linkedin facebook linkedin facebook nod32

Excelda raqamli va matnli ifodalarni kiritish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-11-24

Excelda raqamli va matnli ifodalarni kiritish

Raqamli ifodani kiritish uchun katak ajrating va klaviaturadan raqamni kiriting. Raqamlarning kiritilishiga qarab ular formulalar qatoriga va faol katakka chiqariladi. Raqamli ifodalar faqat 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar va maxsus belgilar: +, -, (), %, ,, /, dan iborat bo‘ladi. Agar son + yoki – belgisi bilan kiritilayotgan bo‘lsa, EXCEL +(plyus)ni tushurib qoldiradi va – (minus)ni saqlab qoladi. E belgisi eksponensial tasavvur (taqdim etish) da ishlatiladi. Masalan 1Е6 ifodasi 1000000 sonini bildiradi. () ga kiritilgan raqamli ifodalarni EXCEL маnfiy sonlar sifatida talqin qiladi (ishlatadi). Masalan (100) = -100, kiritishda belgilarni o‘nlik belgilar sifatida ishlatish mumkin. Bundan tashqari razryadlar guruhlarning bo‘luvchisi sifatida bo‘sh joyni kiritishga yo‘l qo‘yiladi, masalan, 1 936 838 kabi. Agar sonlarni kiritish $ belgisidan boshlansa, EXCEL katakka pul bichimini qo‘llaydi. Masalan, $ 123456 kiritilayotganda EXCEL katakda $ 123456 ni, formulalar qatorida esa 123456 ni chiqaradi. Agar  sonni kiritishda % belgii bilan tugallansa, EXCEL katakka foiz bichimini qo‘llaydi. Agar ifodani kiritish vaqtida /belgii ishlatilsa, unda EXCEL kiritilgan ifodani kasr belgisi sifatida talqin qiladi, masalan, agar 11 5/8 kiritilsa, unda EXCEL formulalar qatoriga 11,625 va katakka 11 5/8 ni chiqaradi.
Matnni kiritish raqamli ifodalarni kiritishga o‘xshash usulda amalga oshiriladi. Agar bitta katakka sig‘ishi mumkin bo‘lgan matn kiritilayotgan bo‘lsa, EXCEL matnni qo‘shni kataklarni berkitib chiqaradi, ammo bunda matn bitta katakda saqlanadi. Matn boshqa to‘ldirilgan katakning yonidagi katakka kiritilayotganida, yopiladigan  matn ekranda qirqiladi, ammo katakda butunligicha qoladi va bu matnni butunicha formulalar qatorida ko‘rish mumkin. Uzun matnni katakka boshqa qatorlarga o‘tkazib kiritish mumkin. Matnni boshqa kataklarga qo‘ymasdan quyidagi harkatlarni bajarish zarur.
· Format menyusidan kataklar buyrug‘ini tanlang.
· paydo bo‘lgan darchadagi tekislash ilovasida so‘zlar bo‘yicha ko‘chirilsin bayroqchasini o‘rnatish va OK tugmachasini bosish kerak.
Raqamli matn, matn va raqamlardan yoki sonlarning o‘zidan iborat bo‘lishi mumkin. Agar kiritilayotgan ifoda matn va raqamlardan iborat bo‘lsa, u matn sifatida talqin qilinadi va odatdagidek kiritiladi. Agarda matn butunlay raqamlardan tashkil topgan bo‘lsa, unda uni apostrof belgisi ichiga olish kerak.

2664 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений