linkedin facebook linkedin facebook nod32

Microsoft Word muharririni ishlatish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-18

Microsoft Word muharririni ishlatish

Muharrirda spravka bo‘limi matnlarini terilish kerak (har bir bo‘lim alohida faylda). Bo‘lim sarlavhasi va bo‘lim qismini Zagolovok stili (qolipi)ning birida tashkil qilinishi kerak. Bo‘lim sarlavhasi qoida bo‘yicha - Zagolovok1 stilida, bo‘lim  osti - Zagolovok2 stilida tashkil etiladi. Keyin hujjatning boshqa qismiga o‘tish taxmin qilingan joyga zakladkani qo‘yish amalga oshiriladi. Hujjatga zakladkani qo‘yish uchun zakladka qo‘yilishi kerak bo‘lgan joyga kursor qo‘yiladi. Keyin Vstavka menyusidan Zakladka buyrug‘ini tanlab, Zakladka muloqot oynasining Imya zakladki maydoniga zakladka nomi kiritilishi kerak.   

 

Zakladkani qo‘shish

Zakladka nomi ajratilgan matn bo‘lagini o‘ziga oluvchi taxmin qilingan zakladka ma’nosini tasvirlashi kerak. Zakladka nomida bo‘shliq (probel) ishlatish mumkin emas. Uning o‘rniga chiziq osti belgisini ishlatish mumkin. Agar tuzilayotgan spravka tizimida o‘tish spravka ma’lumotlarining faqat sarlovha bo‘limlariga deb faraz qilinsa, u holda zakladka qo‘yish kerak emas. Hujjatda zakladkaga yoki sarlovhaga murojaatni qo‘yish uchun gipermurojaat qilinadigan matn bo‘lagi (so‘z yoki fraza) ajratilishi lozim. Vstavka menyusidan Giperssыlka buyrug‘ini berish va paydo bo‘lgan Dobavlenie giperssыlki oynasidan Svyazatь s mestom v etom dokumente tugmasini bosish, keyin esa zakladkani yoki sarlovhani tanlash kerak.

Murojaat bo‘yicha o‘tish uchun hujjat nuqtasini tanlash

Agar boshqa faylda joylashgan hujjatda spravka bo‘limiga murojaatni qo‘yish kerak bo‘lsa, u holda Dobavlenie gipersslki muloqot oynasida Fayl tugmasini bosish va paydo bo‘luvchi standart oynadan kerakli HTML-faylini tanlash kerak.
Hujjatga barcha kerakli gipermurojaatlar joylashtirilgandan so‘ng, hujjatni HTML formatda saqlash kerak.

2443 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений