linkedin facebook linkedin facebook nod32

Excelda kataklarni ajratish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-11-24

Excelda kataklarni ajratish

Bitta katakni ajratish uchun ko‘rsatkichni unga o‘rnating va sichqonchaning chap tugmasini bosing. Katak atrofida ushbu katak faol ekanligini ko‘rsatuvchi ramka paydo bo‘ladi, nomlar maydoniga esa uning manzili chiqariladi.

Qatorning yoki ustunning bir-biridan keyin keluvchi bir nechta katagini ajratish uchun sichqonchaning chap tugmachasini bosgan holda bu kataklarning ustidan o‘tkazish kerak.

Jadvalning turli qismlarida joylashgan bir nechta katakni ajratish uchun sichqoncha bilan ularning bittasini tanlash, keyin Ctrl tugmachasini bosish va uni qo‘yib yubormasdan ajratilishi kerak bo‘lgan boshqa kataklarni chertish kerak.

Ustun yoki qatorni butunligicha ajratish uchun ustun yoki qatorning sarlavhasini cherting.

Kataklarning to‘g‘ri burchakli diapazonini ajratish uchun bu diapazonning burchak kataklaridan birini tanlash, Shift tugmachasini bosish va uni qo‘yib yubormay turib diapazonning dioganal katagini sichqoncha bilan chertish kerak.

Sichqoncha yordamida bir guruh diapazonni ajratish uchun Ctrl tugmachasi ishlatiladi.

Ma‘lumotlarni jadval kataklariga kiritish

Elektron jadvalning kataklari turli xil axborotlar: konstantalar va formulalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Ma‘lumotlar kiritilayotganda EXCEL ularning tiplarini avtomatik ravishda bilib oladi. Ma‘lumotlarni kiritish faol katakda, yoki formula qatorida boshqariladi.
Konstantalar uchta asosiy toifaga: raqamli ifodalar, matnli ifodalar hamda sana va vaqt ifodalariga bo‘linadi.

2313 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений