linkedin facebook linkedin facebook nod32

Multimediani ta'limda qo‘llashning samaradorligi

Muallif: Mengliyev Sh.

Qo`shilgan sana: 2014-12-10

Multimediani ta'limda qo‘llashning samaradorligi

Hozirgi kunda o‘quv jarayonini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash uchun ishlab chiqilgan ko‘pgina kompyuter dasturlari mavjud.
Ulardan ba'zilari ta'lim jarayoniga doimiy ravishda tatbiq etilmoqda.
Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• avtomatlashtirilgan o‘quv tizimlari;
• ekspert o‘rgatish tizimlari;
• o‘quv ma'lumotlari bazasi;
• bilimlar bazasi;
• multimedia tizimlari;
• virtual voqyelik tizimlari;
• ta'lim kompyuter telekommunikatsiya tarmoqlari.
Avtomatlashgan o‘qitish tizimi (AO‘T) – ta'lim oluvchi bilan faol dialog tarzidagi ta'sirni tashkil etishga mo‘ljallangan dasturiy-texnik va o‘quv-uslubiy vositalar (dialogning didaktik va psixologik aspektlari) majmuasi. Dialog AO‘T va foydalanuvchi orasidagi o‘zaro ta'sirlashuv vositasi hisoblanadi. Ta'lim oluvchi tizimdan ish rejimini belgilab olib, materialning o‘rganish usulini tanlab, javoblarni tizimga kiritadi. AO‘T materiallarni o‘rganish usullarini va yo‘llarini tanlaydi va ta'lim oluvchining javoblarini talqin etib beradi, ta'lim jarayonining borish tartibini tanlaydi. O‘quv ma'lumotlar bazasi va bilimlar bazasi berilgan sinf o‘quv topshiriqlarini ma'lumotlar va tanlashni amalga oshirish, saralash uchun  multimedia to‘plami shakllantirishni taqozo etadi. Bilimlar bazasini fanning asosiy tushunchalari, topshiriqlar, ularning yechimi, mashqlar va usullar majmuasi, ta'lim oluvchi yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularning oldini olish uchun ma'lumotlar tashkil qiladi.Ekspert o‘rgatish tizimlari (EO‘T) ma'lum sohadagi bilimlarni o‘z ichiga
oladi. Multimediali vositalarni ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga joriy etish
quyidagi instrumental vositalarning keng taklifi yetishmasligi sababli qiyinlashmoqda:
• o‘quv jarayonini boshqarish qismi tizimi;
• o‘quv topshiriqlarini shakllantirish qismi tizimi;
• o‘quv masalalarni yechish vositasi;
• o‘quvchilarning xatolarini tashxis etish vositalari.
EO‘Tni loyihalashtirish va ishlab chiqish maxsus instrumental vositalar asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunday vositalarning amaliy foydasi quyidagilardan iborat:
• turli ta'lim sohalarida qo‘yilgan talab va chegaralarga javob beradigan EO‘Tni ishlab chiqish muddati va narxining qisqarishi;
• dasturlash sohasida kasbiy malakaga ega bo‘lmagan foydalanuvchi tomonidan
ham EO‘Tda o‘quv jarayonini boshqarish;
• ko‘p jihatli va formallashtirish qiyin bo‘lgan o‘quv jarayoni samaradorligini foydalanuvchi tomonidan qo‘yiladigan turli shartlarda tahlil qilish;
• tarmoq to’zilmaga ega bo‘lgan EO‘Tni yaratishda ishlab chiqish muddati va
qiymatini qisqartirish hamda kompyuter imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
Bilimlarning ikki turi farqlanadi: deklarativ bilimlar, ya'ni turli xil fakt, hodisa va qonuniyatlar haqidagi bilimlar va protsedurali bilimlar, masalalarni yechish ko‘nikmasi. Protsedurali bilimlar faol amaliy mashqlar orqali deklarativ bilimlar asosida shakllanadi. Shu bilimlarning mavjudligi malakali mutaxassis (ekspert)larni yangi o‘rganganlardan farqlaydi. Deklarativ bilimlarni o‘rgatishning kompyuter tizimlari anchadan beri qo‘llanib kelinmoqda, ularning sifati esa zamonaviy gipertekst va multimedia texnologiyalari hisobiga yuqori darajaga ko‘tarilgan. Ma'lum qiyinchiliklar ikkinchi turdagi bilimlarni o’zatish bilan bog‘liq, chunki buning uchun ekspertning protsedurali bilimlariga asoslangan va masala yechishni o‘rgatishga imkon beradigan muhit zarur. Bu kabi tizimlarni algebra va geometriyaning odatiy masalalarini yechish kabi formallashgan sohalar uchun yaratish muammo emas, bu holda ekspert matematik to‘g‘ri yechimga olib keladigan ideal strategiyani ko‘rsatishi mumkin.
Unchalik aniqlanmagan bilim sohalarida esa holat mutlaqo boshqacha.
Bu esa nafaqat an'anaviy ma'lumotlarga ishlov berish uslublariga asoslangan, balki bilimlar ombori – muammo sohasidagi ob'yektlar va ularning o‘zaro aloqasini ma'lum formallashtirish qoidasi (uslubi) yordamida aks etuvchi bilimlar birligini yaratish va undan foydalanish uslublariga asoslangan dasturiy tizimlar ishlab chiqish zaruratini yo’zaga keltirdi. Yangi axborot texnologiyali kompyuter tizimlari – qaror qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimlari (QQQQT) – foydalanuvchilarga to’zilmasi aniq bo‘lmagan sohalarda yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Ular yordamchi vazifani bajarib, foydalanuvchining qobiliyatlarini kengaytiradi, lekin yechim topish jarayonida sub'yektiv fikr hisobga olinishi talab etilganligi sababli to‘liq
formallashtirilishi va kompyuter orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan
hollarda foydalanuvchi fikri va qarori o‘rnini bosmaydi.
Qaror qilishni qo‘llab-quvvatlash multimediali tizimlaridan amaliyotda eng keng foydalaniladigan soha – bu boshqarish faoliyatining turli shakllari uchun rejalashtirish va tahmin qilish. QQQQT odatda ma'lumotlar bazasi, turli xildagi ma'lumotlarni qayta ishlash va taqdim etish vositalari, foydalanuvchi bilan muloqotni amalga oshirish vositalari va matematik dasturlash, statistik tahlil, o‘yinlar nazariyasi, qaror qabul qilish nazariyasi uslublari va modellari hamda tizimning moslashish imkoniyatlari va o‘zlashtirishni ta'minlaydigan evristik uslublar majmualarini o‘z ichiga oladi.
So‘nggi yigirma yil davomida ta'lim jarayoni uchun mo‘ljallangan ekspert
tizimlarini yaratish va foydalanish sohasida intellektual tizimlar bo‘yicha
mutaxassislar tomonidan faol tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bunday o‘quv
tizimlarining “ekspertligi” ularda ta'lim berish metodikasi bo‘yicha bilimlarning mavjudligidan iborat, bu o‘qituvchilarga ta'lim berish, o‘quvchilarga esa ta'lim olishga yordam beradi. Ammo hozirgi kunga qadar ishlab chiqilgan tizimlar aksariyat hollarda o‘quvchi bilan muloqotni tashkil etishda cheklangan uslublardan  foydalanadi, ish jarayoni ham aniq tushuntirilmaydi. Ekspert o‘quv tizimlarining paydo bo‘lishi o‘quv jarayonida multimediali vositalardan foydalanish sohasidagi mavjud yondashuvlarni qayta ko‘rishni talab etadi.
O‘quv ma'lumotlar bazalari va bilimlar omborlari – ma'lum sinf o‘quv
masalalari uchun multimediali vositalar to‘plamini tayyorlash va ularda mavjud
bo‘lgan ma'motlarni tanlash, saralash, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini
beradi. Bilimlar omborlarida fan sohasidagi asosiy tushunchalar tavsifi,
masalalarni yechish strategiyasi va taktikasi, mashqlar va misollar majmui, yo‘l
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatolar ro‘yxati va ularni bartaraf etish uchun ma'lumotlar keltiriladi. 

1366 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Ikromjon
Qo`shilgan sana: 2015-02-18

raxmat sizga ijodizga omad Javob: Hursandman

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений