linkedin facebook linkedin facebook nod32

MB jadvali uchun oddiy dastur ilovalarini tuzish

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-17

MB jadvali uchun oddiy dastur ilovalarini tuzish
       

  Delphi dasturlash vositasida tuzilgan ilovalarni saqlash uchun yuqoridagi tuzilgan “Proba” katologida “App” nomli podkatolog tashkil qilamiz. Delphi tizimini ishga tushirib, uning komponentalar palitrasi qatoridan Data Accessni ishga tushirib, undan vizual bo‘lmagan komponentasi Ttable olinadi (bu komponentani darchaga olish uchun u ko‘rsatilib sichqoncha chap tugmasini ikki marta tez-tez chiqillatmoq kerak bo‘ladi). Ttable komponenti ma’lumotlarni saqlash va undan foydalanishda ishlatilib, u ma’lumotlarni akslantirishda vizual komponentalar DTBGrid, Tedit va boshqalar bilan birgalikda ishlatiladi.
Ttable komponentasini formaga (darchaga) joylashtirgandan keyin, Object Inspectorida uning xossalari quyidagi ketma-ketlikda o‘rnatiladi:
         -Ttable komponentasi ajratiladi (belgalanadi);
         -DataBase Name MB psevdonimi xossasi o‘rnatiladi, Proba psevdonimi ro‘yxatdan olinadi yoki kiritiladi;
         -Table Name (MB jadvali nomi) xossasi o‘rnatiladi (bu erda MB jadvali nomi ro‘yxatdan olinadi yoki kiritiladi;
         -Active xossasi o‘rnatiladi (“True” qiymati tanlanadi).
         Bu bajarilgan buyruqlardan keyin Ttable komponentasi bilan MB jadvali orasida aloqa to‘liq o‘rnatiladi. Ttable komponentasi kabi endi formaga TDataSource komponentasini joylashtiramiz. Bu komponenta vizual va vizual bo‘lmagan komponentalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish uchun xizmat qiladi. SHu tufayli TdataSource komponentasiga ma’lumotlar manbai deyiladi. TdataSource komponentasi uchun DataSet  (ma’lumotlar to‘plami nomi) xossalari o‘rnatiladi (Table1 nomi olinadi).
         Data Controls menyu qatoridan foydalanib formaga TdbGrid komponentasini joylashtiramiz va uning DataSuurce xossasini o‘rnatamiz (DataSource1 qiymat bilan). Bu TdbGrid komponentasi ma’lumotlar to‘plami yozuvlarini jadval ko‘rinishda akslantirishda xizmat qiladi.
Ishlab chiqilgan loyixa (loyiha)ni saqlash uchun menyudan quyidagi buyruqlar ketma-ket bajariladi. File=>Save Project As. Oldin loyixa formasi (masalan Appl1.pas nom bilan), keyin loyixaning o‘zi (masalan Appl.dpr nom bilan) saqlanadi.
Delphi tizimidan chiqmasdan turib tuzilgan ilovani ishga tushirish uchun F9 tugmasini bosish kifoya. Ilovani tizimdan tashqarida ishlatish uchun esa oldin tizim ichida Ctrl+F9 tugmasini bosish kerak bo‘ladi. Bu holda ilovani tizimdan tashqarida ishlatish uchun maxsus .EXE kengaytmali fayl avtomatik ravishda tashkil etiladi (masalan, Appl.exe). Bu faylni tizimdan tashqarida ishlatganda tuzilgan ilova ishga tushadi. Mbga qo‘shimcha yozuv kiritish uchun oxirgi yozuvga kelib Insert tugmasini bosish, kiritilayotgan yozuvdan vos kechish uchun ESC tugmasini bosish, yozuvni to‘liq o‘chirish uchun esa Ctrl+Del tugmasini bosish kerak bo‘ladi.

MB jadvali bilan ishlash uchun oddiy ilova yaratish algortmi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:

  1.Delphi tizimi ishga tushirilib BDE komponentalar palitrasidan Ttable komponentasi formaga qo‘yiladi.
  2.Formadagi Ttable komponentasi belgilanib, DataBase Name xossasida Mbning psevdonimi aniqlanadi.
  3.TableName xossasidan MB jadvali nomi aniqlanadi.
  4.Active xossasi True qiymat bilan o‘rnatiladi.
  5.Data Acciss komponentalar palitrasidan TdataSource komponentasi formaga qo‘yiladi.
  6.TdataSet xosasi Table1 nom bilan o‘rnatiladi.
  7.Data Controls komponentalar palitrasidan TDbGrid komponentasi formaga qo‘yiladi.
  9.DataSourse xossasi DataSourse1 nom bilan o‘rnatiladi.

  10.Menyudan File=>Save Project As buyrug‘i berilib, oldin forma keyin loyiha saqlanadi.

11.Loyihani ishga tushirish uchun F9 tugmasi bosiladi. Natijada quyidagi formaga ega bo‘lamiz.

TDBNavigator komponenti. MB jadvalida ma’lumotlarni surish, o‘chirish, yozuvni siljitish va taxrirlash uchun Data Controls komponentalar palitrasida maxsus TDBNavigator komponentasi mavjud.
Bu komponentani formadagi MB jadvaliga quyidagi tartibda o‘rnatish mumkin.
  1.MB jadvali formasi ekranga chaqiriladi.
  2.Data Controls komponentalar palitrasidadan TDBNavigator komponentasi formaga joylashtiriladi.
  3.TDBNavigator komponentalar xossasidan DataSourse xossasi DataSourse1 nom bilan o‘rnatiladi.
  4.Menyudan File=>Save Project As buyrug‘i berilib, oldin forma keyin loyiha saqlanadi.
  5.Loyihani ishga tushirish uchun F9 tugmasi bosiladi.

Natijada jadvali ma’lumotlarni surish, o‘chirish, yozuvni siljitish va taxrirlash kabi tugmachalarga ega bo‘lgan quyidagi formaga ega bo‘lasiz

Kompyuter quyidagi dastur kodlarini avtomatik ravishda tuzadi

unit xodim;

interface

uses
  Windows, Messages, SysUtils, Variants, Classes, Graphics, Controls, Forms,
  Dialogs, StdCtrls, Grids, DBGrids, DB, DBTables, ExtCtrls, DBCtrls;

type
  TForm1 = class(TForm)
    Label1: TLabel;
    Table1: TTable;
    DataSource1: TDataSource;
    DBGrid1: TDBGrid;
    DBNavigator1: TDBNavigator;

  private
    { Private declarations }
  public
    { Public declarations }
  end;

var
  Form1: TForm1;

implementation

{$R *.dfm}

end.

1807 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений