linkedin facebook linkedin facebook nod32

Vaqt diagrammasi

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-11-17

Vaqt diagrammasi


Ish oblastini yuqori qismida vaqt diagrammasi (Timeline) paneli joylashgan. Ish stoli kabi vaqt diagrammasi ham fil’mning konkret bir saxnasiga tegishli bo‘ladi. Vaqt diagrammasi saxnadagi qavatlar joylashuv tartibi, ob’ektlar xolatini o‘zgarish ketma-ketligi, va boshqa amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Vaqt diagrammasi animatsiyani yaratishda va fil’mni interaktiv elementlarini xolatini tavsiflashda asosiy instrumentdir.
Vaqt diagrammasi paneli juda murakkab strukturaga ega va juda ko‘p boshqaruv elementlarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, vaqt diagrammasiin tashqi ko‘rinishi urnatilgan parametrlarga karab juda keng diapazonda o‘zgarishi mumkin. SHunday bo‘lsa ham, vaqt diagrammasidan foydalanish bilimlari Flash bilan ishlash samarasini oshiradi
Bu bo‘limda biz vaqt diagrammasi paneliin faqat asosiy komponentlarini ko‘rib o‘tamiz
Keyingi bulimlarda diagramma bilan bog‘liq savollar aniklashtiriladi va konkretlashtiriladi.
SHunday qilib, umumiy xolda vaqt diagrammasi panelida quyidagi elementlar namoyon bo‘lishi mumkin (1 rasm)::

  • fil’mni ayni vatdagi saxnasining qavatlarini ta’rifi; bu ta’rif o‘ziga xos bir nechta ustunchalardan iborat jadval ko‘rinishida bo‘ladi, bu ustunchalarda qavatlar nomi va ularni atributlari kursatiladi; vaqt diagrammasini bu qismi «Animatsiyalar yaratish» bo‘limda ko‘rib o‘tiladi.
  • kadrlar shkalasidan iborat vaqt diagrammasi, «O‘qish kallagi» va saxnani xar bir qavati uchun vaqt diagrammasi;
  • vaqt diagrammasida kadrlar namoyish etish formatini tanlash menyusi;
  • vaqt diagrammasi oynasini xolat satri (stroka sostoyaniya), bu satrda fil’mni bir necha parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumot va ish stolidagi animatsiya kadrlarini boshqarish knopkalari bo‘ladi.

1. rasm

Vaqt diagrammasini elementlarini ko‘rib chikamiz:
Kadrlar shkalasidan boshlaymiz. SHkala saxnaning barcha qavatalari uchun umumiydir. Kadrlar shkalasida kadrlar numeratsiyasi usish tartibida ko‘rsatilgan. Numeratsiya kadami 5 ga teng (u kadrlarning barcha formatlarida o‘zgarmasdir).
O‘qish kallagi (Play head) o‘ziga xos indikatordir, u animatsiyani joriy (aktiv) kadrini ko‘rsatib turadi. Navbatdagi kadrni yaratilganda va fil’mni namoyish etishda O‘qish kallagi vaqt diagrammasi buylab avtomatik ravishda suriladi. Sichqoncha yordamida O‘qish kallagini faqat fil’m yaratilshgandan so‘ng surish mumkin. Sijitish ikki tomonga ham surish mumkin, shu bilan birga animatsiyalashgan ob’ektlar xolati ham o‘zgaradi.
Alohida kavatni vaqt diagramasi kadrlar ketma- ketliigini grafik tasviri Ko‘rinishda bo‘ladi. Vaqt diagrammasida kadrlar tasviridan juda ko‘p ma’lumot olish mumkin. Masalan, kadrlar tasviridan kaysi kavatga animatsiyani kay usuli kulanilaganligini bilish mumkin. Kuyida kavatning(anikrogi, unda joylashgan ob’ektlarning) vaqt diagramasini turli formatlari qisqa xarakteristikasi keltirilgan.
Vaqt diagrammasida kadrlar tasvirlash formatlari
Vaqt diagrammasi tasviri
Izoxlar
Kuchish tweened-animatsiyasi uchun asosiy kadrlar (klyucheve kadr) strelkali chizik bilan birlashtirilgan qora nuqtalar bilan belgilanadi, nuqtalar orasidagi masofa och-kuk fonda bo‘ladi (strelkali chizik barcha oralik kadrlarni almashtiradi).
Transformatsiya tweened-animatsiyasi uchun asosiy kadrlar strelkali chizik bilan birlashtirilgan qora nuqtalar bilan belgilanadi, nuqtalar orasidagi masofa och-zangor fonda bo‘ladi (strelkali chizik barcha oralik kadrlarni almashtiradi). Punktirli chizik oxirgi (yakunlovchi) kadr yukligini bildiradi. Qora nukta va undan keyin kulrang kadrlar ketma-ketligi bo‘lgan yakka asosiy kadr ushbu asosiy kadrni o‘zgarmsiligini bildiradi va bu xolda yakunlovchi kadr bo‘sh turtburchak bilan belgilanadi.
Kichik «a» xarfi bu kadrga Actions (Deystviya) paneli yordamida biror- bir amal berilganligini bildiradi. Kizil bayrokcha bu kadr belgi (metka) yoki izox berilganligini bildiradi. Qora nuqtalar bilan tasvirlangan Asosiy kadrlarning o‘zilmas ketma-ketligi kadrma-kadr animatsiyani bildiradi.
Sarik belgicha bu kadr fil’m kadrlari urtasida navigatsiya qilish uchun ishlatiladigan nomlangan belgini o‘z ichiga olishini bildiradi, agar diagrammada joy etarli bo‘lsa u xolda sarik belgicha yonida uning nomi kurinib turadi.

Vaqt diagrammasini ko‘rinishi kadrlarni tanlangan formatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu formatlarni tanlash Frame View menyusi yordamida amalga oshiriladi. Bu menyu buyruqlari vaqt diagrammasining barcha kator (kavat) lariga taaluklidir. Menyu punktlari turtta guruxga bo`lingan (2 rasm)

2. Rasm

Birinchi guruxdagi buyruqlar kadr yacheykasi razmerini gorizontal yunalishda urnatilishini bildiradi, quyidagi variantlar mavjud:

  • Tiny (Juda mayda);
  • Small (Mayda);
  • Normal(Oddiy);
  • Medium (O‘rta);
  • Large (Yirik).

Large formatini tovush parametrlarini ko‘rish uchun ishlatish maqsadga muvofik. Ikkinchi guruxga yagona buyruq kiradi- Short (Kiska). Bu buyruq kadr yacheykasi razmerini vertikal yunalish buyicha kichiklashtirishni bildiradi. Bunday o‘zgarish vaqt diagrammasining chap qismi formatiga taysi qiladi (bu qismda kaatlar ta’rifi joylashgan).

Uchinchi guruxga ham yagona buyruq kiritilgan- Tinted Frames (Buyalgan kadrlar). Ushbu punkt tanlanganda animatsiyani turli xillari uchun kadrlarning rangli indikatsiyasi ishlatiladi.

3. Rasm

So‘nggi, turtinchi gurux ikki buyruqdan iborat:

  • Preview (Avvaldan ko‘rish-Predvaritel’nыy prosmotr)-bu buyruq kullanilganda vaqt diagrammasida animatsiyani asosiy kadrlarni kichik ko‘rinishiin namoyon bo‘ladi.
  • Preview In Context (Predvaritel’nыy prosmotr v kontekste)- bu buyruqni agar xar bir asosiy kadrda ikki va undan ortik ob’ektlar o‘zgarib tursa ishlatilishi maqsadga muvofik, negaki bu buyruq vaqt diagrammasida kadr yacheykasiga saxnani barcha joyini topshiriladi, leknn bu xolda kadr tasviri Preview buyrugi ishlatilgandagindan ham kichikroq bo‘ladi.

819 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Malohat
Qo`shilgan sana: 2015-04-10

yaxshi

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama

testing

masalalar.zn.uz/

Turli xil mavzuda, internet mavzular, faqat masalalar.zn.uz saytda.


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений