linkedin facebook linkedin facebook nod32

MA’NAVIYAT TEST JAVOBLARI

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-10-30

MA’NAVIYAT TEST JAVOBLARI

1

I.A.Karimov ilgari surgan konseptual fikrning to‘g‘ri varianti qaysi? “Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyat, davlatning kuch-qudratidir. U yo‘q joyda hech qachon … bo‘lmaydi”.

Baxt-saodat;

2

I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasi ilk bor qachon va qaysi asarda keltirilgan?

“O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”, 1992 yil;

3

Ma’naviy barkamol inson deganda qanday shaxsni tushunasiz?

Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni chuqur egallagan va unga amal qilgan ziyoli shaxs;

4

Ma’naviyat so‘zining lug‘aviy ma’nosi qanday?

Arabcha “Ma’naviyat” – ma’nolar majmui degan ma’noni bildiradi;

5

"Istiqlol” so‘zi qanday ma’noni anglatadi?

Arabcha «Istiqlol” - ozodlik, erkinlik, ko‘tarilish, qaddini rostlash, o‘sish, yuqori joyga erishish ma’nosini anglatadi;

6

Biz qanday jamiyat barpo etmoqdamiz?

Dunyoviy, demokratik, fuqarolik jamiyati;

7

“Ma’naviyat” tushunchasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping.

Barcha javoblar to‘g‘ri.

8

“Millatning shakllanishi, takomillashuvi va yuksalishiga qaratilgan evolyusion xarakterdagi uzluksiz jarayon» bu ...

Milliy taraqqiyot;

9

O‘zbekistonda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning nazariy asoslari I.A.Karimovning qaysi asarida ishlab chiqilgan?

“O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”;

10

“Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur”, degan jumla kimning qaysi asaridan olingan?

Amir Temurning “Tuzuklari”dan;

11

O‘zbekiston Respublikasida 1991 yil 18 noyabrda ... qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i;

12

komil inson deganda nimani tushunasiz?

barcha javoblar to‘g‘ri.

13

«bizga bitiruvchilar emas, maktab ta’lim-tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak» - iborasi islom karimovning qaysi asaridan olingan?

“barkamol avlod orzusi”;

14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 2009 yilni qanday yil deb e’lon qildilar?

Qishloq taraqqiyoti va farovonlini yili

15

O‘zbekiston fuqarolari necha yoshdan boshlab Oliy Majlisga saylanish huquqiga ega?

25 yoshdan

16

Mavjud rejimga nisbatan bevosita va bilvosita qarshi fikrlarning namoyon bo‘lishi nima deb ataladi?

Muholifat;

17

G‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashda quyidagilardan qaysi biri muhim o‘rin tutadi?

G‘oyaviy ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot;

18

Vijdon erkinligi nima ?

Vijdon - insonning o‘z qilmishlari uchun ruxiy azoblanishi, hamda konstitutsiyaga ko‘ra diniy e’tikod erkinligi

19

Buzg‘unchi g‘oyalar qanday sharoitda ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi?

Jamiyatda yaxlit g‘oya va mafkuraning yo‘qligi-mafkurasizlik sharoitida;

20

Islohotlar va ularning ma’naviy mezoni?

Barcha javoblar to‘g‘ri.

21

Prezident i.a.karimovning qaysi asari iqtisodiy islohotlarning ikkinchi davriga bag‘ishlangan?

O‘zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo‘lida;

22

O‘zbekiston Respublikasi qachon BMTga a’zo bo‘lgan?

1992 yil 2 mart;

23

Astronomiya va matematika sohasida Mirzo Ulug‘bek bilan birga ishlagan allomani ko‘rsating

Ali Qushchi;

24

Milliy ma’naviy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?

Muayyan millatga tegishli bo‘lgan barcha (axloqiy, diniiy, badiiy huqukiy, siyosiy) ma’naviy meros

25

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi?

Prezidentlik;

26

Milliy birlik nima uchun kerak deb o‘ylaysiz?

Millatning manfaat va ehtiyojlarini qondirish va taraqqiyoti uchun;

27

Navro‘z bayramining kelib chiqish sababi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Qadimda kun va tun teng kelgan kun yangi yilning boshlanashi- “YAngi kun”, ya’ni “Navroz” deb nomlangan. Bun kunda tabiat uyg‘ongan, dehqonlar harakatga kelib, bo‘lajak hosil taraddudi boshlangan.

28

mustaqil o‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini aniqlang?

barcha javoblar to‘g‘ri.

29

qaysi javobda kadrlar tayyorlashning milliy modeli tarkibiy qismlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan.

shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish;

30

barkamollik qanday ma’naviy insoniy sifatlardan tarkib topadi?

barcha javoblar to‘g‘ri.

31

o‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish modelida kim bosh islohotchi?

davlat;

32

barkamol inson:

yuqoridagi hamma sifatlarni o‘zida shakllantira boradi.

33

yoshlarni barkamol qilib tarbiyalash:

yuqoridagi hamma sifatlar majmuasini shakllantirishdan iboratdir.

34

intellektual mulk nima?

inson aqliy mehnatining mahsulidir

35

o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri?

umumiy madaniyat va axloqning yuksak darajasi;

36

prezidentimiz ta’limni isloh qilish borasidagi ma’ruzalaridan birida xx asr boshida aytilgan mashhur iborani keltirganlar. ya’ni, «tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo saodat, yo falokat» degan fikrni ko‘p mushohada qilaman», deganlar. prezidentimizning o‘ylantirgan bu ibora qaysi allomagan taaluqli?

avloniy;

37

Ma’naviy tarbiya …

jamiyatda ma’naviy merosni avlod-avlodga o‘tkazish va boyitishning shakllaridan biri;

38

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisida nechta deputat o‘z faoliyatini olib boradi?

220;

39

“Qutadg‘u bilik” asari muallifi kim?

YUsuf Xos Xojib.

40

O‘z davrida «Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» unvoniga sazovor bo‘lgan alloma kim?

Al Forobiy;

41

O‘zbekiston o‘zi uchun eng maqbul deb tanlagan rivojlanishning…

Evolyusion(tadrijiy)yo‘lidan bormoqda;

42

YUrtimizda davlatchilik…

SHarq tamadduni asosida vujudga kelgan;

43

Prezident I.A.Karimov qaysi imom hazratlarining g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat tamoyilini olg‘a surganligi va unga amal qilganligini ta’kidlab o‘tgan?

Imom Moturudiy;

44

O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon qabul qilindi?

1997 yil avgust;

45

Hozirgi davrdagi g‘oyaviy tahdidlar qanday namoyon bo‘lmoqda?

Diniy ekstremizm va soxta demokratiya ko‘rinishida;

46

Mustaqillik tufayli ijtimoiy-siyosiy sohada erishgan eng asosiy yutug‘imiz nimada?

o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash huquqiga ega bo‘ldik;

47

Milliy g‘oya nima?

Milliy g‘oya millat tafakkurining maxsuli, unda millatning o‘tmishi, buguni istikbolini, uning tub maksad-manfaatlari ifodalanadi

48

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan va necha moddadan iborat?

1989 yil 21 oktyabrь, 24 moddadan iborat;

49

YAkkamafkuraviy va ko‘pmafkuraviy jamiyatning asosiy farqlari nimalarda ko‘rinadi?

YAkkamafkuraviy jamiyatda bir mafkura xukmron mafkura bo‘ladi, ko‘pmafkuraviy jamiyatda xilma-xil mafkuralar faoliyat ko‘rsatadi, biron-bir mafkura Davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilmaydi

50

Estetik tarbiyaning asosiy vazifalarini ko‘rsating:

Estetik ehtiyojlarni tarbiyalash, idrokni va his-tuyg‘uni, estetik tushuncha, did, baholash va fikrlash, badiiy va musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish;

51

Qaysi O‘rta Osiyolik olim algebra fani asoschisi sanaladi?

Al-Xorazmiy;

52

O‘zbekistonda davlat tilining huquqiy maqomi qachon mustahkamlangan?

1992 yil 8 dekabrda.

53

Insonning ustuvor va muqaddas oliy huquqlaridan biri qaysi?

tinch va osoyishta yashash;

54

YAngi hayot, yangi jamiyat poydevori bu – ...

barcha javoblar to‘g‘ri.

55

O‘zbekiston Respublikasida Prezidentlik boshqaruvi qachon ta’sis etilgan?

1990 yil 24 mart.

56

Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining asosini nima tashkil etadi?

Islohotlarning besh tamoyili

57

O‘zbekiston xalqining mashhur akademik arxeologi kim?

YAhyo G‘ulomov;

58

CHingiziylarga qarshi o‘n bir yil muttasil mardona kurashgan shaxs kim?

Jaloliddin Manguberdi;

59

“Terror” so‘zining lug‘aviy ma’nosi?

qo‘rqitish va dahshatga solish;

60

Quyidagi qadriyatlarning qaysilari ma’naviyatning tarkibiy asoslari hisoblanadi?

Barcha javoblar to‘g‘ri.

61

Qaysi asar sakkiz asrdan buyon mukammal huquqiy manba sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan?

Marg‘iloniyning “Hidoya” asari;

62

Marg‘iloniyning “Hidoya” asarining ma’nosi nima?

“To‘g‘ri yo‘l”;

63

2007 yili Toshkent shahriga qaysi tashkilot tomonidan “Islom madaniyati poytaxti” nomi berildi?

AYSESKO;

64

Asosiy g‘oyaviy bo‘shliq nima?

eski mafkura inkor etilib, kelajakka daxldor qadriyatlar, tushuncha va tasavvurlarni to‘liq anglab etmaslik oqibatida odamlarning qalbi va ongida vujudga keladagan bo‘shliq;

65

O‘zbekiston haqida ijobiy fikrlarni bildirib maqolalar yozgan rossiyalik tadqiqotchi «Politika» jamg‘armasi raisini aniqlang

V.Nikonov;

66

Ma’naviy yo‘qotish nima?

millatning qadriyati, tafakkuri va turmush tarzining izdan chiqishi, manqurtlik;

67

Zo‘ravonlik va tajovuzkorlikning yangi ko‘rinishi qanday?

aqidaparastlik, ekstremizm, terrorizm, narkobiznes;

68

G‘arb va SHarq hayot tarzidagi asosiy farqlar keltirilgan javobni aniqlang.

g‘oyaviy individualizm va milliy qadriyatlarga asoslangan jamoaviylik;

69

Huquqiy madaniyat bu - ...

barcha javoblar to‘g‘ri.

70

Ma’naviyat bu – ...

V. va S. Javoblar.

71

Diniy aqidaparastlarning asosiy maqsadi?

islomiy davlat (halifalik) va taraqqiyot yo‘lini joriy etish.

72

Ma’naviy jasorat nima?

ruhan poklanish, iymon-e’tiqod, ezgulik va ma’rifat yo‘lidagi kurash;

73

“Mahbub ul-qulub” asarida maktab, muallim, o‘qitish usullari, ta’lim tarbiya to‘g‘risida pedagogik fikrlar bayon etilgan. Bu asar qaysi ma’rifatparvarga tegishli?

Alisher Navoiyga.

74

Buxoro madrasalaridan birining peshtoqiga «Bilimga intilish har bir musulmon ayol va erkakning burchidir» deb yozdirgan kim edi?

Ulug‘bek Mirzo;

75

YUsuf Xos Xojib o‘zining qaysi asarida ilm-fan ma’rifatning ahamiyati, ma’rifatga tavsif berib kishilarni tinmay bilim o‘rganishga chaqirgan?

“Qutadg‘u bilig” asarida;

76

Mamlakatimizda “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” qachondan boshlab nishonlanadi?

1996 yil 1 oktyabrdan;

77

O‘zbekistonda ikki palatali parlamentga saylovlar qachon o‘tkazildi?

2004 y. 26 dekabr;

78

Qaysi yil jahon xamjamiyati YUNESKO homiyligi ostida Avestoning 2700 yilligini keng nishonladi?

2001 y;

79

Jamiyatga g‘oyaviy tahdidni bartaraf qilishning eng samarali yo‘llaridan biri, ko‘rsatilgan javobni toping.

Kishilarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

80

Prezident Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida qanday mavzular yoritilgan?

A, V javoblar to‘g‘ri.

81

Qanday holatlarda jamiyatga begona g‘oyalar kirib keladi?

Jamiyatda g‘oyaviy bo‘shliq yuzaga kelgan paytda;

82

Insonni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishiga ko‘proq nima sabab bo‘ladi?

G‘oyasizlik va ongsizlik;

83

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning bosh ustuvor yo‘nalishi - bu…

Inson omili;

84

Asosan ko‘p millatli davlatlarda kichik millat vakillari tomonidan mustaqil davlatni yoki milliy davlat avtonomiyalarini yaratishga qaratilgan intilishlarni nima deb aytadi?

separatizm;

85

Mafkuraviy tarbiya deganda nima tushuniladi?

Kishilar tafakkurini boyitish, mafkuraviy immunitetniakllantirish;

86

Aksiltarg‘ibot qanday yo‘nalishda amalga oshiriladi?

A va V javoblar to‘g‘ri.

87

Aksiltarg‘ibot salbiy ta’sirining oldini oluvchi yo‘nalishning asosiy maqsadi nima?

A, V, S.

88

G‘oyaviy tahdid boshqa tahdidlardan qanday farq qiladi?

Bunday taxdidni aniqlashning qiyinligi bilan;

89

Jamiyatdagi ma’naviy-mafkuraviy barqarorlikka qaysi davlat tashkilotlari mas’ul?

Barcha davlat tashkilotlari;

90

Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirish va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirish qaysi fan sohalarining vazifasiga kiradi?

Barcha fan sohalarining;

91

G‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashning asosiy tamoyili to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniklang?

G‘oyaga qarshi faqat g‘oya bilan qarshi kurashish tamoyili;

92

O‘zbekistonning maydoni qancha?

447.4 km kvadrat;

93

O‘lkamizda yaratilgan dastlabki yozma manba?

Avesto.

94

Mamlakatimizda ijtimoiy ko‘mak berishning hozirgi tizimida qaysi bo‘g‘in asosiy mavqega ega bo‘lib qoldi?

Maxalla;

95

YUrtparvarlikning asosiy shartlari?

O‘z ijobiy ishlarimiz, bunyodkorlik harakatlarimiz bilan Vatan kuch-qudratiga hissa qo‘shish.

96

Plyuralizm so‘zi nimani bildiradi?

olamning asosida turli g‘oyalar yotishi haqidagi ta’limot;

97

Milliy birlikni his qilish uchun odamlarda qanday fazilat ustuvor bo‘lishi kerak?

Millatparvarlik.

98

Demokratik davlat boshqa turdagi davlatlardan nimasi bilan farq qiladi?

qonunlar ustuvorligi bilan.

99

“Ma’naviyat” so‘zining ma’nosi quyidagilardan qaysi biriga mosroq keladi?

Insoniylikka yo‘l;

100

Germaniya axborot agentligini toping

Deutsche Welle;

101

Kosmopolitizm nima?

Vatansizlik g‘oyasi bo‘lib, g‘ayriinsoniy va yot g‘oyalarning ko‘rinishi.

102

Diniy aqidaparastlikning oqibati nimaga olib kelishi mumkin ?

sivilizatsiyalar to‘qnashuviga;

103

Mamlakatimizga tahdid soluvchi tashqi tahdidlar…

xalqaro terrorizm, qurol-yarog‘ savdosi, narkobiznes, insonlar savdosi;

104

O‘zbekistonda nechta diniy jamoa konfessiya vakillari yashaydi?

17 ta diniy jamoa vakillari;

105

2003 yil noyabrda qaysi siyosiy partiya tashkil etildi?

“O‘zbekiston Liberal-demokratik partiya”.

106

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) qachon tashkil topgan?

1991 yil 21 dekabrь;

107

O‘zbekiston mustaqilligini sobiq Ittifoq respublikalaridan qaysi biri birinchi bo‘lib tan olgan?

Gruziya;

108

ma’naviy barkamollikning iqtisodiy mazmuni nima?

shaxs va davlat ta’minotida to‘la iqtisodiy mustaqillikka erishish;

109

Mamlakat siyosiy hayotini erkinlashtirish deganda nimani tushunasiz ?

Aholining siyosiy faolligini oshirish;

110

Fuqarolik jamiyatida ...

Inson erkinligi va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi;

111

Mustaqil O‘zbekiston davlatining bosh strategik maqsadlari bular:

Barcha javoblar to‘g‘ri.

112

Markaziy Osiyo bo‘yicha taniqli amerikalik tadqiqotchi Frederik Star tomonidan ilgari surilgan «Katta Markaziy Osiyo» g‘oyasiga qaysi mamlakatlar kiradi?

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Pokiston;

113

Buyuk Britaniyaning axborot agentligini aniqlang.

VVS;

114

I.A.Karimov “Bizni tanlagan yo‘limizdan hech kim qaytarolmaydi” asari qachon yozilgan va nimaga bag‘ishlangan?

2005 yil 14 may, Andijon voqealariga;

115

MAFKURAVIY IMMUNITET NIMA ?

insonlarda g‘ayriinsoniy g‘oyalarga qarshi tura olish qobiliyati

116

Vijdonlilik va insoflilik fazilati nimada namoyon bo‘ladi?

Har bir ishda me’yorni bilish

117

Oqillik nima, u nimalarga asoslanadi?

Bilimga amal qilish

118

I.Karimovning “Ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va ma’rifatni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi” degan so‘zlari qaysi asarda yozilgan?

“Barkamol avlod- O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori”;

119

O‘zbek oilasining ma’naviy axloqiy jihatlari nimada?

Poklik, imonlilik, bolajonlik, sadoqat va vafodorlik;

120

Pedagogning milliy madaniyat tarixini o‘zlashtirishi nimalarda namoyon bo‘ladi?

Ilmiy-pedagogik faoliyatida xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan hamda Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Xorazimiy, Amir Temur, Imom Buxoriy kabi allomalar merosidan foydalanish.

121

Amir Temur davlatini boshqarishda qaysi asosiy 4 omilga e’tibor berildi?

Saltanat, xazina, qo‘shin, raiyat;

122

Milliy o‘zini o‘zi anglash qanday yuz beradi va nimalarda ko‘rinadi?

Millatning urf-odatlarini, an’analarini, tarixini, madaniyatini har tomonlama o‘rganishda va hayotga tadbiq etishda;

123

“YAxshilarga yaxshilik qildim, yomonlarni yomonliklarga topshirdim. Kim menga do‘stlik qilgan bo‘lsa qadrini unutmadim va unga muruvat, ehson, izzatu-ikrom ko‘rsatdim”. Ushbu satrlar qaysi asardan olingan?

“Temur tuzuklari”;

124

Quyidagi javoblardan qaysi biri siyosiy tizim tushunchasinio‘zida aks etiradi?

Siyosiy munosabatlar, siyosiy tashkilot (institut)lar va Siyosiy me’yorlar, siyosiy qarashlar, siyosiy madaniyat.

125

Markaziy Osiyo geosiyosiy transformatsiyasining ma’nosini ochib bering.

arkaziy Osiyoning jahon siyosatidagi geosiyosiy maqomi o‘zgarmoqda.

126

Axborot urushining eng asosiy tamoyili bu –

Hukumatga qarshi ishonchsizlik uyg‘otish;

127

G‘oya nima?

Davrning hal etilishi lozim bo‘lgan eng muhim muammolarini ifodalaydi. G‘oyani millat ziyolilari, fidoilari, ahli tafakkur, daholar ilgari suradi;

128

G‘oyaning amaliyotga aylanishidagi muhim bosqichni aniqlang.

G‘oyaning e’tiqodga aylanishi hamda g‘oya haqidagi bilimlarning o‘zlashtirilishi;

129

Jamiyatda beqarorlikni keltirib chiqarishga qaratilgan g‘oyalar qanday shakl ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?

Har qanday g‘oya ko‘rinishida;

130

Milliy birlikni tashkil etuvchi asosiy tomonlar nimalarda ko‘rinadi?

Milliy o‘zini anglashda;

131

islohotlar va ularning ma’naviy mezoni?

barcha javoblar to‘g‘ri.

132

inson ma’naviyatini yuksaltirish omili?

insoniylikning jami fazilatlari;

133

badavlat hayot kechirishning mohiyati?

barcha javoblar to‘g‘ri.

134

jahondagi qaysi davlatlar ekstremizm va terrorizmdan yaxshi himoyalangan ?

jahondagi hech bir davlat himoyalanmagan .

135

ma’naviy komillikning global mohiyati....

hamma javoblar to‘g‘ri.

136

yoshlarda g‘oyaviy immunitetni shakllantirishdan ko‘zlangan maqsad nima?

ularni erkin, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish

137

1193 yilda uning asarlari Evropada lotin tiliga tarjima qilindi va «Birinchi arab astronomi» degan nom olishga asos bo‘ldi. U kim?

Al Farg‘oniy.

138

«Inson hayotining ma’nosi odamlarga yaxshilik qilishda» degan fikr qaysi allomaga tegishli?

Abdurahmon Jomiyga;

139

XII asrda Xorazmda tasavvuf ilmining asoschisi kim?

Najmiddin Kubro.

140

Demokratiyaning vazifasi mazmun-mohiyatiga ko‘ra…

Fuqorolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan ularning burchlariga rioya etiladigan va bajariladigan jamiyatni qurishdan iborat;

141

Muayyan etnik guruh ustuvorligiga erishishda terror va agressiyaga asoslangan siyosiy ideologiyaning ko‘rinishi –bu..

Fashizm;

142

imom al buxoriy o‘z kitoblarida keltirgan hadislarda: «agar sen bu dunyoda yaxshi yashashni hohlasang – savdogor bo‘l, agar sen u dunyoda yaxshi yashashni xoxlasang taqvodor bo‘l, agar sen ikki dunyo saodatiga erishaman desang, ya’ni ham savob, ham ro‘zg‘or tebrataman desang - » kim bo‘l deganlar?

ILMLI BO‘L.

143

abu nasr forobiyning yozishicha, kishida bir xususiyat mavjud bo‘lsa, u kishidan albatta dono etishib chiqadi. ko‘proq qanday xususiyat sohiblari donolikka moyil bo‘ladilar?

SABR QANOATLI;

144

o‘tkir hoshimovning «nur borki – soya bor» asarida keltirilgan “charxpalak suv tomchilarini kaftiga solib, yuqoriga olib chiqadi ular esa aslo ortiga qaramay o‘z yo‘llaridan ketadilar. charxpalak esa ranjimaydi. yana o‘z ishini davom ettiraveradi”, degan fikrda kimlar charxpalakka qiyos qilingan?

Ota-onalar.

145

pedagogning o‘z burchini anglashi qaysi mezonlar bilan belgilanadi?

BARCHA JAVOBLAR TO‘G‘RI.

146

O‘zaro kelishuv asosida bitim – bu...

Konsensus;

147

quyidagilardan qaysilari o‘zbekiston respublikasi sud xokimiyati tuzilmasiga kiradi?

hamma javoblar to‘g‘ri.

148

Ko‘rsatilgan qaysi tamoyil huquqiy davlat tamoyillariga kirmaydi?

Davlat hokimiyatining hamma sohalariga bevosita aralashish tamoyili.

149

Ta’lim tarbiya, axloq-odobga oid hadislar majmuasi bo‘lmish «Sunnan» kitobining muallifi kim?

At Termiziy.

150

Jaholatga qarshi kurashning quroli nima?

Ma’rifat;

151

Bugungi kunda O‘zbekistonda davlatchilikning shakllanishi qanday omillar asosida

Iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-mafkuraviy omillar asosida.

152

Milliy demokratiya bu-

Bir mamlakatda yashaydigan barcha milliy va elatlar manfaatini ifodalaydi;

153

Har qanday mustaqil davlat mamlakat demokratik taraqqiyotini. . .

O‘zini taraqqiyot yo‘lini qonuniyatlarini aniqlab olishdan boshlaydi;

154

Prezident I.A.Karimov asarlarida demokratik jamiyat qurishning …

o‘ziga xosligi va betakrorligi ilmiy nazariy asoslangan;

155

Demokratiyaning vazifasi mazmun-mohiyatiga ko‘ra…

Fuqarolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan ularning burchlariga rioya etiladigan va bajariladigan jamiyatni qurishdan iborat;

156

«Global rivojlanishning» asosiy xarakteristikasi bu

uning dunyo rivoji uchun tizimiy ahamiyati;

157

O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlarga a’zoligi qanday imkoniyatlar beradi?

Hamma javoblar to‘g‘ri.

158

“Kuchlar muvozanati” nazariyasining xulosasiga ko‘ra, dunyoning ikki qutbligidan ko‘p qutbligiga o‘tishi nimani anglatadi?

YAdroviy mamlakatlar tomonidan kichik va kuchsiz davlatlarning xavfsizligini ta’minlash;

159

Rossiya uchun «yaqin horijlik» tushunchasi nimani anglatadi?

mustaqil davlat hamdo‘stligini;

160

Diniy aqidaparastlik tushunchasiga qaysi qatorda to‘g‘ri ta’rif berilgan?

diniy asos va dastlabki diniy qoidalarni asos qilib, mutaassibona hayotni targ‘ib qilish;

161

1991 yil 29- dekabrda O‘zbekistonda qanday muhim voqealar bo‘lib o‘tdi?

O‘zbekistonning taraqqiyot yo‘lini belgilab beruvchi umumxalq referendumi o‘tkazildi va Muqobillik asosida Prezident saylovi o‘tkazildi.

162

Bir necha asrlar davomida Evropa unversitetlarida asosiy darslik sifatida o‘qitilgan al Farg‘oniy asarini ko‘rsating?

“Astronomiya elementlari”;

163

Quyidagi tushunchalardan qaysi biri jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etmaydi?

tolerantlik;

164

Qaysi asrda vaxobiylik oqimi vujudga kelgan?

XVIII asr boshlarida

165

Missionerlik harakati nima?

o‘zga din vakillarini o‘z diniga og‘dirish harakati

166

Prezident I.Karimov farmoniga binoan “Ma’naviyat va ma’rifat” respublika jamoatchilik markazi qachon tuzilgan?

1992 yil 1 yanvarda;

167

Erkinlikni qanday tushunasiz?

qonunlar doirasidagi xatti-harakat;

168

Eng faol demokratik institutlar qaysilar?

barcha javoblar to‘g‘ri;

169

Milliy o‘z-o‘zini anglash deganda nimani tushunasiz?

Millat tarixini, madaniyatini, an’analarini bilib borishi bilan birga ularni hayotga tadbiq etishi;

170

Insoniyat hayotidagi qaysi davrlarda g‘oya va mafkuralar mamlakatlar va xalqlarni bo‘ysundirishning asosiy quroliga aylangan?

Hozirgi davrda.

171

MDH - davlatlarning yangicha ittifoqi qachon tashkil topgan?

1991 yil 21 dekabrь;

172

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tarixda “Ma’mun Akademiyasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan “Xorazm Fanlar Akademiyasini qayta tiklash” haqidagi farmoni qachon qabul qilingan?

1997 yilda;

173

«Alpomish» dostoni millatchilik ruhidagi asar sifatida qachon qoralangan?

O‘tgan asrning 50-yillarida;

174

«Alpomish» dostoni bizga … .

Vatanparvarlik fazilatlarini o‘rgatadi.

175

YUnon-Rim tarixchilaridan qaysi biri O‘rta Osiyo xalqlari to‘g‘risida birinchi bo‘lib ma’lumot bergan?

Gerodot.

176

Vahobiylik mafkurasi asosidagi “Musulmon birodarlari” tashkiloti qaerda shakllandi?

“Alloh – bizning idealizmiz, Payg‘ambar – yo‘lboshchimiz, Jihod – maqsadimizga erishish vositasi, Alloh yo‘lida shohid bo‘lish muqaddas tilagimiz” shiori bilan Misrda;

177

«Ziji jadidi Ko‘ragoniy» deb nomlangan astronomik jadval kimning qalamiga mansub?

Mirzo Ulug‘bek;

178

SHaxsga ta’sir etish orqali tarbiyalash metod va usullari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

O‘z-o‘ziga ko‘rsatma berish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘ziga hisobot berish, o‘z-o‘zini ishontirish, o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini majbur etish.

179

“Turkiy guliston yohud axloq” asarida tarbiyaning qaysi 4 ta turlari haqida fikr yuritiladi?

Tarbiya zamoni, jismoniy tarbiya, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi;

180

Qaysi yildan e’tiboran yurtimizda qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni nishonlanadi?

2001 yil 31 avgustdan.

181

«Buyuk Ipak yo‘li» atamasi kim tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan?

K.Rixtgofen;

182

«YUksak ma’naviyat – engilmas kuch» asarida qanday masalalarga e’tibor qaratilgan?

Barcha javoblar to‘g‘ri.

183

«Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo‘lur» degan fikr qaysi mutafakkirga tegishli?

Behbudiy;

184

“ Bayt ul –Hikmat” qaysi shaxarda bunyod etilgan

Bag‘dod;

185

Millatning asosiy belgilari qaysi javobda ko‘rsatilgan?

Til, hududiy, iqtisodiy va ma’naviy-ruhiy ;

186

Ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar?

Barcha javoblar to‘g‘ri.

187

“Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi”, - degan fikr qaysi hujjatda ifodalangan?

“Inson huquqlari” umumjahon deklaratsiyasida;

188

“Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirini shod aylagay, Oncha borki, Ka’ba vayron bo‘lsa obod bo‘lgay” satrlari kimning qalamiga mansub?

A.Navoiy;

189

«Hidoya» («To‘gri yo‘l») asari kimning qalamiga mansub?

Bahouddin Marg‘inoniy;

190

Eng buyuk jasorat nima?

Ma’naviy jasorat;

191

Ijtimoiy-siyosiy vaziyat – bu ...

Siyosiy tizim yoki siyosiy munosabatlarning ma’lum davrdagi holati

192

Siyosiy munosabatlar – bu.......

Uzluksiz harakatda bo‘lgan siyosiy sub’ektlar va ularning ob’ektga ta’sirini belgilovchi harakatlarning umumiy ifodasi;

193

ma’naviy barkamollikning mafkuraviy asoslari.

o‘z-o‘ziga, xalqiga davlatiga, insoniyatga, olamga munosabatlarning ma’naviy-ilmiy sifatlar majmuasi;

194

«har kim olmasa hayotdan ta’lim, unga o‘rgatolmas hech bir muallim»-degan bu fikrning muallifi kim?

abu abdullo rudakiy;

195

«dars ila tarbiya orasida bir oz farq bo‘lsa ham ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgon, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur». ushbu jumlalar qaysi mutafakkirga tegishli?.

abdulla avloniy;

196

Insoniyat o‘zini saqlab qolish uchun kelajakda nima qilish kerak?

Umumbashariy muammolarni hal qilish kerak.

197

Ma’naviy tahdid nima?

Insonning ruhiy dunyosini izdan chiqarishga qaratilgan ma’naviy va axloqiy, mafkuraviy-g‘oyaviy va informatsion hurujlar;

198

Fuqarolik jamiyatining ko‘rinishlari qaysi javobda to‘g‘ri ifodalangan?

Jamoat tashkilotlari va nodavlat institutlar;

199

“Millatning shakllanishi, takomillashuvi va yuksalishiga qaratilgan evolyusion xarakterdagi uzluksiz jarayon» bu ...

Milliy taraqqiyot;

200

O‘zbekistonda ijtimoiy – barqarorlikni ta’minlashning nazariy asoslari I.A.Karimovning qaysi asarida ishlab chiqilgan?

“O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida xavfsizlikni tahdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”.

10483 marta o`qildi.

Foydalanuvchi ismi: Naima
Qo`shilgan sana: 2015-01-27

Shunday sayt yaratganingiz uchun RAXMAT!!! Ijod qilishda charchamang!!! Javob: Sizga ham shunday tilaklar bilan doimo ishlaringizga rivoj omad sizni doimo hamroh bo`lsin

Foydalanuvchi ismi: Maftuna
Qo`shilgan sana: 2015-06-09

ona tili va matematikadan test savollari javoblari bilan kiritilsa undanda ajoyib bulardi! Oldindan raxmat! Javob: Bu matematikani kiritishim mumkin

Foydalanuvchi ismi: Нурбек
Qo`shilgan sana: 2015-06-22

Информатикадан жавобларга исботи билан туликрок булса яхши буларди.

Foydalanuvchi ismi: husanjon
Qo`shilgan sana: 2015-09-16

Mulammal ishlangan rahmat

Foydalanuvchi ismi: husanjon
Qo`shilgan sana: 2015-09-16

Mulammal ishlangan rahmat

Foydalanuvchi ismi: Bekzod
Qo`shilgan sana: 2015-12-05

Qanday qilib hamma malubotni yuklab olish mumkin?Javob Belgilab olib word ga nusha tashlash mumkin

Foydalanuvchi ismi: Naima
Qo`shilgan sana: 2015-12-14

Saytingizdan turli mavzulardagi savollarga javob topish mumkin. Men darslarimda ham saytdagi ma`lumotlaringizdan foydalanaman. Buning uchun sizga rahmat!!!Javob: faqat kompyuter sohasidagi malumot kiritish imkonim mavjud lekin kimdir saytimga o`z malumotlarini qo`shib borishi mukin

Foydalanuvchi ismi: Janob
Qo`shilgan sana: 2015-12-22

What else?

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений