linkedin facebook linkedin facebook nod32

JavaScriptda ikkilamchi ob’ektlar

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-27

JavaScriptda ikkilamchi ob’ektlar

JavaScriptda ichki qurilgan ob’ektlarni ko’rib chiqamiz. Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ob’ektlar va brauzerning ob’ektli modelini (bu model to’g’risida boshqa bir bo’limda hikoya qilinadi) tashkil qilgan ob’ektlardan farq qilib, ichki qurilgan ob’ektlar hohlagan kontekstda – hoh u Microsoft Internet Explorer yoki Netscape Navigator bo’lsin- chaqirilishi mumkin.
JavaScript tiliga bo’lgan asosiy talablarni belgilab beruvchi ECMAScript  ( ECMAScript Language Specification, Standard ECMA-262 ni qarang) spetsifikatsiyasiga ko’ra tilda quyidagi ob’ektlar amalga oshirilgan bo’lishi kerak: Global, Object, Function, Array, String, Boolean, Number, Math va Date.
Аrrау, Boolean, Date, Function, Math, Number va String ichki qurilgan ob’ektlarini ko’rib chiqamiz.

Array ob’ekti

JavaScript tilida massivlarni yaratish uchun ichki qurilgan ma’lumotlar tipi yo’q, shuning uchun bunday masalalarni hal qilishda Array ob’ektidan foydalaniladi. U massivlarni birlashtirish, tartiblash va o’rin almashtirish uchun metodlarga ega, yana massivning o’lchamini aniqlash imkoniyati ham mavjud.
Massiv – bu nomi va tartib raqami (indeksi) bo’yicha chqiriladigan qiymatlarning tartiblashgan to’plamidir. Masalan, dasturda har biri o’z tartib raqamiga ega bo’lgan xabarlar to’plami –allMsg dan tuzilgan massivni yaratish mumkin. Shunday qilib, allMsg[0] birinchi habar, allMsg[1] –ikkinchi habar bo’ladi va hokazo.
Array ob’ektini hosil qilish uchun ikki bir birini o’rnini olishi mumkin bo’lgan usulni qo’llsh mumkin.
New konstruktorini chaqiring va massiv o’lchami (undagi elementlar soni)ni bering. Massivni to’ldirish keyinroq ro’y beradi.
Quyidagi misolni ko’rib chiqamiz.

<html>

<head>

<title>Тест JavaScript.</title>

<script language="JavaScript">

// yangi massiv yaratish

  allStr = new Array(5);

// massivni to`ldirish

  allStr[0] = "№1 Habar";

  allStr[1] = "№2 Habar";

  allStr[2] = "№3 Habar";

  allStr[3] = "№4 Habar";

  allStr[4] = "№5 Habar";

// funksiya uchun massiv elemaentlarini aks ettirish

  function showMsg(ndx)

  {

    alert(allStr[ndx]);

  }

</script>

</head>

<-- №4 habar gacha oynada aks ettirish-->

<body onLoad="showMsg(3);">

</body>

</html>

 

Yuqorida keltirilgan misolda 5 ta elementdan tashkil topgan massiv yaratiladi, keyin u to’ldiriladi.
New konstruktorini chaqirasiz va massivning barcha elementlarining qiymatlarini berasiz. Massiv o’lchami bu holda oshkora holda ko’rsatilmaydi.
Quyidagi misolni ko’ramiz.

<html>

<head><title> Тест JavaScript.</title>

<script language="JavaScript">

// massiv elemantini aks ettirish

  allStr = new Array(" №1 Habar", " №2 Habar", " №3 Habar",    " №4 Habar", " №5 Habar");

// funksiya uchun massiv elementlarini aks ettirish

  function showMsg(ndx)

  {

    alert(allStr[ndx]);

}

</script>

</head>

<-- №4 habar gacha oynada aks ettirish -->

<body onLoad="showMsg(3);">

</body>

</html>

Bu yerda massiv elementlarining qiymatlari new konstruktorini chaqirish vaqtidayoq bevosita beriladi.

 Array ob’ektining metodlari

Array ob’ekti quyidagi metodlarga ega.

Metod

Bayoni

join

Massivning barcha elementlarini satrga birlashtiradi

reverse

Massivdagi elementlar tartibini o’zgartiradi – birinchi element ohirgi elementga, ohirgisi esa birinchi elementga aylanadi

Sort

Massiv elementlarini tartiblaydi

Array ob’ekti metodlarining ishlatilishlarini ko’rib chiqamiz. Aytaylik bir nechta elementga ega bo’lgan massiv va ikkita –showAll va showElement funktsiaylari berilgan bo’lsin. Birinchi, massivning barcha elementlarini namoyish qiluvchi funktsiya tsikl ichida massivning berilgan elementini namoyish qiluvchi showElement funktsiaysini chaqiradi:

<html>

<head><title>Тест JavaScript.</title>

<script language="JavaScript">

  myArray = new Array("Ota", "Ona", "Aka", "Singil", "Boshqalar");

  function showElement(ndx)

  {

    alert(myArray[ndx]);

  }

  function showAll()

  {

    for( i = 0; i <= myArray.length-1; i++)

    {

      showElement(i);

    }

  }

</script>

</head>

<body onLoad="showAll();">

</body>

</html>

 

Agar yuqorida keltirilgan faylni yuklasak, har birida myArray massivining bitta elementi - Ota, Ona, Singil, Aka va Boshqalar tasvirlangan xabarlar paneli ketma-ketligini ko’rishimiz mumkin.
Quyidagi kod yozilgan test funktsiaysini yaratamiz:

  function test()

  {

    alert(myArray.join());

  }

Va  <body> tegini o’zgartiramiz:

  <body onLoad="test();">

Joint metodi massiv elemetlarini ajratib turuvchini berish mumkin bo’lgan majburiy bo’lmagan parametrga ega. Ko’rsatilmagan holda “,” belgisi ishlatiladi.

Masalan

  function test()

  {

    alert(myArray.join(" _|_ "));

  }

reverse metodi massive elementlarini o’rin almashtirishlari uchun foydalaniladi. test funktsiaysiga shu metodni chaqirilishini qo’shamiz:

  function test()

  {

    myArray.reverse();

    alert(myArray.join(";"));

  }

Massivning birinchi elementi ohirgi o’rinni egalladi, ikkinchisi- ohiridan oldingi va hokazo.
Sort metodi massiv elementlarini tartiblash uchun foydalaniladi. test funktsiyasiga shu metodni chqirilishini qo’shamiz:

  function test()

  {

    myArray.sort();

    alert(myArray.join(";"));

  }

Ko’p o’lchamli massivlarni yaratish.
Array ob’ekti ko’p o’lchamli massivlarni yaratishga imkon beradi. Quyida ko’p o’lchamli massivni yaratishga misol keltirilgan.

<html>

<head><title>Тест JavaScript. </title></head>

<body>

<center>

<font size=5><b>Ko`p o`lchovli massiv</b></font><p>

<script language="JavaScript">

  a = new Array(4);

  for( i=0; i < 4; i++)

  {

    a[i] = new Array(4);

    for( j=0; j < 4; j++)

    {

      a[i][j] = "["+i+","+j+"]";

    }

  }

  for( i=0; i < 4; i++)

{

    str = "Satr "+i+":";

    for( j=0; j < 4; j++)

    {

      str += a[i][j];

    }

    document.write( str, "<br>");

  }

</script>

</center>

</body>

</html>

Yuqorida keltirilgan dasturda to’rtta elementdan tashkil topgan massiv hosil qilinadi: uning elementlarining har biri ham to’rtta elementdan iborat massivdir. Har bir elementga element indeksini beruvchi i,j juftikning qiymatlari kiritiladi.  Keyin tsikl ichida berilgan massiv elementlari namoyish qilinadi.

1419 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений