linkedin facebook linkedin facebook nod32

Paskalda sikl(takrorlanuvchi) operatorlari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-01-13

Paskalda sikl(takrorlanuvchi) operatorlari

1.Kirish
Ko‘plab shunday masalalar borki parametrlarning o‘zgarishiga qarab ma’lum hisoblashlar bir necha marta takrorlanib bajarilishi mumkin. Masalan, biror bir funksiyani nom’alum x ning bir necha qiymatida uning mos qiymatlarini hisoblash kerak deylik. Bunday hisoblashlarni kompyuterda dastur tuzib bajarish uchunssiklik dasturlar tuzish kerak bo‘ladi. Bu kabi dasturlarni shartli operatorlar yordamida tuzsa ham bo‘ladi. Lekin Paskal tilidassiklik strukturali dastur tuzish uchun bir necha maxsus operatorlar mavjud. Ular For, While va Repeat operatorlaridir.

2.FOR sikl operatori
For operatori takrorlanishlar soni aniq bo‘lganssikllik jarayonlar tashkil etishda ishlatiladi. Uning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
For i:=m1 to m2 Do S;
Bu erda i-sikl parametri; m1,m2 -i parametrining boshlanQich va oxirgi qiymati bo‘lib, ular o‘zgarmas son yoki ifoda bo‘lishi mumkin; S-sikl tanasi bo‘lib, bir necha operatorlardan tashkil topishi mumkin.
Agarssikl tanasi bir necha operatordan iborat bo‘lsa ular Begin va End ichiga olinadi.
Misol. 1,2,...10 conlar yig‘indisini hisoblash dastursini tuzing.
Program S10;
Const kn=10;
Var  i: Integer; S: Real;
Begin
S:=0;
For i:=1 to kn do S:=S+i;
Write (‘S=’,S);   Readln;
End.
Agar to so‘zni DoWnto so‘ziga almashtirilsassikl parametri teskari bo‘yicha o‘zgaradi, ya’ni -1 qadam bilan. U holdassikl ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:         For i:=m1 DoWnto m2 Do S;
Misol. 10 dan 1 gacha conlarni ekranga chiqarish dastursini tuzing.
Program SP;
Var i: Integer;
Begin
For i:=10 DoWnto 1 do Write (i);
End.

  3.WHILE sikl operatori
Whilesikl operatori takrorlanishlar soni oldindan aniq bo‘lmagan hollarda takrorlanishni biror bir shart asosida bajaradi. Berilgan shart oldin tekshiriladi va keyin shartning bajarilishiga qarab kerakli operatorlar bajariladi. Bu operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:        While B Do S;
Bu erda B -mantiqiy ifoda; S -sikl tanasi bo‘lib, bir yoki bir necha operatorlar ketma-ketligidan iborat bo‘lishi mumkin. Mantiqiy ifoda ‘True’ yoki ‘False’ qiymat qabul qiladi.
Agar mantiqiy ifoda ‘True’ qiymat qabul qilsa S operatorlari bajariladi, aks holda bajarilmaydi, ya’nissikl ishlashdan to‘xtaydi.
Misol. 1,2,...,10 conlar yiQindisini hisoblash dastursini tuzing.
Program S10;
Const  n=10;
Var  i: Integer; S: Real;
Begin
S:=0;  i:=0;
While i<n do Begin i:=i+1; S:=S+i; End;
Write (‘S=’,S);
End.

  4.REPEAT sikl operatori
Repeat sikl operatori ham takrorlanishlar soni oldindan aniq bo‘lmagan hollarda takrorlanishni biror bir shart asosida bajaradi. Oldinssikl tanasidagi operatorlar ketma-ketligi bajariladi. Berilgan shart keyin tekshiriladi. Agar berilgan shart rost (True) bo‘lsa, boshqaruvssikldan keyingi operatorni bajarishga o‘tadi, aks holdassikl takrorlanadi. Bu operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
         Repeat
            S
Until B
Bu erda B -mantiqiy ifoda, ‘True’ yoki ‘False’ qiymat qabul qiladi; S -sikl tanasi bo‘lib, bir yoki bir necha operatorlar ketma-ketligidan iborat bo‘lishi mumkin. Agar mantiqiy ifoda ‘False’ qiymat qabul qilsassiklda takrorlanish davom etadi, aks holda to‘xtaydi.
Misol. 1,2,...,10 conlar yig‘indisini hisoblash dastursini tuzing.
Program S10;
Const  n=10;   Var  i: Integer; S: Real;
Begin
S:=0;  i:=0;
Repeat  i:=i+1; S:=S+i;  Until i>=n;
Write (‘S=’,S);
End.
Odatda WHILE  operatori REPEAT  operatoriga nisbatan ko‘p ishlatiladi. Bunga sabab ko‘pchilik masalalardassikl tugallanish shartissikl boshlanmasdan tekshirish maqsadga muvofiqdar.

  5.Murakkabssikllar
Ko‘pchilik masalalarni echishda tuzilgan dasturda ichma-ich joylashganssikllar tashkil etishga to‘g‘ri keladi. Bundayssikllarga murakkabssikllar deyiladi. Murakkabssikllarda quyidagi talablar bajarilishi zarur.

ichkissikl tashqissikl ichida to‘liq yotishi kerak;

sikllar bir-biri bilan kesishmasligi kerak;

sikl ichiga tashqaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish mumkin emas;

sikl parametrlari har xil identifikatorlar bilan belgilanishi kerak;

Misol: ifodani hisoblash dastursini tuzing.

Program SP;
         Var  i,j: Integer; S,P: Real;
         Begin
           S:=0;
           For i:=1 to 10 do
             Begin
                   P:=1;          For j:=1 to 5 do P:=P*(i+j)/Sqrt(i*j);
                    S:=S+P;
            End;  Write (‘S=’,S);
         End.

1455 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: zafsr
Qo`shilgan sana: 2015-03-17

yawwi

Foydalanuvchi ismi: 101-Humoyiddin
Qo`shilgan sana: 2015-04-08

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: Rivoj 203
Qo`shilgan sana: 2015-04-16

ajoyib

Foydalanuvchi ismi: Eshboyev Quvonchbek
Qo`shilgan sana: 2015-04-17

ajoyib

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений