linkedin facebook linkedin facebook nod32

Internet tushunchalari

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-01-09

Internet tushunchalari

Router (Yo‘naltiruvchi) – internetda ma’lumotlar oqimini qulay va yaqin yo‘l bilan manzilga etkazishni rejalashtiruvchi va amalga oshiruvchi dasturlar majmuidir. Odatda yo‘naltiruvchi sifatida maxsus kompyuterdan foydalanish yaxshi natija beradi.

Gateway (SHlyuz) – ma’lumotlarni uzatishning turli qaydnoma (protokol)larini internet foydalanadigan elektron pochtaning oddiy qaydnomasi SMTP ga (Simple Mail Transfer Protocol – elektron pochta uzatishning oddiy qaydnomasi) aylantiradigan kompyuter. Aslida shlyuz – bu dasturlar majmuidir. Bunda shlyuz maqsadida foydalanadigan kompyuterga katta talablar qo‘yilmaydi. Buning uchun unda shlyuz vazifasini o‘taydigan dasturlar bilan ishlash imkoni bo‘lsa bas.

Trafik – Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma’lumotlar oqimi hajmi.

 DNS server. DNS (Domin Name Service – domen nomlar xizmati) – IP manzillar va kompyuterlar domen nomlarini aniqlovchi server.

Proxy. Internet da ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘pchilik murojaat qilgani uchun bu ma’lumotlarga oid serverga ulanish (navbat katta bo‘lgani uchun) sekin bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ko‘pchilik murojaat qiladigan serverlar nusxalari boshqa serverlarda ham saqlanadi. Bunday serverlar Proxy serverlar deyiladi.

Protokol – bu kompyuterlar orasidagi aloqa o‘rnatilishida, ma’lumotlarni qabul qilish va uzatishda foydalaniladigan signallar standartidir. Protokol to‘g‘ri bo‘lsagina kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatiladi.

Server – bu boshqa kompyuter yoki dasturlarga xizmat ko‘rsatadigan kompyuter yoki dasturdir. Bitta kompyuterda bir nechta server ishlashi mumkin. Masalan, ftp, WWW, elektron pochta serverilari.

Mijoz – server resurslaridan va xizmatidan foydalanuvchi kompyuter yoki dasturdir. Masalan, kompyuter fayl-serverning mijozi bo‘lishi mumkin (serverda joylashgan fayllardan foydalanishi), shu bilan bir vaqtda elektron pochta dastursida ishlashi mumkin.

URL – (Uniform Resoure Locator) Internet ga murojaat qilishning eng oddiy va qulay usuli bo‘lib, u manzilni ifodalaydi. YA’ni bu manzildagi ma’lumotlardan barcha foydalanuvchilar bir paytning o‘zida foydalanishi mumkin.

 Internet xizmati turlari – elektron sahifa, elektron pochta, telekonferensiya, fayllarni uzatish, domen nomlari, Telnet, IRC, yoki Chat konferensiya, ma’lumotlarni izlash xizmatlari tavsiflari keltiriladi.

Intranet – bu internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va protokollari asosida tashkil etilgan, hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda ishlash imkonini beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog‘i.

IP manzil – Internet da kompyuter tarmoqlari Internet manzili yoki IP manzilini belgilash bilan aniqlanadi. IP manzili 32 bit uzunlikda va har bir biri 8 bitdan iborat to‘rt qismdan tashkil topgan va har bir qismi 0 dan 255 gacha bo‘lgan qiymatlarni qabul qiladi. Qismlar bir-biridan nuqta bilan ajratiladi.

1611 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Fayzullo
Qo`shilgan sana: 2015-04-16

Yaxshi

Foydalanuvchi ismi: Shohijahon
Qo`shilgan sana: 2016-06-26

yaxshi chiqibdi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений