linkedin facebook linkedin facebook nod32

Hisoblash matematikasining qisqacha tarixi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2015-01-06

Hisoblash matematikasining qisqacha tarixi

Matematika turmush masalalarini echishga bo`lgan ehtiyoj, ya`ni yuzalar va hajmlarni o`lchash, kema harakatini boshqarish, yuldo`zlar harakatini ko`zatish va boshqalar tufayli vujudga kelganligi uchun ham u hisoblash matematikasi bo`lib, uning maqsadi masala echimini son shaklida topishdan iborat. Bu fikrga ishonch hosil qilish uchun matematika tarixiga nazar tashlash kifoya.

Bobil olimlarining asosiy faoliyati matematik jadvallar tuzishdan iborat bo`lgan. Shu jadvallardan bizgacha etib kelganlaridan biri miloddan 2000 yil avval tuzilgan bo`lib, unda 1 dan 60 gacha bo`lgan sonlarning kvadratlari keltirilgan. Miloddan avvalgi 747 yilda tuzilgan boshqa bir jadvalda Oy va Quyoshning tutilish vaqtlari keltirilgan. Qadimiy misrliklar ham faol hisobchilar bo`lganlar. Ular murakkab kasrlarni surati birga teng bo`lgan oddiy kasrlar yig’indisi (masalan: 3/11=1/6+1/11+1/66 shaklida ifodalovchi jadvallar tuzishgan va chiziqli bo`lmagan algebraik tenglamalarni echish uchun vatarlar usulini yaratishgan. Yunon matematiklariga kelsak, miloddan avval 220 yillar atrofida Arximed pi soni uchun 3,10/71<pi<3,1/7 tengsizlikni ko`rsatdi. Diofant III asrda aniqmas tenlamalarni echishdan tashqari kvadrat tenglamalarni sonli echish usulini yaratgan.
IX-X asrlarda O`rta Osiyoda matematika, astranomiya va boshqa tabiiy fanlar rivojlana boshladi. Bu erda al-Xorazmiydek buyuk alloma dunyoga keldi.
Hisoblash matematikasining mutaxassisi ingliz matematigi e.But o`zini «Sonli metodlar» kitobining kirish qismida «Hisoblash metodlarini sistemaga solganligi uchun birinchi arab matematigi Muxammad ibn – Muso al – Xorazmiydan minnatdormiz» deb yozgan edi.
Abu Abdullo Muxammad ibn-Muso al-Xorazmiy 780 yilda Xivada tug’ilib, 85 yilda Bog’dodda olamdan utgan yoshligidanoq ilm-fanga qiziqqan. O`sha davrda katta ilmiy va madaniy markaz hisoblangan Xalifatning poytaxti - Bog’dodga taklif qilingan. U Sharqning birinchi akademiyasi — Bog’doddagi "Bayt-ul xikmat" ("Donishmandlar uyi")da faol ish olib borgan. U "Donishmandlar uyi"ning kutubxonasini boshqargan. Bu erda uning raxbarligida arablar va boshqa xalqlar bilan bir qatorda Axmad Fargoniy va Axmad ibn Marvaziy kabi O`rta Osiyolik olimlar tadqiqot olib borishgan. Al-Xorazmiy O`rta Osiyoning islomdan oldingi o`ziga xos ilmiy merosiga, qo`shni Xindiston va Yaqin Sharqdagi ellinistik davlatlaridagi ilmiy g’oyalarga tayanib ishladi.

Al-Xorazmiy "Xind sanog’i to`g’risida"gi arifmetik risolasida o`nlik sanoq, sistemasini va bu sistemada to`rtta arifmetik amallarni bajarish qoidalarini birinchi bo`lib bayon qilgan. Bu risola XII asrda lotin tiliga tarjima qilingan va u Osiyoda ham, Evropada ham unlik sanok, sistemasini qo`llanilishiga va tarqalishiga poydevor bo`lgan.
Evropada bunday qoidalar al-Xorazmiy nomi bilan atalib, "Algorizmi" deyilgan. Keyinchalik u Algorithm va Algorithmus ko`rinishlarini olib, oxirida "algoritm" so`ziga aylangan.
Hozirgi vaqtda algoritm deb ma`lum bir tipga oid xamma masalalarni echishda qo`llaniladigan barcha amallar sistemasining muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoidaga aytiladi.
Al-Xorazmiyning "Kitob al-muxtasar fi hisob aljabr va muqobala" nomli algebraik risolasida birinchi marta algebra matematikaning mustaqil bo`limi sifatida qaraladi. Unda algebraik miqdorlar ustida amallar bajarish qoidalari, 1- va 2-darajali algebraik tenglamalarni echish usullari va bunday tenglamalarga keladigan hayotiy masalalar keltirilgan. Risola lotinchaga tarjima qilinganda "val-muqobala" tushurib qoldirilgan va "algebra" nomi bilan jahonga tarqalgan (shuning uchun bo`lsa kerak o’rta asrlarda Evropa davlatlarida singan qo`l-oyoqni tiklaydigan tabibni algebrist deb atashgan).
Xorazmiyning bizgacha etib kelgan ilmiy merosi, shu davrda Yaqin va O’rta Sharkda xalkaro til vazifasini bajargan arab tilida yozilgan. Shuning uchun ham Yaqin va O’rta Sharkdagi olimlarni Evropada arab olimlari deb bilishgan.
Ingliz matematigi e. But al-Xorazmiyni arab matematigi va Evropada hind raqamlari 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 larni arab raqamlari deyishga ham sabab shu.

Aytilganlardan tashqari, al-Xorazmiy pi=3,1416 qiymatni aniqladi, matematik jadvallar tuzishda faol qatnashdi. Abul Vafo al-Bo`zjoniy 960 yilda sinuslar jadvalini hisoblash metodini ishlab chikdi, sin(1/2)0 ning qiymatini tuqqizta ishonchli raqam bilan berdi. Bundan tashqari, u tg funktsiyasidan foydalandi va uning qiymatlari jadvalini to`zdi.
XV asrda Amir Temur saltanatining markazi - Samarqandda ilm-fan, madaniyat yuqori darajada rivojlandi. Shu paytda Ulug’bekning madrasayu rasadxonasi barpo etildi. Bu erda Ulug’bek bi­lan bir qatorda Ulug’bekning ustozi - zamonasining mashhur mate­matigi va astronomi Qozizoda Rumiy hamda G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Mansur Koshiy, Muxammad Birjondiy va Ulugbekning shogirdi Ali Kushchilar madrasada daryo berib, rasadxonada yuldo`zlarni ko`zatish va ilmiy izlanishlar olib borishgan. Ayrim tadqiqotchilar Ulugbek madrasasi bilan rasadxonasini birgalikda Ulugbek akademiyasi deyishsa, avstriyalik matematika tarixchisi X. Zemanek buni Hisoblash markazi (XM) deydi. U aytadiki, XM bo`lishi uchun ikkita shart: 1) olimlarning jamoa bo`lib birga­likda ishlashlari va 2) hisoblashning yuqori darajadagi aniqlikda olib borilishi zarur. Bu erda har ikkala shart bajariladi. Shunday qilib, jaxonda birinchi Hisoblash markazi (XM). Ulugbek raxbarligida Samarqandda barpo etildi. Bu XMda qilingan ishlar to`g’risida kiskacha to`xtalib o`tamiz:

1. Riyosiddin Ko­shiy unli kasrlar arifmetikasini yaratdi.

2. ax3 + bx + s = 0 ko`rinishidagi uchinchi darajali algebraik tenglamani echishning iteratsion usuli ishlab chiqildi.
3. Trigonometrik funktsiyalar jadvali 17 xona aniqdikda to`zildi.
4. G’iyosiddin Koshiy p sonining qiymatini 17 xona aniqlik bilan topdi, ya`ni
pi= 3,14159265358927932
XVI-XVII asrlarda Evropada matematika, mexaniqa, astrono­miya rivojlana boshladi va XIX asrga kelib hozirgi zamon matematikasining asosi yaratildi. Matematika bilan bir paytda hisoblash matematikasi ham rivojlandi.
Hisoblash matematikasining tarixida logarifmik jadvallarining tuzilishi katta axamiyatga ega edi. Ingliz matematigi U. Neper (1614,1619), shveytsariyalik I. Byurgi (1620), ingliz Brige (1617), gollandiyalik Vlakk (1628) va boshqalar tomonidan yaratilgan logarifmik jadvallar buyuk frantso`z matematigi va mexanigi P.S. Laplasning so`zi bilan aytganda: "...hisoblashlarni soddalashtirib, astronomlarning umrini o`zaytirdi". Laplas hozirgi zamon komp’yuterlarining ishlashini ko`rganda nima der ekan?
1845 yilda Adams va 1846 yilda Lever’elar hisoblashlar natijasida Neptun sayyorasining mavjudligi va fazodagi o`rnini oldindan aytishlari hisoblash matematikasining buyuk galabasi edi. Neptunii "qalam uchida topilgan sayyora" ham deyishadi.
Tatbiqiy masalalarni sonli echish matematiklar e`tiborini doim o`ziga tortar edi. Shuning uchun ham o`tgan zamonning buyuk matematiklari o`z tadqiqotlarida tabiat jarayonlarini o`rganish, ularning modellarini tuzish, modellarni tadqiq etish ishlarini birga kushib olib borishgan. Ular bu modellarni tekshirish uchun maxsus hisoblash metodlarini yaratishgan. Bu metodlarning ayrimlari N’yuton, eyler, Lobachevskiy, Gauss, CHebishev, ermit nomlari bilan bog’liqdir. Bu shundan dalolat beradiki, hisoblash metodlarini yaratish bilan o`z zamonasining buyuk matema­tiklari shugullanishgan.
Shuni ham aytish kerakki, limitlar nazariyasi yaratilgandan so`ng matematiklarning asosiy diqqat-e`tibori matematik metodlarga kat`iy mantiqiy zamin tayyorlashga, bu metod qo`llaniladigan ob`ektlar sonini orttirishga, matematik ob`ektlarni sifat jihatidan o`rganishga qaratilgan edi. Natijada, matematikaning juda muxim va ayni paytda ko`pincha kiyinchilik tugdiradigan soxasi: matematik tadqiqotlarni so`nggi sonli natijalargacha etkazish, ya`ni hisoblash metodlari yaratishga kam e`tibor berilar edi, bu soxa esa matematikaning tatbiqlari uchun juda zarurdir.

1812 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений