linkedin facebook linkedin facebook nod32

Komp’yuter grafikasining asoslari va vujudga kelishi tarixi

Muallif: Mengliyev Shoydullo

Qo`shilgan sana: 2014-03-23

Axborotlarni grafik usulda qayta ishlash texnologiyalari.
Komp’yuter grafikasining asoslari va vujudga kelishi tarixi.

Komp’yuter - mavjud axborotni grafik shaklga o‘tkazishi mumkin, ular yordamida keyinchalik axborot taxlil kilinadi yoki bu axborotni boshkacha ko‘rinishda takdim etish mumkin. Bularning barchasiga komp’yuter grafikasi (inglizcha «sotruter grarhiss») tufayli erishish mumkin. «Komp’yuter grafikasi» tushunchasi informatikada juda keng talkin kilinadi. Xorijiy adabiyotlarda bu bilan bir katorda yana «mashina grafikasi» (inglizcha «tashipe grarhics») va «mikrokomp’yuter grafikasi» (inglizcha «ticrosotruter grarhics») atamalari xam ko‘llaniladi. V. Giloyning fikricha, «mashina grafikasi» atamasi xisoblash mashinasi tomonidan grafik ob’ektlarni generatsiyalash, takdim etish, ishlab chikish yoki baxolash, u bilan manipulyasiya kilish xamda grafik ob’ektlar va fayllarda bo‘lgan nografik ob’ektlar o‘rtasida alokalar o‘rnatilishini bildiradi. Mashina grafikasining dastlabki tizimlari birinchi rakamli komp’yuterlar bilan birga paydo bo‘lgan. Masalan, 50-yillarning boshida Massachusets texnologik institutining «Virlvind» komp’yuteri elektron-nurli trubkalar (ENT)da joylashgan, unga birlashtirilgan displeyga ega edi. Ammo 1963 yilni komp’yuter grafikasi asrining boshlanish yili deb xisoblash kabul kilingan, chunki o‘shanda jaxonga interaktiv mashina grafikasining asosiy tamoyillarini o‘z ichiga kamrab olgan «Skatglad» tizimi takdim etilgan. Grafika fakat shu xolda interaktiv deb nomlanadiki, agar tasvirga uni bevosita tiklash paytida o‘zgartirishlarni tezkor kiritish imkoni bo‘lsa. Amerikalik olimlar U. N’yumen va R. Sprullarning fikricha «interaktiv mashina grafikasi» xisoblash texnikasini ko‘llashning barcha soxalarini o‘z ichiga oladi, ulardan interaktiv grafik tizimlar, ya’ni tasvirlar yordamida ishlab turuvchi EXM bilan o‘zaro xamkorlik kilish imkoniyatini ta’minlovchi tizimlarni ishlab chikishda bevosita foydalaniladi. 70-yillarning boshlarida minikomp’yuterlarning kashf etilishi bilan komp’yuter grafikasidan amalda foydalanish sur’atlari keskin oshib ketdi. Kasbiy birlashmalar faol shakllana boshlandi. 1974 yilda Xisoblash texnikasi bo‘yicha assotsiatsiyaning mashina grafikasi bo‘yicha maxsus guruxi, 1979 yili mashina grafikasi bo‘yicha miliy assotsiatsiya, 1980 yilda Evrografika Assotsiatsiyasi va Mashina grafikasi bo‘yicha jaxon assotsiatsiyasi, 1981 yilda AKSHning Elektronika va radiotexnika bo‘yicha muxandislar institutining komp’yuter jamiyati «Mashina grafikasi va uni ko‘llash» jurnali ta’sis etildi. 1982 yilda MDX xududida birinchi marta akademik A. Samarskiy raxbarligida «Komp’yuter grafikasi» xalkaro jurnali nashr etila boshladi. Xozir komp’yuter grafikasining jaxon bozori goyatda jo‘shkin rivojlanmokda, kuyida keltiriladigan ma’lumotlar shundan darak beradi: 1. 1995 yilda Komp’yuter grafikasini dasturiy ta’minlashni (Softwareni) sotishdan tushgan daromadlar 77 mln. AKSH dollarini tashkil kilgan, bundan IVM RS platformasi — 50%ga yakin, AMIGA — 15%, Masintosh — 35% ni tashkil kilgan. 2. 1995 yilda komp’yuter grafikasining texnik ta’minlanishi (hardware)ni sotishdan tushgan daromad 44 mln. AKSH dollaridan ko‘prokni tashkil kilgan, bundan SHK platformasi — 45%dan ko‘prokni, ishchi stansiyalar — 35% ni va xost EXM — 25%ni o‘z ichiga oladi. Iktisodiy muammolarni xal kilishda komp’yuter grafikasi vositalaridan keng foydalanishga, eng avvalo kuyidagi xollar to‘skinlik kiladi: • xisoblashlarning yukori kiymati: mashina grafikasining interaktivga qayta o‘zgartirish xisoblashga va xotira xajmiga nisbatan so‘rovlar jixatidan oddiy bo‘lmagan talablarni ko‘yadi; • tasvirlarni generatsiyalash uchun dasturiy ta’minlanish avval ko‘zda tutilganiga karaganda chalkash bo‘ladi; • tizimli va amaliy ta’minlanishning murakkabligi yakkol to‘gri baxolanmagan; • foydalanuvchi ushbu tizimni interaktiv deb xisoblashi uchun etarlicha kiska vakt ichida suratlar izchilligini generatsiyalashi mumkin emasligi. Bu kiyinchiliklarni bartaraf etishdagi katta tarakkiyot fakat mashina grafikasi sanoati o‘sishi bilan kuzatila boshlandi. SHu vakgdan boshlab dasturiy-texnik vositalar shunday ildamlik bilan rivojlana boshladiki, xatto shu soxadagi yukori malakali mutaxassislar xam endi axborotlarning butun to‘likligiga ega emas. Grafik interfeysni amalga oshiruvchi ADPning goyatda ommaviyligi eng avvalo shu bilan asoslanadi-ki, tasvir kommunikatsiya vositasi sifatida inson uchun tabiiylirok, buning ustiga u SHKda ishlashda etarlicha aniklikni ta’minlaydi. Xar kanday asbob o‘z o‘zlashtirilishi jarayonida, koidaga ko‘ra, kam xarakatni talab kiladi. Komp’yuter grafikasi dasturiy ta’minlanishini ishlab chikuvchilarning ko‘pi buni xis kiladi. Mana shu bois xozirda bozorda foydalanuvchiga aloxida muammolarsiz komp’yuter grafikasi vositalari bilan ishlashni bilishda ko‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan ko‘pgina dasturlar mavjud. Xozirda komp’yuter grafikasi iktisodiy taxlil soxasiga, reklama faoliyati va konstruksiyalarni modellashtirishga kirib bo‘lgan, u dam olishni kizikarli kiladi va ishlab chikarishda juda keraklidir. Bu vositalar rivojlanishiga, eng avvalo, SHKlarning paydo bo‘lishi va inson faoliyatining turli soxalariga keng tatbik etilishi yordam bergan. Ko‘llanish soxalarining kengayishi SHKlardan foydalanuvchilar sonining keskin ko‘payishi xam «kiymat-unumdorlik» nisbatining keskin o‘zgarishi, xam komp’yuterlarning foydalanish imkoniyatlari rivojlanishi okibatida ro‘y berdi. SHKlarning marketing faoliyatiga tadbik etilishi foydalanuvchilarning keng davrasi uchun ko‘z orkali tasavvur kilishning samarali vositalariga kirishni ochib berdi, uning axborotlarida yakin vaktlarga kadar fakat super EXM bilan ishlashda foydalanildi. YAngi dasturiy maxsulotlar grafik vositalardan keng foydalanishga (ma’lumotlarni displey ekraniga diagrammalar va grafiklar ko‘rinishida takdim) etishga imkon beradi, bunda interfeysning foydalanuvchi va SHK o‘rtasidagi mulokot vositasining yukori sifatiga erishiladi, bu ushbu xamkorlikni kulaylashtiradi.

2292 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: shaxnoz
Qo`shilgan sana: 2014-12-15

raxmat shoydullo:admin javob hursandman

Foydalanuvchi ismi: togayev jo`rabek
Qo`shilgan sana: 2016-03-19

Corel Drav haqida. maluumot bering

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений