linkedin facebook linkedin facebook nod32

GRAFIKA

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-11-17

GRAFIKA


Xozirgi vaqtda Web-saxifalarni yaratishda oldingi urinlardan birini rastrli grafika egallaydi. Rastrli formatlardan GIF (Graphics Interchange Format, ma’lumotlar almashuvi uchun grafik format), JPEG (Join Photographic Experts Group –Tasvirlar buyicha mutaxassislarni birlashgan guruxi) va PNG (Portable Network Graphics- kuchirma grafik format) va boshqa formatlarni keltirish mumkin.
Rastrli grafikani ishlatishda tasvir nuqtalar majmuasi (piksellar — pixel) dan iborat bo‘ladi. Bu nuqtalar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmaganligi uchun ushbu nuqtalarni xar biriga rangini va koordinatasini berilishi kerak. Oddiy xolda, agar ikki xil rangli tasvir ishlatilsa (masalan oq-qora), u xolda xar bir pikselni ta’riflash uchun bitta ikkili razryad (0- qora, 1- oq) etarli bo‘ladi. 256-rangli rasm uchun xar bir pikselga bunday razryadlardan 8 ta kerak bo‘ladi (256=2 8 ). Juda ham murakkab fotorealistik rangli tasvirlar 1 pikselga 24 razryad talab qiladi. Natijada rastr tasvirli fayllar ulchami tasvirni rang chuqurligi o‘sgani sari oshib boradi.
Rastrli tasvirlarni yana bir kamchiligi shundan iboratki, tasvir sifati piksel o‘lchamiga bog‘liq, u esa o‘z navbatida monitorni imkoniyati bilan belgilanadi. SHuning uchun bir xil rasm turli monitorlarda xar xil Ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Bu ham xali hammasi emas. Rastrli tasvirni o‘lchamini o‘zgartirish juda ham murakkab ishdir.CHunki bunday tasvirni kattalashtirish piksellar sonini o‘sishiga olib keladi. Turli ranglar chegarasida qanday piksellar qo‘shilishi kerak? Komp’yuter grafikasi soxasidagi mutaxassislar tomonidan juda murakkab rastli tasvirlar piksellar «ko‘paytirish» yoki o‘chirish (agar tavirni kichraytirish kerak bo‘lsa) algoritmlari ishlab chikilgan, lekin ular doim ham ushbu masalani bajara olmaydi.
Grafikani boshqa bir turi bu vektorli grafikadir.
Vektornaya grafika- bu tasvirni rasmdagi joylashuvi matematik formulalar bilan berilgan egri chiziklar majmuasi yordamida namoyish etish usulidir. Masalan, istalgan doirani tasvirlash uchun uch-turt rakam kerak bo‘ladi: radius, markaz koordinatalari va chizik kalinligi. SHuning uchun, vektorli grafika rastrli grafikaga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega:

  • vektorli tasvirlarni belgilovchi matematik formulalar komp’yuter xotirasida rastrli tasvir piksellariga qaraganda kamrok joy egallaydi;
  • tasvir (yoki uning ayrim kismlarini) sifatini yukotmasdan chegaralanmagan kattalashtirish imkoniyati mavjudligi;
  • tasvirni bir platformadan ikkinchisiga ko‘chirishning qulayligi.

Albatta, vektorli tasvirlarni o‘z kamchiliklari ham mavjud. Masalan, fotorealistik tasvirni vektorli formatda namoyish qilish murakkabrok. Flash yaratuvchilari bunga echimni topishgan. Flash yordamida Web saxifalar to‘zishda siz nafaqat vektorli balki rastrli tasvirlarni ishlatishingiz ham mumkin.

3541 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений