linkedin facebook linkedin facebook nod32

ME’YORIY HUJJATLAR TEST JAVOBLARI

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-10-29

ME’YORIY HUJJATLAR TEST JAVOBLARI

1

Kafedralar bo‘yicha tanlov o‘tkaziladigan professor-o‘qituvchilar lavozimlari:

Kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi, assistent

2

Kafedraning qaysi lavozimlariga bir vaqtda tanlov e’lon qilinmaydi?

Ikki va undan ortiq teng lavozimlarga

3

Fan nomzodi, dotsentning kafedra mudiri bo‘lish vaqti:

Bir besh yillik muddati

4

Kafedra mudiri lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar(to‘liq javob topilsin) :

Fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga hamda professor va dotsent ilmiy unvoniga ega shaxslar

5

Qaysi kafedralar uchun kafedra mudiri lavozimiga ilmiy daraja va unvonsiz shaxslar mudir etib saylanishi mumkin (to‘liq javob topilsin):

Tillar, jismoniy tarbiya, grafika, chizmachilik, madaniyat va san’at kafedralari

6

Professor lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar (to‘liq javob topilsin):

Professor ilmiy unvoni yoki fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan shaxslar

7

Dotsent lavozimini egallash uchun nomzodlar (to‘liq javob topilsin):

Barcha javoblar to‘g‘ri

8

Katta o‘qituvchi lavozimini egallash uchun nomzodlar (to‘liq javob topilsin):

Ilmiy darajali va unvonli shaxslar hamda magistr akademik darajali va diplomli mutaxassislar

9

O‘qituvchi (assistent) lavozimini egallovchi nomzodlar:

Tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotli (magistr, diplomli mutaxassis) shaxslar

10

Aspiratura va magistraturani bitirib ishga taqsimlangan mutaxassislar:

Tanlovdan tashqari 3 yilga o‘qituvchi (assistent) lavozimiga tayinlanadi

11

Qaysi hujjat bevosita kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan?

Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom;

12

Sifat bo‘yicha yangilik yaratuvchi faoliyat?

Ijodiy faoliyat;

13

Oliy ta’lim muassasasidagi o‘quv jarayonida tezkor masalalarni tartibga soluvchi hujjatni belgilang.

Dekan farmoyishi;

14

O‘quv adabiyotlariga qo‘yiladiga talablar qaysi hujjatda o‘z aksini topgan?

Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi;

15

Kafedraning qaysi a’zosi ma’ruza o‘qish huquqiga ega emas?

Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lmagan o‘qituvchi;

16

Darslik o‘quv qo‘llanmasidan qanday farqlanadi?

Fan dasturida ko‘rsatilgan mavzularning barchasi qamrab oladi;

17

Uslubiy qo‘llanmadan mashg‘ulotlarning qaysi turida foydalanish samarali natija beradi?

Barcha javoblar to‘g‘ri;

18

O‘quv adabiyotlarining turlarini belgilang

Darslik, o‘quv qo‘llanma, lug‘at, ma’ruzalar kursi, ma’ruzalar to‘plami, uslubiy ko‘rsatma, uslubiy qo‘llanma, dayjest, sharh, elektron darslik;

19

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishni birinchi bosqichi qaysi yillarga belgilanagn?

1997-2001 yillar

20

Mutaxassislik kodining birinchi uchta raqami nimani ifodalaydi?

Kasbiy faoliyat sohasini.

21

Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari “Asosiy qoidalari” qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

22

Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

23

Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

24

Bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari oliy ta’lim muassasasida qaysi hujjat asosida ishlab chiqiladi?

Davlat ta’lim standartlari “Asosiy qoidalar” va mehnat bozori talablari;

25

Magistratura mutaxassisliklari umumiy tavsifi qaysi hujjatda keltirilgan?

Davlat ta’lim standarti “Yo‘nalishning mutaxassisliklari bo‘yicha magistr tayyorgarligining zaruriy mazmuni va darajasiga umumiy talablar”da;

26

Magistrlar tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy malaka talablari qaysi hujjatda keltirilgan?

Davlat ta’lim standarti “Yo‘nalishning mutaxassisliklari bo‘yicha magistr tayyorgarligining zaruriy mazmuni va darajasiga umumiy talablar”da;

27

Magistratura mutaxassisliklari ta’lim dasturlarini ro‘yobga chiqarish qoidalari qaysi hujjatda keltirilgan?

Davlat ta’lim standarti “Mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy mazmuniga qo‘yiladigan talablar”da;

28

O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qish uchun kimlar qabul qilinadi?

Uta’lim tizimi sub’ektlari

29

Magistratura ta’lim dasturi mutaxassislik fanlar bloki bo‘yicha talablar qaysi hujjatda keltirilgan?

Davlat ta’lim standarti “Mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy mazmuniga qo‘yiladigan talablar”da;

30

Magistratura mutaxassislik fanlar bloki zaruriy mazmuni qaysi hujjatda keltirilgan?

Davlat ta’lim standarti “Mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy mazmuniga qo‘yiladigan talablar”da;

31

Kafedra majlisi qarori qanday asosda qabul qilinadi?

Oddiy ko‘pchilik ovoz bilan

32

OTM yoki fakulьtet Ilmiy kengashi qarori qanday asosda qabul qilinadi?

Ilmiy kengashi a’zolarining uchdan ikki qismi ovozi bilan

33

Nomzod kafedra tanlovidan o‘tgan hisoblanadi, agar qatnashchilarning:

Kamida 50 foiz ovoz olgan nomzod,

34

Birorta nomzod tanlovdan o‘tmagan taqdirda:

Dastlabki ikki nomzod ushbu majlisda qayta ovozga qo‘yiladi

35

Tanlovga ariza tushmagan yoki faqat bitta ariza tushganda:

Tanlov o‘tmagan hioblanadi

36

Tanlovda ishtirok etayotganlar shaxslar o‘zlarining nomzodlari muhokama etilayotgan Ilmiy kengash majlisida qatnashishlari majburiymi?

Qatnashish huquqi beriladi

37

Ilmiy kengash kotibi tanlov natijalari haqida tanlov qatnashchilariga:

Un kun muddatda yozma ravishda xabar beradi

38

Tanlovdan o‘tgan xodim:

Belgilangan tartibda 5 yil muddatga mehnat shartnomasi tuziladi va shartnoma asosida ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqariladi

39

Ilgari egallab turgan lavozimi tanlovida qatnashmagan yoki tanlovdan o‘tmagan xodim bilan:

O‘quv yili tugagandan so‘ng mehnat shartnomasi qonunchilikka muvofiq to‘xtatiladi

40

Kafedralar birlashtirilganda, yangi kafedra mudiri

Tanlov e’lon qilinmasdan Ilmiy kengashda yashirish ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi

41

Kafedralar bo‘linganda:

Birinchi kafedraga rektor buyrug‘i bilan muddati o‘tguncha avvalgi kafedra mudirlaridan biri tayinlanadi, kafedra mudirligiga tanlov o‘tkaziladi

42

O‘zbekiston hududida yashayotgan chet ellik fuqarolar ta’lim muassasalariga qabul qilinishi mumkinmi?

Xalqaro shartnomalar asosida qabul qilinishi mumkin

43

Talabalarning fan bo‘yicha bilimini baholash nazoratning qaysi turlari orqali amalga oshiriladi?

Joriy baholash, oraliq baholash va yakuniy baholash;

44

O‘quv adabiyotlarining shakllari va turlari qaysi hujjatda belgilab berilgan?

Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi;

45

Davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi talablari asosida belgilangan nashr qanday o‘quv adabiyoti?

Darslik;

46

Har bir darsning maqsadi, dars o‘tish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida tavsiyalar bayon qilinadigan, ta’lim muassasasining Ilmiy kengashi tavsiyasi asosida chop etiladigan nashr o‘quv adabiyoti ...

O‘quv qo‘llanma;

47

Kompьyuter texnologiyasiga asoslangan adabiyot ...

Elektron qo‘llanma;

48

Oliy ta’lim muassasasida professor-o‘qituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarning ma’lum bir fan sohasiga birlashuvi:

Kafedra;

49

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini 2-chi bosqichini aniqlang?

2001-2005 yillar

50

Ta’lim sifatiga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Olingan nazariy bilimlarni talqin qilish uchun o‘tkaziladi;

51

Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlari “Asosiy qoidalari” qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

52

Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

53

Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

54

Bakalavriat yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari oliy ta’lim muassasasida qaysi hujjat asosida ishlab chiqiladi?

Davlat ta’lim standartlari “Asosiy qoidalar” va mehnat bozori talablari;

55

Magistratura mutaxassisliklari umumiy tavsifi qaysi hujjatda keltirilgan?

Davlat ta’lim standarti “Yo‘nalishning mutaxassisliklari bo‘yicha magistr tayyorgarligining zaruriy mazmuni va darajasiga umumiy talablar”da;

56

Magistrlar tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan umumiy malaka talablari qaysi hujjatda keltirilgan?

Davlat ta’lim standarti “Yo‘nalishning mutaxassisliklari bo‘yicha magistr tayyorgarligining zaruriy mazmuni va darajasiga umumiy talablar”da;

57

Magistratura mutaxassisliklari ta’lim dasturlarini ro‘yobga chiqarish qoidalari qaysi hujjatda keltirilgan?

Davlat ta’lim standarti “Mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy mazmuniga qo‘yiladigan talablar”da;

58

O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qish uchun kimlar qabul qilinadi?

Uzluksiz ta’lim tizimi sub’ektlari.

59

Magistratura ta’lim dasturi mutaxassislik fanlar bloki bo‘yicha talablar qaysi hujjatda keltirilgan?

Davlat ta’lim standarti “Mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy mazmuniga qo‘yiladigan talablar”da;

60

Magistratura mutaxassislik fanlar bloki zaruriy mazmuni qaysi hujjatda keltirilgan?

Davlat ta’lim standarti “Mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarning tayyorgarlik darajasi va zaruriy mazmuniga qo‘yiladigan talablar”da;

61

Magistr tayyorlash sifatini nazorat qilish qaysi hujjatda keltirilgan?

Davlat ta’lim standarti “Yo‘nalishning mutaxassisliklari bo‘yicha magistr tayyorgarligining zaruriy mazmuni va darajasiga umumiy talablar”da;

62

Ta’lim; gumanitar fanlar va san’at; ijtimoiy fanlar, biznes va huquq yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorining qaysi sohasiga tegishli?

Bilim sohasiga;

63

Fan; muxandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari; qishloq xo‘jaliklari yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorining qaysi sohasiga tegishli?

Bilim sohasiga;

64

O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fan; san’at; gumanitar fanlar; biznes va huquq; jurnalistika va axborot yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorining qaysi sohasiga tegishli?

Ta’lim sohasiga;

65

Ijtimoiy va axloqiy fanlar; huquq; hayot haqidagi fan; tabiiy fanlar yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorining qaysi sohasiga tegishli?

Ta’lim sohasiga;

66

Matematika va statistika; axborotlashtirish; muhandislik va muhandislik ishi; qurilish yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorining qaysi bo‘limiga tegishli?

Ta’lim sohasiga;

67

Rassomlik san’ati; grafika; dizayn; filologiya; jurnalistika; iqtisodiyot yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorida qaysi umumlashgan tushuncha bilan yuritiladi ?

Bakalavriat yo‘nalishlari;

68

Biologiya; fizika; matematika; tog‘ ishlari; neft’-gaz yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorida qaysi umumlashgan tushuncha bilan yuritiladi ?

Bakalavriat yo‘nalishlari;

69

Texnologik mashinalar va jihozlar; elektroenergetika; energomashinaqurilish; asbobsozlik yo‘nalishlar va mutaxassisliklar klassifikatorining qaysi umumlashgan tushuncha bilan yuritiladi ?

Bakalavriat yo‘nalishlari;

70

Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining 5-darajali ta’lim dasturi bo‘yicha egallaydigan bilimlar majmuisi?

Ta’lim yo‘nalishi;

71

Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisining 5A-darajali ta’lim dasturi bo‘yicha egallaydigan bilimlar majmuisi?

Mutaxassislik;

72

O‘quv reja nima?

Oliy ta’limning muayyan yo‘nalish yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan me’yoriy hujjat.

73

O‘quv fani dasturi nima?

Ta’lim mazmuni, uning talabalar tomonidan o‘zlashtirishining eng maqbul usullari, axborot manbaalari ko‘rsatilgan me’yoriy hujjat.

74

YAkunlovchi davlat attestatsiyasiga qaysi bandda eng to‘g‘ri javob berilgan?

Bakalavr yoki magistr darajasiga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq holda ma’lum talab va tartibotlar vositasida (fanlar bo‘yicha davlat attestatsiyasi, bitiruv ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi) bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim dasturini bajarilishi sifatini baholash.

75

Oliy ta’lim muassasasi attestatsiyasiga qaysi bandda eng to‘g‘ri javob berilgan?

Oliy ta’lim muassasasida kadrlar tayyorlash mazmuni darajasi va sifatining oliy ta’lim Davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini aniqlovchi tadbir.

76

Oliy ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi?

Oliy ta’lim muassasasi faoliyatining mezon va talablarga javob berishining davlat tomonidan e’tirof etilishi.

77

Fan bo‘yicha mustaqil ishni tashkil qilish shakllari qaysi tartibda belgilanadi?

Kafedra tomonidan.

78

Oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini qanday baholanadi?

Oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini baholash tegishli ta’lim muassasasida davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasini o‘tkazish bilan amalga oshiriladi.

79

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi)ning ishchi o‘quv rejasi kim tomonidan tayyorlanadi?

Ishchi o‘quv reja loyihasi fakulьtetlarda tayyorlanib uning ilmiy kengash tomonidan oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashi muhokamasiga tavsiya etiladi. O‘quv rejasi oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashi qaroriga ko‘ra rektor tomonidan tasdiqlanadi.

80

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining 3-bosqichini aniqlang?

2005 va undan keyingi yillar

81

O‘quv rejadagi fanlar mazmuni mavzular bo‘yicha qaysi hujjatlarda bayon qilinadi?

O‘quv dasturlarida.

82

Ishchi o‘quv rejasidagi qaysi bloklar mazmuni Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi?

4 va 5 blok fanlarini belgilash

83

Namunaviy o‘quv rejasi qaysi me’yoriy hujjat asosida ishlab chiqiladi?

DTSning ta’lim dasturi ilovasi asosida

84

YUqori malakali mutaxassislar tayyorlanadigan uzluksiz ta’lim turi?

Oliy ta’lim;

85

YUqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari?

Universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktablar;

86

Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko‘ra oliy ma’lumotli kadrlar qanday ta’lim negizida tayyorlanadi?

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negizida;

87

Qaysi hollarda o‘quvchilarga akademik ta’tillar beriladi ?

Organizm funksiyalari buzilishi natijasida mehnat layoqatining pasayishi, uzoq muddatli, qaytalovchi, surunkali kasalliklar, shuningdek homiladorlik va farzand tug‘ilishi hollarida.

88

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi haqidagi Nizomni qaysi boshqaruv organi tasdiqlaydi?

Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi;

89

Davlat namunasidagi oliy ma’lumot haqidagi hujjatning namunasi va ularni saqlash, hisobini yuritish va topshirish tartibini qaysi boshqaruv organi tasdiqlaydi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

90

Oliy ta’lim muassasasi rektori qaysi boshqaruv organi tomonidan lavozimiga tayinlanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

91

Oliy ta’lim muassasasi prorektori qaysi boshqaruv organi tomonidan lavozimiga tayinlanadi?

Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi;

92

Oliy ta’lim muassasasi fakulьteti dekani qaysi boshqaruv organi tomonidan lavozimiga tayinlanadi?

Oliy ta’lim muassasasi;

93

Oliy ta’lim muassasasi qaysi yuridik hujjat asosida o‘z faoliyatini yuritadi?

Oliy ta’lim muassasasi Ustavi;

94

Pedagog kadrlarning malakasini oshirish, bu – …

Barcha javoblar to‘g‘ri;

95

Qayta tayyorlashning turlari?

Pedagogik va kasbiy;

96

Quyidagilardan qaysi biri malaka oshirish shakli emas?

Ilmiy xizmat safariga borish.

97

Malaka oshirishning minimal muddati va hajmi?

To‘rt hafta, 144 soat

98

Qayta tayyorlashning minimal muddat va hajmi?

To‘rt oy, 576 soat;

99

Pedagogik qayta tayyorlash bu - …

Pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va etarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni qayta tayyorlash;

100

Bakalavriat o‘quv rejasi qanday bloklardan tashkil topgan.

gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy; matematik va tabiiy-ilmiy; umumkasbiy; maxsus; qo‘shimcha;

101

Oliy ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini qanday organ amalga oshiradi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

102

Qaysi organ talabini akkredetitatsiyalangan bir ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilaydi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

103

Qaysi organ oliy ta’lim muassasalarida grantlar sonini va qabul qilish tartibini o‘rnatadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

104

Qaysi organ oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlaydi va uslubiy rahbariyatni amalga oshiradi?

Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi (OO‘MTV);

105

Pedagogik va ilmiy kadrlar attestatsiyasini, oliy ta’lim muassasalari akkreditatsiya tartibini qaysi boshqaruv organi aniqlaydi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

106

Kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim darajasiga bo‘lgan talablarni, davlat ta’lim standartlari bajarilishini qaysi boshqaruv organi ta’minlaydi?

Oliy ta’lim muassasasi;

107

Boshqa davlatlar oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishi huquqini qaysi boshqaruv organi beradi?

O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi;

108

Pedagogik va informatsion texnologiyalar, progressiv ta’lim shakllarini ta’lim jarayoniga tadbiq qilishni qaysi boshqaruv organi ta’minlaydi?

Oliy ta’lim muasasasi;

109

Oliy ta’lim muassasalari xodimlarining lavozim maoshlariga qo‘shimcha va ustamalarni qaysi boshqaruv organi belgilaydi?

Oliy ta’lim muassasasi;

110

O‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni qaysi boshqaruv organi tashkillashtiradi?

Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi (OO‘MTV);

111

Oliy ta’limni rivojlantirish dasturlarini qaysi boshqaruv organi ishlab chiqadi va amalga oshiradi?

Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi (OO‘MTV);

112

Pedagogik va ilmiy kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlashni qaysi boshqaruv organi tashkillashtiradi?

Oliy ta’lim muassasasi;

113

Ishchi va xizmatchilarni, shuningdek ilmiy-pedagogik xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishni qaysi bo‘shqaruv organ amalga oshiradi?

Oliy ta’lim muassasasi;

114

Prorektorning mas’uliyati va muayyan majburiyatini qaysi boshqaruv organi belgilaydi?

Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi (OO‘MTV);

115

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi haqida nizomni qaysi boshqaruv organi tasdiqlaydi?

Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi (OO‘MTV);

116

Ta’lim haqidagi Davlat hujjatining namunasi va ularning berilish tartibini qaysi boshqaruv organi tasdiqlaydi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

117

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining tayyorgarlik sifati va darajasini, Davlat ta’lim standartlari talablari mazmuniga mosligini belgilovchi jarayon?

Attestatsiya;

118

Davlat ta’lim muassasasi talabalari va kriteriyalariga javob beruvchi oliy ta’lim muassasasining faoliyat darajasini tan olish?

Akkreditatsiya;

119

Laboratoriya va amaliy ish, seminarlar va kollokviumlar, uy vazifalari va boshqalarni boshqarishda ta’lim oluvchining yutuqlarini aniqlash va baholash?

Joriy nazorat;

120

Fanning bir va bir necha bo‘limlari bo‘yicha yutuqlarni aniqlash va baholash?

Oraliq nazorat;

121

Butun fan bo‘yicha yutuqlarni aniqlash va baholash?

YAkuniy nazorat;

122

Qaysi nazorat turi o‘qituvchilarga mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur qobiliyati, bilimning mukammalligini aniqlash, ta’lim oluvchilarga esa o‘z fikrlarini aniq bayon etish ko‘nikmasini ko‘rsatish imkonini beradi?

YOzma nazorat;

123

Qaysi nazorat turi ta’lim oluvchiga o‘z fikrlarini bayon etish uchun qulay sharoit yaratadi?

Og‘zaki nazorat;

124

Qaysi nazorat turi ko‘proq texnologik va obьektiv hisoblanadi?

Test nazorati;

125

Nazoratning qaysi turida dasturli materialdan tashqari bilim va eruditsiyani paydo bo‘lish imkoni yo‘q?

Test nazorati;

126

Qaysi usulda qabul qilingan ma’lumot xotirada ko‘proq saqlanadi?

O‘zi bajarish;

127

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qaysi vakolatli tashkilot tomonidan tasdiqlanadi?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi;

128

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qaysi yili qabul qilindi?

1997 yil 29 avgust.

129

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qaysi qonunning talablari asosida tayyorlangan?

”Ta’lim to‘g‘risidagi” qonun;

130

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi nima?

Barchasi to‘g‘ri.

131

Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagog kadrlar nufuzini va ijtimoiy maqomini ko‘tarish, bu …?

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifasi;

132

Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari nimadan iborat?

SHaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish;

133

Bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzini oshirish – bu ...?

Uzluksiz ta’limni rivojlantirish prinsipi;

134

Ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtiri – bu ... ?

Uzluksiz ta’limni isloh qilish yo‘nalishi;

135

Elektron o‘quv adabiyotlari qanday manba hisoblanadi?

Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlari mavjud manba;

136

O‘quv jarayonining sifatli uslubiy ta’minoti nima deb nomlanadi?

O‘quv-uslubiy majmua;

137

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi)ning ishchi o‘quv rejasi qaysi me’yoriy xujjatlar asosida ishlanadi?

Ishchi o‘quv reja mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi)ning namunaviy o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi.

138

Qaysi qatorda uzluksiz ta’lim turi berilmagan?

Boshlang‘ich ta’lim

139

Oliy ta’lim qaysi ta’lim negiziga asoslanadi?

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limiga;

140

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni qaerda olish mumkin?

Oliy ta’lim muassasalarida va ilmiy-tadqiqot institutlarida (aspirantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchilik asosida)

141

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim turining maqsadi?

Mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish;

142

Oliy malakali va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirish, bu...?

OTMlar vazifasi.

143

Buyurtmachilar kadrlar tayyorlash tizimining qaysi jihatiga baho beradi?

Kadrlar sifati va raqobatbardoshligiga;

144

YUksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, ishni tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallagan, oliy ma’lumotli, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini qaysi davlat organi bajaradi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

145

Ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va takomillashtirishni amalga oshiruvchi davlat organi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;

146

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilanagan vazifalarni bajarilishiga mas’ul organ?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

147

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi tashkilot (organi)ni aniqlang?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi;

148

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quv jarayonining uzluksizligi va uzviyligini uslubiy ta’minlovchi tashkilot?

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi;

149

Pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish va takomillashtirish qaysi tashkilot vazifasi?

Respublika OTMlari;

150

Bakalavriat yo‘nalishi talabalarining haftalik umumiy yuklamasi (auditoriya va auditoriyadan tashqari) hajmi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

54 soat;

151

Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish qanday amalga oshiriladi:

Talaba mustaqil ishiga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigan va fakulьtet dekani tomonidan tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi;

152

Talabalarning “YAkuniy davlat attestatsiyasi”, “Malakaviy bitiruv ishi”, “Magistratura talabasining ilmiy faoliyati bo‘yicha o‘zlashtirishi” va “Magistrlik dissertatsiyasi” qanday tartibda baholanadi:

Talabalarning “YAkuniy davlat attestatsiyasi”, “Malakaviy bitiruv ishi”, “Magistratura talabasining ilmiy faoliyati bo‘yicha o‘zlashtirishi” 86-100, 71-85, 55-70 ball va “Magistrlik dissertatsiyasi” “himoyadan o‘tdi” yoki “himoyadan o‘tmadi” deb baholanadi;

153

Davlat attestatsiya komissiyasining tarkibi kimlardan iborat etib tuziladi:

Davlat attestatsiya komissiyasining tarkibi mutaxassis chiqaruvchi OTM rahbar va ilmiy-pedagogik kadrlari ( attestatsiya komissiyasi tarkibining 50% dan ortiq bo‘lmagan) va boshqa taklif etilgan mutaxassislar vakillaridan tuziladi;

154

OTM USTAVning tasdiqlanish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i asosida tasdiqlanadi va mahalliy hokimiyatdan ro‘yxatdan o‘tkaziladi;

155

Bitiruv malakaviy ishi qaerda va necha yil saqlanish kerak:

Malakaviy ish himoyadan so‘ng (kamida 10 yil) OTMda saqlanadi. Har xil sabablarga ko‘ra malakaviy ishni boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud bo‘lgan holda ( tadbiq etish, tanlov va hakozo), ishdan nusxa olinadi (asl nusxa OTM qoladi);

156

OTMda kimlarning ochiq leksiyalar o‘tkazishi majburiyligi belgilab qo‘yilgan?

Professor, dotsent, katta o‘qituvchi va o‘qituvchi lavozimlariga da’vogarlik qilayotgan pedagog kadrlar uchun o‘tkazish majburiy.

157

Ochiq leksiyalarni tashkil etish tartibi:

Ochiq leksiyalarni o‘tkazish to‘g‘risidagi kafedralar takliflari, OTM bo‘yicha umumlashtirilib, rektor tomonidan tasdiqlanadi va o‘quv semestri boshida OO‘MTVga ma’lumot uchun taqdim qilinadi;

158

OO‘MTV Hay’atini tashkil etish:

Vazirlikda 9 kishidan iborat tarkibida Vazir, Vazirning birinchi o‘rinbosari va Vazir o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha) va Vazirlik tizimining boshqa xodimlaridan iborat Hay’at tashkil etiladi. Hay’atning shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

159

Talabalar bilimini baholash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash:

Talabalar bilimini baholash mezonlari OTM kafedralari tomonidan ishlab chiqiladi va fakulьtet o‘quv-metodik kengashida tasdiqlaniladi;

160

Fakulьtetdagi talabalar soni qancha bo‘lganda dekan muovini lavozimi kiritiladi:

Kunduzgi o‘quv shaklida talabalar soni 150 dan 300 gacha bo‘lgan holatda, fakulьtet dekaniga yordam tariqasida 0,5 shtat birligiga ega bo‘lgan dekan muovini shtat birligi kiritiladi. Talabalar soni 300 ortiqni tashkil etganda, kelgusi har 150 kishiga qo‘shimcha ravishda 0,5 shtat birligi beriladi;

161

O‘qituvchilarning malaka oshirishda bo‘lgan vaqti pedagogik stajga hisoblanadimi ?

Malaka oshirishda bo‘lgan davr o‘qituvchilik stajiga kiritiladi.

162

Apellyasiya komissiyasi tartibi:

Apellyasiya komissiyasi rektor buyrug‘i bilan kamida 3 kishidan iborat bo‘lib YAN natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 1 kun davomida murojaatlarni ko‘rib chiqadi va shu kunining o‘zida xulosa chiqariladi;

163

Reyting tizimida yozma ishning qo‘llanish tartibi:

Talabalar bilimini reyting tizimi bo‘yicha baholashning yozma ish usuli yakuniy baholash va yakuniy davlat attestatsiyasida qo‘llaniladi;

164

YAkuniy baholashda yozma ish savollarining tasdiqlanish tartibi:

YAkuniy baholashni yozma ish shaklida o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha savollar kafedra tomonidan ishlab chiqilib, o‘quv yili boshlanishigacha kafedra majlislarida muhokama etiladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi;

165

YAkuniy baholashda yozma ishni o‘tkazish tartibi:

YAkuniy baholashda yozma ish dekanat tuzgan jadvalga ko‘ra va uning nazoratida, kafedra mudiri va fan o‘qituvchilari mas’ulligida dars jadvali bo‘yicha o‘tkaziladi;

166

Nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, mustaqil tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida talabalar o‘tkazadigan amaliy ish turi:

Malakaviy amaliyot;

167

Bakalavr qanday daraja?

Akademik daraja;

168

Magistrlik qanday daraja?

Akademik daraja;

169

Oliy ta’lim muassasasida bir kurs o‘qishni tugallashga qaratilgan ta’lim faoliyati davri?

O‘quv yili;

170

Tarmoq vazirliklariga qarashli kasb-hunar kollejlari kimga bo‘ysunadi?

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tarmoq vazirliklariga

171

Davlat test markazi qoshidagi kadrlarni tayyorlash sifatini nazorat etish hamda o‘quv muassasalari va o‘qituvchi xodimlarini attestatsiya qilish Boshqarmasi ta’lim muassasasi faoliyatini to‘htatishi mumkinmi ?

Tavsiya berishi mumkin

172

Qaysi hollarda ta’lim muassasasi davlat akreditatsiyasidan mahrum qilinishi mumkin ?

Attestatsiya natijalari bo‘yicha

173

Litsenziya berish deganda nima tushuniladi?

Ta’lim xizmati ko‘rsatish uchun davlat va nodavlat muassasalariga huquq beruvchi ruhsatnomani berish

174

Muassasa faoliyatini attestatsiya qilish deganda nima tushuniladi ?

Ta’lim muassasi Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun o‘tkaziladigan tadbir.

175

Maxsus sirtqi ta’lim jarayoni kim tomonidan boshqariladi?

Fakulьtet dekani maqomidagi mudir;

176

Me’yoriy hujjat deganda nima tushuniladi ?

Turli faoliyat turlari yoki ularning natijalariga tegishli qoida, umumiy tamoyillar yoki tavsiflarni o‘z ichiga olgan hujjat.

177

Maqsadlar taksonomiyasi deganda nimani tushunasiz:

maqsadlarni ob’ektlar, ularning tabiiy o‘zaro bog‘liqligiga asoslanib va toifalari murakkablashib boradigan ketma-ketlikda (ya’ni ierarxik) joylashtirib turkumlash va sistemalashtirish orqali aniqlash.

178

Oliy ta’lim muassasasida malakali kadrlar tayyorlashning yuqori sifatini ta’minlash imkoniyati:

raqobat muhiti;

179

Oliy ta’limning muayyan yo‘nalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv faoliyati turlari, o‘quv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni kurs va semestr davomida o‘rganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan normativ hujjat?

O‘quv rejasi;

180

Qandaydir masala yoki muammoni o‘qituvchining davriy maslahatlari yordamida yoki ularsiz, mustaqil o‘rganilish negizidagi talabaning tizimli o‘quv faoliyati?

Mustaqil ta’lim;

181

Malakaviy tavsifni ta’minlovchi, ta’lim fanlarini birlashtiruvchi o‘quv dasturlarining qismi?

Integratsiyalashgan kurs;

182

Ma’ruza va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari asosiy mazmunining qisqa yozma bayoni?

Konspektlashtirish;

183

Dastlabki takliflar yoki kutilgan natijaga mosligini aniqlash maqsadida, qandaydir bir jarayonni doimiy kuzatish.

Monitoring;

184

Rahbarning boshqaruv va jamoa faoliyati, jamoat munosabatlarini boshqarishni o‘zaro maslahatlashgan holda amalga oshirishi.

Boshqarishning demokratik uslubi;

185

Rahbarning shaxsiy g‘oya, reja va tavsiyalarini o‘rinbosari va jamoa a’zolari bilan maslahatlashmasdan amalga tadbiq etishi

Boshqarishning avtokratik uslubi;

186

Ta’lim dasturining ta’lim fanlarini umumlashtiruvchi, bilimlar yoki faoliyatning belgilangan qismini o‘zlashtirishni ta’minlovchi qismi:

Ta’lim fanlari bloki

187

O‘quv jarayonining nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy malakalarni egallashga yo‘naltirishgan bo‘limi

malakaviy amaliyot

188

Magistrantning malakaviy ishi nima deb ataladi?

Magistrlik dissertatsiyasi

189

Muayyan savol yoki muammoni o‘qituvchi yoki mutaxassisdan davriy maslahat olgan holda yoki ularsiz mustaqil o‘rganishga qaratilgan talabaning tizimli o‘quv faoliyati:

mustaqil ta’lim

190

Oliy ta’lim muassasasida ta’limning bir kursini yakunlashga mo‘ljallangan ta’lim faoliyatining davri:

o‘quv yili

191

O‘quv mashg‘uloti, doklad asosiy mazmunining qisqacha yozma ko‘rinishi:

konspektlashtirish

192

Rahbarning boshqarish faoliyati va jamoaning o‘z o‘zini boshqarishining optimal bog‘liqligi:

boshqarishning demokratik uslubi

193

Maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallagan, unga jismoniy imkoniyat, aqliy qobiliyat va yuridik huquqlarni ta’minlovchi insoniy mehnat faoliyatining turi nima?

Kasb

194

O‘quv rejasidagi «Maxsus fanlar bloki» ta’lim dasturining necha foizini tashkil etadi?

9-10 %

195

O‘quv rejasidagi «Umumkasbiy fanlar bloki» ta’lim dasturining necha foizini tashkil etadi?

33-35 %

196

O‘quv rejasidagi «Qo‘shimcha fanlar bloki» ta’lim dasturining necha foizini tashkil etadi?

5-7%

197

Lotinchada «guvohlik beraman» degan ma’noni anglatib, xodimning malakasini, o‘qituvchilarning bilim darajasini belgilovchi hujjat nima?

Attestat

198

«Bakalavr» so‘zi lotin tilida nimani anglatadi?

Vassalning er mulki

199

«Magistr» so‘zi lotin tilida nimani anglatadi?

Boshliq

200

OTMning ilmiy-tadqiqot faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qaysi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar asosida baholanadi?

Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun;

3294 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений