linkedin facebook linkedin facebook nod32

Komp’yuter grafikasi vositalarini ko‘llash soxalari

Muallif: Mengliyev Shoydullo

Qo`shilgan sana: 2014-03-23

Komp’yuter grafikasi vositalarini ko‘llash soxalari

«Iktisodiyot va san’atda komp’yuter grafikasi» nomi ostida mashxur bo‘lgan yangi yo‘nalish vujudga kelishi keyingi yshsharda komp’yuter grafikasi vositasining rivojlanishida eng muxim xodisa bo‘ldi. Keyingi 15—20 yil ichida SHKlarning xam vakt birligi ichidagi operatsiyalar soni bo‘yicha va xam xotira. da sakyaanadigan ma’lo‘motlarning xajmi bo‘yicha unumdorligada goyatda katta sakrash ro‘y berdi. Komp’yuter grafikasi vositalaridan foydalanishning extimol bo‘lgan yo‘nalishlari kanday?
Komp’yuter grafikasini ko‘llashning kuyidaga soxalarini yiriklashtirilgan xolda ajratish mumkin:
1. Grafiklarni chizish ya’ni matematik, fizik yoki ikgisodiy boglikliklarning ikki va uch o‘lchamli grafiklarni ekranga yoki kattik nusxasini chikarish. Ularning barchasidan karorlarni kabul kilish jarayonini soddalashtirish va murakkab xodisalarni tusho‘nishni yaxdshlash maksadida ko‘rib chikilayotgan ma’lumotlardagi mavjud tendensiyalar va tuzilmalarni ko‘rgazmali takdim etish uchun foydalaniladi.
2. Kartografiya mamlakatlar, viloyatlar, mintakalar bilan boglik geografik, tabiiy yoki ikgisodiy xodisalar xakidagi anik tasavvo‘rni beradi.
3. CHizmachshik va konstruktorlik ishini avtomatlashtirish bu mexanik elekgr va elektron kurilmalarning tarkibiy kismlari va tizimlarini loyixalashtirish, anik chizmalar, detallar, kismlar va yigmalarni ishlab chikarish, loyixalashtirilayotgan tarkibiy kismlar, tizimlarning modeli bilan ularning xususiyatlarini, masalan, mexanik, elektr yoki issiklik xususiyatlarini tekshirish maksadida interaktiv ishlash. Model modellashtiruvchi dastur tomonidan o‘zgartirilishi mumkin, u loyixalashtirish va tekshirishning kuyidagi davrlarini o‘tkazish uchun tizimning xulki xakida axborot beradi.
4. Modellashtirish va mul’tiplikatsiya bu, xakikiy va modellashtirilgan ob’ektlar (yadro reaksiyasi, suyukliklar okimi)ni vakg bo‘yicha xulkini video o‘zgartishlar, interaktiv usulida mul’tfil’mlarni tayyorlash, o‘yin dasturlari va boshkalarning samaralarini Ko‘rsatish yo‘li bilan namoyish kilishdir.
5. Jarayonlarni boshkarish — bu, interaktiv usulda real dunyo nukgai nazarlari bilan ishlash xamda tizimning muxim nuktalarida o‘rnatilgan datchiklardan keluvchi miksorlarni ko‘rsatish bilan takdim etish. Aviadispetcherlar, ko‘shin birikmalarining ko‘mondonlari, fazoviy apparatlarni o‘chirishni boshkarish markazlarining tadkikotchilari bunday tizimning iste’molchilari bo‘ladi.
6. Munshiyxona ishlarti avtomatlashtirish va zlektron nashrssilish bu, axborotlarni shakllantirish va tarkatishdir. Bunday tizimlar yordamida xam an’anaviy xujjatlar (kattik nusxalar)ni va xam elektron xujjatlarni xamda boshka ikki o‘lchamli axborotlarni tayyorlash mumkin.
7. San’at va reklama — bu, estetik yokimli tasvirlar yordamida belgilangan ma’noni aks ettirish va tomoshabinlarning e’tiborini jalb kilishdir. Tasvirlarni yaratish ob’ektlarni modellashtirish va yoruglik, soyalar, boy rangli palitrani takdim etish uchun rivojlangan vositalar mavjudligini ko‘zda tutadi.
Komp’yuter grafikasi vositasini ko‘llashning yana bir yo‘nalishi mul’timediadir. Bunday tizimlarning paydo bo‘lishi ta’lim, fan, san’at, iktisodiyot kabi soxalarga, shubxasiz, tub o‘zgartirishlar kiritadi.
Bizning fikrimizcha, mul’timedia — bu, komp’yuterlarga matn, grafika, animatsiya, rakamlashtirilgan ko‘chmas tasvirlar, video, tovush va gap kabi ma’lumotlar turlarini kiritish, ishlab chikish, saklash, uzatish va aks ettirishga imkon beruvchi texnologiyalar majmuasidir. Boshkacha kilib aytganda, bu, komp’yuter vositasida amadda inson tomonidan foydalaniladigan barcha muxitlar, axborot almashtirish vositalari va usullarini xamda ularning komp’yuterga xos bo‘lgan juda katta massivlarini saklash va axborot elementlariga interaktiv ixtiyoriy kirish imkoniyatlari bilan boyitishni integratsiyalashdir.
Mul’timedia tezkor axborot — kommunikatsion texnologiyalar rivojlanishining ilgor rivojlanishlaridan biri bo‘lib kolmokda. Ko‘pgina ekspertlar keyingi asr — mul’timedia asri bo‘ladi deb faraz kiladilar.
YAkin vaktlarga kadar SHKlardan o‘kitish maksadida foydalanish muvaffakiyatsiz bo‘lgan, bu, texnik vositalarning yukori bo‘lmagan ish unumdorligi va komp’yuter grafikasi dasturiy vositalarining kimmatligi bilan izoxlanadi. O‘kituvchi dasturlar foydalanuvchi uchun yakka tartibda sozlashning ko‘pgina variantlarini taklif kiladi, ya’ni o‘kituvchilar, yangi o‘kuv materiallarini o‘zlashtira turib, o‘rganish tezligini, material xajmini va uning kiyinligi darajasini o‘zlari belgilaydilar.
Mul’timedianing zamonaviy tizimlaridan kuyidagi jarayonlarda foydalanish mumkin:
• chet tillarini o‘rganishda;
• buxgalteriya xisoboti va moliyaviy operatsiyalar materiallarini tizimlashtirishda;
• xisoblash texnikasining yangi vositalarida ishlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda;
• real bozorda firmaning tovar va xizmatlarini reklama kilishda.

Matnli, jadvalli va grafik axborotlarini avtomatlashtirilgan usulda ishlab chikishni amaliy dasturiy paketi ta’minlaydi.
Axborot ta’minoti boshkariluvchi ob’ektning xolatini ta’riflaydi, boshkaruv karorlarini kabul kilish uchun asos bo‘ladi va dasturiy, texnologik ta’minlanish bilan yakindan boglangan.
Axborot ta’minotini yaratish iktisodiy ko‘rsatkichlarni yigish (ro‘yxatini aniklash), klassifikatorlar va kodlashtirish tizimlarini; birligi va yigma xujjatlarning shakllarini ishlab chikishni xamda mashina manbalariga joylashgan ma’lumotlar bazalari tarkibini kurishni o‘z ichiga oladi.
Klassifikatorlar va kodlashtirish yakuniy ma’lumotlarni SHKda shakllantirish, axborotlarni rekvizitalomatlar bo‘yicha guruxlarga ajratishga mo‘ljallangan.
Xujjatlarni komp’yuter asosida ishlab chikish axborot ta’minotining asosiy manbai bo‘ladi. Birlamchi, oralik va yakuniy xujjatlar farklanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining afzalligi xujjatlarni komp’yuter yordamida shakllantirishdir, bu ularni yaratish va to‘ldirish vakgini ancha kiskartiradi.
SHtrixli kodlashtirishni ko‘llash ma’lumotlarni mashinaga kiritish jarayonini ancha tezlashtiradi.
Iktisodiy vazifalarni ishlab chikish axborotlarning katta xajmi va murakkab xujjat aylanishi bilan ta’riflanadi. Xujjat aylanishini takomillashuvi elektron xujjat aylanishini ta’minlovchi maxsus ishlab chikilgan mashina dasturlari asosida sodir bo‘ladi.
Mashina ichidagi axborot ta’minoti ma’lumotlarning fayl, ma’lumotlar ,baza va banklari, bilimlar bazasi ko‘rinishida tashkil kilinishiga egadir.
Bu tuzilmalarni yaratish uchun turli-tuman yondoshishlardan foydalaniladi. Ularni tanlash ma’lumotlarning xajmlari, ko‘yilgan vazifalarning murakkabligi, foydalanuvchilarning talablari va amalga oshirishning anik shartlariga boglik.
Axborotlar bilan ishlashning murakkabrok variantlari uchun mashina ichidagi axborot ta’minotini yaratish eng avvalo «kiymatunumdorlikishonchlilik» nisbatida samarali bo‘lishi kerak.
Interaktiv mashina grafikasi (IMG) bu, mashina grafikasining bir bo‘limi. Agar foydalanuvchi displey sirtida o‘zaro xamkorlikning interaktiv kurilmalari yordamida tasvirning mazmuni, uning shakli, o‘lchamlari va rangini dinamik boshkarishi mumkin bo‘lgan xolda grafik interaktiv bo‘ladi.
4D grafikasi bu, uch o‘lchamli tasvir, uning o‘zgartirilishi to‘rtinchi o‘lchovda — vaktda sodir bo‘ladi.
Tijorat komp’yuter grafikasi (TKG) elektron jadvallar yoki ma’lumotlar bazalarida saklanayotgan ma’lumotlarni aks ettirish uchun xizmat kiladi.
Animatsiya bu, ob’ektlar, kameralar, yoruglik manbalarini o‘zaro joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vakt bo‘yicha o‘zgarishiga ega vazifa, topshirik.

2030 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений