linkedin facebook linkedin facebook nod32

JavaScriptda location maydoni

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-27

JavaScriptda location maydoni

location maydoni (adressatri).  Adres maydonida yuklangan dokumentning URLi aks ettiriladi. Agar foydalanuvchi o’zicha qaysidir sahifaga o’tmoqchi bo’lsa (uning URLini terib), u buni location maydonida amalga oshiradi. Maydon brauzer oynasining yuqori qismida, instrumentlar panelidan quyida, lekin shahsiy tanlovlar panelidan yuqorida joylashgan.

Umuman olganda Location – bu ob’ekt. JavaScript versiyalaridagi o’zgarishlar tufayli Location quyi sinf sifatida Window sinfiga ham, Document sinfiga ham kiradi. Biz Location ni faqatgina window.location sifatida ko’rib chiqamiz. Bundan tashqari Location – bu Area va Link sinfining ob’ektlari kiruvchi URL sinfining quyi sinfi hamdir. Location URL ning barcha hossalarini meros qilib oladi va bu unga URL sxemasining istalgan qismiga kirishga imkon beradi.
Location ob’ektining xarakteristikalarini va ishlatish usullarini ko’rib chiqamiz:

  • hossalar;
  • metodlar;
  • Locationni xarakterlovchi hodisalar yuq.

Ko’rib turibmizki, Location ob’ektining xarakteristikalari ro’yhati to’liq emas.

Hossalar. Aytaylik, brauzer quyida berilgan adresdagi sahifani aks ettirayotgan bo’lsin:

http:// tami.uz:80/r/dir/page?search#mark

U holda Location ob’ektining hossalari quyidagi qiymatlarni qabul qilishi mumkin:

window.location.href = http://tami.uz:80/r/dir/page?search#mark

window.location.protocol = http;

window.location.hostname = tami.uz;

window.location.host = tami.uz:80;

window.location.port = 80

window.location.pathname = /r/dir/;

window.location.search = search;

window.location.hash = mark;

Metodlar.  Location metodlari sahifani yuklashni va qayta yuklashni boshqarish uchun mo’ljallangan. Bu boshqaruv shuni bildiradiki, dokumentni qayta yuklash (reload) yoki yuklash (replace) mumkin. Bunda sahifalarni ko’rish trassasiga (history) ma’lumot kiritilmaydi:

window.location.reload(true);

window.location.replace('#top');

reload() metodi instrumentlar panelidagi Reload tugmachasini bosgandagi brauzer harakatini to’laligicha modellaydi. Agar bu metodni argumentsiz  yoki unga true qiymat bergan holda chaqirilsa, brauzer dokumentning ohirgi o’zgartirilgan vaqtini tekshiradi va uni yoki keshdan (agar dokument o’zgartirilmagan bo’lsa) yoki serverdan yuklaydi. Bunday harakat Reload tugmasining oddiygina bosish bilan mos keladi. Agar argument sifatida false ko’rsatilsa, u holda brauzer dokumentni har qanday holatda ham serverdan yuklaydi. Bunday harakat Reload va Shift tugmachalrini birgalikda bosish bilan mos keladi (Reload+Shift).

replace() metodi bir sahifani ikkinchisi bilan shunday almashtirishga imkon beradiki, bu almashtirish HTML-sahifalarni ko’rish trassasi (history)da aks ettirilmaydi va instrumentlar panelidagi Back tugmachasini bosish orqali foydalanuvchi doimo dastlabki oddiy usulda (gipermatnli o’tish bo’yicha) yuklangan sahifaga qaytadi. Eslatib o’tamizki, Location hossasini o’zgartirishda ham sahifani qayta yuklash ro’y beradi, lekin bu holda bu o’tish haqidagi ma’lumot history ga kiritiladi.

1241 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений