linkedin facebook linkedin facebook nod32

Spravka tizimini yaratish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-18

Spravka tizimini yaratish

Har bir dastur foydalanuvchisiga spravka tizimidan foydalanishni ta’minlab berishi kerak. Windowsda ishlovchi dastur spravka tizimi, jumladan Delphi spravka tizimi ham aniq bir strukturaga ega bo‘lgan fayllar to‘plamidan iboratdir. Spravka tizimining asosiy elementlari HLP-fayllari bo‘lib, uning yordamida spravkali ma’lumotlar topiladi. Oddiy holda dastur spravka tizimi bitta yagona HLP-fayldan tashkil topadi.
Spravka tizimini (HLP-faylini) tuzish jarayonini quyidagi ikki ketma ketlikdagi qadamlarda tassavur qilish mumkin:
1.Spravka ma’lumotlarini tayorlash (hujjat spravka ma’lumotinining faylini tuzish).
2.Spravka ma’lumotlar faylini spravka tizimi hujjat fayliga o‘zgartirish.

Spravka tizimi hujjat fayli
Spravka tizimi hujjat fayli ma’lum RTF-fayli strukturasi ko‘rinishda bo‘ladi. Spravka ma’lumotlari RTF-faylini masalan, Microsoft Word yordamida ham tuzish mumkin. Oldin spravka matn bo‘limlarini Zagolovok ning stil bo‘limlaridan birini tanlab terish kerak bo‘ladi, masalan Zagolovok1. Bunda har bir bo‘lim matnlari alohida hujjat sahifalarida joylashadi.
Bo‘lim matnlari terilgandan keyin snoskani ishlatgan holda spravka ma’lumotlari bo‘limlari sarlovhasi belgilanadi (spravka faylini RTF-faylidan HLP-fayliga o‘zgartirish jarayonida snoska spravka tizimi kompilyatori bo‘lib ishlatiladi).     

RTF-fayli razmetkasi uchun ishlatiladigan snoska.


Snoska

Vazifasi

#

$

 

k

 Boshqa bo‘limdan belgilangan snoska bo‘limiga o‘tish uchun
ishlatiladigan spravka bo‘limi identifikatorini beradi.
Spravka bo‘limlarini identifikatsiyalash uchun izlash ro‘yxatida va spravka tizimini ishlatish vaqtidagi qaralgan ro‘yxatida ishlatilgan bo‘lim nomi beriladi.
Joriy snoskada belgilangan sarlovhada izlashning muloqotli ro‘yxatidan spravka bo‘limiga o‘tishdagi kalit so‘zlar ro‘yxati beriladi.

        Snoska bo‘limi sarlavhasini belgilash uchun bo‘limning birinchi harfi oldiga kursorni olib borib qo‘yish va Vstavka menyusidan Snoska buyrug‘ini tanlash lozim. Ochilgan Snoska muloqot oynasida Vstavit snosku guruhida pereklyuchatellarni obыchnuyu holatiga, Numeratsiya guruhida esa drugaya holatiga qo‘yish kerak. Snoska nomerini kiritish maydoniga "#" belgisini kiritish va OK tugmasini bosish kerak.

Snoska muloqot oynasi

Natijada hujjatga # snoska qo‘yiladi va hujjat oynaning pastki qismida snoska matnini kiritish oynasi paydo bo‘ladi. Spravka bo‘limi identifikatori IDH_  nom bilan boshlanadi.  
Ko‘p hollarda spravka bo‘limi o‘zida boshqa bo‘limga murojaatni saqlaydi. Spravka bo‘limi oynasida “slova” tushunchasi spravkaning boshqa bo‘limiga o‘tishni tanlashga chaqiradi.
Spravka ma’lumotlari matnini tayyorlash vaqtida, murojaat-so‘z, ostiga ikki chiziq bilan yozilib undan keyin bo‘shliqsiz (probelsiz) spravka bo‘limi identifikatori joylashtiriladi. Qo‘yiladigan identifikatorni yashirin matn qilib tishkil etish kerak.

Quyida kvadrat tenlamani echish dasturi uchun spravka ma’lumoti faylini tayyorlash vaqtidagi matn muharriri oynasi keltirilgan. Bu erda "diskriminant" so‘zi spravkaning boshqa bo‘limiga murojaat qilish uchun belgilangan. 

Spravkaning boshqa bo‘limiga murojaatni tashkil qilish

pravkaning boshqa bo‘limiga o‘tishni ta’minlovchi murojaatga, u ko‘rsatilganda chiquvchi izoh matnini (kommentariyasini) qo‘yish mumkin. Spravka tizimi ishlash vaqtida murojaat izohi rang va punktir chizig‘i bilan ajralib turadi. Spravka tizimi hujjatini tayyorlashda izoh va spravka bo‘limi boshqa sahifada joylashadi. Izoh matni alohida sarlovhaga ega bo‘lmasligi kerak.  Snoska # izoh matnidan oldin qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Izohga murojaat quyidagicha tashkil qilinadi: oldin so‘zni bir chiziq bilan yozib, keyin bu so‘z oxirida birdaniga izoh identifikatorini qo‘yish va uni yashirin matn qilib tashkil etish kerak.

1377 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений