linkedin facebook linkedin facebook nod32

Animatsiya

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-11-17

Animatsiya


Flash dagi animatsiya «mul’tik»da ishlatiladigan ob’ektlarni xossalarini o‘zgartirishga asoslangan. Masalan, ob’ektlar yukolishi yoki paydo bo‘lishi, joylashuvini, ko‘rinishini, rangi va boshk. o‘zgartirishi mumkin. Flash da ob’ektlarni animatsiyalashni uchta turli mexanizmi ko‘zda to‘tilgan:

  • kadrma-kadrli («klassik») animatsiya, bu usulda muallif bulgusi «mul’tik»ni xar bir kadrini o‘zi yaratadi yoki boshqa joydan import qiladi va namoyish ketma-ketligini o‘zi urnatadi:
  • avtomatik animatsiya (tweened-animatsiya), bu usulda muallif mul’tiplikatsiya kadrlarini faqat birinchi va oxirgisini yaratadi, oralik kadrlarni esa Flash avtomatik tarzda o‘zi yaratadi; tweened-animatsiyani ikki xil turi mavjud: ob’ektni ko‘chirishga asoslangan animatsiya (motion animation) va ob’ektni transformatsiya (ko‘rinishini o‘zgartirish)siga asoslangan animatsiya (shape animation);
  • ssenariyga asoslangan animatsiya; ssenariy- Flash ning dasturlash tilida (bu til ActionScript deb nomlanadi) ob’ektni xatti- xarakatini berilishidir. Bu tilni sintaksisi Web-xujjatlarda ishlatiladigan boshqa ssenariy tillariga(masalan, JavaScript va VBScript) uxshab ketadi.

Ushbu mexanizmlarning xar biri o‘zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Masalan tweened-animatsiya ikki afzallikga ega:

  • birinchidan, muallif xar bir kadrni alohida yaratish zaruratidan kutulgan;
  • ikkinchidan, bunday «mul’tik»ni namoyish etish uchun Flash ga faqat birinchi va so‘nggi kadrni saklash kifoya, bu esa o‘z navbatida bunday fil’mni xajmini kam bo‘lishini ta’minlaydi.

SHu bilan birga, tweened-animatsiyani faqat ob’ekt xossalari bir tekisda o‘zgaradigan sodda syujetlar yaratish uchun ishlatsa bo‘ladi
ActionScript ssenariylarda ob’ektni juda ham murakkab bo‘lgan xatti- xarakatini ifodalash mumkin. Lekin buning uchun ActionScript tilini o‘rganish kerak bo‘ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, «mul’tik»ingizni yaratishga kirishishdan oldin, kaysi bir mexanizmni ishlatishingizni aniklab olishingiz lozim bo‘ladi.

Interaktivlik

Flash, fil’mlarni namoyishi vaqtida saytga kirgan foydalanuvchi klaviatura yoki sichqonchani ishlatib fil’mni turli fragmentlariga o‘tishi, ob’ektlarni ko‘chirishi, formaga ma’lumot kiritishi va boshqa ko‘pgina operatsiyalarni bajarishi mumkin bo‘lgan interaktiv fil’mlarni yaratish imkonini beradi. Flash-fil’mlarni interaktivligi ActionScript tilidagi buyruklar (instruksiyalar) ketma-ketligi ko‘rinishidagi amallarni berish yuli bilan amalga oshiriladi. Amal u bilan bog‘liq bo‘lgan xodisa yuz berganda bajariladi. Bunday xodisalardan masalan, fil’mni biror-bir kadriga o‘tish yoki foydalanuvchi tomoindan saxifadagi tugmayachani bosishi bo‘lishi mumkin. Tugmachalar (masalan, alohida boshqaruv paneli ko‘rinishida birlashtirilgan),fil’m fragment-lari yoki alohida kadrlari inte-raktiv bo‘lishi mumkin. SHu bilan birga ko‘pgina standart amallar fil’mni biror- bir elementiga ActionScript da dasturlashdan foydalanmay berilishi mumkin. Standart amallarga masalan, fil’mni namoyishini boshlash va to‘xtatish, ovozni yoqish yoki o‘chirish, belgilangan URL ga o‘tish va boshq. Hammasi bo‘lib standart amallarni unga yaqin turi mavjud. Agar zarurat tug‘ilsa juda ham murakab ssenariylar ham to‘zilishi mumkin. Masalan avval u yoki bu xolat yuz berishi so‘ngra kerakli amal bajarilishga o‘tish. Lekin bunday ssenariylarni yaratish dasturlashdagi bilimlar kerak bo‘ladi.

3877 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений