linkedin facebook linkedin facebook nod32

Axborotlarni ximoyalashda turli dasturlardan foydalanish usullari

Muallif: Mengliyev Shoydullo

Qo`shilgan sana: 2014-04-26

Axborot kutubxona jarayonlarini boshqarish haqida


Mengliev Sh.A.(TerDU o’qituvchisi)
Xolliev F.(TerDU talabasi)


XXI asr axborot asri bo’lib, uning ahamiyati va qimmati kundan-kunga oshib bormoqda. Ma’lumki, ta’lim tizimida barcha fundamental bilimlar asosan an’anaviy bosma shaklda tayyorlangan o’quv adabiyotlar orqali olinadi.
Mutaxassislar xulosalariga ko’ra, oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarining kelajakdagi faoliyati uchun zarur bo’ladigan bilimlarning hali to’liq kashf etilmaganligini inobatga olib.
Barcha o’quv muassasalarida, oliy o’quv yurtlarida o’quv tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida elektron kutubxonalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan mamlakatlar o’quv tizimidagi yangiliklar va yutuqlarni o’rganish, ularni o’zimizda tatbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Bugungi kunda ilm-fan jadal suratlar bilan rivojlanib, ko’pchilik tamonidan katta qiziqish bilan o’rganilmoqda. Dunyoda ilmiy izlanishlar bo’yicha axborotlar doim o’sib, ularni tahlil qilish jarayoni tabora murakkablashib va kengayib bormoqda. Hozirgi zamon mutaxassisi qaysi sohada ishlamasin, o’zining mutaxassisligiga tegishli yangilik va o’zgarishlarni bilib turishi va bilim saviyasini doimiy ravishda tinmay oshirib borishi kerak bo’ladi. Bunga misol tariqasida evropa va amerika mamlakatlarining boshqaruv tizimini olish mumkin. Ularda qog’ozbozlik bilan hal qilinadigan ishlar deyarli qolmadi, barcha ishlar elektron variantdagi hujjatlar va elektron imzolar bilan hal qilinadigan bo’ldi. Bu esa, o’z navbatida ARM(axborot resurs markazi) tizimidagi ma’lumotlarni yangilash muhofazasini va  maxfiyligini ta’minlash shartlarini talab etadi. Yaqin yillar ichida mamlakatimizda ham shu sohadagi ishlar raqamli imzo va hujjatlar tizimiga o’tish to’la va to’kis yakunlanadi. Ilm-fan yangi qirralarining yaratilishi favqulotda holat emas, balki bu taraqqiyot va davr talabidir. Insoniyat zamon bilan hamnafas ravishda qadam tashlab borish kerak. Zamonning shakllanishi esa taraqqiyotga bog’liq, taraqqiyotni o’zgartirish esa o’z qo’limizda.

918 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений