­ping. *Xalqimizning ma’naviyat, axloq odob va ma’rifat bilan bog‘liq qadriyatlari.

SHaxsning bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq atvoriga, xatti harakatiga ta’sir eta olish va uni qisman o‘zgartirish nima deb ataladi? *Ishontirish.

SHaxsning ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *Ijtimoiy muhit, etnik xususiyatlar, jinsiy xususiyatlar.

Evristik suhbat maqsadi? *Mohirlik bilan qo‘yilgan savollar yordamida yangi bilimlarni jadal o‘zlashtirilishini ta’minlash.

Evristika – bu? *Oldindan o‘rganilgan algoritmlarni tah­lil qilish va ularga sodda o‘zgartirishlar kiritish asosida yangi algoritmlar tuzish malakasi.

Ekstravertlarga qanday hislatli insonlar kiradi? *Faol­lik, ta’sirlarga moyillik.

Elektron darslik? Kompьyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan shakldagi adabiyot.

Elektron o‘quv adabiyot nima? Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba.

Empirik pedagogik texnologiya qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *Sezgi a’zolari orqali bilim olish texnologiyasi.

O‘z pedagogik layoqati va pedagogik faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish o‘qituvchi faoliyatida qanday o‘zgarishlarga olib keladi?

*Kasbiy faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar, kasbdoshlar tomonidan tan olinish, pedagogik mahoratni ortishi

O‘zR ta’lim tizimi tarkibini aniqlang? DTSga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari. Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari. Ta’lim tizimi bilan bog‘liq tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar.

O‘zRda bilim olish huquqi qanday ta’minlanadi? Davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish orqali ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish orqali bepul o‘qitish va shartnoma evaziga kasb-hunar o‘rgatish orqali.

O‘zRda ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi? *Insonni har tomonlama rivojlantirish va kamol topishi;

O‘z-o‘zini tarbiyalash metod va usullariga nimalar kiradi? *O‘z-o‘zini boshqarish, talaba shaxsini tushunish, o‘z- o‘zini nazorat qilish, o‘z faoliyatiga o‘zi baho berishi, muomalada o‘zini ko‘rsata olish, o‘z nutqini to‘g‘ri tuza olish va boshqalar.

O‘qitish vositalari deganda nima tushuniladi? Axborot uzatish va o‘zlashtirish hamda aqliy va jismoniy mehnat bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarni egallash uchun o‘qitish jarayonida qo‘llanadigan o‘quv jihozlari.

O‘qitish jarayonida nazoratning rivojlantiruvchi funksiyasi? *O‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash

O‘qitish metodikasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *Xususiy didaktik yoki ta’limning xususiy nazariyasini o‘zida namoyon etadigan pedagogika fanining tarmog‘idir

O‘qitish metodlarini tanlash nimalarga bog‘liq? *O‘quv materiallarining mantiqiy yo‘nalishi, mazmuni va mustaqil ish xarakteriga

O‘qitish sifatini nazorat qilish qanday faoliyat? O‘quvchining bilim saviyasini tekshirish va uning o‘quv dasturini o‘zlashtirish darajasini baholash.

O‘qitish usuli nima? *O‘qitish metodini amalga oshirish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorlikda bajaradigan operatsiya.

O‘qitish shakllari to‘liq berilgan javobni toping. *Ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim, amaliyot;

O‘qituvchi va o‘quvchi muloqotini bog‘lovchi asosiy vosita? *So‘z

O‘qituvchilarning xarakteri, individual xususiyatiga qarab toifalarga ajratib bering? *Tashabbuskor, ijodkor o‘qituvchilar, tashabbussiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar, hamma ishga befarq qarovchi o‘qituvchilar.

O‘qituvchining innovatsion faoliyati qaysi masalalarni echishga qaratilgan? *Voqelikni o‘zgartirishga, uning muammolari va usullarini echishni aniqlashga qaratilgan

O‘qituvchining innovatsion faoliyatini samaradorligini oshirishga tegishli bo‘lgan yondashuvlarni aniqlang. *Akmeologik, kreativ, refleksiv;

O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *Talabaga to‘g‘ri muomala qila olish, ularga yaqin bo‘lish, ular bilan pedagogik samarali hamkorlik o‘rnata bilish qobiliyati;

O‘qituvchining talabalar bilan ijodiy faoliyatini tay­yor­lash­dagi tashkilotchiligi nimalarda namoyon bo‘ladi? *O‘tkaziladigan tadbirni talabalar bilan birgalikda tanlab rejasini tuzish, reja asosida guruhlarga bo‘linish va topshiriqlar olish, tadbirni tayyorlash, tadbirni o‘tkazish, o‘tkazilgan tadbirni tahlil qilish.

O‘qituvchining ta’lim jarayonini maqbullashtirish qobi­liya­ti nimalarda namoyon bo‘ladi? *Kam kuch sarflash evaziga o‘qituvchi va talabalarga ta’lim berib, o‘qitish maqsadiga erishishdir;

O‘qituvchining ta’limga an’anaviy yondashuvida qanday xususiyat­lar mavjud? *O‘qituvchi boshqaruvchi, o‘quv maq­sad­lar aniq emas, o‘qituvchi bilimlarni monolog orqali et­qa­zadi, o‘quvchi bilimlarni passiv qabul qilish;

O‘quv materialini tanlashda qaysi prinsipga rioya qi­li­na­di? *O‘quv materialini soddadan-murakkabga tomon rivoj­lantirib borish.

O‘quv mashg‘uloti jarayonida o‘qituvchining suhbati ta’limning qaysi metodiga kiritiladi? *Og‘zaki;

O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilishning liberal shak­li bu – … *O‘qituvchi tashabbuskor bo‘lmaydi va his tuyg‘ular, ehtiyojlar inobatga olinmaydi;

O‘quv qo‘llanma nima? Darslikni qisman to‘ldiruvchi, muay­yan fan dasturi bo‘yicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlovchi, ayrim bob va bo‘limlarni keng tarzda yoritishga yoki mashq va mashg‘ulotlar echishga mo‘ljallangan nashr.

O‘quv qo‘llanmasiga xos xususiyatlarni toping. *1) Darslikni qisman to‘ldiradi; 2) Fan dasturi asosida yozilgan va fan asoslarini chuqur o‘zlashtirishga xizmat qiladi; 3) Ayrim bob va bo‘limlarni keng yoritgan, amaliy mashg‘ulotlar va masala echishga mo‘ljallangan

O‘quv qo‘llanmasining darslikdan farq qiluvchi jihatini toping. *Muayyan mavzularni darslikka nisbatan kengroq yoritadi;

Qaysi javobda ta’limiy maqsadlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *Dasturdagi o‘quv materialini o‘rganish, ma’lum bilimlar tizimini berish, o‘quv materialini qayta tuzish va uni qo‘llashga o‘rgatish va boshqalar

Qaysi texnologiyalarda o‘quvchilarda aqliy faoliyat usul­la­rini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratiladi? *Muammoli ta’lim texnologiyalarida.

Qaysi fan pedagogika fanlari tarkibiga kirmaydi? Irsiyat (genetika).

Qanday ta’lim muassasasi o‘z bitiruvchilariga olgan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat bera oladi? Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasasi.

Qanday holatlarda nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati to‘xtatiladi? “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlarini buzganda.

Qobiliyat nima? *SHaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va o‘z ishini muvaffaqiyatli bajarishdagi sub’ektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik xususiyat­dir.

Quyidagi kishining temperamentini aniqlang: og‘ir, bosiq, sovuqqon, maqtovlarga berilmaydi. Melanxolik.

Quyidagi tushunchalarning soddadan- murakkabga tomon to‘g‘ri? *Usul > metod > metodika > metodologiya > texnologiya;

Hamkorlikda ta’lim olish texnologiyasidagi asosiy g‘oya turli o‘quv holatlarda ... sharoit yaratishdan iborat. Qoldirilgan nuqtalar o‘rniga mos jumlani qo‘ying. *O‘quvchi (talaba) larning xamkorlikdagi faol o‘quv faoliyati uchun.

 

7718 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Erkin 202
Qo`shilgan sana: 2015-05-01

123456

Foydalanuvchi ismi: Erkin 202
Qo`shilgan sana: 2015-05-01

yaxshi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений