linkedin facebook linkedin facebook nod32

JavaScriptda Status maydoni

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-27

JavaScriptda Status maydoni

Status maydoni (holatlarpaneli). Status maydoni — bu HTML-sahifa mualliflari JavaScriptdan foydalanishni boshlagan birinchi narsadir. Kalkulyatorlar, o’yinlar, matematik hisoblashlar va boshqa elementlar judayam sun’iy ko’rindi. Buning natijasida status maydonidagi yugurib yuruvchi satr Web dan foydalanuvchilarning diqqatini haqiqatdan torta oladigan durdona bo’lgan edi. Asta sekin uning ommaviyligi yuqola bordi. Yuguruvchi satrlar juda kam qo’llaniladigan bo’ldi, lekin status maydonchasini dasturlash ko’pgina Web-bo’g’imlarida uchraydi.

Status maydoni (status bar) deb HTML-sahifani tasvirlovchi sohaning shundoq ostidagi brauser oynasining quyi qismidagi o’rta maydonga aytiladi. Status maydonida brauzer holati (dokumentni yuklash, grafikani yuklash, yuklashni tugatish, appletni bajarish va h.) haqidagi ma’lumot tasvirlanadi. JavaScript dagi dastur bu maydon bilan oynaning uzgaruvchi hossasi kabi ishlash imkoniyatiga ega. Bunda amalda u bilan 2 ta turli hildagi hossalar bo’g’langan bo’ladi:

  1. window.status;
  2. window.defaultStatus.

Ular o’rtasidagi farq shundaki, amalda brauzer ba’zi bir hodisalar bilan bog’liq bo’lgan bir nechta holatlarda bo’ladi. Brauzer holati status maydonidagi habarda aks etadi. Umuman olganda faqatgina 2 ta holatlar mavjud: hech qanday hodisalar yuq (defaultStatus) va qandaydir hodisalar ro’y berayapti (status).

statusni dasturlaymiz. status hossasi sahifani oddiy yuklashdan farq qiluvchi hodisalar to’g’risidagi habarlarni tasvirlash bilan bog’liq. Masalan, sichqoncha kursori gipermatnli o’tish ustidan o’tayotganda, HREF atributida ko’rsatilgan URL status maydonchasida aks ettiriladi. Sichqoncha kursori gipermatnli o’tishdan holi bo’lgan maydonga o’tishi bilan status maydonchasida boshlang’ich habar tiklanadi (Document: Done). Bu texnika berilgan sahifada status va defaultStatus larni bayon qilishda amalga oshirilgan.

<A HREF=#status onMouseover="window.status='Jump to status description';return true;"

onMouseout="window.status='Status bar programming';return true;">window.status</A>

JavaScriptning dokumentatsiyasida ko’rsatilganki, mouseover va mouseout hodisalarni qayta ishlovchilar true qiymatini qaytarishi kerak. Bu brauzer boshlang’ich harakatlarni bajarmasligi uchun kerak bo’ladi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, Netscape Navigator 4.0 true qiymati holatida ham juda yahshi ishlaydi.

defaultStatusnidasturlaymiz.  defaultStatus hossasi hech qanday hodisa ro’y bermayotgan vaqtda status maydonida aks ettirilayotgan matnni aniqlaydi. Bizning dokumentda biz uni dokumentni yuklash vaqtida aniqladik:

<BODY onLoad="window.defaultStatus='Status bar programming';">

Bu habar sahifaning barcha komponentalari (matn, grafika, appletlar va h.) yuklab bo’lingandan keyin paydo bo’ladi. U dokumentni ko’rishda ro’y berishi mumkin bo’lgan hohlagan hodisadan qaytgandan keyin status maydonchasida qayta tiklanadi. Qizig’i shundaki, sichqonchani gipermatnli o’tishlardan holi bo’lgan sohalar bo’ylab harakatlantirilishi defaultStatus ni doimo aks ettirilishiga olib keladi.

1232 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений