linkedin facebook linkedin facebook nod32

Montaj stoli

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-11-17

Montaj stoli


Ish oblastini markaziy qismida montaj stoli (Stage) joylashgan, uni keyinchalik qisqa bo‘lishi uchun faqat «stol» deb ataymiz. Stol razmeri va uning rangi fil’mni namoyish vaqtidagi «ekran» razmeri va rangiga tugri keladi. YUqorida aytib o‘tilganidek fil’m namoyish vaqtida «ekran»da stol xududida joylashgan ob’ektlargina ko‘rinadi.Bir vaqtda stolda faqat bir saxna joylashishi mumkin. SHu bilan birga stolni o‘zi ham ma’lum fil’mga tegishlidir.Siz biror-bir fil’mni (ya’ni, .fla kengaytmasiga ega bo‘lgan faylni) taxrirlash uchun ochsangiz yoki yangi fayl yaratayotgan bo‘lsangiz, Flash oynasida ish stoli va u bilan bog‘liq vaqt diagrammasi paydo bo‘ladi. Agar taxrirlanadigan fayl bo‘lmasa, stol ham ko‘rinmaydi. Va aksincha, agar siz ketma- ketlikda bir necha fayllarni ochsangiz, asosiy oyna chegarasida ochilgan fayllar soniga mos ish stollari va ular bilan bog‘liq interfeys elementlari joylashtiriladi
Bu Flash ko‘pxujjatli interfeys-MDI (Multi Document Interface) texnolgiyasidan foydalanishda izoxlanadi. Bunday ish modeli bir asosiy oyna ichida bir nechta fayllar- qo‘shimcha oynalar taxrirlash uchun ochish imkoni borligini bildiradi. Masalan, 1 rasmda Flashni asosiy oynasida ikkita fayl ochilgan, ya’ni ikki xar xil fil’mlar ochilgandagi vaziyat ko‘rsatilgan. SHunga e’tibor bering-ki, fil’mlar oynalari kichiklashtirilganda, ba’zi knopkalar konkret fil’mga tegishli bo‘lib kolganday instrumentlar paneli esa umumiy qolgandek ko‘rinadi.

1. Rasm ikkita film uchun

MDI bir qancha qulayliklarni yaratadi, ulardan biri- bir fil’mdan boshqasiga sichqoncha yordamida (ya’ni drag-and-drop-«olib o`t va qoldir» texnikasini kullash) elementlarni ko‘chirib o‘tishdir. Ob’ektni boshqa bir fil’mga ko‘chirib o‘tilganda yoki nusxasi olinganda, bu ob’ektni barcha xususiyatlari saqlanib qoladi. Masalan knopka ko‘chirilganda u bilan bog‘liq amallar ham saqlanadi.

Maslaxat
Ob’ektni bir fil’mdan ikkinchisiga ko‘chirib o‘tish uchun sichqoncha ko`rsatkichini ob’ekt ustiga belgi qo`yish etarli. Sichqoncha tugmasini bosib, qo`yib yubormasdan ob’ektni boshqa oynadagi kerakli joyga ko‘chirib olib o‘ting. Ob’ektni boshqa fil’mga nusxasini olish uchun YUqoridaga amallarni <Ctrl> tugmachasini bosilgan xolda amalga oshiriladi

1121 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений