linkedin facebook linkedin facebook nod32

Tartiblangan test

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-26

Tartiblangan test

Annotatsiya (lotincha - qayd) qisqacha ta’rif, kitob, maqola, avtoreferat qo‘lyozma mundarijasi, g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalish va boshqalar haqida qisqacha ma’lumot.

Annotatsiya bu – nashrning ma’nosi nuqtai nazaridan, maqsadi, shakli va boshqa uziga xos jixatlari buyicha qisqacha tavsifi.

berilgan shikoyat arizasi.

Apellyasiya qaysi xollarda kabul kilinmaydi? *Nizomda belgilangan muddat uttanda va apellyasiya aynan bir masala buyicha takroran berilganda;

ARIZ-TRIZ tushunchasi nimani bildiradi? *Ixtiro masalalarini echish nazariyasi va algoritmini;

Attestatsiya – oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash jarayoni bosqichlarida tegishli chora-tadbirlarni o‘tkazish, jumladan malakaviy imtihonlarni qabul qilish, seminarlar va davra suhbatlarida dissertatsiyani aprobatsiyadan (muhokamadan) o‘tkazish, fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashda dissertatsiya himoyasini o‘tkazish va dissertatsiyani O‘zR VM huzuridagi OAKda ekspertizadan o‘tkazish asosida talabgorlarning ilmiy saviyasini hamda dissertatsiya natijalarining yangiligi va sifatini baholash.

Attestatsiya ishi – talabgorning attestatsiyaga oid hujjatlari to‘plami

Attestatsiya ishini OAKga qanday tartibda takdim etiladi? *Attestatsiya ishnining birinchi nusxasi va talabgorning attestatsiya ishi xamda ularning elektron shakli dissertatsiya himoyasidan keyin bir oy ichida Kengash tomonidan OAKga yuboriladi. Talabgorning attestatsiya ishining ikkinchi nusxasi tashkilot arxivida saklanadi;

Axborotlashgan jamiyat” konsepsiyasi mualliflarini ko‘rsating? *E.Masuda, D.Martin. G.Molitor.

Bilish nazariyasida verifikatsiya bu? *Nazariy xolatlarning haqiqiyligini tajriba yo‘li bilan tekshirish

Bilishning imkoniyatlarini inkor etuvchi falsafiy konsepsiya, bu? *Agnostitsizm

Bir martalik kengash — fan doktori ilmiy darajasini beruvchi vaqtinchalik ilmiy kengash;

Borliqdagi narsa va xodisalarning ob’ektiv, takrorlanuvchi, mu­xim, barqaror aloqalarini ochib beruvchi falsafiy tushuncha ni­ma­ni bildiradi? *Qonun

Borliqdagi yangi qonunlarni ochishga, xodisalararo aloqalarni aniq­lashga. yangi nazariya va tamoyillar yaratishga yunaltirilgan tadqiqot ishi qanday nomlanadi? *Fundamental tadqiqot

Gipoteza ilmiy nazariya taraqqiyotining metodi sifatida nimani anglatadi? *Zaruriy, eksperimental tekshirishlarini talab qiluvchi ilmiy bilish shakllarini

Glossariy nima? *Muayayn mavzuga oid atamalarni qamrab olgan kichik hajmli lug‘at

Dayjest nima? Ilmiy, ilmiy-uslubiy, o‘quv, davriy adabiyotlar, hukumat va turli tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar, qarorlar, nizomlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid ma’lumotlar to‘plami sifatida foydalaniladigan doimiy nashr materiali.

daslabki ekspertiza – dissertatsiyaning himoyadan oldin o‘tkaziladigan ekspertizasi;

Determenizm – bu? *Borliqdagi xodisa jarayonlarning shartliligini belgilovchi ta’limot.

Dissertatsiya – talabgorning e’lon qilingan ilmiy ishlari asosida tay­yorlangan qo‘lyozma shaklidagi yuqori malakaviy ilmiy asar;

Dissertatsiya avtoreferati – dissertatsiyaning asosiy g‘oyasi, xulosalari, o‘tkazilgan tadqiqotlarga talabgorning qo‘shgan hissasi, tadqiqot natijalarining yangiligi, ilmiy va amaliy ahamiyati hamda tatbig‘i bayon qilingan qo‘lyozma;

Dissertatsiya ishi avtoreferati qaysi tillarda va qanday xajmda chop etiladi? *Dissertatsiya avtoreferati xalkaro ekspertizadan o`tkazish va ilmiy yutuklarni targ'ib qilish maqsadida o'zbek, rus va ingliz tillarida 4,5 bosma taboq, jumladan uzbek, rus va ingliz tillarida xar biri 1,5 bosma taboq xajmda Kengash raisining ruxsati bilan chop etiladi. Tarjimaning aniqligi va to'g'riligi uchun talabgor, ilmiy maslaxatchi, ish bajarilgan tashkilot va Kengash mas’uldir. Gumanitar va ijtimoiy fanlar soxasidagi dissertatsiya avtoreferatining xajmi, ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Dissertatsiya avtoreferati kamida 50 nusxada chop etiladi;

Dissertatsiya ishi himoyaga qay tartibda qabul qilib olinadi? *Kengash tomonidan dissertatsiya bo'yicha Ilmiy seminarning ijobiy xulosasi taqdim etilgan kundan e’tiboran 1 oy ichida dissertatsiya himoyaga qabul qilib olinishi, bu xaqda dissertatsiyani himoyaga qabul qilish to'g‘risida qaror qabul qilinishi va shundan so'ng, Kengash dissertatsiya avtoreferati chop etilishidan oldin himoya xaqida OAK vebsayti va «OAK Byulleteni» jurnalida e’lon berish uchun OAKga murojaat qilishi kerak;

Dissertatsiya ishiga opponentlar belgilash tartibi qanaqa? *Kengash tomonidan dissertatsiya bo'yicha fanning shu soxasidan xabardor fan doktorlari yoki professorlari orasidan 3 ta rasmiy opponent tayinlanadi, bunda ularning 2 tasi himoya o'tayotgan Kengash a’zosi bo‘lishi mumkin. Rasmiy opponentlar turli tashkilotlarning xodimlari bo‘lishi lozim;

Dissertatsiya mavzusi qaysi organ tomonidan tasdiqlanadi va «OAK Byulleteni»da qachon e’lon qilinadi xamda unga kaysi muddatgacha o'zgartirishlar kiritish mumkin? *Dissertatsiya mavzusi OTM kengashi yoki ilmiy tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi va mavzu to‘g‘risidagi ma’lumot dissertatsiya mavzusi tasdiqlangandan so'ng, «OAK Byulleteni» jurnalida e’lon qilish uchun OAKga yuboriladi xamda dissertatsiya himoyaga qabul qilingunga qadar uning mavzusiga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin;

Dissertatsiya mavzusiga qanday talablar qo'yiladi? *Dissertatsiya mavzusi dolzarb xamda respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining asosiy ustuvor yo'nalishlari bilan bog'lik bo'lishi lozim;

Dissertatsiya himoyasi – tadqiqot natijalarining ilmiy yangiligi, xulosalari, tavsiyalarining to‘g‘riligi va asoslanganligi, dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, talabgorning fanga qo‘shgan hissasi bo‘yicha ilmiy jamoatchilik oldida o‘tkaziladigan muhokama

Dissertatsiya himoyasi va unga ovoz berish qanday tartibda amalga oshiriladi? *Dissertatsiyani ilmiy jamoatchilik oldida himoya qilish ilmiy baxs bilan o'tishi, yuksak talabchanlik, qat’iylik, ilmiy axloq-odobga rioya etilgan xolda dissertatsiyadagi barcha ilmiy va amaliy xulosa xamda tavsiyalarning asoslanganligi taxlil qilinishi lozim xamda dissertatsiya himoyasi tugaganidan so'ng, fan doktori ilmiy darajasini berish to‘g‘risidagi masala Kengash tomonidan yashirin ovoz berish yo'li bilan xal etiladi;

Dissertatsiya himoyasini ilmiy natijalarni aks ettiruvchi e’lon qilingan ishlarning chop qilinish muddati va xam mualliflari bilan aloqasi bormi? *Dissertatsiya himoyasi talabgorning ilmiy natijalarini aks ettiruvchi ishlari e’lon qilingandan ikki oy o'ttach, o'tkazilishi mumkin. Nashrga topshirilgan, lekin e’lon qilinmagan ishlar dissertatsiyada va dissertatsiya avtoreferatida keltirilishi mumkin emas. Agar talabgorning maqolalari xammualliflikda yozilgan bo'lsa, u xar bir xam muallifning xissasini xolis aks ettirishi lozim va maqolalardan uz dissertatsiyasida qisman yoki tula foydalanish uchun xam mualliflarning yozma roziligini olishi zarur;

Dissertatsiya himoyasisiz fan doktori ilmiy darajasi berilishi mumkinmi? *Fan va texnologiyalarni rivojlantirishga xamda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilishga ulkan xissa qo'shgan eng yirik ixtiro muallifiga OAK Rayosati qarori bilan, istisno tariqasida berilishi mumkin;

Dissertatsiyada foydalanilgan materiallar manbalariga, ham mualliflikdagi ishlarni rasmiylashtirishga va o‘zganing materialidan foydalanishga qanday talablar qo‘yiladi? *Talabgor uz dissertatsiyasida foydalangan materiallar manbaini, ularning muallifi va nomini tuliq ko'rsatishi lozim. Talabgor dissertatsiyada ilmiy ish yozishda ishtirok etgan xam mualliflarning g'oya yoki ishlanmalaridan foydalangan taqdirda, buni dissertatsiya va dissertatsiya avto referatida qayd etishi shart. Xam mualliflikdagi ilmiy ish natijalari faqat birgina talabgorning dissertatsiyasiga to'la to'kis kiritilishi mumkin. o`zganing materialidan uning muallifi va manbaini ko'rsatmasdan foydalanilgan xollarda, dissertatsiya u qaysi bosqichda ko'rilayotgan bo‘lishidan qat’i nazar, muxokamadan olib tashlanadi va talabgor ushbu mavzu bo'yicha dissertatsiyani qayta himoya qilish xuquqidan maxrum etiladi;

Dissertatsiyalarda foydalanilgan adabiyotlarga va ularni rasmiylashtirishga qanday talablar qo'yiladi? *Dissertatsiya mavzusi bo'yicha foydalanilgan adabiyotlar asosan oxirgi 15 yil ichida e’lon qilingan bo`lishi tavsiya etiladi. Dissertatsiyada foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati talabgorning xoxishiga ko'ra alifbo, sistematik yoki matnda xavola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi. Foydalanilmagan va xavola qilinmagan adabiyotlarni ro`yxatga kiritish mumkin emas;

Dissertatsiyani dastlabki ekspertizaga topshirilgandan keyin qancha muddat ichida xulosa beriladi va unga kim mas’ul? *Xulosa dis­sertatsiya dastlabki ekspertiza uchun topshirilgan kundan e’tiboran ikki oy ichida talabgorga beriladi. Tashkilot raxbari xulosaning sifati, xolisligi va tayyorlash muddati uchun mas’uldir;

Dissertatsiyani dastlabki ekspertizaga qaysi tashkilot va qay tartibda yuboradi? *Dissertatsiyani dastlabki ekspertizaga ish bajarilgan tashkilot raxbari nomiga ariza bilan murojaat qilingan keyin ushbu tashkilotning yoki dissertatsiya ixtisosligi bo'yicha ilmiy ishlar bajarilayotgan boshqa tashkilotlarning tegishli kafedra, bo'lim, laboratoriya yoki kafedralararo, laboratoriyalararo birlashgan seminarlariga yoki muammoviy kengashga dastlabki ekspertizaga yuboradi;

Dissertatsiyani dastlabki ekspertizasi bo'yicha xulosa Olingach qo‘shimcha ravishda ekspertizaga yuborish mumkinmi? *Albatta, ish bajarilgan tashkilot raxbari dastlabki ekspertiza natijalaridan ko'nikmagan takdirda, dissertatsiyani qo‘shimcha ravishda ekspertizaga yuborishi mumkin;

Dissertatsiyani kayta himoya qilish tartibi qanday amalga oshiriladi? *Talabgor dissertatsiyani ko'rib chiqish jarayonining xar qanday bosqichida, Kengashda yashirin ovoz berishdan oldin, OAKda esa, Kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish to'g‘risidagi qarori tasdiqlanishidan oldin dissertatsiyasini yozma ariza asosida muxokamadan olishga xaqlidir. Dissertatsiya talabgorning yozma arizasiga asosan muxokamadan olinganda xamda Kengash yoki OAK Rayosati tomonidan salbiy qaror qabul qilinganda, qayta ishlangan xolda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin. SHuningdek, dissertatsiya himoyasi natijalari yuzasidan Kengashning qarori salbiy bo'lganda yoki OAK Rayosati tomonidan salbiy qaror chiqarilganda qaror qabul qilingandan keyin kamida bir yil o'ttach, dissertatsiya qayta ishlangan xolda takroran himoyaga taqdim etilishi mumkin. Dissertatsiya qayta himoya qilish uchun taqdim etilganda, oldingi yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar almashtiriladi;

Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish qaysi tillarda amalga oshiriladi? *Talabgorning xoxishiga ko‘ra o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki OAK bilan kelishilgan xolda boshqa tilda amalga oshiriladi;

Dissertatsiyani himoyaga taqdim qilish tartibi qanaqa? *Disser­tatsiya ish bajarilgan tashkilotda dastlabki ekspertizadan muvaffakiyatli o'tgandan so'ng, himoyaga qabul qilish uchun tashkilot raxbari tomonidan tegishli Kengashga yuboriladi. Tashkilot raxbari tegishli Kengash raisi bo‘lsa, dissertatsiya Kengash qoshidagi ilmiy seminarga (keyingi o`rinlarda Ilmiy seminar deb yuritiladi) yuboriladi. Dissertatsiya ixtisosligi yoki fan soxasi bo'yicha Kengash bo‘lmasa, ish bajarilgan tashkilot Bir martalik kengash tuzishni so'rab, dissertatsiya ixtisosligiga mos yoki yaqin keluvchi Kengashga murojaat qiladi. Dissertatsiya ixtisosligiga mos yoki yaqin keluvchi Kengash bo'lmagan taqdirda, OAKga murojaat qilinadi;

Dotsent – tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs

Yetakchi tashkilot taqrizi qanday rasmiylashtiriladi va kimlar tomonidan imzolanadi? *yetakchi tashkilot taqrizi seminar bayonnomasidan kengaytirilgan batafsil ko‘chirma shaklida yozilib, seminar raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi xamda shu tashkilot raxbari yoki raxbar urinbosari tomonidan tasdiqlanadi;

Jamoaviy taqriz — OAK tomonidan yuborilgan dissertatsiyani ko‘rib chiqish yuzasidan Kengashning qo‘shimcha xulosasi;

Izohli lug‘at nima? So‘zlarning mazmunini izohlaydigan, har bir so‘zning grammatik, etimologik va stilistik tavsifi berilgan, ularni qo‘llashga oid misollar va boshqa ma’lumotlar keltirilgan, qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladigan nashriy adabiyot.

Ilgari aniqlangan bilimlar orqali yangisini keltirib chiqaradigan tafakkur shakli, bu? *Xulosa

Ilm (arab) - o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakadir. Moddiy olamni ilmiy bilish, u haqida zaruriy axborotlarga ega bo‘lish demakdir.

Ilmiy bilimning barcha soxalariga taraqqiyot g'oyasini tadbiq etish nimani anglatadi? *Fanning dialektiklashishini

Ilmiy bilishda epistemologiya nimani anglatadi? *Ilmiy bilishning metod va shakllarini o'rganuvchi falsafa bo‘limi

Ilmiy bilishning eng rivojlangan shakli, bu? *Nazariya

Ilmiy bilishning qonuniyatlari asosida fan rivoji – bu? *Internalizm tamoyili

Ilmiy va ilmiy bo‘lmagan bilimlar urgatuvchi chegarani aniq­lov­chi muammo qanday nomlanadi? *Demarkatsiya

Ilmiy daraja - muayyan fan sohasidagi mutaxassisning ilmiy malakali darajasi

Ilmiy daraja olganlik to'g‘risidagi xujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash qanday amalga oshiriladi? *Xorijiy davlatlarning oliy attestatsiya organlari tomonidan UzR fuqarolari xamda O‘zRda doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy darajalar xaqidagi xujjatlar OAK tomonidan O‘zR VMning 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qarori bilan talabgor ishlab turgan tashkilotning murojaatnomasi yoki talabgorning arizasiga asosan OAK tomonidan nostrifikatsiya qilinadi;

Ilmiy darajadan maxrum etish yoki uni tiklash qachon amalga oshiriladi? *Ko'chirmachilik,. soxta xujjatlar taqdim etilganlik, dissertatsiyaning ekspertizasi noxolis o'tkazilganlik kabi xolatlar aniqlangan taqdirda, Kengash xulosasi va OAKning tegishli ekspert kengashi qaroriga asosan, ilmiy darajaga ega bulgan shaxslar OAK Rayosati tomonidan ilmiy darajadan maxrum etilishi mumkin. Ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi qaror un yil oldin qabul qilingan bo'lsa, ilmiy darajadan maxrum etish masalasi ko'rib chiqilmaydi. Ilmiy darajadan maxrum etilgan shaxslarning ilmiy darajasi OAK Rayosatining qaroriga asosan tiklanishi mumkin;

Ilmiy darajalar berish qaysi meyoriy xujjatlar bilan tartibga solinadi? *UzR Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF- 4456-son "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o'tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi Farmoni, O‘zR VMning 2012 yil 28 dekabrdagi 365-son "Oliy uquv yurtidan keyingi ta’lim xamda oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarni attestatsiyadan utkazish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to'g‘risida" gi qarori, O‘zR VM huzuridagi OAK Rayosatining 2013 yil 31 yanvardagi 195/2-son qarori asosida tasdiqlangan "Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to'g‘risida" gi Nizom asosida tartibga solinadi;

ilmiy ish staji – shaxsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida ilmiy xodim lavozimida ishlagan hamda katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutida o‘qigan muddati.

Ilmiy maslahatchi – dissertatsiya mavzusini tanlashda talabgorga ko‘maklashgan, tadqiqot maqsadi va vazifalarini belgilab beradigan va tadqiqotni o‘tkazishda maslahat beradigan mas’ul shaxs;

Ilmiy ma’ruza shaklidagi fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya qanday amalga oshiriladi? *Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiya talabgor ilmiy ishini muntazam bajargan va uning asarlarida e’lon qilingan, ushbu fan soxasining mutaxassislariga ma’lum bulgan fan va amaliyot uchun katta axamiyatga molik natijalarning qisqacha umumlashtirilgan bayonidan iborat bulib, ilmiy ishning axamiyati, ilmiy ma’ruza shaklida dissertatsiya himoya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa talabgorning asosiy tadqiqotlari utkazilgan tashkilot tomonidan beriladi. Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiyani himoya kilish uchun OAK Rayosatining ruxsati bo'lishi zarur;

Ilmiy maqola - ilmiy tadqiqotning muhim bir natijasini (yoki natijalarni) o‘z ichiga oluvchi dolzarb muammo bo‘yicha muallifning fikrlar bayoni.

Ilmiy muammo - fanda hal etilmagan, ya’ni hal etish mexanizmi yaratilmagan dolzarb masalalar.

Ilmiy seminar - dissertatsiya ishlari yoki fanning ma’lum bir muammolari muhokama etiladi. Odatda ilmiy seminarlar kafedralar (bo‘limlar) qoshida tashkil etiladi va faoliyat yuritadi.

Ilmiy seminar majlisi bayonnomasida nimalar aks ettirilishi kerak? *Ilmiy seminar majlisi bayonnomasida dissertatsiya himoyasini o'tkazish uchun asos bo'lgan ixtisoslikka uning muvofikligi, dissertatsiyaning ilmiy saviyasi, ilmiy va amaliy axamiyati, olingan natijalarning asoslanganligi, e’lon qilingan ishlarda dissertatsiya natijalari qanchalik to'lik bayon etilganligi, ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilganligi, talabgorlarga ko'yiladigan talablarning bajarilganligi, dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qay darajada bajarilganligiga xulosa, shuningdek Kengashga dissertatsiyani himoyaga kabul qilish, rasmiy opponentlar va yetakchi tashkilotni tayinlash bo'yicha tavsiya aks ettiriladi;

Ilmiy seminar majlisi kachon utkazilmaydi? * Ilmiy seminar majlisi unda a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etmaganda xamda bir vaktning o'zida rais, rais o'rinbosari va ilmiy kotib bo'lmasa o'tkazilmaydi;

Ilmiy seminarda takrizchilarni belgilash va taqriz olish tartiblari qanday bo'lishi kerak? *Dissertatsiya Ilmiy seminar raxbariyati tomonidan Kengash raisi o'rinbosarining yullanmasi asosida Kengash ilmiy kotibidan qabul qilinadi va ro'yxatga olinadi xamda Ilmiy seminar a’zolaridan yoki boshqa mutaxassis olimlar orasidan 2 nafar taqrizchi tayinlanadi. Taqrizchilar dissertatsiya bilan tanishib chiqib. taqrizlarini 15 kun ichida Ilmiy seminarning ilmiy kotibiga taqdim etadi. Talabgor taqrizlar bilan ilmiy kotib tomonidan Ilmiy seminar majlisidan kamida 5 kun oldin tanishtirilishi lozim;

Ilmiy seminarii vazifalari nimalardan iborat va tarkibi qanday bo‘lishi kerak? *Ilmiy seminar dissertatsiyalarga o'rnatilgan Nizom talablari va baxolash mezonlari asosida xolisona xulosa berish va Kengashga dissertatsiyani himoyaga qabul qilish yuzasidan asosli tavsiyalar berish uchun mas’ul bo'lib, ilmiy seminar Kengash xamda OAKning tegishli bo'limlari, ekspert kengashi nazorati ostida faoliyat yuritadi hamda uning tarkibi kamida un besh kishidan, jumladan rais, rais o'rinbosari va ilmiy kotibdan iborat tarkibda Kengash raisi tomonidan OAK bilan kelishilgan xolda bir yilgacha muddatga tasdiqlanadi. Kengash raisi tomonidan OAK bilan kelishilgan xolda Ilmiy seminarning tarkibiga uzgartirishlar kiritilishi mumkin. Ilmiy seminar tarkibiga Kengash a’zolari, OAK ekspert kengashlari a’zolari, ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat kursatayotgan mutaxassis olimlar kiritiladi;

Ilmiy tadqiqot jarayonidagi qaysi mantiqiy usul aloxida xollardan umumiy xulosalash tomon xarakatiga asoslangan? *Induksiya

Ilmiy tadqiqotdagi umumiy va xususiy uslublarni o'rganadigan, hamda ularga mos ilmiy tamoyillar ishlab chiqadigan fan sohasi? *Fan metodologiyasi

Ilmiy unvon - oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlariga beriladigan unvon.\

Ilmiy unvon – professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy maqomi.

Ilmiy xodim – Ilmiy ta’lim muassasasi institut, laboratoriya, shuningdek oliy kasbiy ta’lim muassasasi kafedralari xodimlarining lavozimi va ilmiy darajasi

Ixtiro - inson yaratgan dastlabki intellektual mulk ob’ektidir.

Ish bajarilgan tashkilot – talabgorning dissertatsiya tadqiqotlari o‘tkazilgan va ishlanmalari bajarilgan tashkilot;

Ish bajarilgan tashkilot tomonidan dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan o'tkazish natijalari bo'yicha ijobiy xulosa berilganda, talabgor tomonidan Kengashga nechta banddagi xujjatlar taqdim etiladi? *13 ta band buyicha tegishli xujjatlar;

Katta ilmiy xodim – tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs.

Katta ilmiy xodim izlanuvchi – OTMga yoki ilmiy tadqiqot muassasasiga katta ilmiy xodimizlanuvchi lavozimiga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs.

Katta ilmiy xodimlar izlanuvchilar instituti – ishlab chiqarishdan bo‘shagan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori darajasi izlanuvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli. O‘qish muddati 3 yilgacha.

Katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar uchun o‘quv yuklama hajmi: - nazariy va ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha yuklama hajmi haftasiga 36 soat, ulardan 12 soatdan ortiq bo‘lmagan yuklama auditoriya mashg‘ulotlariga ajratiladi.

Kengash qoshidagi ilmiy seminar dissertatsiyani yakuniy dastlabki ekspertizadan o‘tkazadigan seminar (keyingi o‘rinlarda Ilmiy seminar deb yuritiladi)

Kibernetika nima? *Boshqaruv jarayoni va axborot uzatishning umumiy qonuniyatlari xaqidagi fan

Kim tomonidan verifikatsiyalash emas, balki falьsifikatsiya qilish demarkatsiya taxlili sifatida ko‘rib o‘tiladi? *Popper Lug‘at nima? Aniq bir tartibda joylashgan so‘zlar (yoki so‘z birik­ma­si, idiomalar va hk.) to‘plami, ularning mazmuni, ishlatilishi, kelib chiqishi, boshqa tildagi tarjimasi to‘g‘risida ma’lumot beruvchi yoki so‘zning tushunchasi, u bilan belgilanuvchi predmetlar haqida axborot beruvchi nashr adabiyoti.

Ma’ruza , nutq, xabarlar asosiy qoidalarning qisqacha ifodasi nima deb ataladi? *Tezis

Metodologik bilimning ko‘p bosqichli konsepsiyasi nimani bildiradi? *Ilmiy bilishning usullari umumlik va qo'llanish darajasiga ko‘ra guruhlashishini.

Modellashtirish – bu? *Yagona ob’ektning belgilarini boshqa, andozalarda aks ettiruvchi ilmiy tadqiqot metodi

Monografiya - bu (mono va grafiya) muayyan mavzu va muammoni atroflicha, chuqur tadqiq etuvchi asar.

Mustaqil izlanuvchi – OTMga yoki ilmiy tadqiqot muassasasiga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs.

Mustaqil izlanuvchilar uchun yuklama hajmi: - haftasiga 12 soat, ulardan 4 soatdan ortiq bo‘lmagan yuklama auditoriya mashg‘ulotlari uchun ajratiladi.

Mustaqil izlanuvchilik – ishlab chiqarishdan bo‘shamagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot muassasalarida tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli. O‘qish muddati 3 yilgacha.

Nazariy va amaliy axamiyatga molik fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyada qanday ma’lumotlar aks ettirilish lozim? *Nazariy axamiyatga molik dissertatsiyada olingan ilmiy xulosalardan fanda foydalanilganligi, amaliy axamiyatga molik dissertatsiyada esa, iqtisodiyot tarmoklari va ijtimoiy soxaning dolzarb muammolarining yechimi va ilmiy natijalardan amaliyotda foydalanilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettirilishi lozim;

Nazariy metodologik va ilmiy ko‘rsatmalarning bir butunligi, bu? *Paradigma

Narsa va xodisalar biror xususiyatlarning o‘xshashligini o‘rganish usuli nima? *Analogiya

OAK Rayosati qarori yuzasidan tuzilgan apellyasiya komissiyasi tarkibiga kimlar kiritiladi? *OAK Rayosati qarori yuzasidan berilgan apellyasiya komissiyasiga avvalgi bosqichlarida ishtirok etmagan mutaxassis olimlar kiritiladi;

OAKga apellyasiyaga berish muddatlari qanday? *Apellyasiya OAK da tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran 2 oy ichida beriladi;

OAKda attestatsiya ishi va dissertatsiyani kurib chikish muddatlarni qanday? *Attestatsiya ishi va dissertatsiyani OAKda ko‘rib chiqish muddati, qoida tariqasida, uch oydan oshmasligi kerak. Ekspertizadan o'tkazish batafsil o'rganib chiqishni talab qiladigan xollarda, OAK Rayosatining qarori bilan attestatsiya ishi va dissertatsiyani ko'rib chiqish muddati ikki oygacha uzaytirilishi mumkin;

Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishning muxim tarkibiy qismi, talabgorning nazariy va kasbiy tayyorgarligi darajasini aniqlash bo'yicha sinovlar qanday ataladi? *Akkreditatsiya

Oliy ta’lim, nlmiy-tadqiqot muassasalarining raxbarlari va ularning o'rinbosarlari va OAK xodimlarining fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilish tartibi qanaqa? *Oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalarining raxbarlari va ularning urinbosarlari uzlari ishlayotgan joydagi Kengashlarda, vazirlik, idoralar va Fanlar akademiyasining raxbarlari o'z tashkilotlariga qarashli muassasalardagi Kengashlarda dissertatsiya himoya qilishiga ruxsat berilmaydi. OAK xodimlari OAK raxbariyati ruxsati bilan dissertatsiyalarini himoya qilishlari mumkin;

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim – jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim turi.

Pedagogik ish staji – shaxsning mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida pedagog lavozimida ishlagan muddati.

Professor – tegishli malakaviy va attestatsiya talablarini bajargan hamda professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxs

Professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim attestati (keyingi o‘rinlarda Attestat deb yuritiladi) – O‘zR VM huzuridagi OAK Rayosati qarori bilan professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarga beriladigan davlat namunasidagi hujjat.

Ssientizm - qanday ta’limot? *Bilishda fanning rolini absolyutlashtiruvchi

Tadqiq etilayotgan xodisalarning muxim belgilariga qarab gurux yoki sinflarga ajratish usuli? *Turkumlash

Tadqiqot jarayonida ilmiylikning mezoni nima? *Amaliyot

Tadqiqot etishni talab qiluvchi muammolarning muayyan sohasini qamrab oluvchi ilmiy masala nima? *Ilmiy mavzu

Tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash xamda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining sifati va mazmuni uchun kimlar mas’ul bo‘ladi? *Ilmiy maslaxatchi va talabgor;

Talabgor – fan doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib borayotgan shaxs.

Talabgor o‘z dissertatsiyasini ilmiy jamoatchilik oldida himoya qilgandan qeyin Kengashning fan doktori ilmiy darajasini berish to‘g‘risidagi qarori qaysi organ tomonidan tasdiqlanadi? *Tegishli ekspert kengashining tavsiyasini inobatga olingan xolda OAK tomonidan tasdiqlanadi;

Talabgor O‘zRda bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari asosida tayyorlangan dissertatsiyani xorijiy davlatda himoya qilishi mumkinmi? *Belgilangan tartibda OAK ruxsatnomasi va yullanmasini olishi lozim;

Talabgorning e’lon qilgan ilmiy ishlari asosida tayyorlangan qo'lyozma shaklidagi ilmiy asar qanday nomlanadi? *Dissertatsiya ishi

Tarkibiy-funksional analiz nimadan iborat? *Ijtimoiy hodisalarni tahlil etuvchi tamoyillardan bo'lib, unda tizimning har bir elementi o‘zining aniq vazifasiga ega.

Tezis (yunoncha - qoida, isbot) keng ma’noda bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan qar qanday fikr: tor ma’noda asosiy fikr, prinsip.

Tibbiyot, veterinariya, yurisprudensiya bo'yicha dissertatsiya himoya qilish kimlarga ruxsat etiladi? *Fakatgina mos sohalar bo'yicha oliy ma’lumotga ega bo'lgan shaxslarga ruxsat etiladi;

Tushunish muammosi bilan maxsus shug‘ullanadigan fan qanday ataladi? *Germenevt

Umumiylikdan yakka xodisaga qarab bilvosita xulosa chiqarish usuli? *Deduksiya

Fan bilishning boshqa shakllariga nisbatan kuproq nimaga yo‘naltirilgan? *Amaliyotda o'zini tatbiq etilishiga

Fan va ilg‘or tajriba yutuqlaridan foydalanishga asoslangan texnika, texnologiya, mehnatni tashkil qilish va boshqarish sohasidagi yangiliklarni joriy etish bu – innovatsiya

Fan doktori darajasiga talabgorlar qaysi fanlardan malakaviy imtixon topshiradilar? *"Uzbekistonning eng yangi tarixi", "CHet tili", "Ixtisoslik fani" va ixtisoslikka qarab "Mustakillik mafkurasi xamda demokratik jamiyat kurishning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy negizlari va ilmiy asoslari", "Matematik modellashtirish va matematik statistika asoslari", "Iqtisodiyt nazariyasi", "Umumiy pedagogika, pedagogika va ta’lim tarixi" fanlaridan;

Fan doktori ilmiy darajasi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim negizida attestatsiya natijalari asosida beriladigan ilmiy daraja;

Fan doktori ilmiy darajasi diplomini rasmiylashtirish va berish qanday amalga oshiriladi? *OAK Rayosatining fan doktori ilmiy darajasini

berish tug‘risidagi Kengash qarorini tasdiqlash to'g‘risidagi qarori, u qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va yigirma kun ichida fan doktori diplomi rasmiylashtirib beriladi. Ilmiy darajani tasdiqlovchi diplom yuqolgan yoki yaroqsiz xolga kelgan taqdirda, OAK tomonidan manfaatdor shaxslar arizasiga muvofiq, uning dublikata beriladi xamda talabgorning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgargan taqdirda, diplom yangisiga almashtirib berilmaydi;

Fan doktori ilmiy darajasi kimlarga berilishi mumkin? *Magistr darajasiga yoki magistr darajasi joriy yetilgungacha olingan oliy ma’lumotga, oliy xarbiy ta’lim diplomiga, fan nomzodi, xorijiy davlatlarda berilgan falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga, bakalavr darajasiga, oliy ma’lumotli xarbiy mutaxassis diplomiga yoki oliy ma’lumotli mutaxassis diplomiga, besh yildan kam bo'lmagan amaliy ish stajiga, ilmiy izlanishlarga layoqatli va belgilangan talablarga moe keladigan ma’lum bir ilmiy yutuqlarga ega, shuningdek ilmiy yoki ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan, fanning muayyan soxasida chuqur kasbiy bilimlarga va ilmiy yutuqlarga ega bulgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi;

Fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxslarga qanday hujjat beriladi? *Davlat namunasidagi fan doktori diplomi beriladi;

Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom qachon, qaysi organ tomonidan tasdiqlangan va qachon kuchga kirgan? *O‘zR VM huzuridagi OAK Rayosatining 2013 yil 31 yanvardagi 195/2-son qaroriga binoan tasdiqlangan va 2013 yil 25 martda Ad­liya vazirligidan ro'yxatdan o'tkazilib kuchga kirgan;

Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra dissertatsiya mavzusi bo‘yicha foydalanilgan adabiyotlar asosan oxirgi necha yil ichida nashr etilgan bo‘lishi tavsiya etiladi? *15 yil

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya... *talabgor tomonidan shaxsan tayyorlangan, oshkora himoya uchun ilmiy jamoatchilik muxokamasiga taqdim etilayotgan yangi ilmiy xolatlar va amaliy natijalarning majmuini o'z ichiga olgan, moxiyati jixatidan ichki birlikka ega mazmunan yaxlit va tugallangan bo'lishi xamda talabgorning shaxsan fanga ko'shgan xissasini aks ettirishi lozim;

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya avtoreferatida ilmiy ishlar qanday xronologik tartibda keltiriladi? *birinchi bulimda monografiyalar va ilmiy jurnallarda e’lon qilingan maqolalar ro`yxati; ikkinchi bo'limda – intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan muhofaza (egalik) hujjatlarining ro'yxati (agar mavjud bo‘lsa); uchinchi bo‘limda – ilmiy to‘plamlarda e’lon qilingan maqolalar, tezislar, preprintlar, ilmiy jurnallarda e’lon qilingan referat, axborot va annotatsiyalarning ro'yxati;

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya va uning avto referatiga qaysi muddatgacha o'zgartirishlar kiritish mumkin? *Kengash tomonidan dissertatsiya himoyaga qabul qilinguniga qadar o'zgartirishlar kiritilishi mumkin;

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya mavzusi bo'yicha maqola va tezislardan tashqari e’lon qilingan ishlarga qanday talablar qo‘yiladi? *Dissertatsiya mavzusi bo'yicha intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan muxofaza (egalik) xujjatlari shu fan soxasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e’lon qilingan maqolalar sifatida xisoblanadi. OTM muassasasi kengashi yoki ilmiy tadqiqot muassasasi ilmiy kengashi qarori bilan chop etilgan va kamida 6 bosma tabok xajmdan iborat bo'lgan monografiya respublikada chop etiladigan ixtisoslashgan ilmiy jurnallarda e’lon qilingan maqola sifatida xisoblanadi. Darsliklar, o‘quv qullanmalari, uslubiy ko‘rsatmalar va boshqa o‘quv-uslubiy ishlar dissertatsiyaning natijalarini aks ettiruvchi e’lon qilingan ilmiy ishlar jumlasiga kirmaydi;

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya mavzusi bo'yicha chop qilinadigan ishlarga qanday talablar qo‘yiladi? *Dissertatsiya bo'yicha talabgorning e’lon qilingan ilmiy ishlarining umumiy soni 15 tadan kam bo'lmasligi va ulardan kamida 10 tasi OAK ruyxatidagi ilmiy jurnallarda, 2 ta makolasi OAK ruyxatidagi tegishli fan soxasi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida, shuningdek 2 ta makolasi xalkaro ilmiy amaliy konferensiya materiallarida, shundan 1 tasi xorijiy mamlakatlarda utkazilgan konferensiya materiallarida e’lon qilingan bo‘lishi shart. Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot soxalari bo'yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya e’lon qilingan bo‘lishi kerak;

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyaning tuzilishi va xajmi qanaqa bo'ladi? *Dissertatsiya kirish qismi, kamida 4 ta bob, asosiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo'lgan shaklda rasmiylashtiriladi va matni 200 saxifadan oshmasligi kerak. Ijtimoiy-gumanitar fanlar soxasidagi dissertatsiya hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin;

Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun takdim etilgan dissertatsiya... *Talabgor o'tkazgan tadqiqotlar va u yaratgan ishlanmalar asosida muxim ijtimoiy-iqtisodiy axamiyatga molik dolzarb ilmiy yoki amaliy muammo xal qilingan, tegishli fan soxasining istikbolli yo'nalishini rivojlantirishda ma’lum bir yutuq deb baxolash mumkin bulgan yangi nazariy qoidalar majmui ishlab chiqilgan, joriy etilishi fan, texnikani rivojlantirishga xamda ijtimoiy-siyosiy soxani va iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya kilishga xissa qo'shadigan ilmiy asoslangan yechimlar uz ifodasini topgan yukori malakaviy ilmiy asar bo'lishi kerak;Fan doktori» ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda qanday

asosiy tushunchalardan foydalaniladi? *Talabgor, attestatsiya, attestatsiya ishi, dissertatsiya, dissertatsiya avtoreferati, ish bajarilgan tashkilot, ekspertiza, dastlabki ekspertiza, fan doktori ilmiy darajasi, ilmiy maslaxatchi, apellyasiya;

Fanning muayyan tarmog‘ida jamoaviy tarzda bajariladigan yirik fundamental, nazariy va amaliy masalalarni xal etishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot sohasi qanday ataladi? *Ilmiy yo'nalish

Fikrimizning konkret mazmunidan chetlashgan xolda faqat simvollar bilan ish olib borishni ta’minlash jarayoni qanday nomlanadi? *Formallashtirish

Ekspertiza – dissertatsiya ilmiy natijalarining qay darajada to‘g‘riligi, yangiligi, dissertatsiyaning nazariy va amaliy ahamiyati, uni dissertatsiyalarni baholash mezonlariga mos kelishini baholash;

Ekstrapolyasiya nimani anglatadi? *Bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tkazilgan xulosa

Empirik bilishning ilmiy metodlari qaysilar? *Kuzatish va eksperement

Eng so‘nggi qabul qilingan bevosita katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutini shakllantirish bilan bevosita bog‘lik bo‘lgan Nizomlar qaysilar? *O‘zR VM huzuridagi OAK Rayosatining 2013 yil 31 yanvardagi 195/2-son qarori asosida tasdiklangan "Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom, O‘zR VM huzuridagi OAK Rayosatining 2013 yil 31 yanvardagi 195/3-son qarori asosida tasdiqlangan "Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risida"gi Nizom, O‘zR VM huzuridagi OAK Rayosatining 2013 yil 31 yanvardagi 195/6-son qarori asosida tasdiklangan "Malakaviy imtixonlarni o'tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizom. O‘zR VM hu­zuridagi OAK Rayosatining 2013 yil 31 yanvardagi 195/5-son qarori asosida tasdiklangan "Ekspert kengashi to‘g‘risida"gi Nizom, O‘zR VM huzuridagi OAK Rayosatining 2013 yil 31 yanvardagi 195/4-son qarori asosida tasdiqlangan "Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risida" gi Nizom;

Yangi bilimlarni yaratish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri; ob’ektivligi, qayta tiklanishi, aniqligi bilan tavsiflanadi". Ushbu ta’rif qo‘yidagi javoblarning qaysi biriga tegishli? *Ilmiy tadqiqot

Yangi ilmiy yo‘nalishlarning ajralib chiqishi, bu? *Differensiallashuv

O‘zFA Astronomiya institutining olimlari tomonidan “Samarqand” kichik sayyorasi qachon topilgan? *2007 yil

O‘quv adabiyoti – muayyan ta’lim turi, yo‘nalishi yoki mutaxassisligining o‘quv rejasida belgilangan fanlar bo‘yicha tegishli o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari yoritilgan (jumladan, xorijiy tarjimalari) manba.

Qaysi toifadagi tashkilotlar etakchi tashkilot bo‘lishi mumkin emas? *Dissertatsiya bajarilgan tashkilot, talabgor ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha buyurtmachi, ijrochi (sherik ijrochi) bo‘lgan tashkilotlar, talabgor ishlayotgan tashkilot, rasmiy opponentlar va ilmiy maslaxatchining asosiy ish joyi bulgan tashkilot;

Qaysi toifadagi shaxslar rasmiy opponent bo‘la olmaydilar? *OAK Rayosati a’zolari, OAK apparati xodimlari, OAK ekspert kengashlari a’zolari, dissertatsiyani ko‘rib chiqayotgan Kengash raisi, rais o‘rinbosari va ilmiy kotibi, talabgorning ilmiy maslaxatchisi, talabgorning xammualliflari, dissertatsiya bajarilgan yoki xuzurida Kengash faoliyat ko'rsatayotgan yoxud ilmiy-tadqiqot ishlari buyicha talabgor buyurtmachi yoki ijrochi (sherik ijrochi) bulgan OTMlari hamda ilmiy-tadqiqot muassasalarining raxbarlari va ularning o‘rinbosarlari, talabgor ishlayotgan kafedra, laboratoriya, sektor yoki bo‘lim xodimlari;

Qanday fan nisbiy nazariya bilan bog‘liq bulib, ilmiy bilishda ob’ektivlikni inkor etadi? *Noklassik fan

Quyida berilgan javoblarning qaysi biri lotinchadan tarjima qilinganda “murabbiy”degan ma’noni anglatadi? *Professor

Hisob komissiyasi – Kengash majlisida yopiq ovoz berishni o‘tkazish uchun tuziladigan bir martalik komissiya;

Hodisa va jarayonlarning o‘zaro umumiy aloqadorligi va bog‘liqligi haqidagi ta’limot, bu? *Dialektika

Hodisalarni fikran tarkibiy qismlarga ajratib

4164 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений