Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 196
Bugun: 21.1.2021
Soat: 7:41
Tenglamalar sistemalari
Muallif: Bobaxo`jaeva N.M.
Qo`shilgan sana: 2014-11-19
Tenglamalar sistemalari
Tenglamalar sistemalari uchun Latexda eqnarray (nomerlangan tenglamalar uchun) va eqnarray* (nomerlanmagan tenglamalar uchun) doiralari ko`zda tutilgan. Bunda alohida satrlarda chiqariluvchi tenglamalar bir-biridan \\ belgisi bilan ajratiladi. Bitta satrga joylashtiriluvchi ifoda ampersatrlar (&) bilan ajratilgan uch qismdan iborat bo`lishi kerak. Xar bir qism o`z ustuniga joylashtiriladi. Chap ustunda formulalar o`ng tomonga suriladi, o`rtadagilar markazlashtiriladi, o`ng ustundagilar chap tomonga surilib, joylashadi. Boshqa aytganda, ampersatr (&) belgilari turli satr tenglamalarini vertikal bo`yicha tekislash nuqtalarini belgilab beradi. Eqnarray doirasidagi har bir satr o`z tartib raqamini oladi. Ixtiyoriy satrdagi tartib raqamini bekor qilish \nonumber buyrug`i bilan bajariladi.
Masalan:
Equation va eqnarray doiralari umumiy equation hisobchisidan foydalanadi. Ushbu hisobchining qiymatini formulaning tartib raqami sifatida bosmaga chiqariladi. SHunday qilib, xujjatdagi barcha nomerlangan tenglamalar umumiy tartibga ega bo`ladi. Tenglamalar sistemalarini vertikaliga tekislamasdan bosmaga chiqarish uchun amsmath paketi gather doirasini kiritgan. Nomerlanmagan tenglamalar uchun gather* doirasi ishlatiladi.
Barcha satrlar markazlashtiriladi.
Masalan,
Vertikaliga tekislab chiqariluvchi tenglamalar sistemasi uchun amsmath paketi align, alignat va flalign doiralarini hamda align*, alignat* va flalign* doiralarini nomerlanmagan tenglamalar uchun ko`zda tutadi. Satrni ko`cherish nuqtalari \\ buyrug`i bilan belgilanadi. Turli satrlardagi tenglamalarni tekislash nuqtalari ampersatr (&)lar bilan beriladi. Eqnarray doirasidan faqat ravishda tenglamalar uch qismga bo`linmaydi.
Ams Latex doiralarida tekislash nuqtalarida kerakli tarzda bo`sh joyar qoldiriladi. Bundan tashqari har bir satrda ustunlar hosil qilib, bir necha tenglamalarni joylashtirish mumkin.
Quyidagi misollar align va align*, alignat va alignat*, flalign va flalign* doiralarining ishlatish namoish etilgan:
2597 marta o`qildi.
![]() |
![]() |