linkedin facebook linkedin facebook nod32

JavaScript da kirishlar tarihi History

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-27

JavaScript da kirishlar tarihi History

Kirishlar tarihi (History). World Wide Web sahifalariga kirishlar tarihi (trassa) faoydalanuvchiga u bir necha minut (soat, kun) oldin ko’rgan sahifaga qaytish imkoniyatini beradi. Kirishlar tarihi JavaScriptda history sinfining ob’ektiga aylantiriladi. Bu ob’ekt foydalanuvchi ko’rgan va brauzer menyusidagi GO rejimini tanlagan holda olishi mumkin bo’lgan URL-sahifalar massivini ko’rsatadi. history ob’ekti metodlari shu massivdagi URLdan foydalangan holda sahifalarni yuklashga imkon beradi.

Brauzer havfsizligi bilan muammolar bo’lmasligi uchun History bo’yicha faqatgina URLning indeksi bo’yicha sayr qilish mumkin. Bunda URL matnli qator sifatida daturchiga berilmaydi. Ko’pincha bu ob’ekt bir nechta turli hil sahifalarga o’tishlar bo’lgan misollar yoki sahifalarda misol yuklanadigan sahifaga qaytish mumkin deb faraz qilgan holda foydalaniladi:

<FORM><INPUT TYPE=button VALUE="Orqaga" onClick=history.back()></FORM>

Berilgan kod bosish orqali oldingi sahifaga qaytishimiz mumkin bo’lgan “Orqaga” tugmasini aks ettiradi.

Brauzertipi ( Navigator obekti). Brauzerlar o’rtasidagi “urush” tufayli ( uni allaqachon Microsoft Internet Explorer foydasiga hal bo’ldi deb hisoblash mumkin) sahifani aniq bir ko’rish dasturiga moslashtirish muammosi vujudga keldi. Bunda ikki hil variant bo’lishi mumkin: server tomonidagi brauzer tipini aniqlash va klient tomonidagi brauzer tipini aniqlash. Ohirgi variant uchun JavaScriptda Navigator ob’ekti mavjud. Bu ob’ekt – Window ob’ektining hossasi.

         Ko’rish dasturining tipini aniqlashga oddiy misolni ko’ramiz:

<FORM><INPUT TYPE=button VALUE="Navigator tipi"

onClick="window.alert(window.navigator.userAgent);"></FORM>

Tugmachani bosish bilan ogohlantirish oynasi aks ettiriladi. Unda tegishli brauzer HTML-sarlavhaga joylashtiradigan userAgent satri bo’ladi.
Bu satrni komponentalar bo’yicha bo’laklash mumkin, masalan:

navigator.appName = Microsoft Internet Explorer

navigator.appCodeName = Mozilla

navigator.appVersion = 4.0 (compatible; MSIE 5.5; Windows 98)

navigator.userAgent = Mozilla/4.0 (compatible; MSIE 5.5; Windows 98)

Navigator ob’ektini dasturlash tuqtai nazaridan qiziqarli bo’lgan bir necha hil qo’llash usullari mavjud. Masalan, Javani qo’llash mumkinligini tekshirish.
Bu imkoniyatni misolda ko’rsatamiz:

<SCRIPT>

document.write("<P ID=red>");

if(navigator.javaEnabled()==true)

  document.write(" Java-da himoyalangan");

if(navigator.javaEnabled()==false)

  document.write("<FONT COLOR=red>Java-da himoyalanmagan</FONT>");

</SCRIPT>

</example>

Shunga o’hshab sizning brauzeringizda ishlarsa bo’ladigan grafik fayllar formatlarini hamtekshirish mumkin:

<SCRIPT>

if(navigator.mimeTypes['image/gif']!=null)

  document.write(" GIF formatni bravzer ochadi<BR>");

if(navigator.mimeTypes['image/tif']==null)

  document.write(" TIFF formatni bravzer ochmaydi");

</SCRIPT>

Afsuski, bunday tekshiruv grafikani avtomatik yuklashni mavjudligini aniqlashga imkon bermaydi.

1343 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений