linkedin facebook linkedin facebook nod32

Internet da cheklangan saytlarni yopish

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-03-06

Internet da cheklangan saytlarni yopish

Qadam 1. Tmeter da “Набор фильтер” deb bo`limdan ko’rsatillgan filter nomlarini o`chrishingiz kerak. Ularni bitta-bitta tanlab, eng pastdagi “Удалить” tugmasi yordamida o’chirib chiqing. Ikkita filtrni o’chirasiz, oxirida bitta filtr qolganda uni o’chirishingizga yo’l qo’yilmaydi, shunda keyingi bosqichga o’tasiz.

Qadam 2. “Набор фильтер” bo’limidan “Добавить” tugmasini bosib, undan hosil bo’lgan “Фильтр” tanlaysiz

Qadam 3. “Название фильтра”  “Cheklangan sayt” deb yozasiz Rangning ahamiyati yo’q, traffik to’xtatilayotganligi sababli men qizil rangni tanladim. Rangni tanlaganingizdan so’ng bu filtrga “Дабавить правило…” tugmasi yordamida qoida qo’shamiz. “ Дабавить правило…” tugmasini bosing.

Qadam 4.  “Описание правила” “Cheklangan sayt” nomlang, “Действие” bo’limidan “Блокироват” bandini belgilaysiz va “Назначение” menyusidan “IP адресе глоб. сети” bandini tanlaysiz.
Uz saytlarni yoqish uchun shu amalni yana takrorlang “Описание правила” “Uz sayt” nomlang, “Действие” bo’limidan “Подсчитать” bandini belgilaysiz va “Назначение” menyusidan “IP адресе моей. сети” bandini tanlaysiz.

Ishni tugallagach “Применить” tugmasini bosing.

Qadam 5. Filtrlar to’liq, to’g’ri o’rnatilgandan so’ng, qurilmalarni tanlashimiz kerak bo’ladi. Buning uchun dasturning chap tomondagi bandlar ro’yxatidan “Сетевые адаптеры” bandini tanlang. Hosil bo’lgan oynada kompyuteringizdagi internet bilan ishlashi mumkin bo’lgan qurilmalar ko’rsatiladi. Kimlardadir bu ikkitagina, kimlardadir o’ntagacha bo’lishi mumkin (!!!). Shuning uchun Sizdagi qurilmalar ro’yxati rasmda ko’rsatilganidek bo’lmasa, hovotir olmang! Bizga faqat yashil rasmchasi bor mahalli tarmoq adaptori (ko’p hollarda Realtek) va sariq telefonchaning rasmi bor, nomining oxiri WANIP bo’lib tugaydigan qurilmalar kerak bo’ladi.

Qadam 6. Tashqi qurilmani tanlang. Ro’yxatdagi sariq telefonchaning rasmi bor, nomining oxiri WANIP bo’lib tugaydigan qurilma (adaptor)ning tanlash joyiga “ptichka” (tanlash) belgisini qo’yganingizda rasmda ko’rsatilganidek “Tashqi” yoki “Ichki” tanlov oynasi ko’rsatiladi. Sariq telefoncha rasmi bor WANIP adaptor uchun “Vneshniy” (Tashqi) tanlovini tanlaymiz.

Qadam 7. Iichki qurilmani tanlang. Endi qurilmalar ro’yxatidagi yashil plata rasmi berilgan, odatda ko’pchilik kompyuterlarda Realtek deb nomlanadigan ichki qurilma tanlov joyiga “ptichka” qo’ysangiz, tanlov oynasi ochiladi. Yuqoridagi qadamda “Vneshniy” tanlovini allaqachon tanlab bo’lganligimiz sababli, bizga faqat “Vnutrenniy” (Ichki) tanlovi ko’rsatiladi. Uni tanlab, OK tugmasini bosamiz.

Qadam 8.  Ikki qurilma to’g’ri tanlanganligiga ishonch hosil qiling. Yuqoridagi qadamlarni to’g’ri bajargan bo’lsangiz, sariq telefoncha rasmi bor WANIP qurilmasiga “Vneshniy”, yashil plata rasmi bor Realtek qurilmasiga esa “Vnutrenniy”, degan yozuvlar biriktirilgan bo’lishi kerak. Hammasi to’g’ri bo’lsa “Premenit” tugmasini bosib, o’zgarishlarni saqlang.

Qadam 9.  Ip manzillar guruhiga kiring. Dasturning chap tomonidagi bandlar ichidan “Группы IP адресов” deyilgan bandni tanlang. Bu guruhda “Импорт…” tugmasini bosasiz.

Hosil bo’lgan oynachadagi “…” (uchta nuqta) tugmasini bosing va www.whois.uz sayt cheklanadigan saytlarning Ip manzillarini olib bloknotga qo`ying va saqlayotganda nom.lat kengaytmasini yozinga shu ko`rsatilgan manzilni tanlang. Ishni tugatgandan so`ng “ПРИМЕНИТЬ” tasdiqlang.

1566 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений