linkedin facebook linkedin facebook nod32

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi axborot va moliyaviy telekommunikatsiya tarmoqlari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-01-09

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi axborot va moliyaviy telekommunikatsiya tarmoqlari

MDHda yangi tijorat tarmoqlarini ommaviy ravishda barpo etish 1991 yildan boshlandi va doimiy davom etmokda. Telekommunikatsiya xizmatining rivojlanishi xo‘jalik va tijorat faoliyatini harakatlantirishning, iqtisodiy rivojlanishning muhim shartlaridan biridir. Faol marketeng va texnik siyosatni olib boruvchi ayrim tarmoqlarni sharxlab o‘tamiz.
Relcom tarmog‘i.
1990 yilda Atom energiyasi institutining va bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari (ITI), UNIX-kompyuterlar tizimini ishlab chiquvchi mutaxassislar va foydalanuvchilarni birlashtiruvchi uncha katta bo‘lmagan tarmoq tashkil etildi. Hozirda Relcom umumiy maqsadlarga mo‘ljallangan tarmoq sifatida rivojlanmokda. U ilmiy va tijorat tashkilotlarini, davlat idoralari va muassasalarini birlashtiradi. Relcom mintaqa ichida va EUnet, Internet, BitNet abonent tarmoqlarida elektron pochta xizmatini ta’minlaydi.
SprintNet tarmog‘i.
SprintNet ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i bo‘lib, o‘nlab mamlakatlarning yuzlab shaxarlariga kirish uzellariga ega. SprintNet tarmog‘i axborotlarni katta tezlikda almashish imkonini beradi.
Glasnet tarmog‘i.
Glasnet tarmog‘i 1990 yildan boshlab Rossiya aholisiga va MDHdagi bir qancha davlatlar uchun jahon Internet kompyuter tarmog‘iga kirish xizmatini ta’minlaydi. Xususiy mijozlar va tarmoq xizmatidan foydalanuvchi kichik biznes vakillariga e’tibor berish - Glasnetning ajralib turuvchi xususiyati sanaladi.

Sovam Teleport tarmog‘i.
Sovam Teleport xalqaro kompyuter axborot tarmog‘i SanFrancisco/Moscow Teleport (AQSH), Cable &  Wireless  (Buyuk  Britaniya) komponiyalari hamda Avtomatlashtirilgan tizimlar instituti (Rossiya) tomonidan 1990 yilda tashkil etilgan. tarmoq joriy vaqt rejimida teleks va telefaks xalqaro axborot almashuv uchun mo‘ljallangan.
Bank tarmoqlari va banklararo hisob-kitoblar tizimi.
Naqd pulsiz aylanmaning katta ahamiyati iqtisod uchun ko‘plab banklararo pul o‘tkazishni o‘zaro hisobga olish tizimi yoki kliring bilan almashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Kliringni qo‘llashning nisbatan samarali sohalari quyidagicha: Markaziy Bank tizimida banklararo hisob-kitob, pul mablag‘larni o‘zaro o‘tkazishni doimiy takrorlovchi iqtisodiy jihatdan bir-biriga bog‘liq korxonalarga xizmat ko‘rsatish, bir xildagi tezkor bitimlarni amalga oshirish. Kelajakda aksionerlik kliring va hisob-kitob tuzilmalarini tashkil etish va ularni jahon moliya tizimiga birlashtirish - bu Markaziy Bank siyosatining yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Turli mamlakatlarning davlat ichidagi banklararo tizimi.
AQSH banklari to‘lov xabarlarini uzatish uchun quyidagi asosiy kommunikatsiya tarmog‘idan foydalanadi:
FEDWARE- AQSH federal zahira tizimining kommunikatsiya tizimi;
BANKWARE- xususiy banklar va tijorat korxonalari ehtiyojiga xizmat qiluvchi kommunikatsiya tizimi;
CHIPS- hisob-kitob palatalari uchun banklararo to‘lov tizimi;
Evropa banklarida quyidagi tizimlar keng ko‘llaniladi:
CHAPS- Buyuk Britaniya banklararo kliring hisob-kitoblari tizimi.
BACS- kliring tizimi.
SIT- Fransiya markaziy banki ko‘magida 15 ta yirik banklar asosida tashkil etilgan tizim.
Elektron pochtani qo‘llash.
Elektron pochta - kompyuterlar orasida xabar uzatishni Lokal va Global asosda tashkil qiladi. Elektron pochtadan faqat xabarlarni emas, balki fayllarni uzatish uchun ham foydalaniladi. Ular yordamida tezkor usulda bir yoki bir nechta manzillar bilan axborot almashish mumkin. Elektron pochta qutilari soni 1997 yil boshida 250 millionni tashkil etdi. Elektron ma’lumotlar manzil va ma’lumotlar mavzuidan iborat  bo‘ladi. Manzil qismi odatda oluvchining manzilgohini, jo‘natuvchining manzilgohini, ma’lumot mavzuini, fayllar xabarlariga ilova qilinuvchi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo‘llanilishi.
Axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o‘zaro almashish ehtiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo hamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo‘ydi. Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes uchun ko‘plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko‘plab tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo hamjamiyatiga kirish imkoniyatini beruvchi tarmoq - bu Internet. Internet foydalanuvchiga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. Do‘stona grafik interfeys Internet xizmatidan har bir kishining foydalana olishi uchun imkoniyat yaratadi.
Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatdagi global kompyuter tarmoqlari.

Zamonaviy axborot texnologiyasiga ega hisoblash texnikasidan va elektron uzatish tizimidan foydalanmay turib zamon talabiga javob beruvchi moliyaviy muassasalarni tashkil etish mumkin emas. SHu bois, bunday muassasalar ham dasturli – apparat kompleksi sifatida, ham elektron shaklda axborot uzatishning kommunikatsiya vositasi sifatida eng yirik iste’molchilar hisoblanadi. Tashkilotlarning alohida avtomatlashtirilgan komplekslarini bog‘lovchi global tarmoqlar milliy va xalqaro darajada hisob-kitoblar o‘tkazish imkonini beradi.

1235 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Ixtiyor 202
Qo`shilgan sana: 2015-04-18

yaxshi

Foydalanuvchi ismi: Shavkat Berdiyev
Qo`shilgan sana: 2015-04-24

Yaxshi

Foydalanuvchi ismi: Rustam
Qo`shilgan sana: 2016-06-05

Kotta raxmat

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений