linkedin facebook linkedin facebook nod32

DataSet muxarriri

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-17

DataSet muxarriri

DataSet muxarriri TTable va TQuery ob’ektlari yordamida chaqirilishi mumkin. Muxarrir bilan ishlash uchun TQuery ob’ektini formaga joylashtirib, DBDEMOS psevdonimini o‘rnating, "select * from customer" SQL so‘rovini kiriting Active xossasiniga True qiymatini bering. Ob’ektlar inspektori yuqorisida ikki komponent: TForm i TQuery joylashgan.

TQuery ob’ektida sichqoncha o‘ng klavishasini bosing va kontekstli menyuda “Fields Editor” punktini tanlang va  DataSet muxarririni ekranga chiqaring. Muxarrir ekranida sichqoncha o‘ng klavishasini bosing va menyudan Add buyrug‘ini tanlang - Add Fields dialog oynasi ekranga chiqadi

Ko‘zda tutilgani bo‘yicha hamma maydonlar tanlangan. Hamma maydonlarni tanlash uchun OK tugmasini bosing va muxarrirni berkiting. Ob’ektlar inspektorida yangi ob’ektlar paydo bo‘ladi.

Bu yangi ob’ektlar CUSTOMER jadvalini tasvirlaydi.
Query1CustNo: TFloatField;
Query1Company: TStringField;
Query1Addr1: TStringField;
Query1Addr2: TStringField;
Query1City: TStringField;
Query1State: TStringField;
Query1Zip: TStringField;
Query1Country: TStringField;
Query1Phone: TStringField;
Query1FAX: TStringField;
Query1TaxRate: TFloatField;
Query1Contact: TStringField;

Agar biz Query1 ob’ektini  Customer deb o‘zgartirsak quyidagi nomlar hosil bo‘ladi:
CustomerCustNo
CustomerCompany
Har bir yangi yaratilgan ob’ekt TField sinfining avlodi hisoblanadi. Ajdodning turi ma’lumotlar turiga bog‘lik. Masalan CustNo maydoni turi TFloatField, Query1City tipi TStringField.
Bu sinflarning eng asosiy xossasi Value deb ataladi. Bu xossaga quyidagicha murojaat qilish mumkin:
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var
d: Double;
S: string;
begin
d := Query1CustNo.Value;
S := Query1Company.Value;
d:=d+1;
S := 'Zoo';
Query1CustNo.Value := d;
Query1Company.Value := S;
end;

Value kiymati turi har doim o‘zi tegishli bo‘lgan maydon turiga mos keladi. Masalan TStringFields uchun- string, TCurrencyFields uchun - double.
Agar joriy DataSet da maydonlar nomini olish lozim bo‘lsa, FieldName xossasidan ikki usulda foydalanish lozim:
S := Query1.Fields[0].FieldName;
S := Query1CustNo.FieldName;
Agar maydon bilan bog‘lik ob’ekt nomini olish lozim bo‘lsa Name xossasidan foydalanish lozim:
S := Query1.Fields[0].Name;
S := Query1CustNo.Name;
CUSTOMER jadvali uchun birinchi misol "CustNo" qatorini, ikkinchi misol "Query1CustNo" qatorini qaytaradi.

1328 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений