linkedin facebook linkedin facebook nod32

Hisoblanuvchi maydonlar

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-17

Hisoblanuvchi maydonlar

Hisoblanuvchi maydonlar yaratish DataSet muxarririning asosiy avfzalliklaridan biridir. Quyida shunday maydon yaratishga misol ko‘ramiz. Formaga Query, DataSource, DBGrid ob’ektlarini joylashtirib, DBDEMOS psevdonimini o‘rnating.
Query1 uchun SQL xossasiga quyidagi tekstni kiriting:
select * from Items I, Parts P
where (I.PartNo=P.PartNo)
Query1 ob’ektini aktivlashtirib, DataSet (Fields Editor) muxarririni chaqiring, Add Fields oynasidan OrderNo(buyurtma nomeri), PartNo(tovar nomeri), Qty(son)  va ListPrice(narx) maydonlarini qo‘shing.
Muxarrir ekranida sichqoncha o‘ng klavishasini bosing va menyudan NewField buyrug‘ini tanlab, dialog oynasini ekranga chiqaring:

Name qatoriga Total so`zini kiriting. Type xossasiga CurrencyField qiymat bering. Calculated tanlanganligini tekshiring. Ok tugmasini bosib DataSet muxarririni berkiting.
Hisoblanuvchi maydon yaratish uchun Ob’ektlar inspektoridan Query1 uchun hodisalar (Events) ro`yxatini oching va OnCalcFields qatoriga ikki marta cherting. Usulni quyidagicha to‘ldiring:

procedure TForm1. Query1 CalcFields(DataSet: TDataset);
begin
Query1 Total.Value:= Query1 Qty.Value* Query1 ListPrice.Value;
end;
 
  Agar dasturni ishga tushirsangiz Total maydoni kerakli qiymatga ega bo‘ladi.

Total maydonidagi hamma qiymatlar yig`indisini quyidagicha hisoblash mumkin:
procedure TForm1.Button1Click (Sender: TObject);
var
R : Double;
begin
R:=0;
with Query1 do begin
DisableControls;
Close;
Open;
repeat
R:=R+ Query1 Total.Value;
Next;
until EOF;
First;
EnableControls;
end;
end;
DisableControls usuli DBGridni qayta chizishni man qilish uchun chaqiriladi.

1282 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений