linkedin facebook linkedin facebook nod32

PEDAGOGIKA TEST JAVOBLARI

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-10-30

PEDAGOGIKA TEST JAVOBLARI

1

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari qaysi javobda ko‘rsatilgan.

1

SHaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish;

2

Javoblarning qaysi birida o‘qituvchining rahbar sifatida jamoani boshqarish yo‘llari ko‘rsatilgan?

1

Avtoritar, demokratik, liberalь;

3

YOsh o‘qituvchi o‘zining ish faoliyatida qanday psixologik muammolarga duch keladi?

3

Ijtimoiy munosabat, guruhdan qo‘rqish, talaba va o‘qituvchi o‘rtasida ziddiyatning hosil bo‘lishi;

4

Pedagogik faoliyat deganda qanday jarayon tushuniladi?

4

YOsh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash, ta’lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyati.

5

Qobiliyat nima?

1

Qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va o‘z ishini muvaffaqiyatli bajarishdagi sub’ektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik xususiyatdir;

6

Uzluksiz ta’lim tizimi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

4

Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim.

7

O‘qitish usuli nima?

4

O‘qitish usuli – o‘qitish metodini amalga oshirish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorlikda bajaradigan operatsiya

8

SHaxsga yo‘naltirilgan ta’limning asosiy tamoyilini ko‘rsating?

2

Ta’lim markaziga o‘quvchi (talaba) qo‘yiladi;

9

Og‘zaki ta’lim metodlari qaysi javobda ko‘rsatilgan?

3

Hikoya, suhbat, ma’ruza;

10

Metodologiya nima?

1

Metodologiya – metod haqidagi ta’limot yoki metodlar nazariyasi;

11

Ko‘rgazmalilik tamoyilini amalga oshirishda qanday metodik talablarga rioya qilinishi kerak?

4

Javoblarning hammasi to‘g‘ri;

12

Quyidagi tushunchalarning soddadan- murakkabga tomon to‘g‘ri

3

Usul → metod → metodika → metodologiya → texnologiya;

13

Dars jarayonida yangi bilimlarni berishda asosiy o‘rinni nima

2

YAngi mavzu bayoni;

14

O‘quv materialini tanlashda qaysi prinsipga rioya qilinadi?

3

O‘quv materialini soddadan-murakkabga tomon rivojlantirib borish;

15

O‘qitish jarayonida nazoratning rivojlantiruvchi funksiyasini toping.

3

O‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash;

16

Boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdarlik qobiliyatning qaysi turiga kiradi?

4

Empatik.

17

O‘qitish metodlarini tanlash nimalarga bog‘liq?

3

O‘quv materiallarining mantiqiy yo‘nalishi, mazmuni va mustaqil ish xarakteriga;

18

Masofadan o‘qitish qanday amalga oshiriladi?

2

Kommunikatsion texnologiyalar orqali;

19

Ko‘nikma nima?

4

Uzoq vaqt davomida takrorlash natijasida paydo bo‘ladigan kishining anglangan ish xarakatlarini bajarishdagi avtomatlashgan usulidir;

20

Malaka nima?

3

SHaxsning bilim va ko‘nikmalariga asoslangan holda ma’lum faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishga tayyorligi;

21

Xarakter nima?

3

SHaxsning oliy nerv faoliyati bilan bog‘liq holda uning hayoti mobaynida shakllanib, o‘z-o‘ziga va boshqa kishilarga, tevarak atrofdagi olamga bo‘lgan munosabatlarida ifodalangan individual xususiyatlari;

22

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi, bu...

1

Insonni har tomonlama rivojlantirish va kamol topishi;

23

Muammoli metodlar guruhiga kiruvchi metodlarni toping.

4

Birga javoblar to‘g‘ri.

24

Layoqat nima?

3

Odamning anatomik-fiziologik xususiyati bo‘lib, qobiliyatlarning rivojlanishi uchun dastlabki ma’lum shart-sharoitlarni yaratadi;

25

Glossariy nima?

1

Muayayn mavzuga oid atamalarni qamrab olgan kichik hajmli lug‘at;

26

Loyihalash metodi nima?

3

Loyihalash metodi – didaktik maqsadga erishish uchun muammolarni topish, aniqlash va ularni ishlab chiqish (texnologiyalarni) usullaridir;

27

O‘z-o‘zini tarbiyalash metod va usullariga quyidagilar kiradi:...

3

O‘z-o‘zini boshqarish, talaba shaxsini tushunish, o‘z- o‘zini nazorat qilish, o‘z faoliyatiga o‘zi baho berishi, muomalada o‘zini ko‘rsata olish, o‘z nutqini to‘g‘ri tuza olish va boshqalar;

28

Pedagogik jarayonning vazifasi nimalardan iborat?

3

Bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish;

29

«Inson kamolotida uch narsa – irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o‘ynaydi» degan fikrlar muallifi kim? A) Forobiy;.

3

Ibn Sino;

30

Berilgan tushunchalarni shakllantirish ketma-ketligi qaysi javobda to‘g‘ri ifodalangan?

3

Tushuncha-bilim-ko‘nikma-malaka;

31

Ta’limda proeksion uskunalar va slaydlarni qo‘llash qaysi didaktik tamoyilda o‘z ifodasini topgan?

4

Ko‘rgazmalilik.

32

An’anaviy ta’limning asosiy kamchiligini ko‘rsating?

4

Talabaning aqliy, ijodiy, kommutativ bilim olishini etarlicha ta’minlanmaydi.

33

Pedagogning qaysi jarayonini sahnadagi aktyorlar faoliyatiga o‘xshatish mumkin?

1

Hatti-harakat, mashg‘ulot olib borish jarayonini;

34

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish shakllarini toping.

4

Barcha javoblar to‘g‘ri;

35

SHaxsning barkamolligini ta’minlovchi manbalarni toping.

1

Xalqimizning ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat bilan bog‘liq qadriyatlari;

36

Namunaviy dasturning tarkibiy qismlarining ketma-ketligini aniqlang. 1. Kirish 2. Asosiy qism 3. Ma’ruza mashg‘ulotlari mavzulari 4. Amaliy. mashg‘ulotlari mavzulari 5. Seminar mashg‘ulotlari mavzulari. 6. Laboratoriya mashg‘ulotlari mavzulari 7. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari ro‘yxati 8. Ko‘rgazma vositalari. 9. Reyting nazorati topshiriqlari 10. Kurs ishi va loyihalar mavzulari.

1

1 2 3 4 5 6 10 7;

37

O‘quv qo‘llanmasiga xos xususiyatlarni toping.

4

Barcha javoblar to‘g‘ri;

38

O‘quv qo‘llanmasining darslikdan farq qiluvchi jihatini toping.

1

Muayyan mavzularni darslikka nisbatan kengroq yoritadi;

39

Didaktika nima?

1

Pedagogikaning ta’lim nazariyasi, fanlarni o‘qish va o‘qitish bilan bog‘liq ta’lim masalalari bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi;

40

Oliy ta’lim uchun tayyorlanadigan elektron darslikka qo‘yiladigan talablarni toping.

2

Kompьyuter texnologiyasiga asoslanishi, mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirilgan, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarali o‘zlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lishi;

41

“Metod” – bu....

3

Metod – bu yunoncha “yo‘l, yo‘riq”, usul orqali maqsadga erishishdir;

42

Oliy ta’lim uchun tayyorlanadigan ma’ruzalar to‘plamiga qo‘yiladigan talablarni toping.

4

Ayrim mavzularning mazmuni qisqacha yoritilgan, birlamchi bilim olishga qaratilgan, nazariy va amaliy savollar, tayanch atama va iboralardan iborat bo‘lishi;

43

Interfaol .... ma’nosini anglatadi. Nuqtalar o‘rnida qoldirilgan so‘zni toping.

3

Ta’lim olish uchun o‘zaro xarakat qilish;

44

Tushunish real borliqdagi ......

1

Ob’ektiv jarayon va faoliyatlarni to‘g‘ri va to‘la inson ongida ifodalanishidir;

45

O‘qituvchi va o‘quvchi muloqotini bog‘lovchi asosiy vosita?

3

So‘z;

46

Iqtidorli talabalarga xos xususiyatlarni toping.

4

Barcha javoblar to‘g‘ri;

47

Oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning shakllarini toping.

4

Barcha javoblar to‘g‘ri.

48

Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy turlari qaysi javobda to‘liq ko‘rsatilgan?1. Ma’ruza 2.seminar 3. Teatr, muzey, ko‘rgazmalarga ekskursiya 4. Amaliy mashg‘ulot 5. Laboratoriya mashg‘uloti 6. Pedagogik amaliyot 7. Mustaqil ish 8. O‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti.

1

1 2 4 5 7;

49

Didaktik prinsiplar deganda nimani tushunasiz?

1

Ta’limda o‘quv materialini tanlash va uni o‘rganishda asoslaniladigan boshlang‘ich asosiy qonun – qoidalar;

50

Oliy ta’lim uchun tayyorlanadigan o‘quv adabiyotlarining turlarini toping.

4

Barcha javoblar to‘g‘ri.

51

Iqtidorli talabalar qanday didaktik vositalar orqali aniqlanadi?

1

Maxsus psixologik, pedagogik testlar orqali qobiliyat darajasi aniqlanadi;

52

Darsning texnologik xaritasi nima uchun xizmat qiladi?

1

O‘qituvchi va talaba faoliyati hamda unga taqsimlangan vaqt me’yorini har bir bosqich bo‘yicha to‘g‘ri belgilash;

53

SHaxsning barkamolligini ta’minlovchi manbalarni toping?

1

Xalqimizning ma’naviyat, axloq-odob va ma’rifat bilan bog‘liq qadriyatlari;

54

Oliy ta’lim uchun tayyorlanadigan metodik qo‘llanmalarga qo‘yiladigan talabni toping.

3

Har bir mashg‘ulotning maqsadi, mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qisqacha topshiriqlar va tavsiyalar berilgan bo‘lishi;

55

Laboratoriya mashg‘ulotlarining tavsifi keltirilgan javobni belgilang.

1

Talabalar mustaqil ravishda vazifalarni bajaradilar yoki eksperiment o‘tkazadilar;

56

O‘qitish metodikasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

2

Xususiy didaktik yoki ta’limning xususiy nazariyasini o‘zida namoyonetadigan pedagogika fanining tarmog‘idir;

57

“Pedagogik mahorat” tushunchasi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?

3

Pedagogik jarayonni bilish, uni tashkil eta olish harakatga keltira olish, pedagogik jarayonning yuqori samaradorligini belgilovchi shaxsning ish sifati va xususiyatlari tahlili;

58

O‘qituvchining kommunikativ qobiliyati qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

2

Talabaga to‘g‘ri muomala qila olish, ularga yaqin bo‘lish, ular bilan pedagogik samarali hamkorlik o‘rnata bilish qobiliyati;

59

O‘qituvchining ta’limga an’anaviy yondashuvida qanday xususiyatlar mavjud?

2

O‘qituvchi boshqaruvchi, o‘quv maqsadlar aniq emas, o‘qituvchi bilimlarni monolog orqali etqazadi, o‘quvchi bilimlarni passiv qabul qilish;

60

Muammoli ta’lim metodining ta’rifi qaysi javobda keltirilgan?

4

Ilmiy bilish jarayonining ob’ektiv qarama-qarshiliklarini aniqlash va ularni hal qilishga qaratilgan, fikrlashga o‘rgatish va bilimlarni ijodiy o‘zlashtirishga qaratilgan ta’lim metodi;

61

Ikkita o‘quvchi nizolashayotganlarida o‘qituvchi tomonidan alohida-alohida “muhim” topshiriq ikkala o‘quvchiga berildi. Bu psixologik ta’sir ko‘rsatishning qaysi turiga xos bo‘ladi?

3

Rejalashtirilmagan ta’sir;

62

Mustaqil ishlarning turlarini aniqlang.

2

Namunalar bo‘yicha mustaqil ishlar, rekonstruktiv-variativ, evristik, ijodiy tadqiqot;

63

Reyting baholari, kurs va diplom ishlari loyihalari, bitiruv malakaviy ishlar, davlat attestatsiyasi natijalarini baholash qaysi metodlar guruhiga taalluqli?

1

Bilimlarni tadbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish metodlar guruhi;

64

Nutqning vazifalarini aniqlang.

1

Nutq vositasida bolaning his-tuyg‘ulari, o‘quvchilar orasida muloqot, olingan ma’lumotlarni ongli tahliliy idrok etish;

65

Ta’lim va tarbiya qaysi yondashuv asosida to‘laqonli amalga oshadi?

4

O‘quvchini ijodiy yondashishi, didaktik malaka, tashkilotchilik, konstruktiv texnikalari orqali;

66

O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilishning liberal shakl bu – …

4

O‘qituvchi tashabbuskor bo‘lmaydi va his tuyg‘ular, ehtiyojlar inobatga olinmaydi;

67

Mashg‘ulotning an’anaviy metodlarini ko‘rsating?

3

Og‘zaki ko‘rgazmali, ommaviy, mantiqiy, mustaqil ishlash, nazorat metodlari;

68

Mashg‘ulot mavzulari talabalarga mos va tushunarli bo‘lishi uchun qaysi qoidalarga amal qilish kerak?

4

Barcha javoblar to‘g‘ri;

69

Alisher Navoiyning ko‘proq qaysi asarida ustoz haqidagi fikr yuritilgan?

2

«Mahbub ul Qulub» asari;

70

Axborotlarni bayon qilinishiga ko‘ra ma’ruzalar turini aniqlang.

1

Kirish, tematik, umumiy-yakuniy;

71

Ta’lim berishning asosiy kategoriyalari?

2

Bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, sintez, baholash;

72

Seminar mashg‘uloti qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

3

Talabalarning mavzudagi muhim masalalarni chuqur o‘rganish yuzasidan mustaqil ishlashini, keyinchalik ularni jamoa bo‘lib muhokama qilishni tashkil etish;

73

Mashg‘ulot maqsadi qanday yo‘nalishlarda belgilanadi:

2

3 yo‘nalishda: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi;

74

Ta’lim nazariyasining tarkibiy qismlariga nimalar kiradi ?

1

Ta’lim jarayonining mohiyati, ta’lim mazmuni, ta’lim tamoyillari, metodlari, shakllari va vositalari;

75

O‘qitish shakllari to‘liq berilgan javobni toping.

1

Ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim, amaliyot;

76

Ota-onalarning hamda qonuniy vasiylarning bolalar oldidagi vazifalari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

4

Barcha javoblar to‘g‘ri;

77

Davlat ta’lim standarti talablari asosida faoliyat yuritish qanday ta’lim muassasalari uchun majburiydir?

3

O‘zbekiston Respublikasidagi barcha ta’lim muassasalari uchun;

78

Pedagogik faoliyat texnologiyasi nima?

4

Ta’lim, tarbiya va rivojlantirish texnologiyasi.

79

Berilgan javoblardan avtoritar shaklga tegishli javobni aniqlang.

3

O‘qituvchi o‘quvchilarni qattiqqo‘llik bilan ularga mustaqillik bermasdan boshqaradi;

80

"Darsning boshlanishini tashkil etish uy vazifasini tekshirish, darsning maqsadi va vazifasini bayon qilish, yangi materiallarni tushuntirish, mustahkamlash, darsga yakun yasash va uyga vazifa berish" tuzilishidagi darsning tipini ko‘rsating.

1

Kombinatsion (aralash) dars;

81

Joriy nazorat odatda qaysi mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi.

2

Amaliy va laboratoriya mashg‘uloti, seminar;

82

Interaktiv usullarga asoslangan ta’lim jarayonlarini ko‘rsating?

1

Hamkorlikda ta’lim olishda ta’lim oluvchi uchun tashkil etilgan bilim faoliyatining maxsus shakli;

83

Ta’lim texnologiyasi turlarini belgilang?

1

Muommali, shaxsga yunaltirilgan, masofaviy, moduli;

84

Motiv nima?

4

Anglangan yoki anglanmagan ish harakat bo‘lib, biron ehtiyojning sub’ektiv ifodasini bildiradi;

85

Ta’lim muassasasi bitiruvchisining o‘rganuvchan ijtimoiy va kasbiy sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuv jarayoni va natijasi

2

adaptatsiya;

86

Muloqot nima?

3

Kishining boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish shakli;

87

Tarbiya metodlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1

Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi, odatlantiruvchi va mashqlantiruvchi, rag‘batlantiruvchi va jazolovchi;

88

Adaptatsiya nima?

1

Sezgi a’zolarining qo‘zg‘ovchilarga moslashishidir;

89

Temperament nima?

3

Odamning individual psixologik xususiyatlaridan bo‘lib, uning xayajonlarida, emotsional taassurotlarida, muvozanatliligida va psixik faoliyatining tezligida namoyon bo‘ladi;

90

O‘quv mashg‘uloti jarayonida o‘qituvchining suhbati ta’limning qaysi metodiga kiritiladi?

2

Og‘zaki;

91

O‘qituvchilarning xarakteri, individual xususiyatiga qarab toifalarga ajratib bering?

4

Tashabbuskor, ijodkor o‘qituvchilar, tashabbussiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar, hamma ishga befarq qarovchi o‘qituvchilar.

92

Bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik faoliyatga tayyorlanishida o‘z ustida ishlashining maqsadini toping.

1

O‘quv dasturlarini egallashda yuksak professional saviyada ta’lim berishni ta’minlash, pedagogik nazokatga rioya qilish, bolaning obro‘sini xurmat qilish, o‘z ko‘nikmasi va professional mahoratini takomillashtirish;

93

Kommunikativ qobiliyat qanday qobiliyat?

4

Boshqalarning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdardlik munosabatida bo‘lish asosida ta’lim va tarbiya bera olish qobiliyatidir;

94

Alisher Navoiyning didaktik asarlaridan eng muhimini toping.

1

“Mahbub ul-qulub”;

95

Menejment – bu …

4

Barcha javoblar to‘g‘ri.

96

Nutq texnikasiga nimalar kiradi?

4

Nafas olish, ovozni yo‘lga qo‘yish, uning tovlanishi, talaffuzi, nutq sur’ati;

97

SHaxsning ma’naviy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

3

Ijtimoiy muhit, etnik xususiyatlar, jinsiy xususiyatlar;

98

Tarbiyachi pozitsiyasiga nimalar kiradi?

4

Jamoaning shaxsga ta’sirini ta’minlay bilish;

99

SHaxsga ta’sir etish orqali tarbiyalash metodlari va usullariga quyidagilar kiradi?

4

O‘z-o‘ziga ko‘rsatma berish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘ziga hisobot berish, o‘z- o‘zini ishontirish, o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini majbur etish;

100

Oraliq nazoratning vazifalarini toping.1. Bitta mavzu bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash. 2. Bo‘lim bo‘yicha nazariy bilimlarni baholash. 3. Amaliy mashg‘ulotlarda ko‘nikma va malakalarni aniqlash. 4. Bo‘lim bo‘yicha talabaning muayyan savol yoki muammoni echish mahorati va qobiliyati aniqlanadi.

3

2; 4;

101

Muammoli o‘qitish texnologiyasi bosqichlarini belgilang?

3

Muammoli vaziyat, muammoli savol, muammoli vazifa, muammo echimi;

102

Seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida, nazorat ishlarini bajarishda qaysi metodlar guruhidan foydalaniladi?

2

Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish metodlari guruhi;

103

Talabalar bilan muloqotda shirinsuxanlik, xushmuomalalik, muloyimlik o‘qituvchilarning qanday sifatlari hisoblanadi?

1

Kommunikativ;

104

Ma’ruza, mustaqil ishlar, maslahatlar, ko‘rsatma berish, idrok etish, kuzatish metodlari o‘qitish va o‘rganish metodlari guruhining qaysi biriga taalluqli?

2

Bilim berish, idrok etish va o‘zlashtirish, e’tiqodni shakllantirishni ta’minlovchi metodlar guruhi;

105

Kichik guruhlarda o‘qitish metodining o‘ziga xos xususiyatlarini

1

O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning kichik guruhlardagi mustaqil ishlari tashkil etadi;

106

Qaysi texnologiyalarda o‘quvchilarda aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratiladi?

2

Muammoli ta’lim texnologiyalarida;

107

Syujetli-rolli o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyati.

2

Tabiat va tabiiy hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikni badiiy usulda yoritish;

108

Testni ishonarliligini ta’minlovchi omil qaysi javobda ko‘rsatilgan?

1

Test savoliga berilgan javoblar soniga;

109

Anik vaziyat, hodisaga asoslangan o‘qitish metodini aniqlang

3

Keys-stadi;

110

Innovatsion maqsadlar deganda …

3

YAngi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha qo‘yiladigan maqsadlar tushuniladi;

111

Pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish uchun zarur sifatlar qaysi javobda to‘laroq ko‘rsatilgan?

1

Bilim, tushuntira olish, kuzatuvchanlik, nutq, tashkilotchilik, obro‘ orttira olish, to‘g‘ri muomala qila olish, kelajakni ko‘ra bilish, diqqatni taqsimlay olish;

112

Namunaviy o‘quv dasturi mazmuniga qo‘yiladigan talablar.

4

barcha javoblar to‘g‘ri.

113

Reyting tizimining vazifalari.

1

Talaba bilimini haqqoniy, aniq va adolatli baholash hamda natijalarini tahlil qilish, talaba bilimini muntazam nazorat qilish, o‘qitish samaradorligini aniqlash;

114

O‘qituvchining innovatsion faoliyati qaysi masalalarni echishga qaratilgan?

1

Voqelikni o‘zgartirishga, uning muammolari va usullarini echishni aniqlashga qaratilgan;

115

Muammoli darsning tuzilishi elementlari – bu…

1

Talabalar egallagan bilimlarini faollashtirishi, yangi bilimlarni o‘zlashtirishi, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishi;

116

Fikr almashish bilan bog‘liq bo‘lgan metodlar.

1

Ishontirish; ta’sir qilish; taqlid qilish;

117

Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosiy usullari?

1

Talab; rag‘batlantirish va jazolash; jamoatchilik fikri;

118

Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.

4

O‘qituvchining o‘z nutqini boshqara olish qobiliyati bilan bog‘liq ko‘nikmalar, savodli va ifodali gapirishi, bilimi va fikrini tushunarli etkaza olishi.

119

SHaxsga ta’sir etish orqali tarbiyalash metod va usullari.

4

O‘z-o‘ziga ko‘rsatma berish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘ziga hisobot berish, o‘z-o‘zini ishontirish, o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini majbur etish.

120

Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishning asosiy bosqichlari.

1

Maqsad, vazifa va tegishli yo‘nalishni aniqlash, amaliyot va pedagogika fanining dolzarb masalalarini hal etishda o‘qituvchi erishgan yutuqlarni aniqlash, materiallarni to‘plash, tahlil, muomala, xulosa;

121

Muammoli darsning tuzilishi va elementlari.

1

Talabalar egallagan bilimlarini faollashtirish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

122

Elektron darslik nima?

4

Kompьyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga, hamda fanga oid o‘quv materiallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni samaradorli o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan vosita;

123

Seminar mashg‘uloti qaysi javobda ko‘rsatilgan?

3

O‘quvchilarning mavzudagi muhim masalalarni chuqur o‘rganish yuzasidan mustaqil ishlashini, keyinchalik ularni jamoa bo‘lib muhokama qilishni tashkil etish;

124

Muammoli ta’lim metodining ta’rifi qaysi javobda keltirilgan?

4

Ilmiy bilish jarayonining ob’ektiv qarama-qarshiliklarini ochish va ularni hal qilishga qaratilgan, fikrlashga o‘rgatish va bilimlarni ijodiy o‘zlashtirishga qaratilgan ta’lim metodi.

125

Ta’lim mazmunini integratsiyalashda integratsiya qanday funksiyani bajaradi?

1

metodologik;

126

Tizimga berilgan xarakteristikaning qaysi birini asosiy deb hisoblaysiz?

4

Elementlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.

127

Ta’lim texnologiyasi qanday elementlar to‘plamida iborat?

3

Ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, ta’lim maqsadlari va natijalari, ta’lim mazmuni, ta’lim metodlari, shakllari, vositalari va baholash;

128

«Interaktiv» so‘zining lug‘aviy ma’nosi…..

4

O‘zaro harakat qilmoq.

129

Tarbiya turlari.

1

Aqliy tarbiya, jismoniy, ahloqiy, mehnat, nafosat, ekologik, etik, iqtisodiy, huquqiy;

130

Pedagogik muloqot ta’rifi.

3

Pedagogik muloqot – bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan dars va darsdan tashqari jarayonlarda sinfda ijobiy ruhiy iqlim yaratish;

131

SHaxsning bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, xatti-harakatiga ta’sir eta olish va uni qisman o‘zgartirish ... deyiladi.

4

Ishontirish.

132

An’anaviy metodika nimaga asoslanadi.

2

Psixologiya, pedagogika, falsafa, tarix, sotsiologiya kabi fanlarga asoslanadi;

133

Oliy o‘quv yurtidagi ta’lim sifatini nazorat qilish usullari.

1

Ichki nazorat, joriy, oraliq, yakuniy, tashqi, davlat, jamoat, yakuniy davlat attestatsiyasi nazoratlari;

134

Pedagogik jarayonning sub’ektlari.

1

O‘qituvchilar, tarbiyachilar, pedagogik kollektiv;

135

Pedagogika sohasida qo‘llaniladigan ilmiy-tadqiqot metodlari.

1

Kuzatish, taqqoslash, analogiya, induksiya, deduksiya, analiz, sintez, abstraksiya, umumlashtirish;

136

Kommunikativ qobiliyatga xos xususiyat?

3

Boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qobiliyatidir;

137

Darsni didaktik tahlil qilishda uning qaysi jihatlariga asosiy e’tibor qaratiladi?

1

mavzuning ilmiyligi, izchilligi, oddiydan murakkabga yo‘nalishni ko‘rsatmaliligi, bilim va axborotlarni hayotiyligi, jonliligi ravon tilda olib borilishi;

138

Pedagogik qobiliyatning asosiy sifatlarini belgilang?

4

Barchasi to‘g‘ri.

139

Pedagogik jarayonning ob’ekti?

3

Talabalar guruhi va alohida talaba;

140

Qaysi javobda ta’limiy maqsadlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

3

Dasturdagi o‘quv materialini o‘rganish, ma’lum bilimlar tizimini berish, o‘quv materialini qayta tuzish va uni qo‘llashga o‘rgatish va boshqalar;

141

Tarbiyaning turlari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1

Ilmiy, aqliy, estetik, ekologik, mehnat va kasbiy tarbiya;

142

Ta’limning rivojlantiruvchi maqsadlari.

4

O‘quvchi shaxsini shakllantirish, ilmiy–nazariy fikrlashni rivojlantirish, nazariyani yuqori darajada egallash, ilmiy metodlarni egallash.

143

SHaroitga tez moslashib, bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga tez ko‘cha oladigan temperament tipi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?

4

Sangvinik.

144

Nerv tizimining kuchsiz, muvozanatsiz, sust tipi qaysi temperamentga mos keladi?

4

Melanxolik.

145

Ekstravertlarga qanday hislatli insonlar kiradi?

1

Faollik, ta’sirlarga moyillik;

146

Oliy ta’lim uchun tayyorlanadigan darslikka qo‘yiladigan asosiy talablarni toping.

1

CHuqur ilmiy uslubiy, yuqori sifat va miqdor ko‘rsatkichda bo‘lishi;

147

Pedagogik nazokatning me’yoriga qaysilar kiradi?

2

Ixtisoslik sohasidagi burch, pedagogik adolat, ixtisoslikka doir vijdon, izzat nafs, pedagogik oriyat;

148

Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi mahoratini belgilovchi maqsadlar?

1

Ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi;

149

Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlarini ko‘rsating?

1

O‘qituvchi faoliyatining insonparvarlik yo‘nalishi, ixtisoslikka doir bilimlar, pedagogik qobiliyat va pedagogik texnikani egallash;

150

Pedagogik faoliyatini mohirlik bilan boshqarish – bu ...

1

Pedagogik texnikadir;

151

Ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etish usuli va olinajak natija, pedagogik boshqaruvni va tahsil oluvchilarning bog‘liqligi o‘qitishning qaysi qonuniyatda mos keladi?

3

Ta’lim – tarbiya jarayonining tahsil oluvchilar faoliyati xarakteriga bog‘liqligi qonuniyati;

152

Hamkorlikda ta’lim olish texnologiyasidagi asosiy g‘oya turli o‘quv holatlarda ... sharoit yaratishdan iborat. Qoldirilgan nuqtalar o‘rniga mos jumlani qo‘ying.

4

O‘quvchi (talaba) larning xamkorlikdagi faol o‘quv faoliyati uchun.

153

Pedagogik kvalimetriya – bu…

3

O‘qituvchi, tarbiyachining kasbiy va pedagogik mahorati, novatorligi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan tadqiqot sohasi;

154

Oliy ta’lim innovatsion siyosatining asosiy tamoyillaridan biri.

1

Ilmiy va ta’limiy jarayonlarning birligi, jamiyat ravnaqiga yo‘naltirilganligi;

155

Pedagogik kvalimetriyaning tarkibiy qismini belgilang.

3

Attestatsiya;

156

Ta’limda ilm orqali bilim olish deganda nimani tushunasiz?

3

Ta’lim oluvchining ilmiy metodlarga asoslanib bilim olishi;

157

Ta’limdagi muammo nima?

1

Hozircha javobi ma’lum bo‘lmagan, lekin axborot manbalarida, o‘quv materiali yoki o‘qituvchi orqali bajarilgan mashg‘ulotlarda mavjud bo‘lgan, bilim oluvchini bilimiga da’vat etuvchi ta’lim – tarbiyaga oid muhim masala;

158

«Autogen trenirovka» qanday ma’noni bildiradi?

2

“Auto-o‘ziga” degan ma’noni bildiradi va “o‘z-o‘ziga ta’sir” ma’nosini beradi;

159

Maxsus seminarlar qanday xususiyatlarni mujassamlantiradi?

4

Ma’ruza mavzulariga aloqador bo‘lmaydi va biror fanning dasturi mazmuniga kirmaydi.

160

Loyihalash texnologiyasining funksiyalarining ketma-ketligini aniqlang.1. Ta’lim-tarbiya berish; 2.SHaxsni rivojlantirish; 3.Ijodiy faoliyatga yo‘llash; 4.Kommunikativ; 5.Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish. 6. Aq¬liy faoliyat usullarini tarkib toptirish; 7.O‘z o‘quv faoliyatini tahlil qilish; 8. Kasbga yo‘llash; 9. Mo‘ljalni to‘g‘ri olishga o‘rgatish; 10. Hamkorlikda ishlashga o‘rgatish.

4

10,9,1,2,3,4,5,6,7,8.

161

«Didaktik evristika» - bu…

4

Barcha javoblar tugri

162

Evristik suhbat maqsadi:

1

Mohirlik bilan qo‘yilgan savollar yordamida yangi bilimlarni jadal o‘zlashtirilishini ta’minlash;

163

Germenevtik suhbatning maqsadi:

1

O‘rganilayotgan matnning asl ma’no va mazmunini o‘quvchi-talabalar bilan hamkorlikda talqin qilish;

164

Insonparvarlik pedagogikasi

3

Tarbiyalanuvchini qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qiladi;

165

Loyihalashtirish metodini qo‘llash natijasida ... . Qoldirilgan nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni toping?

1

Loyiha ko‘rinishidagi bilim olinadi;

166

Loyihalash metodi o‘qitishning tashkillashtirilgan metodi bo‘lib talabalar rejalashtirish jarayoni va amaliy vazifalar bajarishlari orqali ... . Nuqtalar o‘rniga quyidagi mos so‘zlarni toping?

4

Loyiha ko‘rinishidagi bilimlarini oladilar.

167

Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash yo‘llari nimalardan iborat?

4

Barcha javoblar to‘g‘ri.

168

Katexizik suhbat – bu…

4

Ta’limot asoslarini savol-javob tarzidagi qisqacha bayoni.

169

Katexizik suhbat maqsadi:

4

V va S javoblari to‘g‘ri.

170

ARIZ-TRIZ tushunchasi ……. bildiradi.

1

Ixtiro masalalarini echish nazariyasi va algoritmini;

171

Didaktik evristika ……ga asoslangan

4

Sokrat metodi va maevtika.

172

Ta’lim xizmatlarini tashkil etish borasidagi vazifalarni belgilaydigan oliy ta’lim muassasasi xizmati.

2

Marketing xizmati;

173

Ta’lim sohasida marketingning qanday turi ko‘proq qo‘llaniladi?

1

Ijtimoiy;

174

Xodimlarni baholash, attestatsiya qilish usuli – bu…

3

Assessment;

175

Kundalik hayotimizdagi maqsadga yo‘naltirilgan xususiy bilish faoliyati …. ta’lim turiga kiradi.

3

Informal;

176

Aksiologiya….

1

Qadriyatlar to‘g‘risidagi falsafiy ta’limot;

177

Kosmopolitizm – bu ….

4

Barcha javoblar to‘g‘ri.

178

Pedagogik innovatsiya.

4

Bu yangilik kiritishni anglatib, u pedagogik tizimning ichki resurslarini ishga solgan holda samarali natijaga olib keluvchi yangiliklar.

179

Ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi asosan qanday metod va yondashuvlar bilan bog‘liq?

3

Ta’limda hamkorlikda ta’lim olish, loyihalash metodi, differensial va individual yondashuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq;

180

Ta’limda texnologik yondashuvni asosiy yutug‘i.

4

Differensial va individual yondashuvni ta’minlaydi.

181

Jamoaviy ijodiy ishni tayyorlash metodikasi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

2

O‘quvchi-talabalar bilan birgalikda tanlab olish rejasini hamkorlikda tuzish, reja asosida kichik ijodiy guruhlarga bo‘linish va topshiriqlar olish, tadbirni tayyorlash, tadbirni o‘tkazish, o‘tkazilgan tadbirni tahlil qilish, yakun yasash;

182

O‘qituvchining innovatsion faoliyatini samaradorligini oshirishga tegishli bo‘lgan yondashuvlarni aniqlang.

3

Akmeologik, kreativ, refleksiv;

183

Oliy ta’lim muassasasi ta’lim jarayonida foydalaniladigan va keng tarqalgan pedagogik texnologiyalarni belgilang.

2

Muammoli o‘qitish, tabaqalashtirilgan va individual, dasturlashtirilgan, kompьyuter axborot texnologiyasi, mualliflik texnologiyalari;

184

Texnologiyalashtirilgan ta’limning asosiy xususiyatini ko‘rsating?

1

Texnologiyalashtirilgan ta’lim jarayoni o‘qituvchi shaxsiga bog‘liq bo‘lmagan faqat o‘quvchi(talaba)ning shaxsiy extiyojlari va talablariga asoslanadi.

185

«Raqobatga bardosh berish va engish uchun yuksaklikka intilish» fikri innovatsion faoliyat yondoshuvlarining qaysi birini to‘liq ifodalaydi:

3

Akmeologik yondoshuv;

186

Verbalizm – bu ….

3

taьlimda, kitobiy, hayotdan uzoqlashgan, aqidalarga asoslangan ta’lim berish va o‘quv materiallarini o‘zlashtirish;

187

Evristika – bu ….

1

oldindan o‘rganilgan algoritmlarni tahlil qilish va ularga sodda o‘zgartirishlar kiritish asosida yangi algoritmlar tuzish malakasi;

188

Empirik pedagogik texnologiya qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1

Sezgi a’zolari orqali bilim olish texnologiyasi;

189

Kognitiv pedagogik texnologiya qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1

Atrofdagi olam to‘g‘risidagi bilimlar darajasini kengaytirish texnologiyasi;

190

O‘z pedagogik layoqati va pedagogik faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish o‘qituvchi faoliyatida qanday o‘zgarishlarga olib keladi?

3

Kasbiy faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar, kasbdoshlar tomonidan tan olinish, pedagogik mahoratni ortishi;

191

Pedagogik munosabatlar tizimini aniqlang?

4

Bo‘lajak munosabatni modellashtirish, munosabatda bo‘ladigan guruhni oldindan bilish, bevosita munosabat o‘rnatish, munosabatni boshqarish, munosabatni tahlil etish.

192

“Relaksatsiya” qanday holat?

1

Jismonan va ruhan bo‘shashish, butunlay osoyishtalik;

193

Ta’lim jarayonida o‘qituvchining pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy holatlar?

3

Talabaning nazariy hamda amaliy faoliyatda erishadigan yutuqlari va ijobiy natijalari;

194

Inklyuziv pedagogik texnologiya qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

1

o‘qituvchi bilan o‘quvchining o‘zaro munosabatlarida tenglik asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish texnologiyasi;

195

O‘qituvchining talabalar bilan ijodiy faoliyatini tayyorlashdagi tashkilotchiligi nimalarda namoyon bo‘ladi.

2

O‘tkaziladigan tadbirni talabalar bilan birgalikda tanlab rejasini tuzish, reja asosida guruhlarga bo‘linish va topshiriqlar olish, tadbirni tayyorlash, tadbirni o‘tkazish, o‘tkazilgan tadbirni tahlil qilish;

196

Oliy ta’lim uchun tayyorlanadigan darslikka qo‘yiladigan talabni toping?

1

CHuqur ilmiy uslubiy, yuqori sifat va miqdor ko‘rsatkichda bo‘lishi;

197

O‘qituvchining ta’lim jarayonini maqbullashtirish qobiliyati nimalarda namoyon bo‘ladi?

1

Kam kuch sarflash evaziga o‘qituvchi va talabalarga ta’lim berib, o‘qitish maqsadiga erishishdir;

8923 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: behruz
Qo`shilgan sana: 2015-05-26

savollar aniq va lo`nda tuzilgan

Foydalanuvchi ismi: ахмедов ф
Qo`shilgan sana: 2016-01-11

фойдаланса бўлади, яхши

Foydalanuvchi ismi: Erik...
Qo`shilgan sana: 2016-02-20

Qoyileee, xuddi menga kerakli narsalar ekan! Katta raxmat!

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений