linkedin facebook linkedin facebook nod32

MA’NAVIYAT TEST

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-26

MA’NAVIYAT TEST

1193 yilda uning asarlari Evropada lotin tiliga tarjima qilindi va «Birinchi arab astronomi» degan nom olishga asos bo‘ldi. U kim? *Al Farg‘oniy.

12-asrda Xorazmda tasavvuf ilmining asoschisi kim? *Najmiddin Kubro.

1991 yil 29- dekabrda O‘zbekistonda qanday muhim voqealar bo‘lib o‘tdi? *O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini belgilab beruvchi umumxalq referendumi o‘tkazildi va Muqobillik asosida Prezident saylovi o‘tkazildi.

2003 yil noyabrda qaysi siyosiy partiya tashkil etildi? *O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi.

2007 yili Toshkent shahriga qaysi tashkilot tomonidan “Islom madaniyati poytaxti” nomi berildi? *AYSESKO

A.Temur davrida «Qubbatul ilm va adab» unvoni berilgan shahar? Kesh.

A.Temur davrida qubbatul ilm va adib unvoniga ega bo‘lgan shaxs? Sayid Baraka.

A.Temurning 1402 yildagi g‘alabasini “Evropa xalqlariga xolis xizmat” deb baholagan kim? Klavixo.

Avestoning 2700 yilligi jahon xamjamiyati YUNESKO homiyligi ostida qachon nishonlandi? *2001 y.

Aksiltarg‘ibot salbiy ta’sirining oldini oluvchi yo‘nalishning asosiy maqsadi nima? *1) Kishilarning pozitsiyalarini shakllantirishda g‘oyaviy raqiblardan oldinda bo‘lish; 2) Kishilarning yot g‘oyalarning noto‘g‘riligini fosh etish va ularning dalillarini rad etishga o‘rgatish; 3) Pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy ta’sirlarga qarshi immunitetni shakllan­tirish.

Aksiltarg‘ibot qanday yo‘nalishda amalga oshiriladi? *Salbiy ta’sirning oldini olish va himoyalanish yo‘nalishlarida

Alpomish» dostoni bizga ... *Vatanparvarlik fazilatlarini o‘rgatadi.

Alpomish» dostoni millatchilik ruhidagi asar sifatida qachon qoralangan? *O‘tgan asrning 50-yillarida;

Amir Temur davlatini boshqarishda qaysi asosiy 4 omilga e’tibor berildi? *Saltanat, xazina, qo‘shin, raiyat

Asosan ko‘p millatli davlatlarda kichik millat vakillari tomonidan mustaqil davlatni yoki milliy davlat avtonomiyalarini yaratishga qaratilgan intilishlarni nima deb aytadi? *Separa tizm

Axborot urushining eng asosiy tamoyili bu – *Hukumatga qarshi ishonchsizlik uyg‘otish

Badavlat hayot kechirishning mohiyati? *1) Xalq bilan hamnafas yashab tadbirkorlik qilish ozod va erkin yashab ishbilarmon bo‘lish; 2) Vatan ravnaqi va farovonligiga hissa qo‘shish; 3) Moddiy va ma’naviy farovon yashash, farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanish.

Barkamol inson: *1) Doimo o‘zini ilmiy rivojlantirishga amal qiladi; 2) Axloqan o‘sib boradi; 3) Egallagan kasbini takomillashtirib boradi.

Barkamollik qanday ma’naviy insoniy sifatlardan tarkib topadi? *1) ezgulik, oqillik, xushfe’llik; 2) ilmiy, ma’naviy qadriyatlarni anglash va amal qilish; 3) kasbni mukammal egallash.

Begona g‘oyalar qanday holatlarda jamiyatga kirib keladi? *Jamiyatda g‘oyaviy bo‘shliq yuzaga kelgan paytda

Biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz? *Dunyoviy, demokratik, fuqarolik jamiyati;

Bilim - kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari: voqelikning inson tafakkurida aks etishi. Ilmdan tashqari bilimlarga madaniyat, adabiyot, san’at, mifologiya, din va shu kabi sohalarga oid bilimlar kiradi.

Bilim bilan bilishning farqi? Bilim bu ish, harakat yoki jarayon, bilish esa ish harakatining natijasi.

Bilim olish huquqi kimlarga berilgan? O‘zR hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar barchaga.

Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish: ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplaridan biri.

Bir necha asrlar davomida Evropa unversitetlarida asosiy darslik sifatida o‘qitilgan al Farg‘oniy asarini ko‘rsating? *“Astronomiya elementlari”

Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi qanday? Dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchliroq bo‘layotgan davr.

Bugungi kunda O‘zbekistonda davlatchilikning shakllanishi qanday omillar asosida *Iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-mafkuraviy omillar asosida.

Buzg‘unchi g‘oyalar qanday sharoitda ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi? *Jamiyatda yaxlit g‘oya va mafkuraning yo‘qligi mafkurasizlik sharoitida;

Buyuk Britaniya axborot agentligi? *VVS.

Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik xavfi nimadan iborat? Yirik davlatlar va ko‘p sonda millatlarning atrof­dagi mamlakatlarga o‘z hukmronligi, zo‘ravonligi bilan tahdid solishi.

Buyuk Ipak yo‘li» atamasi kim tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan? *K.Rixtgofen.

Vahobiylik mafkurasi asosidagi “Musulmon birodarlari” tashkiloti qayerda shakllandi? *“Alloh – bizning idealizmiz, Payg‘ambar –yo‘lboshchimiz, Jihod – maqsadimizga erishish vositasi, Alloh yo‘lida shohid bo‘lish muqaddas tilagimiz” shiori bilan Misrda;

Vahobiylik oqimi qachon vujudga kelgan? *XVIII asr boshlarida

Vijdon erkinligi nima? *Vijdon - insonning o‘z qilmishlari uchun ruxiy azoblanishi, hamda konstitutsiyaga ko‘ra diniy e’tiqod erkinligi

vijdon erkinligi” tushunchasi? Fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat konstitutsiyaviy huquqi.

Vijdonlilik va insoflilik fazilati nimada namoyon bo‘ladi? *Har bir ishda me’yorni bilishVoqelikdagi muayyan xodisalarning umuminsoniy,

ijtimoiy axloqiy, madaniy-ma’naviy axamiyatini o'zida ifoda etuvchi tushuncha bu? *Qadriyat

Geopolitik maqsadlar nima? Muayyan davlatning o‘z mavqei va ta’sirini o‘zga hudud va mintaqalarda kuchaytirishga qaratilgan siyosat.

Geosiyosat tushunchasi qachon va kim tomonidan birinchi bor ishlatilgan? *XX asr boshlarida CHellen

Geosiyosiy maqsad nima? Geosiyosat tushunchasi (yunoncha geo-yer, siyosat-davlatni boshqarish san’ati) - tashqi siyosatda biror davlat yoki mintaqaning geografik o‘rni, kommunikatsion imkoniyatlarni hisobga olib yuritiladigan faoliyatdir.

Germaniya axborot agentligi? *Deutsche Welle

Global kompetentlik – bu o‘qituvchining ilmiy salohiyati kengligi, fikrlash doirasining global miqyosdaligi, qo‘shimcha chet tilini bilishi, kompyuter texnologiyalaridan keng foydalana olishi, internetda ilmiy konferensiyalarda ishtirok etishi, tezkorlik bilan ilmiy o‘zgarishlarni qabul qilishi tushuniladi.

Global professionalizm - bu ilmiy xodimning jahon taraqqiyoti bilan hamnafaslikda o‘z ilmiy salohiyatini oshirib borish, professional tarzda faoliyat yuritishdir.

Global rivojlanishning» asosiy xarakteristikasi bu *Uning dunyo rivoji uchun tizimiy ahamiyati

Global fikrlash - bu global jarayonlarni tahlil qilish, soha yo‘nalishlarida o‘z ilmiy qarashiga ega bo‘lish, jahon iqtisodiyotidagi axborotlarga o‘z ilmiy qarashlarini keng namoyon etish.

Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur”, degan jumla kimning qaysi asaridan olingan? *Amir Temur “Tuzuklari”dan.

Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qachon qabul qilingan va necha moddadan iborat? *1989 yil 21 oktyabr, 24 moddadan iborat

Davlat tilining huquqiy maqomi O‘zbekistonda qachon mustahkamlangan? *1992 yil 8 dekabrda.

Davlat funksiyalari? Davlatning moxiyatini va maqsadini ochib beruvchi ichki va tashqi siyosatdagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.

Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bo‘lsa ham ikkisi birbiridan ayrilmaydurgon, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur». Ushbu jumlalar qaysi mutafakkirga tegishli? *Avloniy;

Demokratik davlat boshqa turdagi davlatlardan nimasi bilan farq qiladi? *Qonunlar ustuvorligi bilan.

Demokratik davlatning o‘tish davridagi eng muhim vazifasi? Jamoatchilik fikrga keng yo‘l ochish.

Demokratik institutlarning eng faollari qaysilar? *Siyosiy partiyalar; Nodavlat tashkilotlar; Jamoat tashkilotlari; OAV.

Demokratiyaning vazifasi mazmun-mohiyatiga ko‘ra … *Fuqarolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan, ular­ning burchlariga rioya etiladigan va bajariladigan jamiyatni qurishdan iborat

Demokratiyaning muhim belgilari? Saylovlar, ko‘p partiyaviylik, tenglik, so‘z va matbuot erkinligi.

Din kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiga kiradimi? Yo‘q.

Diniy aqidaparastlarning asosiy maqsadi? *Islomiy davlat (halifalik) va taraqqiyot yo‘lini joriy etish.

Diniy aqidaparastlik tushunchasiga qaysi qatorda to‘g‘ri ta’rif berilgan? *Diniy asos va dastlabki diniy qoidalarni asos qilib, mutaassibona

hayotni targ‘ib qilish

Diniy aqidaparastlik? Muayyan e’tiqodga oid aqidalarni mutlaqlashtirish.

Diniy aqidaparastlikning oqibati nimaga olib kelishi mum­kin? *Sivilizatsiyalar to‘qnashuviga

Diniy mafkura sanalgan mafkuralar nomi? Iudaizm, sintoizm.

Diniy ekstremizm - siyosatda keskin choralar ko‘rish.

Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur» degan fikr

qaysi mutafakkirga tegishli? *Behbudiy;

Dunyoni bo‘lib olishga urinayotgan mafkuralar? Buyuk davlatchilik gegemonizmi.

YOt g‘oyalarning jamiyatga kirib kelishining oldini olish va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuyi qanday nomlanadi?*Mafkuraviy profilaktika

YOshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirishdan ko‘zlangan maqsad nima? *Ularni erkin, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish

YOshlarni barkamol qilib tarbiyalash: *1) YOshlarga chuqur ilm be­rish­dan, ularni har tomonlama chiniqtirishdan;.2) Aqliy axloqiy tarbiyalashdan; 3) Ularga biror kasbni mukammal o‘rgatishdan iboratdir.

Javonmardlik tariqati to‘g‘risida kitob yozgan kishi kim? *Husayn Voiz Koshifiy

Jamiyatga g‘oyaviy tahdidni bartaraf qilishning eng samarali yo‘llaridan biri? *Kishilarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish

Jamiyatda beqarorlikni keltirib chiqarishga qaratilgan g‘oyalar qanday shakl ko‘rinishda bo‘lishi mumkin? *Har qanday g‘oya ko‘rinishida

Jamiyatdagi ma’naviy-mafkuraviy barqarorlikka qaysi davlat tashkilotlari mas’ul? *Barcha davlat tashkilotlari;

Jamiyatni birlashtiruvchi bayroq bu? * Milliy mafkura

Jaholatga qarshi kurashning quroli nima? *Ma’rifat

Jahon tinchlik Kengashining Oliy organi? SAMMIT

Jahondagi qaysi davlatlar ekstremizm va terrorizmdan yaxshi himoyalangan? *Jahondagi hech bir davlat himoyalanmagan.

Zulfiya mukofoti yo‘nalishlari? Adabiyot, fan, san’at, madaniyat, ta’lim.

Zo‘ravonlik va tajovuzkorlikning yangi ko‘rinishi qanday? *Aqidaparastlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznes

I.A.Karimov “Bizni tanlagan yo‘limizdan hech kim qaytarolmaydi” asari qachon yozilgan va nimaga bag‘ishlangan? *2005 yil 14 may, Andijon voqealariga;

I.A.Karimov 2009 yilni qanday yil deb e’lon qildi? *Qishloq taraqqiyoti va farovonlini yili

I.A.Karimov asarlarida demokratik jamiyat qurishning … *O‘ziga xosligi va betakrorligi ilmiy nazariy asoslangan.

I.A.Karimov asarlarida nechta iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armalar faoliyati ko‘rsatilgan? 6 ta jamg‘arma: Mahalla,

Kamolot, Sog‘lom avlod uchun, Nuroniy, Ulug‘bek, Umid.

I.A.Karimov asarlarida uchraydigan «retrogad» atamasi qanday ma’noni anglatadi? Jaholatparastlar.

I.A.Karimov asarlarining 8-jildi qanday nomlanadi? Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz.

I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq O‘zR Oliy Majlisining 1-sessiyasida (2000 yil 22 yanvar) qaysi mavzuda ma’ruza qilgan? Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz.

I.A.Karimov ilgari surgan konseptual fikrning to‘g‘ri varianti qaysi? “Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon … bo‘lmaydi”. *Baxt-saodat;

I.A.Karimov ishlab chiqqan milliy ma’naviy tiklanish konsepsiyasining qanday nazariy va amaliy axamiyati bor? Milliy ma’naviy tiklanishimizning mamlakatimizning totalitarizmdan demokratik jamiyatga o'tish sharoitidan uziga xos xususiyatlarni ilmiy asoslab berganligi va uning faqat milliy ijtimoiy- ma’naviy tafakkurimizda emas, shuning bilan birga umum ijtimoiy- falsafiy tafakkur taraqqiyotida yangi yo’nalishni boshlab berganligi

I.A.Karimov ning qaysi asari iqtisodiy islohotlarning ikkinchi davriga bag‘ishlangan? *O‘zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo‘lida;

I.A.Karimov terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish to‘g‘risida taklif kiritgan anjuman? Istanbul sammiti.

I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan milliy ma’naviy tiklanish konsepsiyasi ilk bor qachon va qaysi asarda keltirilgan? *“O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”, 1992 yil;

I.A.Karimov o‘zining «O‘zbekiston bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» risolasida qanday muhim yo‘lni ko‘rsatib berdilar? O‘zbekistonni davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilishning beshta qoidasini o‘rtaga tashladi.

I.A.Karimov qaysi asarida mamlakatimizdagi diniy jamoalar va ularning soni xaqida to‘xtalgan? “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin” asarida 18 ta diniy konfessiya mavjudligi.

I.A.Karimov qaysi imom hazratlarining g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyilini olg‘a surganligi va unga amal qilganligini ta’kidlab o‘tgan? *Imom Moturudiy;

I.A.Karimovning “Ma'naviy jihatdan mukammal rivojlan­an insonni tarbiyalash, ta’lim va ma’rifatni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi” degan so‘zlari qaysi asarda yozilgan? *”Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”.

I.A.Karimovning “Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” maqolasi qaysi gazeta muxbiri bilan savol javob vositasida tayyorlangan va chop etilgan? *«Fidokor» gazetasi savollariga javoblar. «Uzbekiston» nashriyoti tomonidan 2000 yilda chop etilgan.

I.A.Karimovning “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida qanday mavzular yoritilgan? *1) Ma’naviyat insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbai ekanligi, Mustaqillik – ma’­naviy tiklanish va yuksalish; 2) Ma’naviy tahdid o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid.

I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida” asarining tarkibiy qismlari? Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.

I.A.Karimovning tarixda “Ma’mun Akademiyasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan “Xorazm Fanlar Akademiyasini qayta tiklash” haqidagi farmoni qachon qabul qilingan? *1997 yilda;

I.A.Karimovning qaysi asarida «Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi» ko‘r­gaz­masining ochi­lish marosimi haqidagi (Parijda) ma’ruza matni keltirilgan? Bunyodkorlik yo‘lida.

I.A.Karimovning qaysi asarida O‘zbekistonda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning nazariy asoslari ishlab chiqilgan? *O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.

I.A.Karimovning qaysi asarlarida Milliy-ma’naviy tiklanish va ma’naviyatni rivojlantirishning mukammal g‘oyalari asoslab berilgan? *"Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, milatni-millat qilishga xizmat etsin ", "Yangi uy ko'rmay turib eskisini buzmang".I.A.Karimov II chaqiriq O‘zR Oliy Majlisi IX sessiyasida qanday mavzuda ma’ruza qildilar? “O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari” mavzusida.

I.A.Karimovning qaysi asarida «Bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim-tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak» iborasi ishlatilgan? *“Barkamol avlod orzusi”

Ijod nima? Badiiy, ilmiy asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish.

Ijtimoiy nazorat mexanizmlari? Amaliyot talablarini shaxs faoliyati bilan taqqoslash.

Ijtimoiy samara - kishilarning ma’naviy ongining o‘sishi hisobiga shakllanadi.

Ijtimoiy hamkorlik nima? Murosa falsafasi, muayyan maqsadlar yo‘lidagi sherikchilik, turli millat va guruxlarning birgalikdagi faoliyati, umumiy maqsad yo‘lidagi birgalikdagi faoliyati.

Ijtimoiy-siyosiy vaziyat – bu ... *Siyosiy tizim yoki siyosiy munosabatlarning ma’lum davrdagi holati.

Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning nomlari haqidagi ma’lumotlar jamlangan «Xotira» kitobi necha jilddan iborat? *35

Ilm (arab) - o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakadir. Moddiy olamni ilmiy bilish, u haqida zaruriy axborotlarga ega bo‘lish demakdir.

Ilmiy nutq jarayonida tadqiqotchi o‘z g‘oyalarining muallifi sifatida olimlik odobiga ko‘ra o‘zini qanday ta’kidlaydi? *Biz.

Inson ma’naviyatini yuksaltirish omili? *Insoniylikning jami fazilatlari.

Inson hayotining ma’nosi odamlarga yaxshilik qilishda» degan fikr qaysi allomaga tegishli? *Jomiyga.

Insoniyat o‘zini saqlab qolish uchun kelajakda nima qilish kerak? *Umumbashariy muammolarni hal qilish kerak.

Insoniyat hayotidagi qaysi davrlarda g‘oya va mafkuralar mam­la­kat­lar va xalqlarni bo‘ysundirishning asosiy quroliga aylangan?*Hozirgi davrda.

Insonni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga ko‘proq nima sabab bo‘ladi? *G‘oyasizlik va ongsizlik;

Insonning ustuvor va muqaddas oliy huquqlaridan biri qaysi? *Tinch va osoyishta yashash

Intellektual mulk nima? *Inson aqliy mehnatining mahsulidir

Islom fundamentalizmi keltirib chiqarayotgan tashqi jihatlar? Islom fundamentalistlari islomning fundamental prinsiplarini tiklash, islom

vujudga kelgan dastlabki davrga qaytish shiori ostida harakat qiladilar, davlatni islomlashtirishga urinadilar.

Islom fundamentalizmi nima? Islom dinining Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) davrida amal qilingan aqidalar, ko‘rsatmalar, yo‘l yo‘riqlarga asoslangan holda ushbu dinga e’tiqod qilish tushuniladi. Umuman, dindagi fundamentalizm dastlab xristianlikda paydo bo‘lgan (1910).

Islohotlar va ularning ma’naviy mezoni? *1) Xalqning ijtimoiy hayot tarzi, an’ana va qadriyatlar, urf-odatlar; 2) Aholi ruhi, kayfiyati, ongida demokratik qadriyatlarni mus­tahkamlash; 3) Mamlakatimizda demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurishning strategik islohotlari.

Iste’dod Respublika jamg‘armasi nima maqsadda tashkil etilgan? Ta’lim muassasalari pedagog xodimlari safidan yuqori malakali o‘qituvchi, xodimlar tayyorlash, xorijiy mamlakatlar ta’limidagi ijobiy tajribalarni o‘rganish va ularni yoyish, iqtidorli yoshlarni chet el o‘quv yurtlarida o‘qishiga imkoniyat yaratish.

Istiqlol mafkurasi e’tirof etadigan umumbashariy qadriyatlar? * Konun ustuvorligi

Istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari? YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik.

Istiqlol” so‘zining ma’nosi? *Arabcha «Istiqlol” - ozodlik, erkinlik, ko‘tarilish, qaddini rostlash, o‘sish, yuqori joyga erishish ma’nosini anglatadi;

Ixtiro - inson yaratgan dastlabki intellektual mulk ob’ektidir.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish deganda nimani tushunasiz? *Davlatning korxonalar xujalik faoliyatiga birinchi galda, xususiya biznes faoliyatiga aralashuvini cheklash

Iqtisodiy samaradorlik - mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar hisobidan shakllanadi.

Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” tanlovida ishtirok etmaydigan tashkilot? “O‘qituvchi” nashriyoti.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi modelining o‘ziga xos xususiyati nimadan iborat? Mustaqil ravishda 9 yillik umumiy o‘rta hamda 3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iborat.

Kadrlar tayyorlash milliy modeli tarkibiy qismlari? *SHaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish

Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati? Mustaqil ravishda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limini joriy etish.

Kimlar Senat a’zosi bulishi mumkin? 25 yoshga to‘lgan hamda kamida 5 yil O‘zR hududida muqim yashagan fuqaro.

Kimlar O‘zR Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati bo‘lishi mumkin? Saylovgacha 25 yoshga to‘lgan hamda kamida 5 yil O‘zR hududida muqim yashagan fuqaro

Komil inson g‘oyasi asoslarini chuqur ishlab chiqqan allomalar kimlar? *Navoiy, Farobiy

Komil inson" goyasining asosiy tamoyillaridan biri? *Milliy qadriyatlarga sodiqlik

Kosmopolitizm – bu? *1) Milliy madaniyatni inkor etuvchi reaksion burjua nazariyasi va mafkurasi; 2) Xalqlarning o‘z milliy suverineteti va mustaqilligini inkor etuvchi nazariya va g‘oya; 3) «Kishi dunyo fuqarosidir» shiori ostida vatanparvarlikni inkor etuvchi nazariya va g‘oya.

Kosmopolitizm nima? *Vatansizlik g‘oyasi bo‘lib, g‘ayri­inso­niy va yot g‘oyalarning ko‘rinishi.

Kuch adolatdadur” iborasi yozilgan uzukni Sohibqironga kim sovg‘a qilgan? SHayxul Islom Zayniddin Toybodiy.

Kuchlar muvozanati” nazariyasining xulosasiga ko‘ra, dunyo­ning ikki qutbligidan ko‘p qutbligiga o‘tishi nimani anglatadi? *Yadroviy mamlakatlar tomonidan kichik va kuchsiz davlatlarning xavfsizligini ta’minlash.

Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari» konsepsiyasining moxi­yati? *Davlatchilik rivojlangan sari, u uzining funksiyalarini, maxalliy o'zini-o'zi boshqarish organlariga berib borishi

Ko‘p narsani bilish kishini aqlli qila olmaydi” – deb kim aytgan? *Suqrot

Mavjud rejimga nisbatan bevosita va bilvosita qarshi fikrlarning namoyon bo‘lishi nima deb ataladi? *C) Muholifat

Madaniy meros nima? O‘tmish avlodlardan etib kelgan qadriyatlar yig‘indisi.

Madaniyat tushunchasi keng ma’noda insoniyatning butun tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan va yaratayotgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari yig‘indisini ifodalaydi.

Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining asosini nima tashkil etadi? *Islohotlarning besh tamoyili

Mamlakat siyosiy hayotini erkinlashtirish deganda nimAni tushunasiz? *Aholining siyosiy faolligini oshirish.

Mamlakatimizga ichki xavf soluvchi kuchlar? Korrupsiya, millatchilik, mahalliychilik, urug‘aymoqchilik.

Mamlakatimizga tahdid soluvchi tashqi tahdidlar? *Xalqaro terrorizm, qurolyarog‘ savdosi, narkobiznes, insonlar savdosi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilash va taraqqiyot siyosatining strategik maqsadi nima? Xuquqiy demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatni barpo etish

Mamlakatning jaxondagi nufuzini bildiradigan omillar qaysilar? *Iqtisodiy va intellekual saloxiyat

Markaziy Osiyo bo‘yicha taniqli amerikalik tadqiqotchi Frederik Star tomonidan ilgari surilgan “Katta Markaziy Osiyo” g‘oyasiga qaysi mamlakatlar kiradi? *O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston.

Markaziy Osiyo geosiyosiy transformatsiyasining ma’nosini ochib bering. *Markaziy Osiyoning jahon siyosatidagi geosiyosiy maqomi o‘zgarmoqda.

Marg‘iloniyning “Hidoya” asarining ma’nosi nima? *To‘g‘ri yo‘l

Mafkura bilan ma’naviyatning a’loqadorligi *A) Mafkura xam ma’naviyat xam xalqni, millatni birlashtiruvchi, yuksaltiruvchi kuch; B) Mafkura xam ma’naviyat xam davlatning nazariy bilimlar va qarashlar tizimi; S) Ma’naviyat xam mafkura xam jamiyat maqsadlarini amalga oshirishda xarakatlartiruvchi kuch.

Mafkura maydonida O‘zbekiston uchun yot g‘oyalar qanday xollarda paydo bo‘lishi mumkin? Mafkura maydonida bo'shlik paydo bulsa

Mafkura nima? *Muayan gurux, qatlam, xalq, millatning extiyojlari, maqsad muddaolari, manfaatlari, orzu intilishlari xamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o'zida mujassam etadigan g‘oyalar tizimi

Mafkuraviy jarayonlar hozirgi davrda qanday xususiyatlarga ega? *A) Integratsiyalashish, globallashish, differensiyalashish; B) Demokratiyalashish, insonparvarlashish; S) Jamiyat xayotining xamma soxalariga ta’sir kursatish, siyosiylashish;

Mafkuraviy immunitet nima? *Jamiyat axolisining bilim va qadriyatlar asosida shakllanadigan milliy g'oyaga ega bo'lish

Mafkuraviy immunitet nima? *Insonlarda g‘ayriinsoniy g‘oyalarga qarshi tura olish qobiliyati.

Mafkuraviy immunitetning unsurlari qaysi javobda to'g‘ri berilgan? *Voqelikni to'liq va to'g‘ri aks ettiradigan ob’ektiv bilim

Mafkuraviy poligon nima? Odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli g‘oyalarning sinov maydoni.

Mafkuraviy tarbiya deganda nima tushuniladi? *Kishilar tafakkurini boyitish, mafkuraviy immunitetni shakllantirish.

Mafkuralar qanday ta’limotlar asosida yaratiladi? Falsafiy, dunyoviy, diniy ta’limotlar asosida.

Mafkuraning ataylab buzib ko‘rsatilgan qanday xususiyatlari mavjud? *dogmatizm, murosasizlik, falьsifikatsiyalanmaslik.

Mafkuraning falsafiy ildizlari nimalarga asoslangan? *SHark mutafakkirlarining ijtimoiy qarashlariga

Ma’naviy barkamol inson deganda qanday shaxsni tushunasiz? *Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur egallagan va unga amal qilgan ziyoli shaxs.

Ma’naviy barkamol inson kim? Oilada tugri tarbiya ko‘rgan, ma’naviy boy, intellektual saviyasi keng, odob axloqli, o‘z irodasi va nafsini tarbiya etib, yo‘lga sola bilgan shaxsdir.

Ma’naviy barkamollikning iqtisodiy mazmuni nima? *SHaxs va davlat ta’minotida to‘la iqtisodiy mustaqillikka erishish;

Ma’naviy barkamollikning mafkuraviy asoslari? *O‘z-o‘ziga, xalqiga davlatiga, insoniyatga, olamga munosabatlarning ma’naviyilmiy sifatlar majmuasi.

Ma’naviy jasorat nima? *Ruhan poklanish, iymon-e’tiqod, ezgulik va ma’rifat yo‘lidagi kurash

Ma’naviy yo‘qotish nima? *Millatning qadriyati, tafakkuri va turmush tarzining izdan chiqishi, manqurtlik

Ma’naviy komillikning global mohiyati? *Global jarayonlardagi mas’ullik; Har bir ishda energetik-quvvatiy globallikka axloqiy amal qilish; O‘z-o‘zini olam bilan quvvatiy energetik uyg‘unligini anglash va amal qilish

Ma’naviy tarbiya … *Jamiyatda ma’naviy merosni avlod-avlodga o‘tkazish va boyitishning shakllaridan biri

Ma’naviy tahdid? *Insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga qaratilgan ma’naviy va axloqiy, mafkuraviy-g‘oyaviy va informatsion hurujlar;

Ma’naviyat - barcha axloqiy va ruhiy qadriyatlar yig‘indisidir. Inson obro‘yi va ma’naviyatini ko‘tarishga asos bo‘la oladigan omillar quyidagilar: ma’naviy-ma’rifiy omillar (uzluksiz bilim olish); ma’naviy-intellektual (aqliy) omillar (tafakkur bilan ish yuritish); ma’naviy-axloqiy omillar; ma’naviy-muomala madaniyati; - ma’naviy yurish turish, o‘zini tutish madaniyati; ma’naviy sihat-salomatlik; - ma’naviy kiyinish san’ati; - ma’naviy ishbilarmonlik, tadbirkorlik omili. Manba: Nasriddin Botirov, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi mas’ul xodimi.

Ma’naviyat - jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushunchadir. Manba: Ibrohimov A., Sultonov X., Jo‘raev N. “Vatan tuyg‘usi”. T., 1996. 111-bet.

Ma’naviyat - inson qalbida, ko‘ngil ko‘zgusida aks etgan haqiqat nuridir, deyilgan ta’rif darhaqiqat, so‘fiyona ramziy ta'rifdir, zotan boshqacha ta’rif bu cheksiz mohiyatni cheklab qo‘yadi. Manba: Imomnazarov M. “Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar”. T., 1999. 14-bet.

Ma’naviyat - inson qalbidagi ilohiy nur. Manba: Imomnazarov M. “Ma’naviyatimizning takomil bosqichlari”. T., 1996. 6-b.

Ma’naviyat - insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning imon irodasini, e’tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuchdir. Manba: I.Karimovning Oliy Majlis XIV sessiyasida “O‘zbekiston XXI asrga intimoqda” ma’r

Ma’naviyat - insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyatidir, ya’ni insonning mehr-muruvvat, adolat, to‘g'rilik, sof dillik, vijdon, ornomus, vatanpar­var­lik, go‘­zal­lik­ni sevish, zavqlanish, yovuzlikka nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xis­latlari va fazi­lat­la­ri­ning uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan maj­muidir. Manba: A.Erkaev. “Ma’naviyat - millat nishoni”. T., 1997. 27-bet.

Ma’naviyat - insonning ma’lum darajadagi jismoniy, aq­liy va ruhiy balog‘ati va dunyoqarashini ifodalovchi tushunchadir. Manba: T.Mahmudov. “Mustaqillik va ma’naviyat”. T.,2001. 9-b.

Ma’naviyat - insonning ruhiyatini, uning o‘z-o‘zini anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go‘zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan jo­hil­likni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zako­va­tini, yuksak maqsad va g‘oyalarni qo‘ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir. Manba: S.Otamurodov, S.Husanov, J.Ramatov. “Ma’naviyat asoslari”. T.,2002 28-b.

Ma’naviyat bu? *Insonning ruhiy poklanishi, ichki dunyosi qarashlari mezoni; Odam irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan o‘lchov.

Ma’naviyat va ma’rifat” dasturini amalga oshirishda kimlar ishtirok etadi? Oila, mahalla va ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari.

Ma’naviyat va ma’rifat” respublika jamoatchilik markazi qachon tuzilgan? *1992 yil 1 yanvarda

Ma’naviyat so‘zining ma’nosi – “Insoniylikka yo‘l” degani.

Ma’naviyat taraqqiyotining qanday asosiy qonunlarni bilasiz? *SHaxs, millat yoki jamiyatning ichki saloxiyati xamda shaxslar va millatlarning uzaro munosabatlari jarayonida sodir bo‘ladigan uzaro ta’sir va uzaro boyitish ta’sir aks ta’sir orqali bo‘ladigan jarayonlardagi qonuniyatlar

Ma’naviyatning lug‘aviy ma’nosi? *Ma’nolar majmui.

Ma’naviyatning tarkibiy asoslari? * 1) Axloqiy, badiiy qadriyatlar; 2) Milliy diniy qadriyatlar; 3) Ma’naviy meros va milliy g‘oya;

Ma’rifat - (arabcha: bilish, bilim, tanish va ma’lumot) kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayonidir.

Ma’rifat gazetasi shiori? Kuch bilim va tafakkurda.

Millat nima? Kishilarning tarixiy birligi.

Millatlararo yoki davlatlararo munosabatlarda xukmronlikka intilish qanday nomlanadi? Buyuk davlatchilik shovinizm

Millatning asosiy belgilari? *Til, hududiy, iqtisodiy va ma’na­viy-ruhiy.

Millatning shakllanishi, takomillashuvi va yuksalishiga qaratilgan evolyusion xarakterdagi uzluksiz jarayon» bu ... *Milliy taraqqiyot.

Milliy birlik nima uchun kerak? *Millatning manfaat va ehtiyojlarini qondirish va taraqqiyoti uchun.

Milliy birlikni tashkil etuvchi asosiy tomonlar nimalarda ko‘rinadi? *Milliy o‘zini anglashda.

Milliy birlikni his qilish uchun odamlarda qanday fazilat ustuvor bo‘lishi kerak? *Millatparvarlik

Milliy va umumbashariy qadriyatlarning uygunligi" qaysi asosiy goyaning tamoyiliga mansub? *Millatlararo totuvlik

Milliy demokratiya bu ... *Bir mamlakatda yashaydigan barcha milliy va elatlar manfaatini ifodalaydi;

Milliy istiqlol goyasining umumbashariy tamoyillaridan biri? *Diniy bagrikenglik

Milliy istiqlol goyasining quyidagi qaysi asosiy goyalaridan birini "Murosa falsafasi" xam deyish mumkin? *Ijtimoiy xamkorlik

Milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz, avvalo yoshlar ongiga singdirishda qaysi mafkuraviy tarbiya sub’ektlarining ta’siri katta? *Uzluksiz ta’lim tizimi

Milliy istiqlol mafkurasining tarixiy ildizlari? *Ajdodlarimizning ibrati xayoti, tafakkur tarzi, amaliy faoliyati. bunyodkorlik ishlari

Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani oldida turgan asosiy vazifalar? Iymon-e’tiqodi mustahkam, dunyoni chuqur anglaydigan, davr taraqqiyoti bilan ham qadam, erkin, ijodkor shaxsni shakllantirish.

Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fanining asosiy maqsadi nima? Yoshlarni eski mafkuraviy asoratlardan xolos qilish. YOshlarongida g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasining nazariy-amaliy yo‘nalishlarini kim asoslab berdi? Islom Karimov.

Milliy mafkuramizning bosh strategik maqsadi? *Ozod va obod vatan, erkin va faravon xayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish

Milliy ma’naviy merosiga nimalar kiradi? *A) Ilm-fan, adabiyot, san’at, falsafa, axloq undagi real, dunyoviy ta’limotlar; B) Inson ichki dunyosini, ruxiyatini, ma’naviyatini sayqal topishga qaratilgan millat yutuqlari.

Milliy ma’naviy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz? *Muay­yan millatga tegishli bo‘lgan barcha (axloqiy, diniiy, badiiy huqukiy, siyosiy) ma’naviy meros.

Milliy mentalitet nima? Millatning bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, tafakkuri.

Milliy ong nima? Muayyan millatga mansub bo‘lgan kishilarning ongi tushuniladi. Milliy ong muayyan millat mentaliteti bilan uzviy bog‘liqdir.

Milliy taraqqiyot – bu: *Millatning shakllanishi, takomillashuvi va yuksalishiga qaratilgan evolyusion xarakterdagi uzluksiz jarayon

Milliy tafakkur nima? Milliy tafakkur-milliy g‘oyaning tayanchi. Muayyan millat mentalitetiga xos, shu millatning fikrlash doira­sining maxsuli bo‘lgan tafakkurga aytiladi.

Milliy o‘zini o‘zi anglash qanday yuz beradi va nimalarda ko‘rinadi? *Millatning urf-odatlarini, an’analarini, tarixini, madaniyatini har tomonlama o‘rganishda va hayotga tatbiq etishda

Milliy qadriyat nima? Millatning moddiy va ma’naviy yutuqlari; Millatning o‘tmishi, hoziri va kelajagi.

Milliy g‘oya nima? *Milliy g‘oya millat tafakkurining mahsuli, unda millatning o‘tmishi, buguni, istiqboli, uning tub maqsad-manfaatlari ifodalanadi.

Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish qaysi fan sohalarining vazifasiga kiradi? *Barcha fan sohalarining

Milliylik nima? Tarixan tashkil topgan, muayyan millatga xos bo‘lgan xususiyatlar, urf-odat, rasm-rusum, marosim, millat doirasida amal qiluvchi unsurlar.

Missionerlik harakati nima? *O‘zga din vakillarini o‘z diniga og‘dirish harakati.

Monizm nima? Olamning asosi bitta deb ta’lim beruvchi yo‘nalish.

Motivatsiya nima? Biror maqsadga erishish uchun ehtiyojlar, qiziqishlar, qobiliyatlar, ichki his-tuyg‘u va kechinmalarning zohir bo‘lishligidir.

Muayyan ijtimoiy gurux, millat, xalqning extiyojlari, maqsad muddaolari, manfaatlarini mujassam etadigan g‘oyalar tizimi bo'lmish milliy mafkuraning bosh g‘oyasi qaysi? * Ozod va obod vatan, erkin va faravon xayot barpo etish

Muayyan etnik guruh ustuvorligiga erishishda terror va agressiyaga asoslangan siyosiy ideologiyaning ko‘rinishi –bu.. *Fashizm;

Muammoli vaziyatning pirovard negizi nima hisoblanadi? *Amaliyot

Mustaqil O‘zbekiston davlatining bosh strategik maqsadi bu? * Bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish

Mustaqil O‘zbekiston davlatining bosh strategik maqsadlari? *1) Bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish; 2) Fuqarolarga munosib hayot sharoiti yara­tib berish; 3) Aholida milliy va umumbashriy qad­ri­yat­larga asoslangan siyosiy madaniyatni shakllantirish.

Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini aniqlang? *1) Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 2) Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; 3) Insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish va vatanparvarlik.

Mustaqillik tufayli ijtimoiy-siyosiy sohada erishgan eng asosiy yutug‘imiz? *O‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash huquqiga ega bo‘ldik

Navro‘z bayramining kelib chiqish sababi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? *Qadimda kun va tun teng kelgan kun yangi yilning bosh­la­nishi - “YAngi kun”, ya’ni “Navro‘z” deb nomlangan. Bu kunda tabiat uyg‘ongan, dehqonlar harakatga kelib, bo‘lajak hosil taraddudini boshlagan.

Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz” mavzusidagi ma’ruzasida yurtboshimiz jamiyatimizni yangilash va isloh etishning qaysi yo‘nalishlarini belgilab berdi? Siyosiy, davlat qurilishi va boshqaruvi iqtisodiyotni, ma’naviyat, sud-huquq tashqi siyosatni, xavfsizlikni ta’minlash sohasini.

Oliy Majlis XIV sessiyasida yurtboshimiz qaysi mavzuda ma’ruza qilganlar? “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda”.

Oliy Majlisga saylanish huquqi O‘zbekiston fuqarolariga necha yoshdan boshlab mumkin? *25 yoshdan.

Oliy Majlisda nechta deputat o‘z faoliyatini olib boradi? *220 ta

Oqillik nima, u nimalarga asoslanadi? *Bilimga amal qilish

Partiya nima? G‘oyaviy jihatlan maslakdosh, manfaatdosh, shuningdek, ma’lum ishni bajarishga ajratilgan kishilar guruhi (lotincha partio – bo‘laman, ajrataman).

Pedagogning milliy madaniyat tarixini o‘zlashtirishi nimalarda namoyon bo‘ladi? *Ilmiy-pedagogik faoliyatida xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan hamda Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Amir Temur, Imom Buxoriy kabi allomalar merosidan foydalanish.

Pedagogning o‘z burchini anglashi qaysi mezonlar bilan belgilanadi? *Pedagogik mas’uliyatni his qila bilish, o‘quvchi shaxsini hurmatlashi; O‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish, va ular bilan hamkor bo‘lish; O‘quvchilarni o‘zaro va o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgatishi.

Plyuralizm nima? *Olamning asosida turli g‘oyalar yotishi haqidagi ta’limot

Politika» jamg‘armasi raisi (O‘zbekiston haqida ijobiy fikrlarni bildirib maqolalar yozgan) Rossiyalik tadqiqotchi? *V.Nikonov

Prezidentlik boshqaruvi O‘zbekistonda qachon ta’sis etil­gan? *1990 yil 24 mart.

Prezidentlikka nomzod kim bo‘lishi mumkin? YOshi 35 dan kam bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, Respublika hududida kamida saylovgacha 10 yil yashagan, yuksak darajadagi xulq-atvor sohibi.

Respublikamiz Internet tizimi bilan qachon aloqa o‘rnatgan? 1996 yil, may.

Respublikamiz mustaqilligiga tahdid solayotgan diniy-ekstremistik oqimlar nomini ko‘rsating. Xizbut-tahrir, vahobiylik, akromiylik.

Referat (lotincha - axborot berayapman) biror ilmiy asar, maqola, o‘kilgan kitob va shu kabilar mazmunining qisqacha yozma bayoni.

Referendum yakunlari hamda davlat xokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari» to‘g‘risidagi O‘zRning Konstitutsiyaviy qonuni qachon va Oliy Majlisning qaysi sessiyasida qabul kilingan? O‘zR Oliy Majlisining 2002 yildagi VIII sessiyasida.

Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi O‘zR Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq O‘zR Prezidenti vakolati muddati? 7 yil.

Rossiya uchun “YAqin xorijlik tushunchasi? *Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi

Ruhiyat nima? Insonning ichki dunyosi.

Siyosiy munosabatlar – bu ... *Uzluksiz harakatda bo‘lgan siyosiy sub’ektlar va ularning ob’ektga ta’sirini belgilovchi harakatlarning umumiy ifodasi

Siyosiy partiya nima? Jamiyat muayyan qismi manfaatlarini ifodalovchi va davlat organlari faoliyatida ishtirok etishni maqsad qilib qo‘yuvchi maslakdoshlarning uyushgan guruhlaridir.

Siyosiy partiya qanday huquqlarga ega? Saylovlarda ishtirok etish, tegishli organlarga o‘z vakillarini o‘tkazish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok etish.

Siyosiy tizim tushunchasi? *Siyosiy munosabatlar, siyosiy tashkilot (institut)lar va siyosiy me’yorlar, siyosiy qarashlar, siyosiy madaniyat.

Sotsiometrik metodi muallifi? *Djon Moreno (psixolog olim)

Suverenitet”ning lug‘aviy ma’nosi? Fransuzcha “Mustaqillik”, “Oliy hokimiyat” degan ma’nolarni bildiradi.

Sud xokimiyati tuzilmasi: *O‘zR konstitutsiyaviy, oliy sud va oliy xo‘jalik sudi; Qoraqalpog‘iston respublikasi oliy sudi va xo‘jalik sudi; Viloyat tuman va shaxar sudlari

Sunnan» kitobi (ta’lim tarbiya, axloq-odobga oid hadislar majmuasi) ning muallifi? *At Termiziy.

Taraqqiyotning “o‘zbek modeliqaysi xususiyatlari bilan milliy modellardan farq qiladi? *Model faqat iqtisodiy rivojlanish emas, balki keng ma’nodagi milliy tiklanish va ijtimoiy taraqqiyot modeli xamdir

Tarbiya turlarini sanab bering? Oilaviy tarbiya, jismoniy tarbiya, shajaraviy tarbiya, diniy va axloqiy tarbiya.

Tarixi Farg‘ona” asari muallifi kim? Bayoniy.

Tashqi predmetli faoliyatning ichki faoliyatga o‘tishi? *Interiorizatsiya.

Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash MD (yangi tahrirdagi) qachon qabul qilindi? *1997 yil avgust

Terror” so‘zining lug‘aviy ma’nosi? *Qo‘rqitish va dahshatga solish

Toleriantlik so‘zi nimani anglatadi? *Diniy bag‘rikenglik

Turkiy guliston yohud axloq” asarida tarbiyaning qaysi 4 ta turlari haqida fikr yuritiladi? *Tarbiya zamoni, jismoniy tarbiya, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi;

Fanatizm nima? Dindagi o‘ta aqidaparastlik.

Fikr qaramligi, tafakkur qulligi har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ham dahshatliroqdir”. Ushbu so‘zlar kimning qalamiga mansub? I.Karimov.

Forobiyning yozishicha, kishida bir xususiyat mavjud bo‘lsa, u kishidan albatta dono etishib chiqadi. Ko‘proq qanday xususiyat sohiblari donolikka moyil bo‘ladilar? *Sabr-qanoatli;

Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlaridan birini ko‘rsating. *Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar.

Fuqarolik jamiyati o‘zining yashashi uchun qaysi institutni taqozo etadi? *Davlatni

Fuqarolik jamiyatida ... *Inson erkinligi va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi.

Fuqarolik jamiyatining ko‘rinishlari? *Jamoat tashkilotlari va nodavlat institutlar;

Fuqaroning ijtimoiy huquqi? Har kimga ilmiy texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.

Xalqimizning qadimiy tarixiy merosi, milliy-ma’naviy qadriyatlarini uzida mujassam etgan asar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?*Avesto

CHingiziylarga qarshi o‘n bir yil muttasil mardona kurashgan shaxs kim? *Jaloliddin Manguberdi

SHanxay” tashkilotiga a’zo davlatlar? O‘zbekiston, Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston.

SHaxs erkinligi nima? Konstitutsiyaga rioya qilgan xolda erkin hayot kechirish.

SHaxsga ta’sir etish orqali tarbiyalash metod va usullari? *O‘z-o‘ziga ko‘rsatma berish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘ziga hisobot berish, o‘z-o‘zini ishontirish, o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini majbur etish.

SHovinizm nima? Muayyan millat va davlatning boshqa millat va davlatlardan o‘zini ustun qo‘yib, mutlaq hukmdorlik qilishga da’vogarligini anglatadi.

Ezgulikka intiluvchi jamiyat mafkurasi nimaga asoslanadi? Ilmiy-texnikaviy kashfiyot va iqtisodiy imkoniyatlarga.

Eng buyuk jasorat nima? *Ma’naviy jasorat

Erkinlikni qanday tushunasiz? *Qonunlar doirasidagi xatti-harakat

Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari? *Estetik ehtiyojlarni tarbiyalash, idrokni va his-tuyg‘uni, estetik tushuncha, did, baholash va fikrlash, badiiy va musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish

Etika (yunoncha - xulq, odat) axloq va uning shaxs xamda jamiyat hayotdagi o‘rnini o‘rganuvchi falsafiy fan.

Yunon-Rim tarixchilaridan qaysi biri O‘rta Osiyo xalq­lari to‘g‘risida birinchi bo‘lib ma’lumot bergan? *Gerodot.

Yurtimizda davlatchilik qanday vujudga kelgan? *SHarq tamadduni asosida vujudga kelgan

Yurtparvarlikning asosiy shartlari? *O‘z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan Vatan kuch-qudratiga hissa qo‘shish.

Yusuf Xos Xojib o‘zining qaysi asarida ilm-fan ma’rifatning ahamiyati, ma’rifatga tavsif berib kishilarni tinmay bilim o‘rganishga chaqirgan? *“Qutadg‘u bilig” asarida

Yakkamafkuraviy va ko‘pmafkuraviy jamiyatning asosiy farqlari nimalarda ko‘rinadi? *Yakka mafkuraviy jamiyatda bir mafkura xukmron mafkura bo‘ladi, ko‘pmafkuraviy jamiyatda xilma-xil mafkuralar faoliyat ko‘rsatadi, biron-bir mafkura Davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilmaydi

Yangi hayot, yangi jamiyat poydevori bu – ... *Erkin va ozod fu­qaro ma’naviyati, inson omili; Xalq ma’naviyatini, madaniyatini rivojlantirish; Ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar samaradorligi va ja­miyatni modernizatsiyalash.

O‘zaro kelishuv asosida bitim – bu... * Konsensus

O‘zbek oilasining ma’naviy axloqiy jihatlari nimada? *Poklik, imonlilik, bolajonlik, sadoqat va vafodorlik

O‘zbekiston XXI asr busag‘asida xavfsizlikka tahdid, bar­qarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida…. O‘rta Osiyo muammolari yaxlit holda tahlil qilib berildi.

O‘zbekiston Mustaqilligining iqtisodiy va ma’naviy zaminlari nimada deb bilasiz? *O‘zbekistonda juda katta tabiiy boyliklar mavjudligi , qudratli sanoat ba’zasi, ulkan ilmiy va intelektual saloxiyat, yuksak ma’naviy fazilat, tarixiy davlatchilik an’analariga egalik, davlat suvereniteta yangi jamiyat barpo etilayotganligida

O‘zbekiston o‘zi uchun eng maqbul deb tanlagan rivojlanishning… *Evolyusion(tadrijiy)yo‘lidan bormoqda

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish modelida kim bosh islohotchi? *Davlat;

O‘zbekistonda ikki palatali parlamentga saylovlar qachon o‘tkazildi? *2004 y. 26 dekabr

O‘zbekistonda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash qachon­dan boshlandi? 1996 yil, yanvardan.

O‘zbekistonda nechta diniy jamoa konfessiya vakillari yashaydi? *17 ta.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish­ning bosh ustuvor yo‘nalishi - bu… *Inson omili

O‘zbekistonning bosh strategik maqsadi nima? Bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat qurish, Fuqarolar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, Umuminsoniy erkinlikni ta’minlash, millatimizga mos rivojlangan yo‘lni davom ettirish.

O‘zbekistonning maydoni qancha? *447.4 kv.km.

O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarga a’zoligi qanday imkoniyatlar beradi? *1) To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va kredit­lar olishni engillashtiradi; 2) Milliy xavsizlikka rahna soluvchi turli holatlardan muhofaza etadi; 3) Jahon bozoriga chiqishni osonlashtiradi.

O‘zbekchilik? O‘zbek millatiga xos bo‘lgan muayyan qadriyatlarni anglatadi. (bag‘rikenglik, bolajonlik, soddadillik, mehmondo‘stlik, kechirimlilik va h.k.)

O‘zRda davlat hokimiyat tizimi qanday prinsiplarga asoslanadi? Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun ustuvorligi, barchaning Qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta'minlanadigan, inson huquq va erkinliklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud kabi turlarga bo‘linishi prinsipi asosida tashkil etiladi.

O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri? *Umumiy madaniyat va axloqning yuksak darajasi

Qadriyat nima? Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlar manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiiy va jamiyat hodisalari majmuidir.

Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni qaysi yildan e’tiboran yurtimizda nishonlanadi? *2001 yil 31 avgustdan.

G‘arb va SHarq hayot tarzidagi asosiy farqlar keltirilgan javobni aniqlang. *G‘oyaviy individualizm va milliy qadriyatlarga asoslangan jamoaviylik

G‘oya - inson tafakkurining mahsulidir. Har qanday fikr yoki qarash g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvorli, ijtimoiy manfaatlarni, maqsad muddaolarni o‘zida aks ettirgan fikrlargina g‘oya bo‘la oladi.

G‘oya nima? *Davrning hal etilishi lozim bo‘lgan eng muhim muammolarini ifodalaydi. G‘oyani millat ziyolilari, fidoilari, ahli tafakkur, daho

13223 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Muhtarama
Qo`shilgan sana: 2015-06-19

Menga yoqdi, esda qolishi uchun oson va qulay.Rahmat.Javob: Hursandman

Foydalanuvchi ismi: Muzaffar
Qo`shilgan sana: 2015-07-19

Savollar juda yaxshi tuzilgan.

Foydalanuvchi ismi: Polvonjon
Qo`shilgan sana: 2015-11-27

Salom hammaga

Foydalanuvchi ismi: Otabek
Qo`shilgan sana: 2016-01-05

Juda yaxshi

Foydalanuvchi ismi: Fazliddin
Qo`shilgan sana: 2016-02-19

Men uchun juda zarur edi. Katta raxmat ishlarizga omad.

Foydalanuvchi ismi: Fazliddin
Qo`shilgan sana: 2016-02-19

Ey ustoz Sizmidingiz qalaysiz xali o`taman

Foydalanuvchi ismi: . malika
Qo`shilgan sana: 2016-05-02

Ajoyib.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений