linkedin facebook linkedin facebook nod32

Vidiokanferensiali aloqa

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-13

Vidiokanferensiali aloqa   

Bu tehnologiya yangi tehnologiyalar sinfiga mansub bo’lib o’zining takomillashgan tizimi bilan boshqa tehnologiyalardan tubdan farq qiladi.
Mul’timediyali va prezentasion qurilmalar ichida eng ilgg’or tehnologiyalarni o’zida namoyon etgan bo’lib, vizual va avozli axborotlarni turli aloqa tizimlari orqali uzatib berish xususiyatiga ega: masalan, oddiy telefon tarmog’i orqali yoki zamonaviy tehnologiyaga ega bo’lgan ISDN (masafoviy boshqaruv tizimi) yoki IP internet tarmoq protokollari orqali amalgam oshirish hususiyatlariga ham ega.Zamonaviy usulda qurulgan bu qurilma foydalanuvchilarga qo’yidagi xizmatlarni ham amalgam oshiradi. Foydalanuvchilarga o’tkazilayotgan  vidiokonfrensiyalar haqidagi ma’lumotlarni ko’rish yoki eshitishlarini taminlash bilan birgalikda, tezkorlikda tasvirlar bilan ham ma’lumot almashinish imkoniyatini yaratib beradi. Bundan tashqari, qog’ozli ma’lumotlar, suratlar yoki videotasvirlarni ham ko’rsatib berish hususiyatiga egaligi va zamonaviy dasturiy vositalar bilan boyitilganligi bilan ajralib turadi.
Vidiokonferensiali aloqa tizimi telemedisina tizimining yaratilishiga ham asoschi bo’lib ish yuritadi, bu tizim orqali barcha medisina sohasida bo’layotgan yangiliklar, shuningdek masofadan turib kasallarga tibbiy yordam ko’rsatish tizimlari shakillantirilgan.
Bu tizmdan foydalanib dars o’tishni amalgam oshirish uchun avvalom bor o’qituvchilardan chuqur bilim va ko’nikma talab etiladi. Bu tizim orqali masofaviy  dars o’tish tizimining yo’lga qo’yilishi natijasida o’quvchilar o’zlarini huddi auditoriyada o’tirgandek tasavvur etadi. Vidiokamerali qurilma o’zining alohida tizimiga yani mahsus telekamera va apparat qurilmalariga ega bo’lib, shu qurilmalar asosida tarmoq tizimiga ulanish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari har qanday vidiokamera yoki shu tizim bilan ish yurita oladigan kompyuterlarning mahsus platalari va dasturiy taminoti zarur bo’ladi.
Vidiokanferensiali aloqa tizimida konfrensiyalar tashkil qilish va ular yordamida dars o’tishning masofaviy tizimini tashkil etish uchun, foydalanuvchining tarmoq tizimiga bog’liq bo’ladi, agar tarmoq tizimi yuqori tezlikka ega bo’lsa kerakli materiallar aniq va ravshan tarzda olinadi va uzatib beriladi. Vidiokanferensiali aloqa tizimi uchun ko’plab qurilmalar ishlab chiqilgan bo’lib, bular qo’yidagilar hisoblanadi: guruhli tizimlar, stolli tizim, jamlanmali tizim.
 Xar bir tizmning ishlash jarayonlari bilan o’quvchilarni tanishtirib o’tish evaziga o’quvchilarning bu qurilmalardan foydalanish vaqtida qiyinchiliklarga duch kelishining oldi olinadi.
Guruhli tizim- bu  tizmning hususiyatli tamonlari shundan iboratki, bu tizim turli mamlakatlarda joylashgan konfrensiya qatnshchilarini bir joyga yig’ib ularning o’zaro fikr almashinishini yo’lga qo’yadi. Bunday tizimni shakllantirish uchun bu tizim uchun qo’yidagilar zarur bo’ladi, televezor manitori ovozkuchaytirgich qurilma bilan birgalikda, asosiy va qo’shimcha vidiokameralar, mikrofon, vidiokadskopli tizim, shuningdek ISDN mul’tipleksori, interfeys modullarining tarmoq bilan bog’lanishni amalgam oshiruvchi tizimlari jamlanmasi bo’lishligi ta’lab etiladi. Bu tizimga kompyuter grafikasini ham ulash imkoniyati mavjud, bu esa matnli hujjatlar, chizmalar, rasmlarni jo’natish imkoniyatini yaratib beradi.
Stolli tizim- Bu tizim foydalanuvchilar bilan yakka tartibda ishlash uchun ishlab chiqrilgan tizim bo’lib, mahsus plataga ega bo’lgan kompyuter bilan jihozlangan bo’ladi, bu tizim tarkibiga yana vidiokamera va audiomodullar kiradi, bundan tashqari stolli tizim tarkibiga qo’shimcha qurilmalar ham kiradi, bular vidiomagentafon, ikkinchi vidiokameralar, hujjatli vidiokameralar kiradi bularning barchasi vidiokamerali aloqa tizimida ishlashi uchun mahsus dasturiy vositaga ega bo’lishi shart.
Jamlanmali tizim- Bu tizimning asosiy vazifasi belgilangan vaqt ichida barcha honalarda bo’lib o’tayotgan vidiokonfrensiyalardan auditoriyalarni habardor etishdan iborat. Bu qurilma asosan televizon monitorning yuqori qismiga joylashtiriladi va shu tarizda ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiradi.
Bu tizimning yana bir tarafi shundan iboratki tizimda ishlatiladigan qurilmalar boshqa tizimlarda ishlatiladigan qurilmalardan o’zining orzonligi va ihchamliligi bilan ajralib turadi.Ta’lim tizimining barcha jarayonlarida multimediali hamda prezentasion qurilmalardan foydalanish dars sifatining oshishi bilan birgalikda, shu tizim uchun hizmat qiluvchi qurilmalarning ishlash tehnologialarini ham mukammal egallashlari uchun zamin yaratib beradi. 

        

     

1007 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: AZiz
Qo`shilgan sana: 2015-05-16

zo`r chiqibdi

Foydalanuvchi ismi: Dilshod
Qo`shilgan sana: 2016-05-23

yaxshi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений