linkedin facebook linkedin facebook nod32

Select, optgruop va option menyular

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-02-06

Select, optgruop va option menyular

Sintaksis: <SELECT>…</SELECT> (Matnli element)

Atributlarid, class, style, title, lang, dir, hodisa

           name = CDATA (Element nomi)

           size = (Ko‘rinadigan opsiyalar soni)

           multiple = multiple (Kup opsiyalarni tanlash)

           disabled = disabled (Element taqiqlangan)

           tabindex = son (Tab tugmasi bilan borish uchun tartib raqami)

           onfocus = ssenariya (Element fokuslanganda yuz beradi)

           onblur = ssenariya (Element fokusi yo‘qolganda sodir bo‘ladi)

           onchange =ssenariya (Element qiymati o‘zgarganda)

select elementi yordamida ro‘yxatdan biror opsiyani tanlash imkoniyatini yaratadi. Odatda bu element yordamida ochiluvchi menyular tuziladi va menyuning opsiyalari (punktlari) optgruop va option lar yordamida aniqlanadi. name atributi yordamida elementning nomi beriladi, size atributi esa ekranda hosil qilinadigan opsiyalar sonini aniqlaydi, agar opsiyalar size da ko‘rsatilgan sondan katta bo‘lsa, u holda brauzer o‘tkazish yo‘lakchasi (prokrutka)ni hosil qiladi.
Jimlik bo‘yicha foydalanuvchi ro‘yxatda ko‘rsatilgan opsiyalardan faqat bittasini tanlashi mumkin, agar bir vaqtning o‘zida bir nechta opsiyani tanlash kerak bo‘lsa, u holda multiple atributi bilan buni amalga oshirish mumkin. Bu holda har bir tanlangan opsiya name=value ko‘rinishida alohida jo‘natiladi. disabled atributi yordamida biz elementni aktivlashtirmaymiz, ammo hosil qilib qo‘yishimiz mumkin. tabindex ning qiymati 0 dan 32767 gacha bo‘lgan butun sonlar bo‘lishi mumkin. Bu qiymat bilan biz Web sahifa bo‘ylab Tab tugmasi yordamida harakatlanganda fokusning hosil bo‘lish nomerini aniqlaymiz. Agar biror elementning Tabindex qiymati 0 ga teng yoki berilmagan bo‘lsa, u holda bu element boshqa elementlar Tabindex ning qiymati aniqlangandan (musbat sonlar bilan) keyin fokuslanadi. Agar bir nechta elementlarning Tabindex larining qiymatlari bir xil bo‘lsa u holda birinchi uchragani fokuslanadi.
onfosus - element fokuslanganda hosil bo‘ladigan hodisa
onblur - element fokusini yo‘qotganda yuz beradigan hodisa
onchange - elementning qiymati o‘zgarganda yuz beradigan hodisa

Sintaksis: <OPTGROUP>…</OPTGROUP> (Matnli element)

Atributlarid, class, style, title, lang, dir, hodisa

           label = matn (opsiyalar gruppasining belgisi)

           disabled = disabled (Element taqiqlangan)

Sintaksis: <OPTION>…</OPTION> (Matnli element)

Atributlar: id, class, style, title, lang, dir,hodisa

           value = CDATA (opsiya nomi)

           label = matn (opsiya belgisi)

           selected = selected (opsiya tanlangan)

           disabled = disabled (element taqiqlangan)

Misol:
<html>
<head>
<title>Menyular </title>
</head>
<body>
<FORM action="http://maks/cgi-bin/Qunduz/php" method="post">
<P>Siz qanday brauzerdan foydalanasiz?
<SELECT name="browser">
<OPTGROUP label="Netscape Navigator">
<OPTION label="4.x yoki yuqori">Netscape Navigator4.x yoki yuqori</OPTION>
<OPTION label="3.x">Netscape Navigator 3.x</OPTION>
<OPTION label="2.x">Netscape Navigator 2.x</OPTION>
<OPTION label="1.x">Netscape Navigator 1.x</OPTION>
</OPTGROUP>
<OPTGROUP label="Microsoft Internet Explorer">
<OPTION label="4.x yoki yuqori">Internet Explorer4.x yoki yuqori</OPTION>
<OPTION label="3.x">Internet Explorer 3.x</OPTION>
<OPTION label="2.x">Internet Explorer 2.x</OPTION>
<OPTION label="1.x">Internet Explorer 1.x</OPTION>
</OPTGROUP>
<OPTGROUP label="Opera">
<OPTION label="3.x yoki yuqori">Opera 3.x yoki yuqori</OPTION>
<OPTION label="2.x">Opera 2.x</OPTION>
</OPTGROUP>
<OPTION selected="selected">Boshqalaridan</OPTION>
</SELECT>
<INPUT type="submit" value="Send"> <INPUT type="reset">
</P>
</FORM>
</body>
</html>

670 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: 102Jalilova Xurshida
Qo`shilgan sana: 2015-04-10

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: 203 Boboxon Ergashev
Qo`shilgan sana: 2015-04-18

Yaxshi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений