linkedin facebook linkedin facebook nod32

Tarixiy manba ma`rlumotlarini strukturalash

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-16

Tarixiy manba ma’lumotlarini strukturalash


Tarixiy informatikaning eng rivojlangan yo’nalishlaridan biri berilganlar bazalarini yaratishdir. Haqiqatdan ham ixtiyoriy tarixiy tadqiqot tarixiy manbalardan olinadigan ma’lumotlarga asoslanadi va har bir tadqiqotchining o’z shaxsiy  ma’lumotlar arxivi mavjud bo’ladi.Tabiiyki, kompyuter ushbu materiallarni ma’lumotlar bazasi ko’rinishida sistemalshtirib, ularning ko’p jihatdan qulay bo’lgan elektron variantini yaratish imkonini beradi.Bundan tashqari berilganlar bazasi tarixchilarga bir xil manba ustida mustaqil takror ishlab vaqtdan yutqazish holatlaridan ozod etadi. Berilganlar bazasi yaratuvchisi tomonidan sistemalashtirilgan va tahlil qilingan material, axborot qidirish tizimini engillashtirib,  butun diqqatni qo’yilgan masala echimiga jalb etish imkoniyatini beradi.  Ammo klassik berilganlar bazasi bilan tarixiy berilaganlar bazasi orasida farq bo’lib, berilganlar bazasi va tarixiy manba maqsadlari mos tushmaydi: BB ma’lumotlar to’g’risidagi axborotlarni  dinamik aks ettiradi; tarixiy manba ma’lumotlarni to’liq holda saqlaydi;Umuman olganda BB texnologiyasi informatika fani rivojining mustaqil tarmog’i sifatida XX asr 60- yillarida paydo bo’ldi. Xuddi shu davrda unung nazariy apparati va dasturiy ta’minot ishlab chiqila boshlandi. BB termini birinchi marta 1962 yilda paydo bo’lib,  bu davr ichda uning mazmuni bir muncha o’zgarishlarga uchradi: berilganlar bazasi deganda   inson faoliyati ma’lum sohasida  optimal darajada foydalanishga imkon beruvchi ma’lumotlarning o’zaro bog’liq  majmuasini tushunamiz. Rossiyada BB ustida ishlar g’arbga nisbatan ancha kech chet el tajribalaridan kelib chiqib  boshlandi.Tarixiy manbalarning kompyuterli, elektron versiyalari to’g’risidagi nashrlar 1980 yillarda paydo bo’ldi. Tarixiy manbalar asosidagi birinchi zamonaviy berilaganlar  bazalarining paydo bo’lishi  personal kompyuterlarning keng tarqalishi bilan bog’liqdir.Bu sohada o’z hissasini qo’shgan dargohlardan biri Moskva Davlat uneversiteti tarixiy informatika laboratoriyasi hisoblamadi.Ushbu lboratoriyaning  Internet saytida T.Izmestyeva va Yu. Valetov tomonidan ishlab chiqilgan berilganlar bazalari e’lon qilingan.Berilganlar bazalarini yaratish axborotlarni markazlashlashtirilgan holda saqlash va ommaviy foydalanishning dasturiy, tashkiliy va texnik vositalarni o’z ichiga oluvchi masalalarni echilishini talab etadi. Bunda yig’ilgan axborotlarni saralash va strukturalash zarurdir.Berilganlar bazasi tarixiy manba informatsion modelini tashkil etishi yoki baza oldiga qo’yilgan masala modelidan iborat bo’lishi kerak.Ko’pgina berilganlar bazalari konkret tarixiy tadqiqotlar jarayonida yaratiladi. Bunday BB lar muammoga yo’naltirilgan berilganlar bazalari deb ataladi.Tarixiy manbalar ma’lumotlarini caqlashga qaratilgan BB larning maqsadi tarixiy ma’lumotlarni himoya qilish va ularni keng tadqiqotchilar ommasiga taqdim etishdan iborat.
Tarixy berilganlar bazasi yaratilishiga qo’yiladigan asosiy talablarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Manbadan olinuvchi  ma’lumotlarning aniq nusxalanishi;
  2. Ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati;
  3. Ma’lumotlarni izlash va tahlil qilish imkoniyati;

Turli tipdagi tarixiy manbalar uchun berilganlar bazalari stukturasini loyihalash. Yuqori stukturalangan manbalarga axborotlari oldindan mavzuli sohalarga bo’lib qo’yilgan anketalar, formulyarlar, blank va boshqalar kiradi. Berilganlar bazasi yaratayotgan tarixchining ishi  manba strukturasini baza strukturasiga ko’chirib o’tkazishdan va zarur bo’lganda qo’shimcha axborot sohalari qo’shishdan iborat bo’ladi.Bunday faoliyatga misol qilib, Stalin terrori yillarida repressiya qilingan kisilarga ma’lumotnomalar taqdim qilish jarayonida Belorus respublikasi arxiv xizmati bajargan ishini keltirish mumkin.  Muammo repressiya qurbonlari kompensatsiya olish  xuquqiga ega bo’lgan vaqtda yuzaga keldi. Bunda har bir qatog’on qurboni yoki uning qarindoshlari  repressiya va oqlanish faktlarini tasdiqlovchi xujjatlarni taqdim etishi kerak bo’lgani uchun arxivlarga murojaat eta boshladilar. Arxiv xodimlari esa murojaatlar soni ulkan bo’lganligidan, so’rovlarga  an’anaviy usullar bilan  qisqa muddat ichida javob bera olmay qoldilar.Aynan shu vaqytda barcha noxaq qatag’on qilingan va keyinchalik oqlanganlar to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi berilganlar bazasi yaratish extiyoji tug’ildi.Kerakli ma’lumotlar asosiy manbasi sifatida sud ishlarini ko’rib chiqqqan va oqlash to’g’risida qarorlar qabul qilgan komissiyalar materiallari xizmat qildi. Bu materiallar bir xil tipdagi ma’lumotlarni saqlab, bular: shaxsning familiyasi, ismi otasining ismi, tug’ilgan yili, adresi, oila a’zolari, ayblov mazmuni, jazo turi va shaxsning hukmdan  keyingi taqdiri, oqlash to’g’risidagi qarorlardan iborat bop’lgan. Shular bilan birga har bitta ish to’liqligi jihatidan bir –biridan farq qiluvchi qo’shimcha axborotlarga ega bo’lgan: surat, ayblanuvchining avblovgacha bo’lgan hayot faoliyati, uning grajdanlar urushida yoki boshqa jang harakatlarida qatnashganligi kabi ma’lumotlar  .Yaratiluvchi berilganlar bazasi strukturasini tarix fanlari nomzodi V.I. Adamushko ishlab chiqdi. Manba xujjatlari tahlili asosida noxaq qatag’on qilingan kishi shaxsini aniqlashga va xujjatlar mazmunin to’liq aks ettirishga imkon beruvchi hisob kartochkasi yaratildiva barcha mos ma’lumtlar saqlanuvchi arxivlarga to’ldirish uchun jo’natildi. Hisob kartochkasi 34 ta asosy va 2 ta qo’shimcha grafaga ega bo’lib, bu grafalar relyatsion baza maydonlariga aniq mos tushgan. Arxivlarda kartochkalar qo’lda yoki yozuv mashinkasida to’ldirilib, so’ngra operatorlar ushbu ma’lumotlarni EHMga kiritdilar. Bunda 1-maydon tartib nomeri , keyingi 6 ta  maydon: familiya, ism, otasining ismi, jinsi, tug’ilgan yili va joyi lardan iborat. Keyingi 9 ta maydonga (8-dan 16-gacha) millati, ijtimoiy kelib chiqishi, partiyaviyligi, ma’lumoti, mansabi, ish joyi, hibsga olinishidan oldingi turar joyi, oila tarkibi, 1917 yildan keyingi inqilob va urush xarakatlarida qatnashish fakti xaqidagi ma]lumotlar kiritilgan.Keyingi 7 ta maydondan iborat gurux (170 dan 23- gacha) ayblov va hukmga oid ma’lumotlarni saqlagan: hibsga olinish sanasi, hukm sanasi, qaysi organ tomonidan hukm etilgan, ayblov mazmuni, jinoiy kodeks moddasi, jazo turi.23- maydonda jazoning mol-mulk musodarasi bilan yoki aksinchaligi, 24- maydonda hukm etilgan kishining jazoni o’tagan joyi kiritilgan. 25-maydon kishining ozodlikka chiqish  sanasini, 26-29-maydonlar esa vafot etish sanasi, vafot etish sababi va dafn etilgan joyi to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlagan.Ikkita maydon oqlanish to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlagan.Ulardan biriga kishining qachon va kim tomonidan oqlanganligi, ikkinchisiga yuridik reabilitatsiyadan alohida o’kaziluvchi partiyaviy yoki komsomol reabilitatsiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar  kiritilgan. 32-maydonga shaxsiy deloda hukm etilgan kishining surati bor-yo’qligi haqida ma’lumot, keyingi 2 ta maydonga shaxsiy delo saqlanuvchi arxiv va mos deloning arxiv shifrini saqlovchi ma’lumotlar kiritilgan.  Oxirgi qo’shimcha maydonlarga kartochka to’ldiruvchining familiyasi va to’ldirish sanasi kiritilgan.Ushbu yaratilgan berilganlar bazasi tormaqsadli bo’lishiga qaramay, unda to’plangan ma’lumotlar keng tarixiy tadqiqotlar uchun zamin bo’la oladi. Unga asoslanib, yillar bo’yicha hibsga olishlar dinamikasini o’rganish, har bir repressiya to’lqinlari aholining qaysi ijtimoiy qatlamlarini qamrab olganligini, jazoni o’tash joylaridagi o’lim foizi, u yoki bu davrda jinoiy kodeksning qaysi moddalari ko’proq qo’llanilganligi xaqidagi ma’lumotlarni to’plash mumkin.  Keltirilgan misol tarixiy xujjatlarning bir tipdagi strukturasiga oid bo’lib, bitta shaxsga taalluqlidir. Ammo  ko’pncha  tarixiy xujjatlar strukturalanmagan bo’lib, ulardan olinadigan asosiy axborotlarni bitta jadvalga joylashtirish ancha mushkul bo’ladi. Misol sifatida XV-XVI asr Buyuk Litva knyazligi xujjatlarida eslatib o’tilgan Belorus aholi punktlari to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlovchi berilganlar bazasini ko’rib o’tamiz.Ushbu baza 1993-1995 yillarda Belorus respublikasi fundamental tadqiqotlari Fondi asosida M.F. Spiridonov(Belorus Milliy fanlar akademiyasi tarix instituti) boshchiligidagi ijodiy gurux tomonidan amalga oshirildi. Baza  FoxPro berilganlar bazalarini boshqarish tizimi vositasida yaratildi.
Bazada aholi punktlari to’g’risidagi ma’lumotlar – aholi punkti to'g'risidagi ma'lumot qachon, qaysi manbada va nimaga bo'g'liq ravishda kiritilganligi, uning mulkiy, administrativ va boshqa xususiyatlari to’g’risida qisqacha ma’lumotlarni to’plash maqsadq qilib qo’yildi. Uning birinchi  8 ta maydoni har bir aholi punkti to’g’risidagi zamonaviy axborotlarni saqlaydi: belorus va rus tillaridagi nomi, tiri(shahar, qishloq), administrative funksiyasi (rayon markazi, qishloq soveti markazi), 1:200000 masshtabli xaritadagi koordinatlari.Yozuvlarning 2-qismi konkret manbadan olingan ma’lumotlardan iborat: sana, xujjatda ko’rsatilgan nomi, turi (joy, qishloq, hovli va boshqalar), administrativ-xo’jalik funksiyasi (imenie, voytovstvo markazi va boshqalar),  administrative ahamiyati (povet, voevodstvo markazi), qaysui imenie tarkibiga kirganligi,  povet va voevodstvo tarkibiga kirishi, mulk turi (davlat, shlyaxetlik, cherkov mulk turi) , mulkdorning familiyasi va tituli, imeniyaga xuquqining xarakteri (shaxsiy mulk, ijara va boshqalar). Keyingi maydonlar guruxi manbada ko’rsatilga aholi punkti to’g’risidagi qo’shimcha ma’lumotlarni aks ettiradi. Bularga:
-Aholi punkti to’g’risida ma’lumot keltirishga  turtki bo’lgan hodisa: aholi punktiga asos solinishi, uning hadya qilinishi, bo’linishi, mulkdorning boshqa kishi bilan raqobati ba hokazo.
-Aholi punkti kattaligi to’g’risidagi ma’lumotlar va ularning  keltirilish shakli (xo’jaliklar, xizmatlar, aholi soni va hokazo).
- Aholi punkti to’g’risidagi boshqa ma’lumotlarning mavjudligi (qasr, cherkov, bozor  va boshqalar to’g’risida ma’lumotlar).
- Aholi punkti bilan bog’liq geografik ob’ektlarning mavjudligi (daryo, ko’l, o’rmon, tog’ va boshqalar).
 - Manbada millatlar to’g’risidagi ma’lumotlarning mavjudligi (litvalklar, ruslar, tatarlar ba hokazo).

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan maydonlar  manbadagi ma’lumotlar mazmununi aks ettirmay, ularning mavjudligi to’g’risidagi axborotlarni saqlaydi. Shunday qilib berilganlar bazasi birinchi navbatda axborot qidiruv funksiyasini bajaradi. Bunday bo’lishiga qaramay,  har bir yozuv uchun  rezyume maydoni ajratilib, unda manbadagi ma’lumot mazmuni qisqacha aks ettirilgan (FoxPro BBBT simvol sohasi 256 ta belgidan oshmaydigan ma’lumotlarni saqlaydi).  Tarixiy manba xaqidagi ma’lumot uchun 2 ta maydon ajratilib, ulardan birida arxiv, fond, yozuv, delo va bet, ikkinchisida nashr qilingan xujjatga bibliografik ko’rsatma kiritilgan. Bu misol orqali bir faylli  relyatsion berilganlar bazalarining kamchiliklarini ko’rish mumkin, ya’ni bitta aholi punkti to’g’risida bir necha tarixiy manbada ma’lumot berilgan holatda BBning birinchi 8 ta maydoni takror to’ldirilishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari ko’pgina maydonlar bo’sh qoldiriladi (geografik ob’ektlar yoki millatlar to’g’risida ma’lumotlar tarixiy manbalarda kam uchraydi). Ana shunday murakkab masalalardan biri cherkov metrik kitoblari va aholini ro’yxatdan o’tkazish yozuvlarini qayta ishlash bilan bog’liq. Masalan, Belorus respublikasi hududida  XVIII-XIX asrlarda yashagan aholining hayotiga oid ko’plab xujjatlarda barcha qatlamga oid millionlab  kishilarining ismlari, yashash manzillari, asosiy hayotiy voqea-hodisalar to’g’risida ma’lumotlar (tug’ilish, nikoh, o’lim) saqlanib qolgan.Bu ulkan axborot massivlarini (ko’plab million varaq)qayta ishlash o’tmish demografik jarayonlari haqida ma’lumot olish, ko’p oilalarning tarixi bilan tanishish imkonini beradi.

1576 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений