linkedin facebook linkedin facebook nod32

Bir satrli tenglamalar

Muallif: Bobaxo`jaeva N.M.

Qo`shilgan sana: 2014-11-19

Bir satrli tenglamalar

Tartib raqamiga ega bo`lmagan va alohida satrda chiqarilishi kerak bo`lgan formulalar \[ va \ ] buyruqlari orasida yoki displaymayh joylashtiriladi.
Masalan,
Uchburchakning a va b katetlari gipotenuza c bilan quyidagicha bog`langan: c2=a2+b2
Texda
Uchburchakning $a$ va $b$ katetlari  gipotenuza $c$ bilan quyidagicha bog`langan: \[c^2=a^2+b^2\].
Formuladan keyin keladigan tinish belgilari formula ichida berilishi kerak, aks holda ular yangi satr boshida chiqariladi.
Agar satrdagi matematik ifoda bir necha formuladan iborat bo’lsa, ular orasida oraliqlar \qquad buyrug`i bilan belgilanadi:
Masalan:
Fn=Fn-1+Fn-2 , n>2   

Texda  
\F_n=F_{n-1}+F{n-2}, \qquad n\ge2.\

Matematik matnlarda formulalarga yana murojaat etishni osonlashtirish uchun ular odatdanomerlanadi. Latex da formulalar nomerlari va ularga murojaatlar avtomatik yaratilishi mumkin. Buning uchun equation buyrug`idan foydalinadi.
Masalan,   
Uchburchakning a va b katetlari gipotenuza c bilan quyidagicha bog`langan: c2=a2+b2
Texda
Uchburchakning $a$ va $b$ katetlari  gipotenuza $c$ bilan quyidagicha bog`langan:
\begin{equation}
c^2=a^2+b^2.
\end{equation}

Formuladagi tartib raqamiga matnda murojaat etish uchun ixtiyoriy joyda \begin{equation} va \end{equation} orasida \label buyrug`i kiritilib ketiladi. Ushbu buyruqning argumenti sifatida formulaning “nomi” keladi. SHundan so`ng \ref buyrug`i ushbu formulaning tartib raqamini chiqaradi. Quyidagi misolni qaraylik: ex=1+x   (2)
(2) tenglama faqat juda kichik x lar uchun o`rinli.

\begin{equation}\label{eq:exp}
e^x=1+x
\end{equation}


(ref{eq:exp})
tenglama faqat juda kichik $x$ lar uchun o`rinli.
Bunda \ref buyrug`i tomonidan yaratilgan formula tartib raqami olingan qavslar avtomatik ravishda qo`yilmaydi. Amsmath paketida \eqref buyrug`i mavjud bo`lib, uning yordamida qavslar avtomatik ravishda chiqariladi. SHunday qilib \eqref{eq:exp} buyrug`i (2) chiqarib beradi.
Odatda xujjatlardagi formula tartib raqami formuladan o`ngdan chiqariladi. Ammo, \documentclass buyrug`ida loqno opsiyasi kiritilsa:
\documentclass[leqno]{article}
Formula tartib raqamlari formulada chapda joylashtiriladi. Reqno opsiyasi esa ushbu qoidani bekor qiladi.
Xujjat sinfiga bog`liq ravishda raqamlar o`sib borish tartibida (article sinfi) yoki xar bir bobda boshidan boshlab (book sinfi) chiqarilishi mumkin.
Formulaning tartib raqamlari equation hisobchisida saqlanadi. Hisobchilar bilan ishlash buyruqlari yordamida tartib raqamlarining formati va ketma-ketligini mustaqil o`zgartirish mumkin. Tartib raqamlarini o`zgartirishning variantlaridan birini amsmath paketi quyidagicha taklif qiladi:
\numberwithin{equation}{section}
Ushbu buyruq tenglamalarning turli seksiyalarda bir-biridan mustaqil nomerlanishini ta’minlaydi. Section so`zi o`rniga boshqa hisobchilarni ham kiritish mumkin.
Amsmath paketi equation bilan birgalikda equation*, doirasini kiritib, uning yordamida formula raqamga ega bo`lmaydi. YUlduzchani kiritib o`chirib, u yoki bu formulani nomerlashdan chiqarib tashlash mumkin.
Xujjatning standart sinflarida formulalar satr o`rtasida joylashtiriladi. Agar \documentclass buyrug`ini fleqn opsiyasi kiritilsa,
\ documentclass[fleqn]{article}

Formulalar sahifaning chap tomoni bo`yicha tekislab chiqariladi. Fleqn opsiyasi faol bo`lganda sahifaning chap yonidan matngacha bo`lgan masofa \mathindent parametric bilan aniqlanadi. Standart holda ushbu masofa 2,5 sm ga teng.

744 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: dilshod 203-guruh
Qo`shilgan sana: 2015-04-29

qoniqarli

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений