linkedin facebook linkedin facebook nod32

JavaScriptda hodisalar

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-27

JavaScriptda hodisalar

Metodlar va hossalardan tashqari ob’ektlar hodisalar bilan ham xarakterlanadi. Hususan, JavaScriptda dasturlashning mazmuni ana shu hodisalarni qayta ishlovchilarni yozishdan iboratdir. Masalan, button tipidagi ob’ekt (button tipidagi INPUT konteyneri – “Tugmacha”) bilan click hodisasi bo’lishi mumkin, ya’ni foydalanuvchi tugmachani bosishi mumkin. Buning uchun INPUT konteynerining atributlari click hodisasini qayta ishlovchi  atribut – onClick bilan kengaytirilgan. Bu atributning qiymati sifatida HTML-dokumentning muallifi JavaScriptda yozadigan hodisani qayta ishlash dasturi ko’rsatiladi:

<INPUT TYPE=button VALUE="tugma" onClick="window.alert('Yana urinib ko`ring');">

Hodisalarni qayta ishlovchilar shu hodisalar bog’langan konteynerlarda ko’rsatiladi. Masalan, BODY konteyneri butun dokumentni hossalarini aniqlaydi, shuning uchun butun dokumentni yuklanib bo’lish hodisasini qayta ishlovchi bu konteynerda onLoad atributining qiymati sifatida ko’rsatiladi.
Qat’iy qilib aytganda har qanday brauzer, hoh u Internet Explorer yoki Netscape Navigator, va yoki Opera bo’lsin, o’zining ob’ektli modeliga ega bo’ladi. Turli hil brauzerlar ( va hatto bitta brauzerning turli hil versiyalari) ning ob’ektli modellari bir-birlaridan farq qiladi, lekin printsipial jihatdan bir hil strukturaga ega bo’ladi. Shuning uchun ularning har biriga alohida to’htalib o’tishdan ma’no yuq. Biz barcha brauzerlarga qollash mumkin bo’lgan umumiy yondashuvlarni va ayrim hollarda ular orasidagi farqlarni ko’rib chiqamiz.
 

1412 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений