linkedin facebook linkedin facebook nod32

Spravka faylini tuzish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-18

Spravka faylini tuzish
        

Tizimning spravka ma’lumotlari fayli (HTML-fayl)  tuzilgandan keyin, spravka tizimini tuzishga kirishish mumkin. HTML Help Workshop ishga tushurilgandan so‘ng File menyusidan New/Project buyrug‘ini berish va New Project - Destination oynasida spravka tizimi fayli nomini berish kerak. Bu oynada va keyingi HTML Help Workshop oynasida ham Dalee tugmasini bosiladi.
Birinchi qilinadigan amallar – bo‘limlar bo‘yicha spravka ma’lumotlarini saqlovchi HTML fayli nomini o‘ziga oluvchi [FILES] bo‘limini tashkil etish kerak. [FILES] bo‘limiga fayl nomini qo‘shish uchun Add/Remove topic files tugmasini, keyin paydo bo‘lgan Topic Files muloqot oynasidan Add va paydo bo‘lgan standart muloqot Otkrыtь oynasidan spravka bo‘limi HTML faylini tanlash kerak. Agar spravka ma’lumotlari bir necha fayllarga bo‘lingan bo‘lsa, u holda qo‘shish operatsiyasini bir necha bor takrorlash lozim. Bundan keyin Topic Files muloqot oynasida tuziladigan spravka tizimi HTML fayli uchun barcha kerakli ma’lumotlar ro‘yxati chiqadi va Ok tugmasi bosiladi.  Bu harakatlar natijasida spravka tizimini yaratish uchun ishlatiladigan HTML fayllari ro‘yxati [FILES] bo‘limida paydo bo‘ladi.  
Ikkinchi qilinadigan amallar – spravka ma’lumotida chiqadigan bosh bo‘lim va oyna sarlovhasini berish. Options muloqot oynasi Change project options tugmasini bosish bilan ochiladi. Sarlovha matni va bosh bo‘lim fayli nomi mos ravishda Options muloqot oynasining Genera vkladkasi Title va Default file maydonlariga kiritiladi. Options muloqot oynasi Change project options tugmasini bosish bilan ochiladi.   
Agar spravka tizimi bo‘yicha navigatsiya (siljitish) uchun Soderjanie vkladkasi ishlatiladigan bo‘lsa, u holda kontekst faylini tuzish kerak. Buning uchun kontekst yangi faylini tuzishni tasdiqlash va va  kontekst fayli nomini berish uchun vkladkada Contents ni bosish kerak. Kontekst fayli nomi sifatida loyiha nomini ishlatish mumkin. Natijada u erdan spravka tizimi bo‘limlari tarkibi nomlarini kiritish mumkin bo‘ladi. Spravka tizimi tarkibini ierarxik ro‘yxatda tasvirlash qabul qilingan. YUqori daraja elementlari bo‘limlarga mos keladi, ularga qaram elementlarga esa bo‘limchalar va mavzular mos keladi.
Spravka tizimi bo‘limlarini qo‘shish uchun Insert a heading tugmasini bosib paydo bo‘lgan Table of Contents Entry muloqot oynasining Entry title maydoniga bo‘lim nomini kiritish va Add tugmasini bosish kerak. Ekranda Path or URL oynasi paydo bo‘ladi. Bu oynaning HTML titles maydonida spravka tizimining bo‘limlar ro‘yxati chiqadi.
Bo‘lim osti ham xuddi bo‘limlar kabi qo‘shiladi. Faqat bo‘lim osti kiritilgandan so‘ng selection right tugmasini bosish kerak. Natijada kiritilgan bo‘lim bo‘lim osti bo‘lib qo‘shiladi. Spravka tizimi mavzulari ham xuddi yuqoridagi kabi qo‘shilib, keyin Move selection right tugmasi bosiladi.

         Kompilyasiya.
Kompilyasiya - bu boshlang‘ich spravka ma’lumotlarini spravka tizimi fayliga (SNM-fayliga) o‘tkazish jarayonidir.
HTML Help kompilyatori uchun boshlang‘ich ma’lumotlar:

  • loyiha fayli (NNR-fayl);
  • kontekst fayli (NNS);
  • spravka ma’lumotlari fayli (NTM-fayllari);
  • illyustratsiya fayllari (GIF- va JPG-fayllari).

Kompilyasiya natijasi spravka tizimi faylidir (SNM-fayl). Kompilyasiyani bajarish uchun File menyusidan Compile buyrug‘ini berib, paydo bo‘lgan Create a compiled file muloqot oynasidan Automatically display compiled help file when done pereklyuchatelini o‘rnatish va keyin Compile tugmasini bosish kerak. Natijada spravka fayli tuzilgan bo‘lib, ekranda spravka tizimi oynasi paydo bo‘ladi. Unda bosh bo‘lim ma’lumotlari ekranga chiqadi.

1373 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений