linkedin facebook linkedin facebook nod32

Delphi da asosiy xossalar va hodisalar

Muallif: Mengliyev SH.

Qo`shilgan sana: 2014-09-16

Delphi da asosiy xossalar va hodisalar

Loyiha formasi quyidagi asosiy xossalarga ega:

ActiveControl – Ko‘zda tutilgan bo‘yicha aktiv bo‘lishi lozim bo‘lgan komponentaga ko‘rsatadi.
Align – Komponentani tekislash. Qiymatlari:
alNone – Tekislanmaydi.
alBottom – Pastki chegaraga tekislash.
alLeft - CHap chegaraga tekislash.
AlRight - O‘ng chegaraga tekislash.
AlTop - YUqori chegaraga tekislash.

AlphaBlend – Mantiqiy tip. Forma xossasi. Agar qiymati rost bo‘lsa forma shaffof bo‘ladi.
AlphaBlendValue – Butun tur xossa. SHaffoflik darajasi. Qiymati 0 dan 255 gacha.
Anchors – Forma va komponenta xossasi. Ajdod ob’ektga mahkamlanish turini ko‘rsatadi.
akLeft – chap chegaraga mahkamlash.
akTop – yukori chegarana mahkamlash.
akRight – ung chegaraga mahkamlash.
akBottom – pastki chegaraga mahkamlash.

AutoScroll – Mantiqiy tur. Agar kiymati true bo‘lsa forma avtomatik skrolling ya’ni siljitishni amalga oshiradi.
AutoSize – Mantiqiy tur. Komponentalar formada avtomatik o‘lchamlarini o‘zgartirishini ko‘rsatadi.
BorderIcons – Oynada qanday tugmalar bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi.
biSystemMenu –menyuni ko‘rsatish.
biMinimize – minimallash tugmasi.
biMaximize – maksimallash tugmasi.
biHelp – yordam tugmasi.

BorderStyle – Forma xossasi. Forma chegarasi turini belgilaydi.
bsSizeable –Standart oyna. Kattaligini o‘zgartirish mumkin.
bsNone – CHegaraviy xoshiyasiz oyna. Kattaligini sichkoncha bilan o‘zgartirish mumkin emas.
bsSizeToolWin – Ingichka chegaraviy xoshiyali oyna.
bsToolWindow – Ingichka chegaraviy xoshiyali oyna. Oyna kattaligini o‘zgartirish mumkin emas.

BorderWidth – Butun tur. Forma chegarasi kengligini belgilaydi.
Caption – Satrli tur. Oyna yoki komponenta sarlavhasi.
ClientHeight – Butun tur. Oyna klient ya’ni ishchi qismi balandligi.
ClientWidth - Butun tur. Oyna klient ya’ni ishchi qismi kengligi.
Color – oyna klient qismi rangi.
Constraints – Oyna o‘lchamlari maksimal qiymatlari. Quyidagi parametrlari mavjud:
MaxHeight – maksimal balandlik.
MaxWidth – maksimal kenglik.
MinHeight – minimal balandlik.
MinWidth – minimal kenglik.

Cursor – Sichqoncha tomonidan forma/komponent keltirilganda ko‘rsatiladigan kursor shakli.

DockSite – Mantiqiy tur. Forma/komponentaga boshqa komponentalarni Drag&Drop yordamida tashlash mumkinligini ko‘rsatadi. Bu xossa MS Office da, uskunalar panelini formadan ajratib ya’na mahkamlashga imkon beradi.
DragKind - Drag&Drop da ob’ektni ko‘chirish turi. Ikki variant mavjud:
dkDrag – standart Drag&Drop. Ob’ekt joyida qoladi.
dkDock –Ob’ekt o‘zi ko‘chiriladi. YUqorida ko‘rsatilgan panelь xossasiga ega bo‘lish uchun shu variantni tanlash lozim.
DragMode –Drag&Drop rejimi. Ikki variant mavjud:
dmManual – Ob’ekt ko‘chirish rejimi foydalanuvchi tomonidan o‘rnatiladi.
dmAutomatic –Draq&Drop rejimi avtomatik ishga tushadi.
Enabled – Mantiqiy tur. Agar xossa qiymati true bo‘lsa, foydalanuvchi bu komponenta bilan ishlashi mumkin.
Font – Matnni formaga chiqarishda ishlatiladigan shrift. Ikki marta shu qatorga chertilsa Windows shrift tanlash standart oynasi chiqadi.
FormStyle – Forma turi. Quyidagi variantlar mavjud:
 fsNormal – normal oyna.
fsMDIForm –MDI oynalar uchun ajdod oyna.
fsMDIChild – avlod MDI oyna.
fsStayOnTop – Oyna har doim qolganlari ustida bo‘ladi.
Height – Butun tur. Oyna balandligi.
Hint – Forma/komponentaga sichqoncha keltirilganda ko‘rinadigan yordamchi ma’lumot matni.
HorzScrollBar – Gorizontal siljitish yulchasi.
Left – Butun tur. Oyna chap pozitsiyasi.
Menu – Asosiy oynada foydalaniladigan menyu.
Name -Forma/komponenta nomi.
ParentFont – Mantiqiy tur. Agar qiymati true bo‘lsa matn uchun ajdod ob’ekt shrifti tanlanadi. Aks holda foydalanuvchi ko‘rsatgan shrift tanlanadi.
Position – Dastur ishga tushganda oyna pozitsiyasi. Quyidagi variantlar mavjud:
poDefault – Oyna o‘rni va o‘lchamlarini Windows tanlaydi.
poDefaultPosOnly – Oyna o‘rnini Windows, o‘lchamlarini foydalanuvchi tanlaydi.
poDefaultSizeOnly – Oyna o‘rnini foydalanuvchi, o‘lchamlarini Windows tanlaydi.
poDesigned – Oyna o‘rni va o‘lchovlarini foydalanuvchi tanlaydi.
poDesktopCenter – Oyna ishchi stoli markazida joylashadi.
poMainFormCenter – Oyna asosiy forma markazida joylashadi.
poOwnerFormCenter – Oyna o‘zini chaqirgan oyna markazida joylashadi.
poScreenCenter - Oyna ekran  markazida joylashadi.

ShowHint – Mantiqiy tur. YOrdamchi axborot ko‘rsatish kerakligini belgilaydi.
Tag – Butun tur. Hech narsaga ta’sir qilmaydi.
Top – Butun tur. Oyna yuqori pozitsiyasi.
TransparentColor – Mantiqiy tur. Agar qiymati true bo‘lsa forma yoki komponenta har doim shaffof bo‘ladi.
TransparentColorValue – SHaffof rang.
VertScrollBar – Vertikal siljitish yulchasi.
Visible – Mantiqiy tur. Agar kiymati true bo‘lsa, to forma/komponent ko‘rinadi, aksincha ko‘rinmaydi.
Width – Butun tur. Oyna kengligi.
WindowState – Oyna holati. Quyidagi parametrlari mavjud:
wsNormal – oyna normal holatda.
wsMaximized – oyna maksimal holatda. wsMinimized – oyna minimal holatda.

1662 marta o`qildi.

Parol:
Eslab qolish.


Ro`yhatdan o`tish

testing

+998915878681

Siz o`z maxsulotingizni 3D reklama ko`rinishda bo`lishini xohlaysizmi? Unda xamkorlik qilamiz.

3D Reklama


Рейтинг@Mail.ru
Рейтинг@Mail.ru

Besucherzahler
счетчик посещений