linkedin facebook linkedin facebook nod32

JavaScriptda hossalar

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-27

JavaScriptda hossalar  

    Ko’pgina HTML-konteynerlar atributlarga ega bo’ladi.  Masalan, yakor konteyneri <A ...>...</A> uni gipermatnli o’tishga aylantiruvchi HREF atributiga ega bo’ladi:

<A HREF=tami.htm>tami</A>

Agar yakor konteyneri <A ...>...</A> ni ob’ekt sifatida ko’radigan bo’lsak, u holda HREF atributi “yakor” ob’ektining hossasini beradi. Dasturchi atribut qiymatini, shu bilan ob’ektning hossasini o’zgartirishi mumkin:

document.links[0].href="tami.html";

Barcha atributlarda ham qiymatlarni o’zgartirish mumkin emas. Masalan, grafik rasmning balandligi va bo’yi sahifada rasmni tasvirlashda dastlabki yuklanganiga ko’ra aniqlanadi. Barcha keyingi rasmlar avvalgisiga ko’ra masshtablashtiriladi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, Microsoft Internet Explorerda rasmning o’lchamlari o’zgartirilishi mumkin.
Tasvirning umumiyligi uchun JavaScriptda hossalar bilan HTML-bo’laklarda muqobili bo’lmagan ob’ektlar beriladi. Masalan, Navigator ob’ekti yoki brauzer oynasi deb ataluvchi, JavaScriptdagi umuman eng yuqori ob’ekt hisoblanuvchi  bajarish muhiti.
Metodlar.
JavaScript terminologiyasida ob’ekt metodlari deganda uning hossalarini o’zgartiruvchi funktsiyalar tushiniladi. Masalan, “dokument” ob’ekti bilan open(), write(), close() metodlari bog’langan. Bu metodlar dokumentni hosil qilish yoki uning mazmunini o’zgartirish imkoniyatini beradi. Quyidagi oddiy misolni ko’ramiz:

function hello()

{ id=window.open("","example","width=400, height=150");

  id.focus(); id.document.open();

  id.document.write("<H1>Salom!</H1>");

  id.document.write("<HR><FORM>");

  id.document.write("<INPUT TYPE=button VALUE='Oynani yopish' ");

  id.document.write("onClick='window.opener.focus();window.close();'>");

  id.document.close();

}

Bu misolda open() metodi dokumentga yozish oqimini ochadi, write() metodi bu yozishni amalga oshiradi, close() metodi dokumentga yozish oqimini yopadi. Bularning barchasi oddiy faylga yozishdagi kabi ro’y beradi. Agar oynada status maydonchasi bo’lsa (odatda unda dokumentni yuklash darajasi tasvirlanadi), yopilmagan dokumentga yozish oqimi bo’lgan holda unda huddi dokumentni yuklashdagi kabi yozishni davom etayotganligini ko’rsatuvchi to’rtburchak tasvirlanadi.

1152 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений