linkedin facebook linkedin facebook nod32

ME’YORIY HUJJATLAR TEST

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-26

ME’YORIY HUJJATLAR TEST

Akademik litseylar qanday ta’limni amalga oshiradi? O‘rta maxsus ta’lim, chukur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan ta’limni, kasbga yo‘naltirilgan ta’limni, ixtisoslashtirilgan ta’limni.

Annotatsiya (lotincha - qayd) qisqacha ta’rif, kitob, maqola, avtoreferat qo‘lyozma mundarijasi, g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalish va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot.

Apellyasiya komissiyasi tartibi: *Apellyasiya komissiyasi rektor buyrug‘i bilan kamida 3 kishidan iborat bo‘lib YAN natijalari e’lon qi­lingan kundan boshlab 1 kun davomida murojaatlarni ko‘rib chiqadi va shu kunining o‘zida xulosa chiqariladi;

Aspiratura va magistraturani bitirib ishga taqsimlangan mutaxassislar: *Tanlovdan tashqari 3 yilga o‘qituvchi (assistent) lavozimiga tayinlanadi

Axborot - o‘rganilayotgan ob’ekt to‘g‘risidagi turli xil ma’lumotlar to‘plami.

Bakalavr qanday daraja? *Akademik daraja;

Bakalavr so‘zi lotin ti­lida nimani anglatadi? *Vassalning er mulki.

Bakalavr, magistr – oliy ta’limning tegishli bosqichiga muvofiq dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga beriladigan akademik darajalardir;

Bakalavriat – o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha fundamental bilimlar beradigan, o‘qish muddati to‘rt yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’lim;

Bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha DTS OTMda qaysi hujjat asosida ishlab chiqiladi? *DTSlari “Asosiy qoidalar” va mehnat bozori talablari;

Bakalavriat yo‘nalishi talabalarining haftalik umumiy yuklamasi (audito­riya va auditoriyadan tashqari) hajmi? *54 soat;

Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha DTSlari qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi?         *Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi)ning ishchi o‘quv rejasi qaysi me’yoriy xujjatlar asosida ishlab chiqiladi? *Ishchi o‘quv reja mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi)ning namunaviy o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi)­ning ishchi o‘quv rejasi kim tomonidan tayyorlanadi? *Ishchi o‘quv reja loyihasi fakultetlarda tayyorlanib uning ilmiy kengash tomonidan OTM ilmiy kengashi muhokamasiga tavsiya etiladi. O‘quv rejasi OTM ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra rektor tomonidan tasdiqlanadi.

Bakalavriat o‘quv rejasi qanday bloklardan tashkil topgan? *Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy; matematik va tabiiy-ilmiy; umumkasbiy; maxsus; qo‘shimcha;

Bakalavriatda vaqt taqsimoti: *barcha turdagi o‘quv ishlari – 54 soat; auditoriya mashg‘uloti – 32 soat; o‘qishning normativ muddati – 4 yil; o‘quv jarayoni – 204 hafta.

Bakalavriatda nazariy ta’limning bilim sohalariga ko‘ra blok­lar bo‘yicha taqsimlanishi: *gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki 23-25%; matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki – 8-25%; umumkasbiy fanlar bloki – 33-50%; ixtisoslik fanlari bloki – 9-10%; qo‘shimcha fanlar bloki – 5-7%.

Bakalavriatda o‘quv davrining umumiy hajmi: *nazariy ta’lim – 65-70%; attestatsiya – 9-10%; ta’til – 13-16%; malakaviy amaliyot – 6-8%; BMI – 2-3%.

Bilim - kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari: voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Ilmdan tashqari bilimlarga madaniyat, adabiyot, san’at, mifologiya, din va shu kabi sohalarga oid bilimlar kiradi.

Bilim bilan bilishning farqi? Bilim - bu ish, harakat yoki jarayon, bilish esa ish harakatining natijasi.

Bilim olish huquqi kimlarga berilgan? O‘zR hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar barchaga.

Bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzini oshirish – bu? *Uzluksiz ta’limni rivojlantirish prinsipi;

Biologiya; fizika; matematika; tog‘ ishlari; neft’-gaz yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorida qaysi umumlashgan tushuncha bilan yuritiladi? *Bakalavriat yo‘nalishlari;

Bir soatlik dars nima asosida ishlab chiqiladi? O‘quv reja va dastur.

Birorta nomzod tanlovdan o‘tmagan taqdirda: *Dastlabki ikki nom­zod ushbu majlisda qayta ovozga qo‘yiladi

BMI qaerda va necha yil saqlanish kerak? *BMI himoyadan so‘ng (kamida 10 yil) OTMda saqlanadi. Har xil sabablarga ko‘ra BMI boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud bo‘lgan holda (tatbiq etish, tanlov va hk.), ishdan nusxa olinadi (asl nusxa OTMda qoladi).

Boshlang‘ich ta’lim nimaga qaratilgan? *Umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asosini shakllantirishga qaratilgan.

Boshqa davlatlar OTMlarining O‘zR hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishi huquqini qaysi boshqaruv organi beradi? *O‘zR Vazirlar Mahkamasi;

Butun fan bo‘yicha yutuqlarni aniqlash va baholash? *Yakuniy nazorat;

Buyurtmachilar kadrlar tayyorlash tizimining qaysi jiha­tiga baho beradi? *Kadrlar sifati va raqobatbardoshligiga;

Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorining maqsadi? *Uzluksiz ta’lim tizimini zamonaviy talablarga javob beradigan o‘quvuslubiy adabiyotlar majmui bilan ta’minlashni takomillashtirish, mukammal darsliklar chiqarish maqsadida etuk olimlarni, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish.

Davlat namunasidagi oliy ma’lumot haqidagi hujjatning namunasi va ularni saqlash, hisobini yuritish va topshirish tartibini qaysi boshqaruv organi tasdiqlaydi? *O‘zR Vazirlar Mahkamasi;

Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash nima hisobidan amalga oshiriladi? *Resp. va mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan hamda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan.

Davlat ta’lim muassasasi talablari va kriteriyalariga javob beruvchi OTM­ning faoliyat darajasini tan olish? *Akkreditatsiya;

Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari nimaga asoslanib ish olib boradi? *Vazirlar Mahkamasining farmonlari, qarorlariga asosan.

Dayjest nima? *Ilmiy, ilmiy-uslubiy, o‘quv, davriy adabiyotlar, hukumat va turli tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar, qarorlar, nizomlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid ma’lumotlar to‘plami sifatida foydalaniladigan doimiy nashr materiali.

DAKning tarkibi kimlardan iborat etib tuziladi: *DAK­ning tarkibi mutaxassis chiqaruvchi OTM rahbar va ilmiy-pedagogik kadrlari (attestatsiya komissiyasi tarkibining 50% dan ortiq bo‘lmagan) va boshqa taklif etilgan mutaxassislar vakillaridan tuziladi.

Dalolatnoma - *muayyan shaklda tuzilgan rasmiy yozma huquqiy hujjat qisoblanadi.

Darslik nima? *Davlat ta’lim standarti (DTS), o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari asosida belgilangan, milliy istiqlol g‘oyasi singdirilgan, muayyan o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlaridan foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr.

Darslik o‘quv qo‘llanmasidan qanday farqlanadi? *Fan dasturida ko‘rsatilgan mavzularning barchasi qamrab oladi;

Darsliklarni tayyorlash bo‘yicha shaxsiy javobgarlik kim­ning zimmasiga yuklatilgan? *Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi.

Dastlabki takliflar yoki kutilgan natijaga mosligini aniqlash maqsadida, qandaydir bir jarayonni doimiy kuzatish. *Monitoring;

DTM qoshidagi kadrlarni tayyorlash sifatini nazorat etish hamda o‘quv muassasalari va o‘qituvchi xodimlarini attestatsiya qilish Boshqarmasi ta’lim muassasasi faoliyatini to‘xtatishi mumkinmi? *Tavsiya berishi mumkin

DTS kim tomonidan tasdiqlanadi? *Vazirlar Mahkamasi.

DTS nimalar uchun asos hisoblanadi? *O‘quv dasturlari uchun, Nizomlar uchun.

DTS nimani belgilaydi? *Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

DTS quyidagilarni o‘z ichiga oladi: *1) titul; 2) mundarija; 3) bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligining umumiy tasnifi; 4) bakalavr yoki magistr tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar; 5) ta’lim dasturi mazmuni va komponentlari; 6) kadrlar tayyorlash sifatini baholash.

DTSi, o‘quv dasturi talablari asosida belgilangan nashr qanday o‘quv adabiyoti? *Darslik;

DTSni bajarishga kimlar mas’ul? *DTS O‘ZRning barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.

DTSni ishlab chiqishda qaysi hujjatlar asos qilib olingan­ligini aniqlang? *“Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli qarori.

DTSning asosiy vazifalari? *Ta’lim oluvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish, Ta’lim faoliyatini sifati ustidan nazorat qilishga nisbatan qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy ba­zani yaratish, Uzluksiz ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni taьminlash, Ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy etish.

DTSning komponentlari? *DTS - o‘quv reja, o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan minimal talablar: dastur darslik-qo‘llanma.

Ijodiy ta’til kimlarga beriladi? *Ish faoliyatini ilmiy ish bilan birga qo‘shib olib borayotgan shaxslarga.

Ijodiy ta’tilda oylik qanday to‘lanadi? *Asosiy ish joyidan o‘rtacha ish haqi saqlangan holda.

Ijtimoiy va axloqiy fanlar; huquq; hayot haqidagi fan; tabiiy fanlar yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifi­katorining qaysi sohasiga tegishli? *Ta’lim sohasiga;

Ijtimoiy nazorat mexanizmlari? *Amaliyot talablarini shaxs faoliyati bilan taqqoslash.

Ijtimoiy samara - *Kishilarning ma’naviy ongining o‘sishi hisobiga shakllanadi.

Ijtimoiy ta’tillar turi? *Homiladorlik va tug‘ish, bolalarni parvarishlash, o‘qish bilan bog‘liq ijodiy ta’tillar.

Ijtimoiy hamkorlik nima? *Murosa falsafasi, muayyan maqsadlar yo‘lidagi sherikchilik, turli millat va guruxlarning birgalikdagi faoliyati, umumiy maqsad yo‘lidagi birgalikdagi faoliyati.

Izohli lug‘at nima? *So‘zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so‘zning grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo‘llashga oid misollar va boshqa ma’lumotlar keltirilgan, qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashriy adabiyot.

Ilgari egallab turgan la­vozimi tanlovida qatnashmagan yoki tanlovdan o‘tmagan xodim bilan: *O‘quv yili tugagandan so‘ng mehnat shartnomasi qonunchilikka muvofiq to‘xtatiladi

Ilmiy daraja - *Muayyan fan sohasidagi mutaxassisning ilmiy malakali darajasi

Ilmiy kengash kotibi tanlov natijalari haqida tanlov qatnashchilariga: *Uch kun muddatda yozma ravishda xabar beradi

Ilmiy maqola - *Ilmiy tadqiqotning muhim bir natijasini (yoki natijalarni) o‘z ichiga oluvchi dolzarb muammo bo‘yicha muallifning fikrlar bayoni.

Ilmiy muammo - *Fanda hal etilmagan, ya’ni hal etish mexanizmi yaratilmagan dolzarb masalalar.

Ilmiy seminar - *dissertatsiya ishlari yoki fanning ma’lum bir muammolari muhokama etiladi. Odatda ilmiy seminarlar kafedralar (bo‘limlar) qoshida tashkil etiladi va faoliyat yuritadi.

Ilmiy unvon - *oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlariga beriladigan unvon.

Ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va ta­ko­mil­lashtirishni amalga oshiruvchi davlat organi? *O‘zR Vazirlar Mahkamasi;

Innovatsion usul? Ta’limda yangiliklar kiritish va qo‘llash.

Intizomiy jazo turlari? *Hayfsan, o‘rtacha oylik ish haqining 30% miqdorida jarima, mehnat shartnomasini bekor qilish.

Intizomiy choraning amal qilish muddati? *Jazo qo‘llangan kun­dan boshlab bir yilgacha. (Ish beruvchi tashabbusi, xodim yoki uning rah­bari iltimosnomasiga binoan ham jazoni bir yil o‘tmasdan olib tashlash mumkin.

Ixtiro - *inson yaratgan dastlabki intellektual mulk ob’ektidir.

Ishchi va xizmatchilarni, shuningdek ilmiy-pedagogik xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni? *OTM bajaradi.

Ishchi o‘quv dasturi tarkibi: *1) kirish 2) fanning maqsadi va vazifalari 3) fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar 4) fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, malaka va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar 5) fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 6) fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni 7) fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 8) fan bo‘yicha soatlar taqsimoti 9) Nazariy mashg‘ulotlar mazmuni 10) Amaliy (seminar) mashg‘ulotlarining mavzulari va rejalari 11) mustaqil ta’lim mavzulari va ularga ajratilgan soatlar miqdori 12) reyting grafigi, JN, ON va YANlar bo‘yicha baholash mezonlari 13) tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati.

Ishchi o‘quv rejasidagi qaysi bloklar mazmuni OTM tomonidan ishlab chiqiladi? *4 va 5 blok fanlarini bel­gi­lash

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim turining maqsadi? *Mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish;

Kadrlar tayyorlash MD 2-chi bosqichini aniqlang? *2001-2005 yillar

Kadrlar tayyorlash MD 3-bosqichini aniqlang? *2005 va undan keyingi yillar

Kadrlar tayyorlash MD ga ko‘ra oliy ma’lumotli kadrlar qanday ta’lim negizida tayyorlanadi? *O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida;

Kadrlar tayyorlash MD qaysi vakolatli tashkilot tomonidan tasdiq­lanadi? *O‘zR Oliy Majlisi;

Kadrlar tayyorlash MD qaysi yili qabul qilindi? *1997 yil 29 avgust.

Kadrlar tayyorlash MD qay­si qonunning talablari asosida tayyorlangan? *“Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun;

Kadrlar tayyorlash MDni ro‘yobga chiqarishni birinchi bosqichi qaysi yillarga belgilanagn? *1997-2001 yillar

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi modelining o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat? Mustaqil ravishda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iborat.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining qaysi bandida DTSni yaratilish va joriy etish vazifasi qo‘yilgan? 2.2 bandida.

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari nimadan iborat? *SHaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish;

Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati? Mustaqil ravishda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limini joriy etish.

Kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim darajasiga bo‘lgan talabla­ni, DTSlari bajarilishini? *OTM amalga oshiradi.

Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish pedagog kadrlar va ta’­lim muassasalari attestatsiyasi boshqarmasining DTS va das­tur­lar sohasidagi vazifasi? DTS, umumta’lim va ta’lim turlari uchun kasb-hunar dasturlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi uchun ekspertizadan o‘tkazish, DTS asosida uzluksiz ta’lim tizimi pedagog, professoro‘qituvchilari va rahbar kadrlari attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish.

Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagog kadrlar nufuzini va ijtimoiy maqomini ko‘tarish, bu? *Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifasi;

Kasb-hunar kollejlari qanday muassasa? YAngi tipdagi ta’lim muassasalaridir, O‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi beradi, o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklarga ega bo‘lishi ta’minlanadi.

Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun nomzodlar (to‘liq javob topilsin): *Ilmiy darajali va unvonli shaxslar hamda magistr akademik darajali va diplomli mutaxassislar

Kafedra – bu: *Bir yoki bir nechta fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshiruvchi, talabalar orasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib boruvchi, shuningdek ilmiy va ilmiypedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi asosiy tarmoq.

Kafedra majlisi qarori qanday asosda qabul qilinadi? *Oddiy ko‘pchilik ovoz bilan

Kafedra mudiri lavozi­mini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar (to‘liq javob topilsin): *Fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga hamda professor va dotsent ilmiy unvoniga ega shaxslar.

Kafedra tarkibi: *kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), katta ilmiy xodim izlanuvchilar, magistrlar, injener texniklar, o‘quvyordamchi xodimlar.

Kafedra qanday shart bajarilganda tashkil etiladi? *Kamida 7 ta professor-o‘qituvchi shtat birligi mavjud bo‘lganda, ularning biri, odatda, professor ilmiy unvoni yoki fan doktori ilmiy darajasiga va kamida ikkitasi fan nomzodi ilmiy darajasi yoki dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lganda tashkil etiladi.

Kafedralar birlashtirilganda, yangi kafedra mudiri: *Tanlov e’lon qilinmasdan Ilmiy kengashda yashirish ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

Kafedralar bo‘yicha tanlov o‘tkaziladigan professor-o‘qituvchilar lavozimlari: *Kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi, assistent

Kafedralar bo‘linganda: *Birinchi kafedraga rektor buyrug‘i bilan muddati o‘tguncha avvalgi kafedra mudirlaridan biri tayinlanadi, kafedra mudirligiga tanlov o‘tkaziladi

Kafedraning qaysi a’zosi ma’ruza o‘qish huquqiga ega emas? *Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan o‘qituvchi;

Kafedraning qaysi lavozimlariga bir vaqtda tanlov e’lon qilinmaydi? *Ikki va undan ortiq teng lavozimlarga

Klassifikator – oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati. Unda oltita bilim sohasi nazarda tutilgan: 1) gumanitar; 2) ijtimoiy soha, iqtisod va huquq; 3) ishlab chiqarish va texnik soha; 4) qishloq va suv xo‘jaligi; 5) sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot; 6) xizmatlar sohasi.

Kompьyuter texnologiyasiga asoslangan adabiyot? *Elektron qo‘llanma;

Laboratoriya va amaliy ish, seminarlar va kollokviumlar, uy vazifalari va boshqalarni boshqarishda ta’lim? *Joriy nazorat;

Litsenziya berish deganda nima tushuniladi? *Ta’lim xizmati ko‘rsatish uchun davlat va nodavlat muassasalariga huquq beruvchi ruhsatnomani berish

Lotinchada «guvohlik beraman» degan ma’noni anglatib, xodimning malakasini, o‘qituvchilarning bilim darajasini *Attestat

Lug‘at nima? Aniq bir tartibda joylashgan so‘zlar (yoki so‘z birikmasi, idiomalar va hk.) to‘plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yoki so‘zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi nashr adabiyoti.

Mavzu va reja tushunchalarini izohlang. Mavzu tinglovchiga ma’lum narsalarni, reja esa tinglovchiga aytiladigan yangi narsalarni anglatadi.

Magistr tayyorlash sifa­tini nazorat qilish qaysi hujjatda keltirilgan? *DTSi “Yo‘nalishning mutaxassisli­lari bo‘yicha magistr tayyorgarligining zaruriy mazmuni va darajasiga umumiy talablar”da;

Magistr so‘zi lotin tilida nimani anglatadi? *Boshliq

Magistratura – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi negizidagi o‘qish muddati kamida ikki yil bo‘lgan aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qitilaligan oliy ta’limdir;

Magistrantning mala­ka­viy ishi nima deb ataladi? *Magistrlik dissertatsiyasi

Magistratura mutaxassislik fanlar bloki zaruriy mazmuni qaysi hujjatda keltirilgan? *DTSi “Mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy mazmuniga qo‘yiladigan talablar”da;

Magistratura mutaxassis­liklari bo‘yicha DTSlari qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi? *Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

Magistratura mutaxassisliklari ta’lim dasturlarini ro‘yobga chiqarish qoidalari qaysi hujjatda keltirilgan? *DTSi “Mu­ta­xas­sisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy mazmuniga qo‘yiladigan talablar”da;

Magistratura mutaxassisliklari umumiy tavsifi qaysi hujjat­da keltirilgan? *DTSi “Yo‘nalishning mutaxassisliklari bo‘yicha magistr tayyorgarligining zaruriy mazmuni va darajasiga umumiy talablar”da;

Magistratura ta’lim dasturi mutaxassislik fanlar bloki bo‘yicha talablar qaysi hujjatda keltirilgan? *DTSi “Mutaxassislik­lar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy mazmuniga qo‘yiladigan talablar”da;

Magistraturada vaqt taqsimoti: *barcha turdagi o‘quv ishlari – 54 soat; auditoriya mashg‘uloti – 36 soat; o‘qishning normativ muddati – 2 yil; o‘quv jarayoni – 100 hafta

Magistraturada ilmiy faoliyat tarkibi: *ilmiy tadqiqot ishlari (53-57%); ilmiy pedagogik ishlar (22-28%); magistrlik dissestatsiyasini tayyorlash (19-21%).

Magistraturada nazariy ta’limning bilim sohalariga ko‘ra bloklar bo‘yicha taqsimlanishi: *umummetodologik fanlar bloki – 35-45%; mutxassislik fanlar bloki – 55-70%; ilmiy faoliyat – 100%.

Magistraturada o‘quv davrining umumiy hajmi: *nazariy ta’lim – 30-40%; attestatsiya – 4-7%; ta’til – 13-16%; ilmiy faoliyat – 40-50%.

Magistrlar tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy malaka talalari qaysi hujjatda keltirilgan? *DTSi “Yo‘nalishning mutaxassisliklari bo‘yicha magistr tayyorgarligining zaruriy mazmuni va darajasiga umumiy talablar”da;

Magistrlik qanday daraja? *Akademik daraja;

Maktab direktoriga ish haqining razryadini belgilash qaysi omildan kelib chiqadi? O‘quvchi soniga qarab.

vazifalarni hal etadi? Maktab majburiy bo‘lib, o‘quvchilarga umumiy bilim asoslarini chuqur o‘rgatishi, ularning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga asos solishi kerak.

Maktabgacha ta’lim qaerda amalga oshiriladi? Bolalar bog‘chasida, oilada, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida.

Maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi nima? Bolalarni maktabga tayyorlash.

Maktabda pedagogik kengash qanday organ hisoblanadi? Pedagog xodimlar, otaonalar, vasiylar va homiylarni birlashtiruvchi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi va uning takomillashuviga ko‘maklashuvchi kollegial organ.

Maktabda ta’lim tili qanday belgilanadi? «Davlat tili xaqida»gi Qonunga asosan.

Maktabdan tashqari muassasalarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatish tartibini kim belgilaydi? Vazirlar Mahkamasi.

Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga nimalar kiradi? Bolalar, o‘smirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari, yoshlar markazlari, sport maktablari, san’at va musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog‘lomlashtirish muassasalari.

Malaka oshirishning minimal muddati va hajmi? *To‘rt hafta, 144 soat.

Malakaviy amaliyot – o‘quv jarayonining nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikma va uquv hosil qilish, ta’lim dasturining ma’lum b(yakuniy) qismidagi mavzu bo‘yicha materiallar to‘plash uchun o‘tkaziladigan bir qismi;

Malakaviy tavsifni ta’minlovchi, ta’lim fanlarini birlashtiruvchi o‘quv dasturlarining qismi? *Integratsiyalashgan kurs;

Malaka talablari – uzluksiz ta’limning tegishli bosqichidagi bitiruvchining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladi;

Matematika va statistika; axborotlashtirish; muhandislik va muhandislik ishi; qurilish yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorining qaysi bo‘limiga tegishli? *Ta’lim sohasiga;

Maxsus sirtqi ta’lim jarayoni kim tomonidan boshqariladi? *Fakultet dekani maqomidagi mudir;

Maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va yuridik? *Kasb

Ma’lumotnoma nima? Foydalanishga qulay shaklda yaratilgan muayyan fanni yoki ta’lim yo‘nalishini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, isbot talab qilmaydigan ma’lumotlar, ilmiy ko‘rsatkich va o‘lchamlar, turli belgi va raqamlardan, ilmiy, ijtimoiysiyosiy, amaliy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi qisqa ma’lumotlardan tashkil topgan nashr materiali.

Ma’ruza va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari asosiy mazmunining qisqa yozma bayoni? *Konspektlashtirish;

Ma’ruzalar kursi nima? Muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi barcha mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari ko‘rsatilgan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi berilgan, mazuga tegishli tayanch so‘z, atama va iboralar keltirilgan nashr materiali.

Ma’ruzalar matni nima? Muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha undagi ayrim mavzularning asosiy mazmuni qisqa yoritilgan, birlamchi yangi bilimlarni olishga qaratilgan, foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari ko‘rsatilgan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga oid savollar turkumi berilgan, mazuga tegishli tayanch so‘z, atama va iboralar keltirilgan, davriy ravishda yangilanib turiladigan, ta’lim muassasasi ilmiy kengashi tavsiyasi bilan nashr etilgan kichik adadli tarqatma material.

Maqsadlar taksonomiyasi? *Maqsadlarni ob’ektlar, ularning tabiiy o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib va toifalari murakkablashib boradigan ketmaketlikda (ya’ni ierarxik) joylashtirib turkumlash va sistemalashtirish orqali aniqlash.

Metodik ko‘rsatma? Muayyan fanning o‘quv dasturi bo‘yicha kurs ishlari (loyihalari), laboratoriya va amaliy ishlarni bajarish tartibi aniq va batafsil ifodalangan hamda ushbu fan bo‘yicha talabalarda zarur amaliy bilim va ko‘nikmalar hosil qilishga mo‘ljallangan, ta’lim muassasasi ilmiy kengashi tavsiyasi bilan nashr etilgan kichik adadli tarqatma material.

Metodik qo‘llanma? Professor-o‘qituvchilar va bilim oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bir darsning maqsadi, dars o‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta’lim muassasasining ilmiy kengashi tavsiyasi assida chop etiladigan nashr materiali.

Me’yoriy hujjat deganda nima tushuniladi? *Turli faoliyat turlari yoki ularning natijalariga tegishli qoida, umumiy tamoyillar yoki tavsiflarni o‘z ichiga olgan hujjat.

Mehnat shartnomasi nima? Xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo‘yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo‘ysungan taraflar kelishuvi.

Mehnatga oid munosabatlar sub’ekti kim? Belgilangan yoshga etgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan O‘zR fuqarolari, shuningdek chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

Mehnatga oid munosabatlar qachon kamsitilgan hisoblanmaydi? Meh­natning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki davlatning ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar (ayollar, voyaga etmaganlar, nogironlar va boshqalar) to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rligi bilan bog‘liq farqlashlar.

Monitoring nima? Dastlabki takliflarning kutilgan natijaga mosligini aniqlash maqsadida, qandaydir bir jarayoni doimiy kuzatish jarayoni.

Monografiya - bu (mono va grafiya) muayyan mavzu va muammoni atrof­licha, chuqur tadqiq etuvchi asar.

Muayyan savol yoki muam­mo­ni o‘qituvchi yoki mutaxassisdan davriy maslahat olgan holda yoki ularsiz mustaqil o‘rganishga? *Mustaqil ta’lim

Muassasa faoliyatini attestatsiya qilish deganda nima tushunilidi? *Ta’lim muassasi DTSi talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan tadbir.

Mutaxassislik kodining birinchi uchta raqami nimani ifodalaydi? *Kasbiy faoliyat sohasini.

Nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, mustaqil tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida talabalar o‘tkaza­di­gan amaliy ish turi: *Malakaviy amaliyot;

Nazoratning qaysi turida dasturli materialdan tashqari bilim va eruditsiyani paydo bo‘lish imkoni yo‘q? *Test nazorati;

Namunaviy o‘quv dasturi mazmuniga qo‘yiladigan talablar? *1) fan, texnika, texnologiyalarning so‘ngi yutuqlarini aks ettirishi; 2) ta’lim turlari o‘rtasidagi uzviylik va izchillikni amalga oshirish; 3) oddiydan murakkabga, xususiydan umumiyga o‘tish.

Namunaviy o‘quv dasturi tarkibi: *1) kirish 2) fanning maqsadi va va­zifalari 3) fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar 4) fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, malaka va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar 5) fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi 6) fanning ilm-fan va ishlab chiqarishdagi o‘rni 7) fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 8) Nazariy mashg‘ulotlar mazmuni 9) Amaliy (seminar) mashg‘ulotlarining mavzulari 10) mustaqil ta’lim mavzulari 11) tavsiya etildigan adabiyotlar ro‘yxati

Namunaviy o‘quv reja qaysi me’yoriy hujjat asosida ishlab chiqiladi? *DTSning ta’lim dasturi ilovasi asosida

Nomzod kafedra tanlovi­dan o‘tgan hisoblanadi, agar qatnashchilarning: *Kamida 50% ovoz olgan nomzod,

Normativ hujjatlarning turlari: *DTS, O‘quv rejalar, O‘quv fan dasturlari.

Oliy va o‘rta maxsus, kasbhunar ta’limi muassasalarida o‘quv jarayonining uzluksizligi va uzviyligini uslubiy *Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi;

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida Kadrlar tayyor­lash MDda belgilangan vazifalarni *O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

Oliymalakali va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirish, bu? *OTMlar vazifasi.

Oliy ma’lumot darajasi – shaxs tomonidan oliy ta’limning muayyan ta’lim dasturini o‘qib tugatganligi to‘g‘risidagi ma’lumot haqidagi davlat tomonidan beriladigan tegishli hujjatga asoslangan o‘zlashtirish natijasi;

Oliy ma’lumot haqidagi davlat hujjati (diplom) –akkreditatsiyadan o‘tgan OTM bitiruvchilariga beriladigan va ularning oliy ta’limning ta’lim dasturlarini bajarganliklarini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat. Hujjat uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki olingan akademik darajaga muvofiq ishlash huquqini beradi;

Oliy ta’lim – uzluksiz ta’limning yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi mustaqil turi. OTMda amalga oshiriladi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura.

Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori – oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’limi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining bilim sohalari bo‘yicha tizimlashtirilgan ro‘yxati;

Oliy ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini qanday organ amalga oshiradi? *O‘zR Vazirlar Mahkamasi;

Oliy ta’lim standartlari quyidagilarga bo‘linadi: *1) O‘zRVM to­monidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standarti; 2) Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti: Asosiy qoidalar; 3) Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori; 4) Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari davlat ta’lim standartlari; 5) Magistratura mutaxassisliklari davlat ta’lim standartlari

Oliy ta’lim qaysi ta’lim negiziga asoslanadi? *Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limiga;

Oliy ta’limni rivoj­lan­tirish dasturlarini qaysi boshqaruv organi ishlab chiqadi va amalga oshiradi? *Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi (OO‘MTV);

Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti – oliy ta’limning bakalavriat muayyan yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligiga qo‘yiladigan malaka talabalari, ta’lim mazmuni, bakalavr yoki magistr tayyogarligining zaruriy va etarli darajasini, kadrlar tayyorlash sifatini baholash darajalarini belgilaydigan etalon darajasidir;

Oliy ta’limning DTS­lari “Asosiy qoidalari” qaysi tash­kilot tomonidan tasdiqlanadi? *O‘zR Vazirlar Mahkamasi;

Oliy ta’limning muayyan yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoli­ya­ti turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni kurs va semestr davomida o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan normativ hujjat? *O‘quv rejasi;

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni qaerda olish mum­kin? *OTMlarida va ilmiy-tadqiqot institutlarida (aspirantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik asosida)

OTM akkreditatsiyasiOTM faoliyatining mezon va talablarga javob berishining davlat tomonidan e’tirof etilishi.

OTM attestatsiyasi – OTMda kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining oliy ta’limning DTS talablariga muvofiqligini aniqlovchi tadbir;

OTM bitiruvchilarining tayyorgarlik sifati va darajasini, DTS­lari talablari mazmuniga mosligini belgilovchi jarayon? *Attestatsiya;

OTM bitiruvchisining 5A-darajali ta’lim dasturi bo‘yicha egallaydigan bilimlar majmuisi?     *Mutaxassislik;

OTM bitiruvchisining 5-darajali ta’lim dasturi bo‘­yicha egal­lay­digan bilimlar majmuisi?     *Ta’lim yo‘nalishi;

OTM yoki fakultet Ilmiy kengashi qarori qanday asosda qabul qilinadi? *Ilmiy kengashi a’zolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan

OTM prorektori qaysi boshqaruv organi tomonidan lavozimiga tayinlanadi? *Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi;

OTM rektori qaysi boshqaruv organi tomonidan lavozimiga tayinlanadi? *O‘zR Vazirlar Mahkamasi;

OTM ustavining tasdiqlanish tartibi qanday? *O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida tasdiqlanadi va mahalliy hokimiyatdan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

OTM fakulteti dekani qaysi boshqaruv organi tomoni­dan lavo­zimiga tayinlanadi? *Oliy ta’lim muassasasi;

OTM xodimlarining lavozim maoshlariga qo‘shimcha va ustama­lar­ni qaysi boshqaruv organi *Oliy ta’lim muassasasi;

OTM qaysi yuridik hujjat asosida o‘z faoliyatini yuritadi? *OTM Ustavi;

OTMda bir kurs o‘qishni tugallashga qaratilgan ta’lim faoliyati davri? *O‘quv yili;

OTMda kimlarning ochiq leksiyalar o‘tkazishi majburiyligi belgilab qo‘yilgan? *Professor, dotsent, katta o‘qituvchi va o‘qituvchi lavozimlariga da’vogarlik qilayotgan pedagog kadrlar uchun o‘tkazish majburiy.

OTMda malakali kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini ta’minlash imkoniyati: *Raqobat muhiti;

OTMda professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarning ma’lum bir fan sohasiga birlashuvi: *Kafedra;

OTMda tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy turlari qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan? 1. Ma’­ruza 2.seminar 3. Teatr, muzey, ko‘r­gaz­malarga ekskursiya 4. Amaliy mashg‘ulot 5. Laboratoriya mashg‘uloti 6. Peda­go­gik amaliyot 7. Mustaqil ish 8. O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti. *1 2 4 5 7.

OTMdagi o‘quv jarayonida tezkor masalalarni tartibga soluvchi hujjatni belgilang. *Dekan farmoyishi;

OTMlarida ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attes­tatsiyasi haqida nizomni qaysi boshqaruv organi *Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi (OO‘MTV);

OTMlarining faoliyatini qanday baholanadi? *OTM­larining faoliyatini baholash tegishli ta’lim muassasasida davlat attes­tatsiyasi va akkreditatsiyasini o‘tkazish bilan amalga oshiriladi.

OTMning ilmiy-tadqiqot faoliyati O‘zRning qaysi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan? *Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun;

Ochiq leksiyalarni tashkil etish tartibi: *Ochiq leksiyalarni o‘tkazish to‘g‘risidagi kafedralar takliflari, OTM bo‘yicha umumlashtirilib, rektor tomonidan tasdiqlanadi va o‘quv semestri boshida OO‘MTVga ma’lumot uchun taqdim qilinadi;

OO‘MTV Hay’atini tashkil etish: *Vazirlikda 9 kishidan iborat tarkibida Vazir, Vazirning birinchi o‘rinbosari va Vazir o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha) va Vazirlik tizimining boshqa xodimlaridan iborat Hay’at tashkil etiladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi O‘zR VM tomonidan tasdiqlanadi;

Pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish va takomillashtirish qaysi tashkilot vazifasi? *Respublika OTMlari;

Pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasini, oliy ta’lim muassasalari akkreditatsiya tartibini qaysi boshqaruv organi *O‘zR Vazirlar Mahkamasi;

Pedagogik va ilmiy kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashni qaysi boshqaruv organi *Oliy ta’lim muassasasi;

Pedagogik va informatsion texnologiyalar, progressiv ta’lim shaklla­rini ta’lim jarayoniga tadbiq qilishni qaysi *Oliy ta’lim muasasasi;

Pedagogik qayta tayyorlash bu? *Pedagogik faoliyatni yuri­tish uchun zarur va etarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni qayta tayyorlash;

Prorektorning mas’uliyati va muayyan majburiyatini qaysi boshqaruv organi belgilaydi? *Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi (OO‘MTV);

Professor lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar (to‘liq javob topilsin): *Professor ilmiy unvoni yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxslar

Rassomlik san’ati; grafika; dizayn; filologiya; jurnalistika; iqtisodiyot yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorida qaysi umumlashgan tushuncha bilan yuritiladi? *Bakalavriat yo‘nalishlari;

Rahbarning boshqarish faoliyati va jamoaning o‘z o‘zini boshqarishining optimal bog‘liqligi: *Boshqarishning demokratik uslubi.

Rahbarning boshqaruv va jamoa faoliyati, jamoat mu­no­sa­bat­larini boshqarishni o‘zaro maslahatlashgan holda amalga oshiri­shi.*Boshqarishning demokratik uslubi;

Rahbarning shaxsiy g‘oya, reja va tavsiyalarini o‘rin­bo­sari va jamoa a’zolari bilan maslahatlashmasdan amalga tadbiq *Boshqarishning avtokratik uslubi;

Reyting tizimida yozma ishning qo‘llanish tartibi: *Talabalar bilimini reyting tizimi bo‘yicha baholashning yozma ish usuli yakuniy baholash va yakuniy davlat attestatsiyasida qo‘llaniladi;

Referat (lotincha - axborot berayapman) biror ilmiy asar, maqola, o‘kilgan kitob va shu kabilar mazmunining qisqacha yozma bayoni.

Sifat bo‘yicha yangilik yaratuvchi faoliyat? *Ijodiy faoliyat;

Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish qanday amalga oshiriladi: *Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigan va fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi;

Talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash: *Talabalar bilimini baholash mezon­lari OTM kafedralari tomonidan ishlab chiqiladi va fakultet o‘quv-metodik kengashida tasdiqlaniladi;

Talabalarning “YAkuniy davlat attestatsiyasi”, “Malakaviy bitiruv ishi”, “Magistratura ta­la­basining ilmiy fa­o­li­yati bo‘yicha o‘zlashtirishi” va “Magistrlik dissertatsiyasi” qanday tartibda baho­lanadi: *Talabalarning “YAkuniy davlat attestatsiyasi”, “Malakaviy bitiruv ishi”, “Magistratura talabasining ilmiy faoliyati bo‘yicha o‘zlashtirishi” 86-100, 71-85, 55-70 ball va “Magistrlik dissertatsiyasi” “himoyadan o‘tdi” yoki “himoyadan o‘tmadi” deb baholanadi;

Talabaning fan bo‘yicha bilimini baholash nazoratning qaysi turlari orqali amalga oshiriladi? *Joriy baholash, oraliq baholash va yakuniy baholash;

Tanlovga ariza tushmagan yoki faqat bitta ariza tushganda: *Tanlov o‘tmagan hisoblanadi

Tanlovda ishtirok etayotganlar shaxslar o‘zlarining nomzodlari muhokama etilayotgan Ilmiy kengash majlisida qatnashishlari majburiymi? *Qatnashish huquqi beriladi

Tanlovdan o‘tgan xodim: *Belgilangan tartibda 5 yil muddatga mehnat shartnomasi tuziladi va shartnoma asosida ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqariladi

Tarmoq vazirliklariga qarashli kasb-hunar kollejlari kimga bo‘ysunadi? *Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tarmoq vazirliklariga

Ta’lim dasturi – o‘quv fanlarining bakalavriat yo‘nalishlari yoki magistratura mutaxassisliklariga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning zaruriy va etarli darajadagi tayyorgarligini ta’minlovchi, bloklarga jamlangan ro‘yxat;

Ta’lim dasturining ta’­lim fanlarini umumlashtiruvchi, bilimlar yoki faoliyatning belgilangan qismini o‘zlashtirishni ta’minlovchi qismi: *Ta’lim fanlari bloki

Ta’lim muassasalari faoliyatini mufoqlashtirish va uslubiy masalalarda ularga rahbarlik qilish kimning huquq doiralariga kiradi? O‘zR Oliy va o‘rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirligi.

Ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish qaysi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi? Mahalliy hokimiyat.

Ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilash kimning vakolat doirasiga kiradi? O‘zR Vazirlar Mahkamasi.

Ta’lim muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish hamda ularning Ustavini ruyxatdan o‘tkazish kimning vakolat doirasiga kiradi? Mahalliy davlat xokimiyati organlari.

Ta’lim muassasasi attestatsiyasi tartibini kim belgilaydi? Vazirlar Mahkamasi

Ta’lim muassasasi ustavi tarkibiga nimalar kirmaydi? Ta’lim muassasasi rahbariyatining shaxsiy tarkibi.

Ta’lim muassasasi qanday hujjat asosida faoliyat ko‘rsatadi? Qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan Ustav asosida.

Ta’lim muassasasida o‘qiyotgan xodimlar uchun qanday imtiyozlar berilgan? Mehnat to‘g‘risidagi qonun asosida belgilangan tartibda ish joyidan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tilga chiqish, qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash.

Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash qanday amalga oshiriladi? Vakolatli davlat organi tomonidan o‘tkazilgan attestatsiya hulosasiga asosan.

Ta’lim oluvchilarning yakuniy attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash kimning huquq doiralariga kiradi? O‘zR Oliy va o‘rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirligi.

Ta’lim sifatiga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish qanday ta’sir ko‘rsatadi? *Olingan nazariy bilimlarni talqin qilish uchun o‘tkaziladi;

Ta’lim sifatini nazorat qilish – o‘qitish mazmuni va natijalarining DTS talablariga muvofiqligini tekshirish;

Ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshi­rish va­ko­la­ti kimga berilgan? Vazirlar Mahkamasiga.

Ta’lim haqidagi Davlat hujjatining namunasi va ularning berilish tarti­bini qaysi boshqaruv organi tasdiqlaydi? *O‘zR Vazirlar Mahkamasi;

Ta’lim; gumanitar fanlar va san’at; ijtimoiy fanlar, biznes va huquq yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorining qaysi sohasiga tegishli? *Bilim sohasiga;

Ta’limni boshqarish tizimini takomillash­ti­rish, ta’­lim muassasalarini mintaqalashtiri – bu? *Uzluksiz ta’­lim­ni isloh qilish yo‘nalishi;

Ta’limni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish kimning vakolati doirasiga kiradi? O‘zR Vazirlar Mahkamasi.

Ta’limning yangi, uzluksiz va izchil tizimini aniqlang? Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi.

Tezis (yunoncha - qoida, isbot) keng ma’noda bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan qar qanday fikr: tor ma’noda asosiy fikr, prinsip.

Texnologik mashinalar va jihozlar; elektroenergetika; energomashinaqurilish; asbobsozlik yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorining qaysi umumlashgan tushuncha bilan yuritiladi? *Bakalavriat yo‘nalishlari;

Umumta’lim fanlari deganda umumiy o‘rta ta’lim bilimlarining zarur hajmini beradigan, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradigan, kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradigan fanlar majmuasidir.

Fakultetdagi talabalar soni qancha bo‘lganda dekan muovini lavozimi kiritiladi? *Kunduzgi o‘quv shaklida talabalar soni 150 dan 300 gacha bo‘lgan holatda, fakultet dekaniga yordam tariqasida 0,5 shtat bir­ligiga ega bo‘lgan dekan muovini shtat birligi kiritiladi. Talabalar soni 300 ortiqni tashkil etganda, kelgusi har 150 kishiga qo‘shimcha ravishda 0,5 shtat birligi beriladi;

Fan bo‘yicha mustaqil ishni tashkil qilish shakl­lari qaysi tartibda belgilanadi? *Kafedra tomonidan.

Fan dasturi nima? *Ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan o‘zlashtirishining eng maqbul usullari, axborot manbaalari ko‘rsatilgan me’yoriy hujjat.

Fan dasturlari nechaga bo‘linadi? *2 ga: namunaviy fan dasturi va ish­chi fan dasturi

Fan nima? Tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi.

Fan nomzodi, dotsentning kafedra mudiri bo‘lish vaqti: *Bir besh yillik muddati

Fan; muxandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari; qishloq xo‘jaliklari yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorining qaysi sohasiga tegishli? *Bilim sohasiga;

Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari qanaqa hujjat? DTS maj­mua­si­ning asosiy elementlaridan biridir, O‘quv jarayonining mazmunini va sifatini belgilovchi meyoriy hujjatdir.

Fanning bir va bir necha bo‘limlari bo‘yicha yutuq­larni aniqlash va baholash? *Oraliq nazorat;

SHarh nima? Jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, bahsga loyiq asarlarni, g‘oyalarni, fikrlarni va ta’riflarni izoh­lov­chi, muayyan masalalar echi­mini ko‘rsatuvchi, keng ommaga mo‘ljallangan qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashr materiali.

Elektron o‘quv adabiyot­lari qanday manba hisoblanadi? *Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlari mavjud manba;

YUksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, ishni tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallagan, oliy ma’lumotli, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini qaysi davlat organi bajaradi? *O‘zR Vazirlar Mahkamasi;

YUqori malakali mutaxassislar tayyorlanadigan uzluksiz ta’lim turi? *Oliy ta’lim;

YUqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari? *Universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktablar;

YAkuniy baholashda yozma ish savollarining tasdiqlanish tar­tibi: *YAkuniy baholashni yozma ish shaklida o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha savollar kafedra tomonidan ishlab

6500 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений