linkedin facebook linkedin facebook nod32

Ijtimoiy informatika va jamiyatni axborotlashtirish qonuniyatlari

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-16

Ijtimoiy informatika va jamiyatni axborotlashtirish qonuniyatlari



Axborotlashgan jamiyatga o’tish iqtisodiyotda material ishlab chiqarish( qishloq xo’jaligi, sanoat)ning ikkinchi darajaga o’tqazilib, xizmat ko’rsatish, jumladan axborot xizmati ko’rsatish sohasining asosiy rol bajarishi jarayoni bilan uyg’unlashadi.      Axborotlashtirish natijasida XX asrning ikkinchi yarmida mehnat resurslarining  material ishlab chiqarish sohasidan  axborot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasiga oqib o’tishi yuz berdi. XX asr o’rtalarida sanoat sohasida ishlovchilarning 2/3 qismi band bo’lgan bo’lsa, bugungi kunda ushbu sohada rivojlangan davlatlarning 1/3 aholisi banddir. Masalan, 80-yillarda AQSHda qishloq xo’jaligida 3%, sanoatda 20%, xizmat ko’rsatish sohasida 30% , axborot sohasida 48% aholi band bo’lgan. Axborot sohasida ishlovchilarga o’qituvchilar, bank xodimlari, ilmiy tadqiqotchilar, dasturchilar va boshqalarni kiritish mumkin. Bundan tashqari   axborotlashtirish sanoatning an’anaviy sohalaridagi mehnat xarakterini ham o’zgartirdi. Bu holatga robototexnik tizimlarning paydo bo’lishi, mikroprotsessorli texnikaning keng qo’llanilishi sabab bo’ldi.
Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyotining muhim xususiyati – uning globallashuvidir.Bir necha asrlik o’zaro bog’liq iqtisodiyotidan farqli ravishda , global iqtisodiyot “real vaqt” rejimida butun planeta masshtabida mavjud bo’ladi va faoliyat ko’rsatadi.”Real vaqt” rejimi termini tizimni boshqarish  qarorlarini qabul qilish  va ularning realizatsiyasi ushbu tizimda ro’y berayotgan texnologik jarayonlardan tezroq amalga osirilishini anglatadi. Global iqtisodiyot axborot va kommunukatsion texnologiyalarga asosiga qurilgan bo’lib, boshqa sharoitda mavjud bo’la olmaydi. Yangi texnologiyalar qisqa vaqt ichida kapitallarni dunyo bo’ylab, bitta milliy hudud iqtisodiyotidan ikkinchi milliy hudud  iqtisodiyotiga o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lib, milliy institutlarini bir tarmoqqa birlashtiradi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyoti  ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi formalariga ega bo’ladi. Axbarot texnologiyalari moslashuvchan ishlab chiqarishlar deb ataluvchi qisqa muddatlarda yangi mahsulot ishlab chiqarishga moslasha oladigan ishlab chiqarish turiga asos soldi.Bunday tizimlar bozor talabiga tezroq moslasha olgani uchun, an’anaviylariga nisbatan effektivroq bo’lib hisoblanadi.Axborotlashtirishning yana bir oqibati – o’rta va kichik firmalar soni, raqobqtbardoshliligining oshib borishidir. Axborotlashtirish jarayonida “tarmoq tashkiloti” deb ataluvchi tashkilotlar shakli vujudga kelib, bunday umumlashmalarning alohida elementlari ham mustaqil, ham birgalikda faoliyat ko’rsata oladi. Axborotlashgan jamiyat iqtisodiyotining yana bir xarakteristikasi – rivojlangan axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorining mavjudligidir. Ushbu bozor quyidagi sektorlarga ega:

  • Ishbilarmonlik axboroti(birja, moliya, statistika, tijorat axborotlari);
  • Kasbiy axborot(alohida kasblar bo’yicha,ilmiy-texnik, axborotlar);
  • Iste’molchilik axborotlar(yangiliklar, turli jadvallar,qiziqarli axborotlar);
  • Ta’lim xizmatlari

Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida aholining ish bilan ta’minlanganlik strukturasi ham o’zgarmoqda.:

  • Material ishlab chiqarish sohasi(sanoat va qishloq xojaligi)da band bo’lgan aholi hissasining kamayib borishi;
  • Xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgan aholi foizining  va xizmat ko’rsatish turlarining o’sib borishi;
  • Boshqaruv va texnik ish joylari sonining tez ortishi;

Ishlovchi aholining material ishlab chiqarishi sohasidan, axborot ishlab chiqarish va axborot xizmatlari sohasiga oqib o’tishi bu borada yangi mehnat shakllariining paydo bo’lishiga olib keldi.: bular moslashtirilgan ish kuni, uyda ishlash kabilar.
Axborotlashgan jamiyatda madanyat. Madanyat tushunchasi juda ko’p qirrali bo’lib, bunga davr madanyati (antik madanyat, o’rta asrlar madanyati), turli mamlakat va millatlar madanyati (rus madanyati, o’zbek madanyati), biror soha madanyati (badiiy madanyat, jismoniy madanyat va hokazo) kabilarni kiritish mumkin.
Rivojlangan axborotlashgan janiyat madanyati deganda nimani mushunish mumkin?Ushbu jamiyatga xos bolgan ba’zi madaniy hodisalarga to’xtalib o’tamiz. Bular - axborot madanyati va tarmoq madaniyat tushunchalaridir.Axborot madanyati deganda shaxsning yangi axborot texnalogiyalari vositasida axborot bilan ishlash qobiliyati va extiyoji tushuniladi.
Ushbu extiyoj va qobiliyatlarga:

    • axborotlashtirish vujudga keltirgan mehnat qurilmalar bilan ishlash malakasi;
    • axborotlarni izlash va qayta ishlash taxnologiyalaridan foydalanish extiyojlari;
    • turli manbalardan olingan axborotlarni talabga javob berishi darajasi va muhimligiga qarab tiplashtirish malakasi;
    • o’z faoliyati soxasidagi axborot manbalarini mukammal bilish qoboliyati kiradi.

Jamiyat va davlatning axoli axborot madanyatini oshirib berishdagi sayi xarakatlari jamiyatning axborotlashtirilishi tizmidagi muhim shart bo’lib hisoblanadi. Xususan, informatika fanining o’qitilishi bu sohada xizmat qiladi. Ammo bu muammo faqat ta’lim tizimigagina tegishli bo’lmay, axborot madanyati elementlari bolalikdan  oilada boshlanib, inson butun umri davomida shakllantirilishi kerak.
Ahborot madanyati axborotlarni texnik qayta ishlash ko’nikma va malakalari majmuasidangina iborat bolmay, inson olinayotgan axborotni sifatiy nuqtai nazardan tushunishi, ya’ni uning foydaliligi, ishonchliligini baholay olishi kerak bo’ladi. Axborot madaniyatining yana bir elementi kollektiv qaror qabul qilish metodikasini egallash hisoblanadi. Umumiy axborot doirasidagi kishilar bilan muloqot qila olish qobiliyati axborotlashgan jamiyat a’zosining muhim xususiyatidir.
Tarmoq madanyati axborot uzatishning interaktiv, individual usullarining kashf etilishi turli extiyoj va qiziqishlar bilan birlashgan kishilarning virtual jamiyat va guruxlarini vujudga keltirdi .Yangi axborot texnalogiyalari va texnik vositalar ushbu jamiyat va guruxlarning bitta davlat va hudud chegaralaridan chiqib, jaxon bo’ylab yoyilishiga olib keldi.Bularga masalan, turli ilmiy jamiyatlar, vitual klublar, internet forumlar, shou biznes yulduzlari fanatlari klublari, tor soha mutaxassislari virtual kengashlari va boshqa ko’plab tarmoq jamiyatlari misol bo’ladi.
Axborotlashgan jamiyatda talim tizimi. Ta’lim tizimi – eng konservativ tizim bo’lishiga qaramay axborotlashgan jamiyatga o’tish jarayonida aloxida xususiyatlarga ega bo’ladi:

  • Axborot texnologiyalari yordamida o’quv jarayonining individuallashtirilish;
  • Standart o’quv jarayonining turlilashtirilishi;
  • Moslashuvchan-individual o’quv dasturlari tizimining rivojlanishi;
  • O’quv muassasalarining nomarkazlashtirilishi:uyda o’qitish,turli o’quv guruxlarining tashkil etilishi;
  • O’quv muassasi boshqaruvini axborotlashtirish: ta’lim muassasalarining axborot tizimlari bilan ta’minlanishi, boshqaruv faoliyatining avtomatlashtirilishi, turli predmet sohalari bo/yicha berilganlar bazalari yaratish va ulardan foydalanish.

Ta’lim tizimi sifatiy va miqdoriy darajasi mamlakatning axborotlashish darajasi to’g’risida fikr yuritish imkonini beradiZamonaviy ta’lim tizimi oldida turadigan eng dolzarb muammolardan biri – har bir kishini bu tizimga jalb etishdir.Ushbu muammo iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik aspektlarga egadir. Zamonaviy axborotlashgan jamiyat oldida turgan muammolardan biri –uzluksiz ta’lim tizimiga barcha jamiyat a’zolarini jalb qilishdan iborat. Jamiyatning doimiy ozgaruvchan xususiyatga ega ekanligidan  har bir kishidan uzluksiz ta’lim olish , vaqtdan orqada qolmaslik, kasbini o’zgartira olish, ijtimoiy tizimda o’z o’rnini  egallashi talab etiladi. Bu borada ta’lim olishning yangi usullari, xususan masofadan va multimediya vositalari yordamida  ta’lim olish bu borada katta ahamiyat kasb etmoqda.Axborot texnologiyalari mamlakatning chekka hududlarida yashovchi aholiga yashash joylarida mavjud bo’lmagan maxsus bilim resurslaridan foydalanish  imkonini beradi.Rivojlangan axborotlashgan jamiyatda axborot supermagistrallari ushbu imkoniyatni texnik jihatdan realizatsiyalaydi.To’plangan tajribalar shunu ko’rsatadiki, ta’lim tizimida multimedia vositalaridan foydalanish ta’lim effektivligini sezilarli oshirdi. O’quv materialining gipermatnli tuzilishi bilan birgalikda multimedia texnologiyalari o’qitishning yuqorieffektiv vositalarini yaratish imkonini beradi.Bular – elektron kitoblar,multimedia – ensiklopediyalar,kompyuter-filmlar,berilganlar bazalari kabilardir.Axborotlashgan jamiyatda   maktab an’anviy sinf-dars tizimidan qisman yoki butunlay  chetlashishi mumkin. Bunda invalidlarni to’laqonli o’qitish tizimini tashkil qilish uchun barcha sharoitlar mavjud bo’ladi.Shunga qaramay, YUNESKO ning bosh direktori F.Mayor tomonidan bildirildgan:”Texnologiyalar ulardan ta’lim tizimida foydalanish imkoniyatlaridan tezroq rivojlanmoqda”-. fikrning aktualligi  hozirgacha saqlanib qolmoqda .Yuqorida to’xtalib o’tilgan hodisalarning ma’lum qismini rivojlangan axborotlashgan jamiyat tendensiyalari   sifatida qabul qilishimiz mumkin.

1763 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений