Ma`lumotlar : 1091
Xabarlar soni: 196
Bugun: 21.1.2021
Soat: 6:48
Matndagi uzun satrlardan qutilish
Muallif: Bobaxo`jaeva N.M.
Qo`shilgan sana: 2014-11-18
Matndagi uzun satrlardan qutilish
Bo`linmaydigan formula yoki matn qismi varaq saxasidan chiqib ketadigan holatlarga e’tiborimizni qaratamiz. Bunday halatda birinchidan, abzasni formula bitta satrga sig`adigan qilib qayta yozish mumkin. Agar buning iloji bo`lsa, TEX dagi simvollararo oraliq parameterini o`zgartirish mumkin. Ushbu parameter \tolerance deb atalib, uning qiymati odatda 200 ga teng. Ushbu parameter qiymatini butun hujjat uchun birdaniga o`zgartirish yoki uzun satrga ega bo`lgan abzas guruxi ichida o`zgartirish mumkin.
Masalan,
\tolerance=500
Bundan tashqari, uzun satrlardan qutilish imkoniyatini \sloppy deklaratsiyasi ham beradi. Ushbu deklaratsiya \tolerance parameteriga maksimal 10000 ga teng bo`lgan qiymatni o`zlashtiradi. Uning faolligini \fussy deklaratsiyasi bilan to`xtatish mumkin. Ushbu deklaratsiyalar ham alohida matn uchun ishlatilishi mumkin. Deklaratsiya o`rniga slopypar buyruq qavslaridan foydalanish mumkin.
2108 marta o`qildi.
![]() |
![]() |