Ma`lumotlar : 1079
Xabarlar soni: 141
Bugun: 19.4.2018
Soat: 22:50
O‘quv qo‘llanmalari yaratishda multimediani qo‘llash
Muallif: Mengliyev Sh.
Qo`shilgan sana: 2014-12-10
O‘quv qo‘llanmalari yaratishda multimediani qo‘llash
Bugungi kunda eng ommabop mavzu – multimedia loyihasini yaratish. Bu yerda
har kim o‘zining bor ijodiy o‘ziga xosligini, aql-zakovatini, bilimini, nozik
didini namoyon qilishi mumkin. Afsuski, taqdimot tayyorlash va ma'lumotlar
bazasi yaratish bilimlariga ega bo‘lmasdan multimediali loyiha tayyorlab
bo‘lmaydi, shunga qaramasdan maxsus dasturiy vositalar borki, ularning ishlash
texnologiyasini o‘rganib, ko‘pfunksiyali ishlash vositalariga ega bo‘lish mumkin.
Biz sizga namunali dasturiy vositalar yordamida amalda shunday qilishni
o‘rgatamiz. Vositalarni qanday o‘zlashtirishingiz emas, balki multitimedia
mahsulotini yaratish texnologiyasining o‘zi muhim hisoblanadi.
Multimedia mahsuloti o‘zi nima? Bu hujjatli filmga juda o‘xshash, faqat
kompyuterda mavjud mahsulot. Bu yerda musiqa, rang effektlari, harakat
(animatsiya), ovoz bor. Multimedia mahsulotida asosiy narsa nima? Har bir
filmda bo‘lgani kabi bu – ssenariy. Siz bir vaqtning o‘zida ham ssenarist, ham rejissyor, ham rassom, ham operator bo‘lishingiz kerak. Faqatgina o‘z mavzusini
o‘ylab topish emas, balki uni kompyuter ekrani maydoniga mos ravishda qismlarga
bo‘lib taqdim etishni ham o‘rganish kerak. Siz rejissyor va rassom sifatida har bir
kadr bezagi va ularning o‘zaro aloqasini o‘ylab topishingiz kerak. Alohida
slaydlar, fragmentlar, ma'lumotlar bazalari yaratish bo‘yicha oldindan ko‘p ishlash
talab qilinadi. Faqat shundan keyingina avvaldan tayyorlangan barcha
fragmentlarni irlashtirishga kirishish mumkin.
Kompyuterdagi ensiklopediyalar, elektron darsliklar, dam olish va bilim
olish uchun zarur dasturlar va boshqalar haqida gap ketganda hozirgi vaqtda asosan
multimedia mahsuloti yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Multimedia
mahsuloti o‘zi nima? Birinchidan – foydalanuvchiga albatta interfaollikni
taqdim etadigan, ya'ni inson va kompyuter o‘rtasida komandalar va javoblar
almashinuvini ta'minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot.
Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U
tomoshabinga o‘zicha u yoki bu ssenariyni tanlash imkonini beruvchi videofilmni
juda eslatadi.
Multimedia mahsuloti – tarkibiga musiqa taralishi, videokliplar,
animatsiya, kartinalar va slaydlar galereyasi, turli ma'lumotlar bazalari va
boshqalar kirishi mumkin bo‘lgan interfaol, kompyuterda ishlangan mahsulot.
Multimedia mahsulotlarini quyidagilarga bo‘lish mumkin:
- ensiklopediyalar;
- o‘rgatuvchi dasturlar;
- ongni rivojlantiruvchi dasturlar;
- bolalar uchun dasturlar;
- o‘yinlar.
So‘nggi yillarda multimedia mahsulotlari keng xaridorlar olishi mumkin
bo‘lgan darajaga keldi. Ularning ishlatilishi har doim ham bir xil emas. Turli
multimedia jihozlarini sotib olishda quyidagi ko‘rsatkichlarga ahamiyat berish
kerak:
- berilayotgan materialning sifati va ishonchliligi;
- berilayotgan grafik materialning sifati;
- ovoz jo‘rligi (matn, musiqiy bezak va b.);
- videomaterial mavjudligi va ularning sifati;
- interfaollik imkoniyatlari (turli yo‘nalishlarda ko‘rish, materialni
chuqur o‘rganish, chop etish imkoniyati va boshqalar);
- do‘stona interfeys.
Har bir tayyor multimedia mahsuloti ham ushbu talablarga javob
beravermaydi, qolaversa, sizning shaxsiy qiziqishlaringiz mualliflar tomonidan
taklif qilingan yo‘nalishdan farq qilishi mumkin. Bu holatda siz tanlagan
mavzuingizni ochib beradigan o‘z dasturiy mahsulotingizni ishlab chiqishingiz va
xususiy interfeysingizni yaratishingiz mumkin. Multimedia mahsuloti ishlab
chiqish qiyin va qimmat turadigan jarayon bo‘lishiga qaramasdan nafaqat
dasturchilar, balki ko‘plab rassomlar, dizaynerlar ushbu o‘ziga tortuvchi ishga qo‘l
urmoqdalar.
Multimedia mahsuloti yaratish uchun quyidagilarni jalb qilish mumkin:
1. Butun malakali dasturchilar guruhi bilan ishlashni talab qiluvchi
dasturlash tili.
2. Instrumental vositalar, ya'ni Macromedia Director, Formula Graphics
Multimedia System, Multimedia Creator, Asymetrix ToolBook, AuthorWare Professional
va boshqa shu kabi maxsus dasturiy mahsulotlar. Bu shaklda yaratilgan loyihalar
birmuncha arzon, shu bois unchalik universal emas, qo‘llanilgan instrumentlar
imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-da, malakali foydalanuvchilar bunday instrumental
vositalar yordamida ishlay oladilar.
Ta'lim berish maqsadida multimedia mahsulotini Microsoft Office
dasturlari asosida ishlab chiqish mumkin, materialni tayyorlash uchun esa PhotoShop
(rasmlarni qayta ishlash), Adobe Premier yoki Vstudio2 (videokliplarni qayta
ishlash), Stoik Software (tasvirlarni qayta ishlash va morfing yaratish), fonograf
Windows 95 (ovoz yozish va uni qayta ishlash uchun) kabi qo‘shimcha dasturlardan
foydalaniladi.
Multimediali dasturiy mahsulot ko‘pincha ishlatish mumkin bo‘lgan
ma'lumotlar bazalaridan tarkib topadi, masalan, Access yoki Works yordamida.
Rasmlar yoki kliplar namoyishi PowerPoint dasturi yordamida amalga oshiriladi.
Interfaollik rejimini yaratish uchun to‘liqroq izohga murojaat qilishga yordam
beradigan gipermurojaatlardan foydalaniladi.
Birinchi navbatda ta'lim beradigan multimediali loyihani yaratib, uning
asosida belgilangan mavzular bo‘yicha darslar yoki tematik ensiklopediyalar ishlab
chiqishingiz mumkin (musiqa yo‘nalishlari, sevimli qo‘shiqchilar, mashhur
artistlar, kino yangiliklari va b.). Buning uchun ikki xil dasturiy vositalarga ega
bo‘lish lozim:
- multimedia mahsulotiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan materialni tayyorlash;
- mahsulotning o‘zini yaratish.
Material tayyorlash uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlarning
umumiy sharhi
Multimedia mahsulotiga qo‘shiladigan material rasmlar, audio va
videoyozuvlar, matnlar holida berilishi mumkin. Bular ishlash uchun munosib
instrumentlarga ega bo‘lgan o‘z dasturiy vositalari mavjud ma'lumotning turli
ko‘rinishlaridir. Quyida ma'lumotning turli shakllari uchun nisbatan mashhur
dasturiy mahsulotlar keltiriladi.
Grafik ob'yektlarni qayta ishlash
Grafik ob'yektlar bilan ishlashda faoliyatning ikki shaklini ajratib olish
kerak: skanerlash va rasm yaratish (tahrirlash).
Skanerlash deganda qog‘oz ko‘rinishidagi ma'lumot tashuvchilardan maxsus
qurilma – skaner yordamida axborotning avtomatik o‘qilishi va kompyuterga
kiritilishi jarayoni tushuniladi. Rasmlarni skanerlash uchun quyidagi dasturiy
mahsulotlardan foydalaniladi.
- PhotoEditor – Microsoft Office tarkibiga kiruvchi rasm skanerlashga yordam
beruvchi hamda grafik material tayyorlash uchun ba'zi operatsiyalarni bajaruvchi
dastur (kontrast, yorug‘lik, ranglilik va rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish).
- PhotoPaint – rasmni skanerlash hamda materialga dastlabki ishlov berishga
imkon beruvchi dastur (to’zatish, rang o‘zgartirish, oriyentatsiya, masshtab, gamma
nurlari bilan to‘yinganlik va b. ni o‘zgartirish).
Rasm yaratish va tahrirlash sizga tanish. Bu yerda keng tarqalgan dasturiy
vositalarga qisqacha ta'rif berib o‘tamiz:
- PhotoShop – grafik fayllarni qayta ishlashga imkon beruvchi dasturiy
mahsulot. Ushbu tahrir dasturi ko‘pgina fayl formatlari (JPG, GIF, PSD, TIF va
boshqalar) bilan ishlaydi, rasmlarni standart qayta ishlashdan tashqari ularni
turli filtrlardan (qayirish, bo‘rtma ko‘rinish berish, donadorlik, yoritilganlik
darajasi va boshqalar) o‘tkazishga imkon beradi.
- Stoik ArtMen – Stoik Software dasturiy mahsulotlari safiga kiradi va
turli rassomlar tomonidan chizilganga o‘xshatib qayta ishlashga yordam beradi,
masalan, akvarelda, moybo‘yoqda, o‘yma naqsh, emal va b.
- Paint – rasm oriyentatsiyasini o‘zgartirish, tozalash, belgilangan maydonni
kesib olishga imkon beruvchi standart grafik muharrir. Faqat BMP va PCX
fayllari bilan ishlaydi.
Videoyozuvlarni qayta ishlash.
Videoyozuvlar bilan ishlash videomagnitofon yordamida yozib olingan
tasvirni oldindan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishni talab qiladi. Tasvirni raqamli
shaklga o‘tkazish deganda materialni analog shaklidan kompyuterga kiritish
mumkin bo‘ladigan raqamli shaklga o‘zgartirish tushuniladi. Tasvirni raqamli
shaklga o‘tkazish uchun kompyuter maxsus videokarta, TV-tyuner va unga hamroh
bo‘lgan dasturiy mahsulot bilan jihozlanishi kerak. Raqamli shaklga o‘tkazilgan
videoyozuv TV-tyuner talab qilmaydi, quyidagi dasturiy mahsulotlar bo‘lishi
yetarli:
- Vstudio2 – videomagnitofondan videoyozuvni raqamliga o‘tkazish uchun
ishlatiladi; videoparchalarni turli shaklda montaj qilishga imkon beradi.
- Adobe Premier – fragmentlarni raqamlashtirish va ular orasida ko‘plab
o‘tishlar bilan montaj qiluvchi murakkabroq dasturiy mahsulot. Adobe Premier
kadrlar o‘lchamini va ularning oriyentatsiyasini (aylanish, kadr harakati
trayektoriyasini) o‘zgartirishi mumkin.
- MorphMan – Stoik Software tarkibiga kiruvchi va videomaterial montaji
hamda morfing yaratishga imkon beruvchi dastur. Morfing deganda bir tasvirning
boshqasiga qadamba-qadam o‘zgarib o‘tishi tushuniladi.
Ushbu dastur statik morfing bilan birga alohida videofragmentlar orasida
ham morfing yarata oladi. Bunday qayta ishlovlar natijasida AVI kengaytmali
videofayl yaratiladi.
Tovushni qayta ishlash.
Fonograf – Windows 95ning (CD-disklar, mikrofon va chiziqli) ovoz yozishga
va uni tahrirlash (ovozni ko‘tarish/pasaytirish, tezlikni ko‘tarish/pasaytirish, exo
effekti yaratish)ga imkon beradigan standart dasturi.
Matnni qayta ishlash.
Matn bilan ishlashda uning qaysidir qismini bevosita klaviatura yordamida
kompyuterga kiritish mumkin, katta hajmdagi o‘zgarmaydigan matnlarni
keyinchalik maxsus dasturiy mahsulotlar yordamida qayta ishlashni ko‘zda tutib
skaner yordamida kiritish qulay.
FineReader – keyinchalik matn muharrirlarida tahrirlash uchun
skanerlangan materiallarni matn shakliga o‘tkazuvchi dastur.
Multimedia mahsulotlari yaratishga mo‘ljallangan dasturlar sharhi
- Macromedia Director – taqdimot va multimedia mahsulotlari yaratishga
xizmat qiladi. Ushbu dastur MMX-texnologiyalar bilan ishlaydi va tugmalar,
slaydlar, klip va animatsiyalar bilan ishlashga imkon beradi.
- Formula Graphics Multimedia System – interfaol rejimda shlovchi
multimedia dasturlarini tayyorlashni ta'minlaydi.
Sanab o‘tilgan dasturlar qimmat turadi, shuning uchun foydalanuvchilar
orasida bular kam ishlatiladi. Maktabda multimedia loyihalarni ishlab chiqish
uchun nima qilish kerak, buning uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘lgan Microsoft Office
dasturlaridan foydalanish yetarli. Agar loyihangizga ma'lumotlar bazasi
qo‘shishni istasangiz, sizga Access, animatsiya effektlari bilan taqdimot
tayyorlashingiz uchun esa PowerPoint dasturi kerak bo‘ladi.
Multimedia loyihasini ishlab chiqish bosqichlari
Multimedia loyihasini ishlab chiqishda o‘rtacha holatdagi mahsulotdan
a'lo darajadagi mahsulotni farqlay olish uchun ayrim mezonlarga e'tibor
qaratish lozim bo‘ladi. Birinchidan, e'tiborga olinishi kerak bo‘lgan narsa – bu
loyihaning mavzusi. U ko‘pchilik foydalanuvchilarga qiziqarli bo‘lishi kerak,
shundagina ushbu mahsulot tanila boshlaydi. Mavzuni tanlashda uning dolzarbligi,
ko‘rib chiqilayotgan masalalarning o‘tkirligi, ijodiy va madaniy rivojlantirish
imkoniyatlari, dunyoqarashni kengaytirish darajasi ham o‘ta muhim sanaladi.
Loyihani yaratishda ikkinchi muhim narsa – bu uning quyidagilardan iborat
bo‘ladigan amaliy maqsadidir:
- qandaydir axborotni namoyish etishda (masalan, yoqtirgan
qo‘shiqchilaringizni tanlash);
- qaysidir malakalarga o‘rgatishda (masalan, sochni qanday turmaklash yoki
ovqat tayyorlash);
- qaysidir soha bo‘yicha bilimlarni berish (masalan, o‘quv fanlari bo‘yicha
multimedia darslari yoki ma'lumotnoma yaratish).
Loyihani yaratishda e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan uchinchi narsa yaxshi
yozilgan ssenariy va ish jarayonida ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatidir.
Sizning loyihangizga bo‘lgan talab siz taqdim etayotgan axborotlar bilan
ishlashning qulayligiga bog‘liq. Grafik va videomateriallarning sifati to‘rtinchi
muhim narsa hisoblanadi.
Videomateriallarning mavjudligi har qanday axborotni o‘zlashtirishni
yaxshilaydi, grafikaning yuqori sifatliligi esa rasm va slaydlarni zavqlanib
ko‘rish imkoniyatini beradi, sifatning past bo‘lishi noqulaylik tug‘diradi va
materialning o‘zlashtirilishiga xalaqit beradi. Bunday sifat loyihaga jalb
etilgan matnlarga ham taalluqli. Hyech qanday orfografik yoki stilistik xatolarga
yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Axborotlarning tezkorligi, to‘liqligi va haqqoniyligi ham
muhimdir. Loyiha ustida ish boshlaganda ma'lumotlarni taqdim etish modelini
tanlash lozim va u quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- axborotlar taqdim etilishining ko‘rgazmaliligi;
- axborotlar kiritishning soddaligi;
- axborotlarni qidirish, ko‘rish va tanlash qulayligi;
- boshqa dasturiy mahsulotlardan axborotlarni ishlatish imkoniyati;
- loyihani qayta to’zatish imkoniyati (yangi ma'lumot qo‘shish yoki o‘chirish);
- interfaol rejimni ta'minlab beruvchi yaxshi interfeys.
Multimedia loyihasini ishlab chiqishda ish bosqichlarining muayyan ketma-
ketligini saqlash kerak bo‘ladi.
I bosqich. Mavzuni tanlash va muammoning qo‘yilishi.
Mavzu aniqlangandan so‘ng multimedia mahsulotini yaratish uchun aniq
topshiriqlarni yozish kerak bo‘ladi, u yerda maqsad va vazifalar ko‘rsatilgan bo‘lishi
kerak.
II bosqich. Ob'yektni tahlil qilish.
Ushbu bosqichda loyiha qanday ob'yektlardan tashkil topishi, shuningdek, bu
ob'yektlar qanday parametrlar bilan ajralib turishi ko‘rib chiqiladi. Agar siz
biologiya bo‘yicha multimediali ensiklopediya yaratayotgan bo‘lsangiz, ob'yekt
sifatida har bir hayvon turi uchun alohida dasturiy mahsulotni ko‘rib chiqish
mumkin. Multimediali dars ishlanmasini tayorlashda tushuntirish qismi,
materiallar bilan ishlash, nazorat qismi kabi tarkibiy tashkil etuvchilarni
nazarda to’tish kerak. Multimedia loyihasini tayyorlagandan so‘ng har bir
ob'yektning alohida xususiyatlarini ko‘rib chiqish kerak. Bu ma'lumotlarni alohida
yozuv va jadvallar ko‘rinishida joylashtirish mumkin.
III bosqich. Stsenariyni ishlab chiqish va modelni sintez qilish.
Stsenariyni ishlab chiqishda mahsulot bilan ishlash ketma-ketligi, ishning
o‘zgarishi mumkinligi va undan chiqish (ishni tugatish)ni nazarda to’tish kerak
bo‘ladi. Avariya holatlarining oldini olish maqsadida ularni hisoblab chiqish
muhim, shuningdek, ishning ko‘p variantlilik darajasini, ya'ni bir xil natijaga
turli yo‘llar bilan erishish imkoniyatlarini tekshirib ko‘rish kerak. Stsenariyda
ish jarayoniga tovush jo‘rligi kiritilgan bo‘lishi, masalan, ekranda matn musiqiy
yoki istalgan tovush jo‘rligida paydo bo‘lishi kerak. Bunda unisi ham, bunisi ham
ishga xalaqit bermasligi va toliqtirmasligini hisobga olish lozim. Agar dastur
imkoniyatlari yo‘l bersa, tovushni o‘chirib qo‘yishni ham nazarda to’tish mumkin.
Ikkinchi bosqich tahlili natijalaridan foydalangan holda kelgusi loyihaning
muayyan modelini tanlash kerak. Model tanlanganidan so‘ng ilovalar yoki bo‘g‘inlar
orasidagi bog‘lanishlarni ko‘rsatgan holda uning chizmasini chizish kerak.
IV bosqich. Axborotlarni taqdim etish shakli va dasturiy mahsulot-
larni tanlash.
Stsenariy ishlab chiqilib, model yaratilganidan so‘ng loyihani realizatsiya
qilish uchun dasturiy mahsulotni aniqlash kerak bo‘ladi. Bu bosqichda ikki xil
dasturiy mahsulotlar ta'minlangan bo‘lishi kerak:
- proyektni tashkil etuvchi: grafik ob'yektlar, audio- va videoyozuvlar,
matnlarni tayyorlash va materiallarni qayta ishlash uchun;
- multimedia mahsulotini yaratish uchun, ya'ni bevosita ish qurollari.
Dasturiy vositalar tanlab olingandan so‘ng axborotlarni taqdim etish
shakli va uni realizatsiya qilish instrumentlarini tanlash zarur. Agar sizning
loyihangizga Access ilovasida tayyorlangan ma'lumotlar bazasi kiritilgan bo‘lsa,
axborotlarni jadval yoki shakl ko‘rinishida berish mumkin. Instrumentlar
sifatida “Panel instrumentov” yoki shakl va tugmachalarni yaratish bo‘yicha
masterlar xizmat qilishi mumkin. PowerPointda axborotlar alohida slaydlar yoki
ob'yektlar (matnli yoki grafik) ko‘rinishida bo‘ladi. PowerPointda instrumentlar
sifatida animatsiyalar, rasm chizish yoki formatlash paneli ishlatiladi.
V bosqich. Ob'yektning kompyuter modelini sintez qilish.
Ko‘rib chiqilgan barcha imkoniyatlar tanlab olinganidan so‘ng loyihangizni
kompyuterda amalga oshirishga kirishish mumkin. Kompyuter modelini yaratishda
yana ikkita bosqichdan o‘tishga to‘g‘ri keladi.
1-bosqich. Ishlash uchun materiallarni tayyorlash.
Bu bosqichda siz tanlagan dasturiy mahsulotlar yordamida grafik, matnli,
audio, video materiallar tayyorlanadi. Grafik axborotlar bilan ishlashda shunga
ahamiyat beringki, siz tanlagan rasmlarning sifati qancha yuqori bo‘lsa, ular
vinchesterda va kompyuter xotirasida shunchalik katta joyni egallaydi va sizning
mahsulotingiz sekinroq ishlaydi. Videokliplarni yaratishda kadr o‘lchamlari va
axborotlarning siqilish darajasiga e'tibor qarating. Kadr o‘lchami ekran
kattaligida bo‘lgan videokliplarni yaratishda faylning hajmi bir necha yo’z
megabaytlarni tashkil qiladi. Kadr o‘lchamlari katta bo‘lganda va kam darajada
siqilganda klipni namoyish qilish tezligi keskin pasayadi. U yoki bu
parametrlarni tanlash kompyuteringizning imkoniyatlariga bog‘liq.
Materiallarni tayyorlash bo‘yicha ishlash tajriba orttirish orqali paydo
bo‘ladigan yuqori malakani talab etadi.
2-bosqich. Multimedia mahsulotini yaratish.
Bu bosqichda tayyorlangan materiallar va tanlangan dasturiy vositalar
yordamida multimedia loyihangizning kompyuter modeli yaratiladi. Keyingi
mavzu bu jarayonlarning to‘liq texnologiyasini ko‘rib chiqishga bag‘ishlanadi.
VI bosqich. Multimedia mahsuloti bilan ishlash.
Endi siz yaratgan multimedia mahsuloti bilan ishlash, ya'ni ko‘rish, izlash,
axborotlarni tanlab olish mumkin.
Raqamli multimedia va yangi axborot texnologiyalarini elektron interfaol
o‘quv qo‘llanmalari va taqdimotlarini yaratishda qo‘llash o‘quv jarayonida kuchli
yordamchi vosita hisoblanadi. O‘qitishning elektron vositalari arxitekturasi
o‘qitish uslublariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin.
Taqdimot yoki film xohishga ko‘ra – axborot uchun ma'lumotlar, bilim
berish, namoyish qilish vazifalarini bajarishi mumkin. Kompyuter
texnologiyalari real holatga o‘xshagan virtual modellarni yaratish imkonini
beradi.
Kompyuter grafikasi yangilikdan zaruratga aylandi, lekin multimedia
texnologiyalari turli Web-taqdimotlarni loyihalashtirishda alohida ahamiyatga
ega, ma'ro’zalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari shular jumlasidandir. Ular
loyihani yaratishda ijodiy yondashuvga e'tibor qaratishga yordam beradi.
O‘qituvchi yoki kursni loyihalashtiruvchi taqdimotlarni yaratishda turli
murakkablikdagi vizual materiallarni taklif etishi mumkin. Bundan tashqari,
yakuniy mahsulotga ta'sir etuvchi ishtirokchilarning aqliy rivojlanish darajasi,
psixologik barqarorligi va shu kabi omillarni e'tiborga olish zarur. Va nihoyat,
ehtimol, hal qiluvchi omil – vizual grafik animatsiyalar va interfaol ishlanmalar
ish jarayoniga ko‘lam va o‘ziga yarasha joziba beradi.
YUqorida ko‘rib o‘tilgan yondashuvlarni umumlashtirgan holda ta'kidlash
mumkinki, yuqori ilmiy-uslubiy saviyada elektron o‘quv nashrini yaratish o‘quv
uslublarini takomillashtirish yo‘llaridan biri hisoblanadi.
Elektron o‘quv nashrini loyihalashtirishning quyidagi asosiy
bosqichlarini ajratish mumkin:
- o‘quv materiallari mazmuni modelini to’zish;
- qo‘llanma uchun ssenariy ishlab chiqish;
- o‘quv paketi uchun ssenariylar va algoritmlar to’zish.
Shunday qilib, zamonaviy sharoitda elektron o‘quv nashrining axborot
ta'lim muhiti o‘qitish vositalarining majmui bo‘lishi mumkin. Uning vazifasi
esa muayyan hajmdagi yangi bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishdan iborat bo‘ladi.
5888 marta o`qildi.
![]() |
![]() |